scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUD TIZIMIDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR

Tolibjonova Yodgora Bekzodbek qizi Toshkent davlat yuridik universtiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi

Abstract

Mazkur maqolada O`zbekiston Respublikasida raqamli sud tizimini rivojlantirish istiqbollari, 2025–2026-yillarga mo`jallangan raqamlashtirish tashabbuslari hamda post rivojlangan mamlakatlar — Hindiston, Keniya va Braziliya tajribalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “my.sud.uz” tizimini kengaytirish, sun’iy intellekt asosidagi “virtual maslahatchi”ni joriy etish, sud hujjatlarini avtomatik tayyorlovchi dastur yaratish va qog`ozsiz sud ish yurituvini yo`lga qo`yish kabi takliflar ilgari surilgan. Xulosa sifatida, raqamli sud texnologik islohot emas, balki inson huquqlarini himoya qilishning yangi modeli sifatida baholanadi. Kalit so`zlar: Raqamli sud, sun’iy intellekt, my.sud.uz, e-Court, huquqiy innovatsiya, texnologik islohot, virtual sud majlisi

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 72 SUD TIZIMIDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR Tolibjonova Yodgora Bekzodbek qizi Toshkent davlat yuridik universtiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi [email protected] Annotatsiya: Mazkur maqolada O`zbekiston Respublikasida raqamli sud tizimini rivojlantirish istiqbollari, 2025–2026-yillarga mo`jallangan raqamlashtirish tashabbuslari hamda post rivojlangan mamlakatlar — Hindiston, Keniya va Braziliya tajribalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “my.sud.uz” tizimini kengaytirish, sun’iy intellekt asosidagi “virtual maslahatchi”ni joriy etish, sud hujjatlarini avtomatik tayyorlovchi dastur yaratish va qog`ozsiz sud ish yurituvini yo`lga qo`yish kabi takliflar ilgari surilgan. Xulosa sifatida, raqamli sud texnologik islohot emas, balki inson huquqlarini himoya qilishning yangi modeli sifatida baholanadi. Kalit so`zlar: Raqamli sud, sun’iy intellekt, my.sud.uz, e-Court, huquqiy innovatsiya, texnologik islohot, virtual sud majlisi. Аннотация: В статье рассматриваются перспективы развития цифровой судебной системы в Узбекистане, инициативы на 2025–2026 годы и опыт постразвитых стран — Индии, Кении и Бразилии. Автор предлагает расширить систему “my.sud.uz”, внедрить виртуального консультанта на базе искусственного интеллекта, создать программу автоматической подготовки судебных документов и поэтапно перейти к безбумажному судопроизводству. В заключение отмечается, что цифровой суд — это не только технологическая реформа, но и новая модель защиты прав человека. Ключевые слова: Цифровой суд, искусственный интеллект, my.sud.uz, e-Court, правовые инновации, технологическая реформа, виртуальное судебное заседание. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 73 Annotation: This article analyzes the prospects of developing a digital court system in Uzbekistan, focusing on the 2025–2026 digitalization initiatives and lessons from post-developed countries such as India, Kenya, and Brazil. The study proposes expanding the “my.sud.uz” system, introducing an AI-based virtual legal advisor, developing an automatic court document preparation program, and implementing a paperless judicial process. The conclusion emphasizes that digital courts are not merely technological reforms but a new model for protecting human rights. Keywords: Digital court, artificial intelligence, my.sud.uz, e-Court, legal innovation, technological reform, virtual courtroom. I. Kirish. Bugungi kunda zamonaviy jamiyatlarda adolatning ta’minlanishi faqat qonunlar amal qilishi bilan emas, balki bu qonunlar qanchalik tez, oshkora va samarali ijro etilishi bilan ham belgilanmoqda. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xo`jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan taʼminlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 74 tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda 1 . Xususan, sud organlarida texnologiyalarning keng qo`llanilishi — ya’ni axborot-kommunikatsiya vositalari, sun’iy intellekt, elektron hujjat aylanishi, onlayn sud jarayonlari — adliya tizimining samaradorligini oshirishda muhim vositaga aylanmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron sud jarayonlari” joriy qilinishi va fuqarolar uchun onlayn xizmatlar yaratish normativ hujjatlar orqali belgilangan. Bundan ko`zlangan maqsad — fuqarolarning sud tizimiga kirish huquqini kengaytirish, sud qarorlari oshkoraligini ta’minlash, sud ishlarini tezroq va samaraliroq yuritish. Biroq, bu yangicha yo`lga o`tishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda — texnik infratuzilmaning yetishmasligi, sud xodimlarining axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining pastligi, huquqiy himoya mexanizmlarining zamon talabiga to`liq javob bermasligi kabi. Bunday holat, masalan, fuqarolarning sud jarayonida texnologiya yordamida ishtirok etishida to`sqinliklar keltirib chiqarishi mumkin. Qolaversa, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari ham muhim e’tibor talab etadi. Masalan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to`g`risida”gi qonun O`zbekistonda axborot texnologiyalari asosida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va xavfsizlikni ta’minlashga doir nazariy asos yaratadi 2 . Mazkur mavzudagi oldingi tadqiqotlar ham sud tizimida texnologiyalarning qo`llanilishi bilan bog`liq natijalarni ko`rib chiqqan. Masalan, Using Technology to Improve the Administration of Justice 3 nomli tadqiqotda texnologiya sud ma’muriyatidagi jarayonlarni qanday qo‘llabquvvatlashi mumkinligi belgilangan. Shu bilan birga, boshqa mualliflar sun’iy intellektning sudlarda qo`llanilishi ehtimolliklari va xavf-xatarlarini ham muhokama 1 Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 21.08.2025 yildagi PF-140-son 2 Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son 3 Brigham Young University Law Review Volume: 1981 Issue: 3 sanasi: (1981) Federal sudlarda adolat boshqaruvini yaxshilash uchun texnologiyalardan foydalanish” nomli maqola.1-sahifa Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 75 qilganlar. Shunday ekan, mazkur tadqiqotning maqsadi — sud tizimida texnologiyalardan foydalanishning yutuqlari va muammolarini O`zbekiston Respublikasida amaldagi holat misolida o`rganish va tahlil qilishdir. Va mazkur tadqiqot davomida o`zimizga: “Qanday qilib sud jarayonlarida texnologiyani joriy etish orqali adolatga kirishni tezlashtirish va sud tizimining samaradorligini oshirish mumkin, hamda buning oldida turgan asosiy to`siqlar nimalardan iborat?” degan savolni qo`yamiz. Mazkur savolga javob izlash orqali maqolada texnologiyaning sud tizimidagi imkoniyatlari va cheklovlari ko`rib chiqiladi. II. Metodologiya. Mazkur tadqiqotda men, aralash uslubda tadqiq etmoqchimanki, zero maqola tarkibida ham empirik, ham amaliy uslublardan, shu bilan birgalikda induksiya, deduksiya, analogiya, qiyoslash va taqqoslash uslubidan keng foydalaniladi. Demak, tarixiy metod bilan boshlaydigan bo`lsak, raqamli sud dastlabki ko`rinishi 1960-1980-yillarga borib taqaladi. Bu davrlar dunyo hamjamiyatida AQSH, Yaponiya davlatlarida ilk bora sinab ko’rilgan. Ammo bu dastlabki tizim faqatgina ma`lumotlarni saqlash va hujjatlarni indekslash bilan cheklangan edi. Ammo hozirgi kunga kelib, chatbotlarning yoki sun`iy intelektlarning asosiy vazifasi faqat ma`lumot yig`ish emas, balki online advakaturani amalga oshirish, sud-huquq hujjatlarini yaratishdan iboratdir. Bunday turdagi sun`iy intelektlarga misol qilib, 1.DoNotPay bu sun’iy intellekt asosidagi chatbot bo`lib, u foydalanuvchiga da’vo arizalari, shikoyatlar yoki jarimalarga e’tiroz arizalarini avtomatik tuzib beradi. Asosan iste’molchi huquqlari, avia-kompaniyalar, transport jarimalari bo`yicha ishlaydi. (AQSH) 4 2. Estoniya: “AI Judge” loyihasi Estoniyada sinov tariqasida AI sudya kichik da’volarni (masalan, 7000 yevrogacha bo`lgan moliyaviy nizolarni) avtomatik 4 “Donotpay” — Legal AI platform — https://donotpay.com/ Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 76 ko`rib chiqish uchun ishlab chiqilgan. Fuqarolar arizani onlayn topshiradi, AI hujjatlarni o`rganadi va qaror loyihasini tayyorlaydi. Bu borada O`zbekiston ham ortda qolgan emas, sud-huquq hujjatlarini tayyorlash uchun E-sud ishlab chiqilgan bo’lib, O`zbekiston Respublikasi sud tizimining raqamli platformasi hisoblanadi. Fuqaro va tashkilotlar da’vo arizalari, shikoyatlar, iltimosnomalarni onlayn yuborishlari mumkin. Hozircha E-SUD tizimida to`liq sun’iy intellekt ishlatilmaydi, lekin tizimda avtomatik tekshiruv, ariza shakllarini to`ldirishga yordam, statusni kuzatish kabi yarim avtomatlashtirilgan imkoniyatlar mavjud. Endi savol tug’iladi “Raqamli sudning shuncha davlatlar tomonidan foydalanishiga nima sabab bo’lmoqda?” javob esa oddiy, albatta, uning afzalligida. Raqamli sudning afzallik va kamchiliklarini esa qiyosiy metod bilan ko’rib chiqamiz. ” Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 21.08.2025 yildagi PF-140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 5 qabul qilindi Unga ko`ra sudlar faoliyatiga “Raqamli sud” konsepsiyasini joriy etish orqali -sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlari shakllantirishga yordam beradi; -murojaatlarni sudga elektron shaklda yuborish, sudda masofaviy ishtirok etish, sud harajatlarini online amalga oshirish; -taraflarni sud hujjatlari bilan online tanishtirish kabi afzalliklarga ega bo`ldik.” 6 deydi TDYU kafedra mudiri o`rinbosari yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori D. Xudoynazarov o`zining “Raqamli sud “deb nomlangan maqolasida. Darhaqiqat, raqamli sud orqali ko`plab imkoniyatlar vujudga keldi. Buning yaqqol isboti, my.sud.uz platformasidir. My.sud.uz– O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi 5 Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 21.08.2025 yildagi PF-140-son 6 "Inson va qonun" gazetasi № 41 - son 14-oktabr 2025-yil. "Raqamli sud" Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 77 tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga sud xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv portali. U yerda fuqarolar sudga onlayn murojaat qilishlari, da'vo arizalari, ariza va ilovalar yuborishlari, shuningdek, turli sud masalalari bo'yicha onlayn xizmatlardan foydalanishlari mumkin. My.sud.uzning funksiyalari shundan iboratki, u orqali biz hatto sudga ariza yetib borgani, ko’rib chiqish boshlangani, jarayonda ekanligini ko’rib tursak ham bo’ladi. Shu bilan birgalikda uning yana bir muhim jihati shuki, platformaga kiritilgan ma’lumot xavfsiz saqlanadi. Buning sababi, arizangiz ERI ya`ni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanganidir. Men tadqiqotim davomida shunga guvoh bo’ldimki, my.sud.uz platformasida hujjatlarning ya’ni sudlarga murojaat qilishda talab etiladigan hujjatlarning namunalari ham bor ekan. Bu orqali, menimcha, aholining huquqiy ong va madaniyat darajasini oshirish o’ylangan. Ya`ni pul sarflab hujjat yozdirishni o’rniga namunalardan foydalanib, shaxsan yasashi mumkin. Bu orqali ham hujjat tayyorlash madaniyat shakllanadi, ham aholiga yordam bo`lishi ko`zlangan ekan. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi? deydigan bo’lsak, siz platformga shaxsiy ID raqam orqali kirasiz va namunlar bo’limini tanlaysiz. Va sizga 4 toifadagi sud chiqadi. Murojaatingiz mavzusidan kelib chiqib esa siz sudlarni to’g’ri klassifikatsiya qilishingiz mumkin. Keyingi bosqich esa shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bosqichi. Keyin esa siz arizani yuborishingiz mumkin bo’ladi. Ammo My.sud.uz ilovasida ham bir qator kamchiliklar bor. Masalan: 1. yuklanayotgan ma’lumot hajmi cheklangan ekanligi. 2. katta hajmdagi ma`lumotlar sababli saytning qotib ishlashi. Bunday saytlar dunyo hamjamiyati ham ko’plab uchraydi. Bunday saytlarga Westlaw, LexisNexis kiradi. Dastavval Westlar haqida gapiradigan bo`lsak, Westlaw 1975-yilda West Publishing kompaniyasi tomonidan yaratilgan. 7 Ushbu kompaniya 1992-yildan beri Minnesota shtatining Eagan shahrida joylashgan. 1996yilda Thomson Corporation West Publishing’ni sotib oldi. Keyinchalik, 2008-yilda 7 Hellyer, Paul (January 2005). "Assessing the Influence of Computer-Assisted Legal Research: A Study of California Supreme Court Opinions". 97 Law Library Journal 285-298 (2005). Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 78 Reuters Group ham Thomson tomonidan xarid qilinib, kompaniya nomi Thomson Reuters deb o`zgartirildi. Thomson Reuters’ning AQShdan tashqaridagi bir nechta yuridik xizmatlari ham o`zining Westlaw platformasiga ega bo`lib, xorijiy huquqiy ma’lumotlar ham onlayn tarzda taqdim etiladi. 8 Masalan, Westlaw Canada (Carswell tomonidan) Canadian Abridgment va KeyCite Canada ma’lumotlarini o`z ichiga oladi. Westlaw UK esa Sweet & Maxwell nashrlari, mustaqil huquqiy hisobotlar, ish tahlillari va ish holatini ko‘rsatuvchi belgilarni taqdim etadi. 9 Yaqinda Westlaw China ishga tushirilgan bo`lib, u Xitoy Xalq Respublikasining qonunlari, qarorlari, tahlillari va KeyCite tizimiga o`xshash holat belgilarini o`z ichiga oladi. 10 Westlaw Ireland (IE) esa 2002-yilda tashkil etilgan bo`lib, u Round Hall nashrlari, qonunlar, kitoblar, sud qarorlari, yangiliklar va yurtning mashhur yuridik jurnallaridagi maqolalarni qamrab oladi. 11 Bugungi kunda Westlaw 68 dan ortiq mamlakatlarda qo`llaniladi. Westlaw’ning ildizlari 1968–1973-yillarda Queen’s University tomonidan olib borilgan QUIC/LAW nomli Kanada kompyuter yordamidagi yuridik tadqiqot loyihasiga borib taqaladi. Endi bir qator olimlar va ularning adabiyotlaridan misol keltiradigan bo`lsam, Toshkent davlat yuridik universtiteti Jinoiy-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professori D. Bazarovaning fikricha, Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida joriy yilning 21 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir 8 "Westlaw International". Westlaw International. Archived from the original on March 8, 2022. Retrieved October 17, 2012. 9 "LawSource". Westlawecarswell.com. Archived from the original on November 4, 2012. Retrieved October 17, 2012. 10 "Westlaw China– Law Books and Legal Information – West® | Westlaw®". West.thomson.com. Retrieved March 27, 2014. 11 "Westlaw IE". Thomson Reuters. Archived from the original on January 22, 2015. Retrieved June 27, 2013. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 79 qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.Sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish sudlar faoliyatini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.Farmon bilan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sun’iy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish ko‘zda tutildi. 12 Toshkent davlat yuridik universtiteti kafedra mudiri o`rinbosari, yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori D. Xudoynazarov esa, sudlov faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlarning o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilishini liberallashtirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, shuningdek, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash imkonini berdi. Natijada ariza berish, ishda masofadan turib ishtirok etish, sud hujjatlarini olish va ishlarning ko'rilishi haqida ma'lumot olish kabi xizmatlar Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi "Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgarti-rish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni qabul qilinishi natijasida Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslariga aholining sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi 13 deydi o`zining “Yengillik” deb nomlangan maqolasida. Mazkur sohada bir qator mamlakatlar ham ortda qolgan emas. Masalan, Hindistonda “Raqamli sudlar — Hindiston sud tizimining yashil tashabbusi” loyihasi sud jarayonlarini qog`ozsiz va 12 Yangi O`zbekiston jurnali.04.09.2025 Raqamli sud: Sud-huquq tizimidagi muhim islohot 13 "Inson va qonun" gazetasi № 12 - son 25-mart 2025-yil. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 16–to’plam 2025 y. 80 raqamli shaklga o`tkazish uchun ishlab chiqilgan bo`lib, fuqarolar uyda o`tirgan holda ish materiallari va hujjatlarni qulay tarzda ko`rish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Sudyalar fuqarolik va jinoiy ishlar bo`yicha barcha da’volar, ayblov xulosalari, sud qarorlari va boshqa tegishli hujjatlarni ko`rishlari mumkin. Kompyuter uchun maxsus dasturdan tashqari, Digital Courts veb-ilova sifatida ham mavjud bo`lib, u operatsion tizimdan qat’i nazar, brauzer orqali to`g`ridan-to`g`ri ochilishi mumkin. Ushbu hujjatda veb-ilovaning funksional imkoniyatlari yoritiladi i III.Natijalar. Tadqiqotlarim natijasida men, sud tizimida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan afzallik va kamchiliklarni aniqladim. Demak, uning afzalliklari quyidagilardan iborat: sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etish, sudyalar o`rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash belgilandi. Sud muhokamasi ishtirokchilarini axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilish kabi qulaylik yaratadi. Elektron hujjatlar aylanishini tezlashtirish, tegishli axborotlarni to`plash, ishlash, tizimlashtirish va saqlanishini ta’minlaydi. Ammo kamchiliklar ham yo`q emas. Birinchidan, Raqamli sud tizimi barqaror internet, kuchli serverlar va zamonaviy texnik vositalarni talab qiladi. Ammo ayrim hududlarda internet sifati past, tizimga kirishda uzilishlar yoki dasturiy xatoliklar uchraydi. Bu esa sud jarayonlarining kechikishiga va foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo`ladi. Ikkinchidan, ma’lumot xavfsizligi muammosi. Sud tizimida ko`plab maxfiy ma’lumotlar saqlanadi. Agar tizim yetarlicha himoyalanmagan bo`lsa, xakerlik hujumlari yoki ma’lumotlar sizib chiqishi holatlari yuz berishi mumkin. Bu esa fuqarolarning shaxsiy huquqlari va sud tizimiga bo`lgan ishonchini xavf ostiga qo`yadi. Uchinchidan, foydalanuvchilarning raqamli savodxonligi pastligi. Ko`plab foydalanuvchilar, xususan, oddiy fuqarolar hamda ayrim sud xodimlari elektron imzo, onlayn ariza topshirish yoki fayl yuklash kabi amaliyotlarda qiynalishadi. Natijada tizimdan samarali foydalanish imkoniyati cheklanadi va raqamli sudning maqsadi to`liq amalga oshmaydi.