scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARBA'IN SHE'RLARDA AYOL TIMSOLI

O'tkirbek Muhammad Sobir

Abstract

Ushbu maqolada Anvar Hojiahmad, Jamol Kamol, Shukur Qurbon va Mansur Jumayevning arba’in she’rlari qiyosiy tahlil qilinib, ularda ayol timsolining badiiy talqini har tomonlama yoritiladi. Tadqiqotda shoirlarning poetik dunyoqarashi, uslubiy yondashuvi, qo‘llagan ramz va timsollar tizimi hamda ayol obraziga berilgan estetik va tarbiyaviy ma’no tahlil etiladi. Ayol timsolining “jufti halol”, “ona”, “gul”, “g‘uncha” kabi obrazlarda ifodalanishi o‘zbek she’riyatidagi muqaddaslik, mehr, sadoqat va hayotbaxshlik g‘oyalarini aks ettiradi. Maqolada har bir shoirning ayolga bo‘lgan munosabatidagi o‘ziga xosliklar, ijtimoiy-tarbiyaviy g‘oyalar va axloqiy qadriyatlar badiiy-estetik nuqtayi nazardan yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek adabiyotida ayol timsolining ma’naviy, madaniy va estetik qimmatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish ARBA’IN SHE’RLARDA AYOL TIMSOLI Muallif: O‘tkirbek Muhammad Sobir 1 Affiliyatsiya: ADPI mustaqil tadqiqotchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17570567 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Anvar Hojiahmad, Jamol Kamol, Shukur Qurbon va Mansur Jumayevning arba’in she’rlari qiyosiy tahlil qilinib, ularda ayol timsolining badiiy talqini har tomonlama yoritiladi. Tadqiqotda shoirlarning poetik dunyoqarashi, uslubiy yondashuvi, qo‘llagan ramz va timsollar tizimi hamda ayol obraziga berilgan estetik va tarbiyaviy ma’no tahlil etiladi. Ayol timsolining “jufti halol”, “ona”, “gul”, “g‘uncha” kabi obrazlarda ifodalanishi o‘zbek she’riyatidagi muqaddaslik, mehr, sadoqat va hayotbaxshlik g‘oyalarini aks ettiradi. Maqolada har bir shoirning ayolga bo‘lgan munosabatidagi o‘ziga xosliklar, ijtimoiy-tarbiyaviy g‘oyalar va axloqiy qadriyatlar badiiy-estetik nuqtayi nazardan yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek adabiyotida ayol timsolining ma’naviy, madaniy va estetik qimmatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek she’riyati, arba’in, ayol timsoli, qiyosiy tahlil, ramz, estetik ahamiyat. KIRISH Adabiyot inson ruhiyatini, ijtimoiy hayotni va ma’naviy qadriyatlarni badiiy vositalar orqali yorituvchi eng ta’sirchan sohalardan biridir. Adabiyotning asosiy vazifalaridan biri — inson va jamiyat o‘rtasidagi ruhiy, axloqiy va estetik bog‘liqlikni ochib berishdir. Ayniqsa, poetik tafakkurda ayol timsoli qadim zamonlardan buyon mehr, sadoqat, go‘zallik, hayotbaxshlik va muqaddaslik timsoli sifatida talqin etilib kelgan. O‘zbek adabiyotida ayol obraziga ehtirom bilan murojaat qilish, uni oilaviy, diniy, ijtimoiy, ma’naviy jihatdan ulug‘lash ko‘p asrlik adabiy an’anaga aylangan. Ayol mavzusi turli davr shoirlari ijodida turlicha badiiy ko‘rinish olgan bo‘lsa-da, ularning barchasini birlashtiruvchi jihat — ayolni insoniyatning eng muqaddas ne’mati sifatida talqin etishdir. Xususan, manzum arba’in janrida yaratilgan she’rlar o‘zbek she’riyatida bu mavzuning yangi, chuqur ma’naviy va falsafiy talqiniga yo‘l ochdi. Ushbu maqolada Anvar Hojiahmad, Jamol Kamol, Shukur Qurbon va Mansur Jumayevning arba’in she’rlari asosida ayol timsolining badiiy, estetik va tarbiyaviy jihatdan yoritilishi tahlil qilinadi. METODOLOGIYA Tadqiqot qiyosiy-tahliliy va interpretativ metodlarga tayangan holda olib borildi. Har bir shoirning arba’in janridagi asarlari mazmun, shakl, uslub va ramziy qatlamlar nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Shoirlarning poetik dunyoqarashi, diniyfalsafiy qarashlari hamda ayol obrazini talqin etishda qo‘llagan badiiy vositalari o‘zaro solishtirildi. Tahlil davomida “ayol timsoli”ning diniy-estetik, ijtimoiy-axloqiy va madaniy talqini uch asosiy yo‘nalishda ko‘rib chiqildi: “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish 1. Ilohiy va oilaviy qadriyatlar kontekstida ayol obrazi (Anvar Hojiahmad). 2. Ijtimoiy adolat va insoniylik mezoni sifatida ayol (Jamol Kamol). 3. Axloqiylik va estetik go‘zallik ramzi sifatida ayol (Shukur Qurbon va Mansur Jumayev). Mazkur yondashuv ayol obrazining turli poetik shakllarda qanday mazmun kasb etishini ochib berishga xizmat qiladi. Anvar Hojiahmad o‘z arba’inida ayolni “jufti halol” timsolida ulug‘laydi. U ayolni oilaning ma’naviy markazi, Allohning rahmatini jalb qiluvchi zot sifatida tasvirlaydi. Shoirning quyidagi misralarida diniy ruh va lirizm uyg‘unlashgan: Jufti halolingga boqsang jilmayib, Xotining yuzida kulsa tabassum. Rahmat nazari-la tomosha qilib, Alloh ikkingizga qilur tarahhum. [1.61] Bu tasvir orqali shoir oilaviy hayotning poklik, baraka va ruhiy tinchlik asosida qurilishi zarurligini ta’kidlaydi. Jamol Kamol esa ayolni “munis ona”, “mushtipar” timsolida gavdalantirib, uni kamsitish va xo‘rlashni insoniylikka zid holat sifatida talqin etadi. Shoir jamiyatda ayol sha’niga yetkazilgan ozorlarni qoralab, insoniy fazilatlarni ayolga ehtiromda ko‘radi: Sen ayolni urma, munis onadir ul, mushtipar, Yaxshi insonlar ayolni izzat-ikrom qilur. Ul yomon durkim, ayolini hamisha yig‘latur, Xor-u zor aylarda, so‘ngra ortidin badnom qilur... [2.432] Bu misralarda ijtimoiy-tanqidiy ruh kuchli bo‘lib, ayol sha’nini himoya qilish g‘oyasi yetakchi o‘rinni egallaydi. Shukur Qurbonning she’rlarida ayol “gul” ramzi bilan tasvirlanadi. Shoirning poetik fikrida mehr, muhabbat, shafqat ayolning mohiyatini belgilovchi asosiy tushunchalar sifatida namoyon bo‘ladi: Kerak mehrdan bulak yana muhabbat, shafqat, Avaylab va e’zozlab hidlash uchun gullarni. Ayollarni hurmatlar ulug‘ odamlar faqat, Faqat pastkash odamlar xorlashadi ularni. [3.142] Shoir bu yerda ayolni faqat hissiy mavjudot emas, balki insoniyatni komillikka yetaklovchi ma’naviy kuch sifatida talqin etadi. Mansur Jumayev esa ayolni “g‘uncha” va “gul” ramzlari orqali falsafiy-estetik yondashuvda gavdalantiradi. U ayolni hayot manbai, erkakning ilhom va ruhiy kuchi deb biladi: Har erkak kaftiga tog‘lar va dashtlar Ayol deb atalgan bir g‘uncha tashlar. Bu gulning bo‘yidan nafas olur mard, Bu gulni alaf deb bilar pastkashlar. [4] Shoirning ramziy yondashuvi orqali ayolning jamiyatdagi, oiladagi o‘rni hamda inson ruhiyatiga ta’siri chuqur ifoda etiladi. MUHOKAMA To‘rt shoirning asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning har biri ayol timsolini o‘z badiiy yo‘nalishida talqin etgan bo‘lsa-da, umumiy g‘oya — ayolni ulug‘lash, e’zozlash va himoya qilishdir. 12 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish Anvar Hojiahmad diniy-estetik ruhni ilgari sursa, Jamol Kamol ijtimoiy adolat va insoniylik g‘oyasiga urg‘u beradi. Shukur Qurbon ayolni axloqiy mezonlar asosida ulug‘laydi, Mansur Jumayev esa uni hayotning falsafiy mohiyatiga bog‘laydi. Bu jihatlar o‘zbek adabiyotida ayol obrazining ko‘p qatlamli va sermazmun talqinini namoyon etadi. Ramzlar tizimi (“gul”, “g‘uncha”, “ona”, “jufti halol”) orqali shoirlar ayolni jamiyatning ma’naviy tayanchi sifatida tasvirlashgan. Ushbu obrazlar nafaqat badiiyestetik ifoda, balki axloqiy-ma’rifiy tarbiya vositasi hamdir. Ayolga nisbatan mehr, sadoqat va ehtiromni targ‘ib etuvchi bu asarlar hozirgi davr o‘quvchisi uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Anvar Hojiahmad, Jamol Kamol, Shukur Qurbon va Mansur Jumayevning arba’inlari o‘zbek she’riyatida ayol mavzusining turfa badiiy talqinlarini ochib beradi. Har bir shoir ayolga o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib yondashadi, biroq ularni birlashtiruvchi g‘oya — ayolni ulug‘lash, e’zozlash va himoya qilishdir. Ayolni qadrlash va hurmat qilish – nafaqat shaxsiy fazilat, balki butun jamiyatning axloqiy yuksakligini belgilovchi mezondir. Shu bois, ushbu arba’inlar o‘zbek adabiyotida nafaqat diniy yoki estetik hodisa, balki ijtimoiy-ma’naviy tafakkur taraqqiyotining yorqin namunasi sifatida alohida o‘rin tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hoji Ahmad, Anvar. Jannat kaliti: Muhammad alayhissalomning 33 masaladagi 333 hadislariga 333 she’riy iqtibos. – T.: Cho‘lpon, 1994. 2. Kamol, Jamol. She’r san’ati. Saylanma. Olti jildlik. IV jild. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. 3. Qurbon, Shukur. Hikmatlar anjumani: To‘rtliklar. – Toshkent: «Sharq», 2016. 4. https://t.me/Mansur_Jumayev