HOMILADOR AYOLLARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASI STATISTIKASI , DAVOLASH VA OLDINI OLISH CHORALARI
Abstract
Homilador ayollarda temir tanqisligi patologiyasi homiladorlik jarayoniga, homilador ayol va yangi tugʻilgan chaqaloqning sogʻligʻiga sezilarli darajada ta'sir koʻrsatishi tufayli dolzarb muammo hisoblanadi. Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) homilador ayollar holatining muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanib, asosan ijtimoiy mavqega bogʻliqdir, koʻpincha notoʻgʻri noratsional oziqlanish va kambagʻallikning yuqori darajasini aks ettiradi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Sharipova Shaxnoza Ozod qizi Email: sharipova.shax[email protected] https://orcid.org/0009-0006-7764-9782 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston, Buxoro sh. A. Navoiy kochasi 1 Tel: +998 (65) 223-00-50 e-mail: [email protected] HOMILADOR AYOLLARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASI STATISTIKASI , DAVOLASH VA OLDINI OLISH CHORALARI. Rezume : Homilador ayollarda temir tanqisligi patologiyasi homiladorlik jarayoniga, homilador ayol va yangi tugʻilgan chaqaloqning sogʻligʻiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatishi tufayli dolzarb muammo hisoblanadi. Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) homilador ayollar holatining muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanib, asosan ijtimoiy mavqega bogʻliqdir, koʻpincha notoʻgʻri noratsional oziqlanish va kambagʻallikning yuqori darajasini aks ettiradi. Kalit so’zlar : Temir tanqisligi anemiyasi , Gemoglobin, Gematokrit , Elementar (faol) temir, Sideropeniya . Temir tanqisligi (iron deficiency) — toʻqimalarda temirning funksional tanqisligi va anemiya yoki anemiyasiz temir zaxiralarining yetishmaslik holati. Temir tanqisligi odatda oziq-ovqatda temirning yetishmasligi, tez oʻsish davrida (homiladorlik va yangi tugʻilganlik davri) va/yoki koʻp miqdorda qon yoʻqotish (oshqozon-ichakdan qon ketishi, polimenorreya, gelmintozlar va boshqa) temirga boʻlgan ehtiyojning ortishi bilan yuzaga keladi. Homiladorlikning birinchi trimestrida temir moddasiga boʻlgan ehtiyoj kuniga 800 mkg, oxirgi trimestrda kuniga 7500 mkg ga oshadi. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/16691399/ TTning uchta darajasi mavjud: 1-daraja: prelatent temir tanqisligi – organizmda temir zaxiralari kamayishi. 2-daraja: latent temir tanqisligi – depolarda temir zaxiralari tugashi, toʻqima va qon zardobida temir moddasi kamayishi, anemiyaning klinik belgilari kuzatilmaydi, ferritin darajasi pasayadi. 3-daraja: manifest temir tanqisligi – gemoglobin darajasi pasayishi, TTA rivojlanishi, klinik belgilar namoyon boʻlishi. https://dx.doi.org/10.18565/therapy.2019.1.172-181 Turli yosh guruhlarida TTA 30%-45%, shirin (latent) tanqisligi 60% aholida kuzatiladi. Epidemiologiyasi Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) klinik amaliyotda koʻpincha homilador ayollarda uchraydi. Oʻzbekistonda TTAning tarqalishi homilador ayollar va reproduktiv yoshdagi ayollar orasida 60%, oʻlgan onalar orasida esa 97-98% ni tashkil qiladi. Oxirgi 12 yil ichida reproduktiv yoshdagi ayollar oʻrtasida TTAning tarqalishi 60% dan (1996-yil) 33,5% ga (2008-yil) kamaydi. JSSTning maʼlumotlariga koʻra, anemiyaning tarqalishi 5 dan 20% gacha boʻlganda yengil, 2039% gacha boʻlganda oʻrta, 40% va undan yuqori boʻlganda sogʻliqni saqlashning ogʻir muammosi hisoblanadi. Hozirgi kunda, Oʻzbekistonda anemiyaning muammosi oʻrta darajali muammo boʻlib, ayollarning 80% da homiladorlik va tugʻish patologiyasini keltirib chiqaradi. Homilador ayollardagi somatik patologiyalar orasida TTA birinchi oʻrinda turadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Etiologiyasi Ayollarda TTAning asosiy sabablariga ogʻir menstrual qon ketishi, homiladorlik, tugʻruq (ayniqsa, tez-tez) va laktatsiya hisoblanadi. Anemiya rivojlanishi xavf omillariga quyidagilar kiradi: ogʻir yashash sharoiti: balanslanmagan ovqatlanish, organizmga yetarli miqdorda temir, oqsil, vitamin, foliy kislotasi va mikroelementlar bilan ovqatlanmaslik; surunkali intoksikatsiya, shu jumladan ogʻir metall tuzlari (ekologik jihatdan ogʻir hududda yashovchi zararli ishlab chiqarish); surunkali kasalliklar: revmatizm, qandli diabet, gastrit, buyrak kasalliklari, infeksiyaning surunkali oʻchoqlari; anamnezda anemiya; homiladorlik davrida qon ketishi; koʻp homilalik homiladorlik; uzoq laktatsiya davri bilan tez-tez tugʻish; ogʻir nasl; tugʻruqlar orasidagi qisqa intervallar. TTAning etiologik omillari yaxshi oʻrganilgan va ularga ijtimoiy-iqtisodiy, atrof-muhit, ekstragenital, yuqumli va yalligʻlanish kasalliklar, nutritiv, turli qon ketishlar, qisqa intergenetik interval, gelmint invaziyalari, tugʻma temir tanqisligi, soʻrilish buzilishi, temirga boʻlgan ehtiyoj oshishi va oziqlanish xususiyatlari kiradi (2-jadval). http://www.who.int/nutrition/publications/micronutrients. Homilador ayollarda temir tanqisligi anemiyasi — qondagi gemoglobin va eritrotsitlar miqdori pasayishi, buning natijasida kislorodni yetkazish xususiyati buziladi. Anemiya homiladorlik davrida koʻpincha 20 haftalik muddatdan keyin rivojlanadi. Homilador ayollarda temir tanqisligi anemiyasi – homiladorlikdan avval boʻlgan, sirkulyator va toʻqimalar gipoksiyasini keltirib chiqaradigan, temir, shuningdek, oqsil, vitamin va boshqa muhim mikroelementlar yetishmovchiligi bilan tavsiflangan birlamchi anemiya hisoblanadi. Klinik koʻrinishi TTAning asosiy klinik koʻrinishlariga anemiya (3-jadval) va sideropeniya sindromlari kiradi (4jadval). Sideropeniya (yunonchadan “sideropenia”; “sidero” temir va “penia” yetishmovchilik) — qon plazmasida temir moddasining past miqdori, toʻqimalardagi temir tanqisligi tufayli kelib chiqadi, bu koʻplab fermentlar (sitoxrom oksidaza, peroksidaza, suksinat degidrogenaza va boshq) faolligi pasayishiga olib keladi. https://dic.academic.ru/dic.nsf/medic/6557. Anemik sindromning simptomlari holsizlik, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi; jismoniy zoʻriqishni koʻtara olmaslik; ishtaha pasayishi; ishlash, diqqatlilik, oʻqish darajasi pasayishi;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL teri qoplamlari va shilliq qavatlari oqish boʻlishi; taxikardiya, sistolik shovqin. Sideropenik sindromning simptomlari : Teri, teri ortiqlari, shilliq qavat: Ter qurishi, sklera koʻkimtir rangda boʻlishi, soch toʻkilishi va ajralishi, sinuvchan va yassi tirnoqlar, koylonixiyalar (qoshiqsimon tirnoq), ularda koʻndalang joylashgan chiziqlar, tish sinishi, xeyloz, ogʻiz boʻshligʻi, tomogʻ, til shilliq qavati atrofiyasi, sideropenik glossit, til achishishi. Oshqozon-ichak trakti va jigar : Ishtaha va taʼm buzilishi, jigʻildon qaynashi, koʻngil aynishi, ezofagitlar, sideropenik disfagiya (Plammer-Vinson yoki Paterson-Kelli sindromi), ich qotishi yoki ich ketishi, atrofik gastroduodenit va enterit, jigar funksiyasi buzilishi (oqsilni bogʻlash funksiyasi buzilishi, jigar sinamalari oʻzgarishi). Nerv tizimi : Titroq, holsizlik, diqqatlilik konsentratsiyasi buzilishi, xotira pasayishi, ishlash qobiliyati pasayishi, quloqdagi shovqin, ortostatik gipotenziya, koʻz qorongʻulashishi, hushdan ketishi, hid va taʼm buzilishi (atseton, benzin va boshq. (patoosmiya) kabi oʻtkir hidlarga taʼsirchan boʻlish va mel, tish pastasi, kukun (patofagiya) yeyishni hohlash, anoreksiya, subfebrilitet. Yurak qon-tomir tizimi : Diastolik disfunksiya, yurak kattalashishi, dispnoe (nafas qisilishi, buzilishi), gipotoniya (ogʻir anemiyada), shishlar. Diagnostikasi TTAning diagnostik mezonlari: Hb miqdori 110 g/l dan past; eritrotsitlar miqdori 3,5x1012/l dan past; gematokrit 33% dan past; qon zardobidagi ferritin konsentratsiyasi <30 mg/l; qon zardobidagi temir miqdori <15 mkmol/l; ZUTBX 45,3 – 77,1 mkmol/l dan yuqori;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL TTT 20% dan past, gipoxromiya, mikrotsitoz, anizova poykilotsitoz, retikulotsitoz. Homilador ayollarda anemiyaning ogʻirlik darajasi tasnifi: Ogʻirlik darajasi Gemoglobin miqdori (g/l) I – yengil 90-110 II – oʻrta 70-89 III – ogʻir <70 Terapevt, gematolog shifokorlarning maslahati zarur: differensial diagnostika, TTHni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan kasalliklarni (onkologik) istisno qilish, davolash sxemalarini optimallashtirish. TTAda qon zardobida temir va ferritin miqdori pasayishi, shuningdek, kompensator ravishda eritropoetin darajasi ortishi kuzatiladi, bu organizmdashi temir zaxiralari kamayotganidan dalolat beradi. SKA temir darajasi pasayishi va eritropoetin ishlab chiqilishi faollashmasdan ferritin darajasi ortishi bilan tavsilanadi. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/37096333/ Temir tanqisligi anemiyasining homiladorlik kechishi va natijasi, yangi tugʻilgan chaqaloqqa taʼsiri TTА homiladorlik va tugʻruqning ogʻir preeklampsiya, NJYBK, muddatdan oldingi tugʻruq, qogʻanoq pardalari barvaqt yorilishi, tugʻruq davomiyligi uzayishi, fetoplatsentar yetishmovchilik, homilaning noaniq holati, tugʻruqdan keyingi qon ketishi, tugʻruqdan keyingi infeksiya, baʼzi holatlarda oʻlimga olib keladigan asoratlarning rivojlanishi uchun asorotlovchi omil sifatida turishi mumkin. Onada TTA va gipogalaktiya chaqaloqlarning nerv tizimi rivojlanishiga bevosita va uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi va onada temir moddasi past miqdori chaqaloqlarda autizm, nevrologik kasalliklar va bosh miya strukturasi anomal buzilishi xavfining ortishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, chaqaloqlarda asfiksiya, bosh miya gipoksik shikastlanishi, kam vazn, kamqonlik, immunitet tanqisligi va septik kasalliklar rivojlanishi uchun xavf omili hisoblanadi. Homiladorlik davrida anemiyaga skrining tekshiruvi Barcha homilador ayollar homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestrlarida oyiga bir marta; uchinchi trimestrda 2-marta gemoglobin darajasiga tekshirilishi lozim. Hb darajasi 110 g/l dan past, eritrotsitlar miqdori 3,5x1012/l dan, gematokrit 33% dan kam, ferritin <30 mg/l, qon zardobi temiri <15 mkmol/l; TTN 20% dan past boʻlsa, TTA tashxisi qoʻyiladi. Temir tanqisligi anemiyasi tashxisi qoʻyilganlar prenatal vitaminlarga qoʻshimcha ravishda temir moddasini qabul qilishlari lozim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yengil anemiyasi mavjud homilador ayollarni tekshiruvdan oʻtkazish Yengil anemiyasi mavjud homilador ayollarning dastlabki tekshiruvi anamnez, fizikal tekshiruv va kengaytirilgan qonning umumiy tahlili, ferritin, qon zardobi temiri, ZUTBX va TTTni oʻz ichiga olishi mumkin. Periferik qon surtmasini tekshirish gemolitik yoki parazitar kasallikni aniqlashga yordam beradi. Shaxsiy va oilaviy anamnez va eritrotsitlar miqdoriga qarab, gemoglobin tahlili va genetik tekshiruv orqali gemoglobinopatiyalarga skrining tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin. Homilador bemorlarda parenteral temirdan foydalanish Ham peroral, ham parenteral temir preparatlari temir zaxiralarini toʻldirishda samarali hisoblanadi. Homiladorlik davrida temir tanqisligi anemiyasini davolashda parenteral temir onada gemoglobin darajasi ortishi va nojoʻya taʼsirlar kamroq kuzatilishi va maqsadli gemoglobinga erishish ehtimoli yuqori boʻlishi, gemoglobin darajasi 4 haftada ortishi bilan bogʻliq boʻlgan. Tugʻruqdan keyingi davrda parenteral temir preparatlarini qabul qilgan ayollarda keyingi 6 hafta ichida gemoglobin darajasi yuqori boʻlgan va oshqozon-ichak trakti tomonidan nojoʻya taʼsirlar kuzatilmagan. Homiladorlikning birinchi trimestridan keyin va tugʻruqdan keyingi davrda preparatning samaradorligi va nojoʻya taʼsiri toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarga asoslanib, peroral temir preparatlarini qabul qila olmagan, yoki peroral terapiyaga javob bermagan, yoki homiladorlikning katta muddatlarida ogʻir temir tanqisligi mavjud ayollar uchun parenteral temir preparatlarini tayinlashni koʻrib chiqish mumkin. Davolash tamoyillari Nomedikamentoz davo: temir va oqsilga boy diyetani oʻz ichiga oladi (2-ilova). Faqatgina parhez bilan Hb darajasini normallashtirib boʻlmaydi, chunki temirning kam qismi soʻriladi (goʻshtdan — 20%, oʻsimlik mahsulotlaridan — 0,2%). Oqsil yetishmovchiligini qoplash uchun temir moddasiga boy boʻlgan maxsus tibbiy oziq-ovqat mahsulotlar bilan ovqatlanish tavsiya etiladi. Medikamentoz davo quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olishi kerak: anemiyani bartaraf etish; toʻyinish terapiyasi (organizmdagi temir zaxiralarini tiklash); qoʻllab-quvvatlovchi terapiya. Ogʻir darajali anemiya (Hb <70 g/l) va/yoki ogʻir simptomlar yoki homiladorlikning katta (>34 haftalik) muddatlarida 3 oy davomida peroral temir preparatlarini qabul qilishdan keyin gemoglobin darajasi koʻtarilmasa, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga* oʻtish talab etiladi. Gemoglobin darajasi normal diapazonga yetkanda, 3 oy davomida va tugʻruqdan keyin kamida 6 oy davomida medikamentoz davo davom ettirilishi kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Homiladorlik davrida TTAni medikamentoz davolashda va oldini olishda JSSTning quyidagi tamoyillariga amal qilish kerak: barcha homilador ayollar homiladorlikning erta muddatlarida (12 haftalik muddatiga qadar) va undan keyin laktatsiya davrida 3 oy davomida TTAning oldini olish uchun kuniga 50-60 mg elementar temirni qabul qilishi kerak. Homilador ayolga TTA tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, sutkalik doza ikki baravarga oshiriladi. https://cyberleninka.ru/article/v/zhelezodefitsitnaya-anemiya-rofilaktika-i-lechenie-priberemennost Yalligʻlanish oʻchoqlari fonida surunkali TTA mavjud homilador ayollarda asosiy kasallikni temir preparatlari va odam rekombinant eritropoetini (ORE) bilan davolash kerak. ORE — bu har qanday etiologiyali, shu jumladan homilador ayollarda kamqonlikni davolashning yangi samarali usuli hisoblanadi. Anemiya holatida preparatni qoʻllashning zaruriy sharti organizmning temir bilan yetarli darajada toʻyinganligi hisoblanadi. Gemoglobin darajasi va eritrotsitlar miqdori ekzogen eritropoetin yuborilgandan keyin bir necha soat ichida ortadi. ORE terapiyasi homilador ayollarda kamqonlikni davolashning samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi. Homilador ayollarda 20 haftalik muddatdan keyin yengil darajali anemiyani temir preparatlari bilan davolash samara bermasa, haftasiga 1-marta 2000 XB teri ostiga 3 ta inyeksiya, oʻrta darajali anemiyada teri ostiga haftasiga 2-marta 2000 XB 4 ta inyeksiya, ogʻir darajali anemiyada teri ostiga haftasiga 3marta 2000 XB 6 ta inyeksiya, tuqqan ayollar uchun har kuni 2000 XB teri ostiga 3-5 ta inyeksiya koʻrinishida yuboriladi. Temir tanqisligi anemiyasi mavjud homilador ayollarni olib borish Yengil darajali anemiya: Hb 110-90 g/l dan past, eritrotsitlar miqdori 3,5-3,2x1012 g/l, ferritin 15 mkg/l dan past, gematokrit 32-27%. Oqsil, temir, vitaminlarga boyitilgan mahsulotlar bilan oziqlanish. Kuniga 120 mg temir va 400 mg foliy kislotasi qabul qilinadi. Davoning samaradorligi 2 haftadan keyin baholanadi va gemoglobinning darajasi 10 g/l ga koʻtarilgan boʻlsa, ijobiy baholanadi, bunda davolashni 3 oy davomida davom ettirish kerak boʻladi. Ijobiy natija aniqlanmasa, kunduzgi statsionar sharoitida parenteral temir preparatlariga oʻtiladi. Oʻrta darajali anemiya: Hb 90 dan 70 g/l gacha, eritrotsitlar miqdori 3,3-2,6x1012 g/l, ferritin 15 mkg/l dan, gematokrit 28% dan past. Homiladorlikning >14 haftalik muddatiga qadar Hb dastlabki darajasi <90 g/l boʻlsa va homiladorlikning 3 trimestrida kunduzgi statsionar sharoitida parenteral temir preparatlariga oʻtiladi. Ogʻir darajali anemiya: Hb 70 g/l dan past, eritrotsitlar miqdori 3,0-2,2x1012 g/l, gematokrit 27% dan past boʻlsa: gematolog, terapevtning maslahati; ayolning tana vazni va gemoglobin darajasiga qarab temir preparatlarini tayinlash; oqsil, temir, vitaminlarga boyitilgan mahsulotlar bilan oziqlanish; temir karboksimaltozasi 1000 mg yoki 1 kg tana vazniga 20 mg temir mos ravishda;
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL surunkali piyelonefrit, ferroterapiyadan soʻng giporegenerativ anemiyada kun ora 3 ta inyeksiya koʻrinishida ORE 2000 XB dan tayinlanadi. Tugʻruqning birinchi davri yoki operatsiyadan oldin: temir karboksimaltozasi 1000 mg yoki 1 kg tana vazniga 20 mg temir mos ravishda; traneksam kislotasi 15 mg/kg (2 ampula 500 mg dan 200 ml fiziologik eritmaga) tomir ichiga 30 daqiqa davomida operatsiyadan 30 daqiqa oldin yuboriladi; Hb 50 g/l va undan past boʻlsa, eritrotsitlar miqdori 2,2 x1012 g/l va dan past boʻlsa, RITBda davolanadi. Temir preparatlarini tomir ichiga yuborishning asosiy koʻrsatmalari quyidagicha: peroral temir preparatlari samara bermaganda; homiladorlikning 14 haftalik muddatda katta muddatda oʻrta va ogʻir darajali TTA (gemoglobin <90 g/l); temir tanqisligi holatlari: ferritin <15 mkg/l, TTT 20% dan past. 3 trimestrda va tugʻruqdan avval (gemoglobin darajasi 90 g/l dan past) TTAni davolash uchun birinchi tanlov usuli; oshqozon yarasi, ogʻir nojoʻya taʼsirlar va boshqa holatlarda temir preparatlarini ogʻiz orqali qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar. Profilaktikasi JSSTning tavsiyalariga koʻra, anemiya, tugʻruqdan keyingi sepsis, kam vaznli chaqaloqlar tugʻilishi va muddatdan avval tugʻruqning oldini olish uchun homilador ayollarga kuniga 30-60 mg dozada profilaktik peroral temir preparatlari va homiladorlikning butun davri va laktatsiyaning 11 dastlabki uch oyi davomida 400 mkg foliy kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiya, ayniqsa, homilador ayollarda kamqonlik darajasi 20% va undan ortiq boʻlgan hududlarga, temir tanqisligi rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan ayollarga tegishli (anamnezda anemiya, koʻp homilalik homiladorlik, tez-tez tugʻish, vegetarianlar, qon ketishi xavfi yuqori boʻlgan ayollar va boshq). Homiladorlik davrida temir preparatlarini past dozada qabul qilish onaning gematologik koʻrsatkichlarini yaxshilaydi, temir tanqisligi rivojlanish ehtimolini kamaytiradi va nojoʻya taʼsirlar kuzatilmaydi. CDC barcha homilador ayollarga birinchi prenatal tashrifida past dozali temir preparatlarini qabul qilishni tavsiya qiladi. Homilador ayollar va onalar orasida kamqonlikning tarqalishini kamaytirish uchun homiladorlikning birinchi trimestridan boshlab temirning past dozalarini qabul qilish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Anemia in Pregnancy. ACOG Practice Bulletin No. 233. American College of Obstetricians and Gynecologists. Obstet Gynecol 2021; 138:e55–64. 2. Means RT. Iron deficiency and iron deficiency anemia: implications and impact in pregnancy, fetal development, and early childhood parameters. Nutrients 2020; 12(2):447. (Level III)
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 3. Ontario Association of Medical Laboratories. Guidelines for the use of serum tests for iron deficiency (CLP 002). Toronto: OAML; 2012. Accessed April 21, 2021. (Level III) 4. Peace JM, Banayan JM. Anemia in pregnancy: pathophysiology, diagnosis, and treatment. Int Anesthesiol Clin. DOI: 10.1097/AIA. 0000000000000320. (Level III) 5. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine; Health and Medicine Division; Food and Nutrition Board. Nutrition During Pregnancy and Lactation: Exploring New Evidence: Proceedings of a Workshop. Harrison M, editor. Washington (DC): National Academies Press (US); 2020 Jul 31. PMID: 32744815. (Level III) 6. Siu AL. Screening for iron deficiency anemia and iron supplementation in pregnant women to improve maternal health and birth outcomes: U.S. Preventive Services Task Force Recommendation Statement. U.S. Preventive Services Task Force. Ann Intern Med 2015; 163:529–36. (Level III) 7. Georgieff MK. Iron deficiency in pregnancy. Am J Obstet Gynecol 2020; 223:516–24. (Level III) 8. Sultan P, Bampoe S, Shah R, Guo N, Estes J, Stave C, et al. Oral vs intravenous iron therapy for postpartum anemia: a systematic review and meta-analysis. Am J Obstet Gynecol 2019; 221:19–29.e3. (Systematic Review and Meta-Analysis). 9. Govindappagari S, Burwick RM. Treatment of iron deficiency anemia in pregnancy with intravenous versus oral iron: systematic review and meta-analysis. Am J Perinatol 2019; 36:366– 76. (Systematic Review and Meta-Analysis). 10. Lewkowitz AK, Gupta A, Simon L, Sabol BA, Stoll C, Cooke E, et al. Intravenous compared with oral iron for the treatment of iron-deficiency anemia in pregnancy: a systematic review and meta-analysis. J Perinatol 2019; 39: 519–32. (Systematic Review and Meta-Analysis). 11. Postpartum hemorrhage. Practice Bulletin No. 183. American College of Obstetricians and Gynecologists. Obstet Gynecol 2017; 130:e168–86. (Level III)