scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Hakimov Faxritdin Abdusattorovich

Full text

625 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Hakimov Faxritdin Abdusattorovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17570186 Annotatsiya: Ushbu maqolada uzoq muddatli aktivlarni xalqaro standartlar asosida hisobini yuritish borasida xorijiy va mahalliy olimlarning yondashuvlari, shuningdek, xalqaro standartlarda uzoq muddatli aktivlarni tan olish, baholash va hisobga olish tamoyillari tadqiq qilindi. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi mulkiy munosabatlarning yangi tamoyillar asosida o‘zgarishi buxgalteriya hisobi qoidalarini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Yangi tamoyillar hozirgi iqtisodiyotimiz modeliga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan hamda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga javob berishi lozim. 13.04.2016-yildagi O‘RQ404-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasqdilandi. Ushbu qabul qilingan qonunning 10-moddasiga muvofiq “Buxgalteriya hisobi subyektlariga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llash huquqi taqdim etildi” [1]. Buxgalteriya hisobini xalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq me’yoriy-huquqiy xujjatlarini yangi normalar asosida tartibga solishni takomillashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori[2] qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar o‘z xisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq taqdim etishi belgilangan. 1-son MHXS da “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari - bu moliyaviy hisobotning xalqaro sandartlari qo’mitasi tomonidan qabul qilingan standartlar va interpretatsiyalardir” deb ta’rif berilgan [3]. “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining maqsadi - moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda turli xilmaxilliklar va sharhlar turini qisqartirish, ma’lumotlarni taqqoslash imkonini yaratish va sifatini oshirish, standartlarni umumlashtirish” deb ta’rif bergan professor A.N.To’rayev [4] va boshqalar. Adabiyotlar sharhi. Xalqaro hisob andozalarida uzoq muddatli aktivlarni tan olish, baholash va hisobga olish tamoyillari bo‘yicha xorijlik hamda mamlakatimiz iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotlarni olib borishgan. Daromadlarning xarajatlarga mos kelish tamoyili shuni ko‘zda tutadiki, daromad olish uchun qilingan xarajatlar buxgalteriya hisobida daromadlar ko‘rsatilgan davrda keltiriladi. Professor Ya.V.Sokolov mos kelish tamoyilining qo‘llanish zaruriyatini ta’kidlagan. Mazkur tamoyilning ma’nosini rossiyalik iqtisodchi olim quyidagicha talqin qiladi “Daromad keltirishga sabab bo‘lgan xarajatlar olingan daromad qaysi davrga tegishli bo‘lsa, o‘sha davrga tegishli bo‘ladi” [5]. Professor M.I.Kuterning ta’kidlashicha,-“Mazkur tamoyilning qo‘llanishi davr xarajatlarini ishlab chiqarish tannarxiga tenglashtirishga imkon beradi” [6]. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Professor I.N.Ismanovning ta’kidlashicha “Aktivlarni to‘g‘ri tasniflash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish imkoniyati kengayadi” [7]. Iqtisodchi olimlarimizdan S.N.Tashnazarov Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tarkibida “III. Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir standartlar-ushbu guruhga 9 ta standart kiritilgan”ligini [8] ko‘rsatib o‘tgan. Xalqaro andozalar qoidasiga ko‘ra, foyda keltirmaydigan uzoq muddatli aktivlarga qilinadigan sarf xarajatlar zararga olib boriladi. Bizning fikrimizcha, “Foyda tadbirkorning daromad shakli bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan kapitalni anglatadi. Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan kapital kategoriyasi bilan bog‘liq” [9]. “Shunday qilib, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi” [10]. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada induksiya va deduksiya, monografik kuzatish, omilli tahlil, sintez va boshqa usullardan keng foydalanilgan. Tahlil va natija. 626 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro andozalarga kiritilgan tamoyillarning sezilarli qismi bizning mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan konseptual tizimga mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya hisobi standartlarida buxgalteriya hisobining to‘rtta asosiy tamoyillari shakllantirilgan. Buxgalteriya hisobining ko‘plab tamoyillaridan uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan, shuningdek, hisobni yuritishning usullari va uslubiyatini shakllantiradigan tamoyillarini ajratib olish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Bizning fikrimizcha, yuqorida bayon qilingan fikrlar uzoq muddatli aktivlar tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro andozalari talablariga ko‘ra, uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi. O‘z faoliyatini tugatayotgan korxona uchun uzoq muddatli aktivlarni baholashda realizatsion qiymat usuli qo‘llanishi foydali. Bunda quyidagi holatlar vujudga kelishi mumkin: T/r Uzoq muddatli aktivlarni baholashda realizatsion qiymat usulini qo‘llanishi 1. Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati kreditorlarning qarzini qoplash uchun yetarli. 2. Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati kreditorlar talabini qondira olmaydi va ular o‘zlariga tegishi mumkin bo‘lgan ulushining bir qismini oladi. 3. Yuridik shaxs aktivlari realizatsion qiymati qarzlardan ancha ko‘p va u qarzlarni to‘laligicha yopish uchun yetarli. Shunday qilib, korxona faoliyatining uzluksizligi tamoyilini uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobiga tatbiq etib, quyidagicha ifodalash mumkin: faoliyat olib borayotgan korxonaning uzoq muddatli aktivlari balans qiymati (dastlabki, joriy tiklanuvchi, joriy bozor, qoldiq baholari)da baholanadi. Korxona faoliyati to‘xtatilib oraliq tugatish balansi tuzilayotganda, uzoq muddatli aktivlarni baholash realizatsion qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibining konseptual asosiga ko‘ra, hisoblash tamoyili korxona xo‘jalik faoliyatining ma’lum bir davrini tavsiflaydi, ya’ni sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalari pul mablag‘larining to‘langan yoki olingan paytiga emas balki aynan o‘sha tavsiflangan davriga taalluqli, deb tan olinadi. Shunday qilib, hisoblash tamoyilibu buxgalteriya hisobida bo‘lib o‘tgan xo‘jalik operatsiyalarini mazkur hisobot davrida tan olish lozim ekanligini e’tirof etish, demakdir. Shuning uchun korxona foaliyati tugatilayotganda, aktivlarni sotish bahosi ularni sotishdan olinadigan daromadlarni hisoblash imkonini beradi. Moliyaviy hisobning xalqaro standartlarida mazkur tamoyil kengroq talqin etiladi. Mazkur tamoyilning 4 ta tarkibiy qismlarini ajratish mumkin: T/r Moliyaviy hisobning xalqaro standartlarida buxgalteriya hisobi tamoyillarining tarkibiy qismlari 1. Operatsiya va hodisalar pul va uning ekvivalentlarining kelib tushishiga qarab emas, balki ular haqiqatda amalga oshishiga qarab tan olinadi; 2. Operatsiya va hodisalar qaysi davrda amalga oshirilganligiga qarab o‘sha davrning moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladi va hisob registrlarida qayd qilinadi; 3. Xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda bevosita ko‘rilgan zararlar va ishlab topilgan aniq daromadlar solishtirilganda tan olinadi; 4. Taqqoslash konsepsiyasining qo‘llanishi buxgalteriya balansida aktiv va majburiyatlarni belgilamaydigan moddalar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi; Daromadlarning xarajatlarga mos kelish tamoyili shuni ko‘zda tutadiki, daromad olish uchun qilingan xarajatlar buxgalteriya hisobida daromadlar ko‘rsatilgan davrda keltiriladi. Mos kelish tamoyilining qo‘llanish zaruriyatini rossiyalik iqtisodchi olimlar ham ta’kidlamoqdalar. Professor Ya.V.Sokolov mazkur tamoyilning ma’nosini quyidagicha talqin qiladi “Daromad keltirishga sabab bo‘lgan xarajatlar olingan daromad qaysi davrga tegishli bo‘lsa, o‘sha davrga tegishli bo‘ladi” [5]. Professor M.I.Kuterning ta’kidlashicha, “Mazkur tamoyilning qo‘llanishi davr xarajatlarini ishlab chiqarish tannarxiga tenglashtirishga imkon beradi” [6]. 627 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Professor I.N.Ismanovning ta’kidlashicha, “Aktivlarni to‘g‘ri tasniflash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish imkoniyati kengayadi” [7]. Mos kelish tamoyilini amaliyotda qo‘llash anchayin qiyin hisoblanadi. Mazkur tamoyilning qo‘llanilishi hisobot davrida ishlab topilgan daromad, albatta, shu davrda amalga oshirilgan xarajatlarga bog‘liq bo‘lishini taqozo etadi. Ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun xorij amaliyotida buxgalteriya hisobining maxsus usullarini qo‘llash ko‘zda tutilgan. Bu usullar konstatatsiya yoki transformatsiya, deb ham ataladi. Xarajatlar va daromadlarni bir hisobot davrida hisobga olish konstatatsiya usuli, deb e’tirof etilsa, xarajatlar va daromadlar ikki yoki undan ortiq hisobot davrlariga tegishli bo‘lsa, transformatsiya vujudga keladi. Uzoq muddatli aktivlarning bir qism obyektlarida ikki xil ehtiyotkorlik konsepsiyalari mavjud: dinamik buxgalteriya hisobi nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlik tamoyili, bunda uzoq muddatli moddiy aktivlarning faqat sotish yoki boshqa sabablar bilan tashlab chiqib ketish holatidagi real qiymatini aniqlash ko‘zda tutiladi; Statik buxgalteriya hisobi nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlik konsepsiyasi-bu hali sotilmagan uzoq muddatli aktivlarning potensial zararini e’tiborga olishni ko‘zda tutadi; Statik konsepsiya amaldagi buxgalteriya hisobotlarida to‘liq qo‘llanilmaydi. Lekin ehtiyotkorlik tamoyili uni amalda qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodchi olimlarimizdan S.N.Tashnazarov moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tarkibida “III. Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir standartlar-ushbu guruhga 9 ta standart kiritilgan” [8] ligini ko‘rsatib o‘tgan. Buxgalteriya hisobi qoidalariga ko‘ra, egalik huquqi bo‘yicha obyektlar foyda keltirishi yoki keltirmasligidan qat’iy nazar, uzoq muddatli aktiv deb tan olinadi. Xalqaro andozalar qoidasiga ko‘ra, foyda keltirmaydigan uzoq muddatli aktivlarga qilinadigan sarf xarajatlar zararga olib boriladi. “Foyda tadbirkorning daromad shakli bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan kapitalni anglatadi. Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan kapital kategoriyasi bilan bog‘liq” [9]. Shunday qilib, mamlakatimiz buxgalteriya tizimida ehtiyotkorlik tamoyilining qo‘llanilishi davlat tomonidan ishlab chiqilgan fiskal siyosatga zid kelishi mumkin. Uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobida davriylik, moliyalashtirish hamda joriy, kelgusi davr va kapital xarajatlarni alohida hisobga olish usullari metodologik asos bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining davriyligi usuli aktivlarni sotib olish bo‘yicha bir martali xarajatlarning alohida hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Shunday qilib, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish bir marta katta xarajatlar qilinishini taqozo etadi, lekin bu xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha hisobot davriga kiritilmaydi. Shuning uchun aktivlar faoliyat davrlari miqdorining dastlabki hisob-kitobi amalga oshiriladi va ulardan samarali foydalanish davri aniqlanadi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning har bir hisobot yiliga to‘g‘ri keluvchi qismi ajratiladi. Joriy, kelgusi davr va kapitallashgan xarajatlarni alohida hisobga olish usuli korxonaning uzoq muddatli aktivlarni sotib olish va keyin ularni joriy yoki kelajak davr xarajatlariga kiritish bo‘yicha xarajatlarini buxgalteriya hisobida ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, “buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi” [10]. Shuning uchun korxonalarda hisob siyosatini ishlab chiqish va unga amal qilishda mazkur tamoyillar talabini bajarish muhim ahamiyatga ega. Xulosa va takliflar. Xulosa qiladigan bo‘lsak, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi. Shuning uchun korxonalarda hisob siyosatini ishlab chiqish va unga amal qilishda mazkur tamoyillar talabini bajarish muhim ahamiyatga ega. Uzoq muddatli aktivlarni tan olishning tamoyillaridan kelib chiqib, aktiv uzoq muddatga, ya’ni bir yildan ortiq muddatga xizmat qilishi, nazorat funksiyasiga ega bo‘lishi hamda iqtisodiy foyda keltirish imkoniyatini ta’minlanishi lozim. 628 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yuqoridagi holatlar asosida uzoq muddatli aktivlarni tan olish xalqaros standartlarning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi va moliyaviy hisobotning asosiy pritsiplaridan biri uzluksizlik tamoyilini ta’minlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir, 13.04.2016-yildagi O‘RQ-404 son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 3. Международные стандарты финансовой отчетности: Издание на русском языке.-М: «АСКEРИАССА», 2016. 4. To‘rayev A.N., Eshonqulov A.A. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etish tartibi //Архив научных исследований. – 2022. – T. 2. – №. 1. 5. Norbekov D., To’rayev A., Raxmonov Sh. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –350 b. 6. Цоколов Я.В. Основы теории бухгалтерского учета. — М.: Финансы и статистика, 2002. - С. 48 7. Кутер М.И. Теория и принципы бухгалтерского учета. – 2000. 8. Ismanov I.N. Aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ularni hisobga olishning ayrim munozarali jihatlari //Ekonomika i finansы (Uzbekistan). – 2016. – №. 2. – S. 39-45. 9. Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga o‘tish zaruriyati //Экономика и финансы (Uzbekistan). – 2016. – №. 7. – S. 48-54. 10. Khakimov F.A., Turanov M.S. The Economic Essence of Profit and the Initial Theoretical Foundations of its Formation //Eurasian Research Bulletin. – 2022. – T. 6. – S. 95-97. 11. Abdusattorovich K.F. Principles of Recognition, Assessment And Accounting of Long-Term Assets in International Account Templates //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – T. 3. – №. 11. – S. 1133-1138.