YOSHLAR SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHDA FAOLLIK, IJTIMOIY MAS'ULIYAT VA KELAJAK SARI ISHONCH
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar, “Yoshlar bandligi” va “Kelajakka qadam” dasturi, “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” tizimlari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning boshqa mexanizmlari tahlil qilingan hamda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar raqamlarda o’z aksini topgan.
Full text
10 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish YOSHLAR SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHDA FAOLLIK, IJTIMOIY MAS’ULIYAT VA KELAJAK SARI ISHONCH Muallif: Davlyatova Sayyora Gulamovna 1 Affiliyatsiya: Toshkent transport texnikumi “Hisob va biznes” kafedrasi katta o’qituvchisi, mudiri 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17569990 ANNOTATSIYA Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar, “Yoshlar bandligi” va “Kelajakka qadam” dasturi, “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” tizimlari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning boshqa mexanizmlari tahlil qilingan hamda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar raqamlarda o’z aksini topgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar balansi, yoshlar bandligi, Yoshlar daftari, Besh tashabbus olimpiadasi, xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va kitobxonlik loyihalari. KIRISH Bugungi kunda yoshlar jamiyatning eng dinamik, ijodkor va tashabbuskor qatlamidir. Ularning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish — har bir davlatning ustuvor vazifalaridan biridir. O‘zbekiston yoshlar siyosati ham aynan shu maqsadga xizmat qiladi: yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga zamin yaratish. Yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — yosh avlodda ijtimoiy mas’uliyat va fuqarolik ongini shakllantirishdir. Ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan “Yoshlar klublari”, “Liderlik maktablari” va “Yoshlar parlamenti” kabi platformalar orqali ular jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan, tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalanmoqda. Davlat tomonidan yaratilgan “Yoshlar daftari”, “Yoshlar jamg‘armasi” va “Yoshlar startaplari” kabi mexanizmlar yoshlarning g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda. Bu esa ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ijtimoiy faollikni kuchaytiradi va kelajak uchun mas’uliyatni his qilishga undaydi. Mamlakatimizda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida 9,2 mln nafar yoshlarning “Yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning individual muammolarini hal etish, qiziqish va iqtidorini roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq va manzilli ishlar tashkil etildi. 1. Yoshlar bandligini taʼminlash borasida: Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishsiz va biznesini boshlash istagidagi 384,4 ming nafar yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar bandligi dasturi” qabul qilinib, 277 ming (72 foiz) yoshlar bandligi taʼminlandi. Xususan: “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish – davlat idoralarining 4 546 nafar rahbari 115,8 ming ishsiz yoshga biriktirilib, 114,9 ming nafari bandligi taʼminlandi; – Aloqabank tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 8 155 ta loyihaga 984,4 mlrd soʻm uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratilib, yaratilgan 10 829 ta yangi ish oʻrniga ishsiz yoshlar joylashtirildi; – Milliybank tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 22,2 ming bitiruvchilar ish oʻrinlariga joylashtirildi hamda 3 227 nafar talabaning 134,3 mlrd soʻmlik biznes loyihalari moliyalashtirildi; – joriy yilning 21-23-may kunlari Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida 700 ta yirik ish beruvchi korxonalar va 50 ming nafar talabalar ishtirokida “Talaba Expo–2025” megaloyihasi tashkil etildi; – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 82,5 ming yoshlarga 2 440,8 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratildi; – “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6,2 ming yoshlarga subsidiya ajratilib, oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashildi; – dehqonchilik uchun 2,5 ming yoshlarga 1,3 ming gektar ekin maydonlari ajratilib, bandligi taʼminlandi. Mahallalarda 1,3 mln nafar shaxslarning (417,6 mingi yoshlar) “migratsiya balansi” shakllantirilib, “raqamli mahalla” platformasi orqali onlayn monitoring qilish tizimi joriy etildi. Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi 26,9 ming yoshlar yuqori maoshli korxonalarga xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasi tizimi orqali yuborildi. Natijada 7 467 ta mahallalardan rahbarlarga biriktirilgan “ogʻir” (ishsiz) toifadagi yoshlarning bandligi toʻliq taʼminlandi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 3,9 baravar ko‘pdir. (2024-yilda 1 889 ta mahalla) . 2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida: Joriy yilda 10 ta toifada tarbiyasi ogʻir 51 455 yoshlar 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlarining 4 155 nafar masʼullariga otaliqqa berilib, ularni toʻgʻri yoʻlga solishga qaratilgan zarur choralar koʻrildi. Yil boshidan 32 657 nafar tarbiyasi ogʻir yoshlar sogʻlomlashtirilib, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashildi. Shu jumladan: – otaliqqa olgan masʼul “kafilligi” ostida xulqi ijobiy tomonga oʻzgargan 6 279 nafar yoshlar muddatidan avval probatsiya va profilaktika hisobidan chiqarildi; – mahalla raisi ishtirokida 4 469 nafar dars qoldiruvchilar taʼlimga qaytib, 2 370 nafar yosh oila ajrimining oldi olindi; – profilaktika inspektori bilan 651 nafar yosh giyohvandlik va “yot gʻoyalar” taʼsiridan qaytarilib, vatanparvarlik targʻiboti orqali 266 nafar yosh harbiy xizmatga yuborildi; – 5 279 nafar yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam koʻrsatildi; – hokim yordamchisi bilan 10 926 nafar yoshlar bandligi taʼminlanib, 1 967 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yuborildi; – “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilib, 284 ming mahalla yoshlari jalb etildi; – mahallalarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda harbiy qismlarda “Jasorat” harbiy yigʻinlarini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, 14 388 nafar yoshlar harbiy xizmatga saralab olindi; – jazoni ijro etish muassasalarida yosh mahkumlar bilan Yoshlar ishlari agentligi rahbarlarining uchrashuvi va muloqotlari tashkil etildi va JIEMdagi 9 102 nafar
12 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish yoshlarning 3 845 nafari kasb-hunarga, 1 392 nafari xorijiy tillarni oʻrganishga, 8 071 nafari foydali mehnatga jalb etildi. Natijada, yoshlar jinoyati oʻtgan davrda 18,8 foizga kamaydi va 5 147 ta mahalla “yoshlar jinoyatidan holi mahalla”ga aylandi . 3. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida: Respublika bo‘yicha tanlov, musobaqa va amaliy loyihalarda 15,4 mln yoshlar qamrab olindi. Jumladan: – joriy yilning 1-25-may kunlari hududlar va oliygohlarda oʻtkazilgan “TalabaFest–2025” festivalida 800 ming talabalar ishtirok etdi; – Madaniyat va istirohat bogʻlari, ochiq maydon va yoshlar saylgohlarida “DJ community” konsert-shou dasturlarini haftaning har shanba kunlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, 2 mln yoshlar qamrab olindi; – “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan tanlov va musobaqalarga 6,2 mln yoshlar ishtirok etdi (tanlovlar davom etmoqda) . Madaniyat-sanʼat – 708 ming, sport – 3.3 mln, kitobxonlik va intellektual oʻyinlar – 2.2 mln. – Mahalla, tuman, viloyatlarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, a) yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar taqdim etadigan loyiha, tanlov va musobaqalar tashkil etilib, 7,2 mln yoshlar qamrab olindi; b) iyul-avgust oylarida tashkil etilgan amfiteatr va sayilgohlarda konsert va musiqa kechalari, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat koʻrgazmalari, sheʼriyat kechalari va intellektual oʻyinlarda 975 ming yoshlar qamrab olindi; d) “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” loyihasi oʻtkazilib, 893 ming nafar yoshlarning muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyasi tashkil etildi. – xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va kitobxonlik loyihalariga 6,5 mln yoshlar jalb etildi ( “Ibrat farzandlari” loyihasi – 2,6 mln, “Qizlar akademiyasi” loyihasi – 359 ming xotin-qizlar, ʼUstoz AI” loyihasi – 657 ming yoshlar, “Mutolaa” loyihasi – 2,9 mln kitobxon). – xorijiy tillar boʻyicha xalqaro sertifikatga ega 12,9 ming yoshga 28,7 mlrd soʻm imtihon topshirish xarajatlari qoplab berildi ( tizim joriy etilgandan buyon 51,9 ming yoshga 101 mlrd soʻm) . Natijada birgina xalqaro “IELTS” imtihonidan 5,5 ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball olganlar 7,5 baravarga, 8,5-9 ballga erishganlar esa 24 baravarga oshdi. XULOSA Ishsiz va taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash choralari koʻrilishi, otaliqdagi yoshlar bilash ishlash davom ettirilishi, ularni kasbga yoʻnaltirish, sport, harbiy-vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilishi hamda yoshlar bilan individual shugʻullanib, muammolarini hal etish orqali sogʻlomlashtirish choralari koʻrilishi natijasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi yanada oshirish imkoniyatlari mavjud. Yoshlar siyosati bu faqat hujjatlar to‘plami emas, balki har bir yoshning hayotiga bevosita ta’sir etuvchi, uni rag‘batlantiruvchi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashuvchi tizimdir. Bu siyosatni amaliy, interaktiv va ma’naviy-ma’rifiy yondashuvlar bilan boyitish esa pedagoglar, trenerlar va metodistlarning asosiy vazifasidir. Aynan shunday yondashuvlar orqali biz yoshlarni kelajak sari ishonch bilan yetaklaymiz.
13 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Jo‘rayev A., Qodirov M. Yoshlar siyosati asoslari— Toshkent: “IQTISODMOLIYA” nashriyoti, 2021. — 224 bet. O‘zbekistonda yoshlar siyosatining huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari va tahliliy yondashuvlar. 2. Tursunov B. Yoshlar va jamiyat: ijtimoiy faollikni shakllantirish yo‘llari — Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020. — 198 bet. Yoshlarning ijtimoiy faolligi, liderlik ko‘nikmalari va fuqarolik pozitsiyasi haqida. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” — Rasmiy hujjat. Toshkent: Lex.uz, 2021. — 23-son qaror. Strategik maqsadlar, yo‘nalishlar va amalga oshirish bosqichlari. 4. Yoshlar ishlari agentligi (tahrir hay’ati) Yoshlar siyosati: amaliyot va tajriba 5. — Toshkent: “Yangi O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. — 156 bet. Agentlik tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, monitoring natijalari va tavsiyalar. 6. Jangibayev N.Yoshlar siyosati va uning ijtimoiy samaradorligi — Ilmiy maqola. ScienceWeb jurnalida chop etilgan. — 2023. — №2. — 45–52-betlar. Yoshlar siyosatining jamiyatdagi o‘rni va natijaviylik tahlili. 7. https://gov.uz/oz/yoshlar 8. https://yoshlarbalansi.uz 9. https://yoshlardaftari.uz 10. https://ibratfarzandlari.uz 11. https://mahalla.ijro.uz