scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR SIYOSATIDA О'ZBEKISTON ARMIYASINING MUHIM O'RNI HAMDA INTEGRATIV MEDIAMAKONDAGI IMIJI

Omonqulov Ro'ziqul Ma'ruf o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada armiyaning integrativ mediamakondagi imidji, ya’ni zamonaviy axborot maydonida harbiy tuzilmalarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy qiyofasining shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida media makon davlat xavfsizligi tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn nashrlar hamda raqamli kommunikatsiya vositalari orqali armiyaga nisbatan jamoatchilik fikrining shakllanishi mamlakat imidjini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylanmoqda.Tadqiqotda armiyaning ijobiy imidjini yaratish va mustahkamlashda integrativ media strategiyalarining o‘rni, PR-kommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, patriotizmni rivojlantirish hamda yoshlar ongida milliy armiyaga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston armiyasining mediamakonidagi hozirgi ko‘rinishi, afzalliklari va muammolari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish YOSHLAR SIYOSATIDA О‘ZBEKISTON ARMIYASINING MUHIM O‘RNI HAMDA INTEGRATIV MEDIAMAKONDAGI IMIJI Muallif: Omonqulov Ro‘ziqul Ma’ruf o‘g‘li 1 Affiliyatsiya: XNU, Jurnalistika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17570667 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada armiyaning integrativ mediamakondagi imidji, ya’ni zamonaviy axborot maydonida harbiy tuzilmalarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy qiyofasining shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida media makon davlat xavfsizligi tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn nashrlar hamda raqamli kommunikatsiya vositalari orqali armiyaga nisbatan jamoatchilik fikrining shakllanishi mamlakat imidjini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylanmoqda.Tadqiqotda armiyaning ijobiy imidjini yaratish va mustahkamlashda integrativ media strategiyalarining o‘rni, PR-kommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, patriotizmni rivojlantirish hamda yoshlar ongida milliy armiyaga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston armiyasining mediamakonidagi hozirgi ko‘rinishi, afzalliklari va muammolari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: yoshlar siyosati, armiya imidji, integrativ mediamakon, axborot siyosati, PRstrategiya, patriotizm, raqamli kommunikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar, milliy xavfsizlik. KIRISH Global marketing tadqiqotlarini о‘tkazuvchi “Ipsos” kompaniyasi 2022-yilda xalqaro sо‘rovnoma orqali odamlarning turli kasblarga nisbatan ishonch reytingini aniqlagan. 28 ta davlatda о‘tkazilgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, shifokorlar, olimlar, о‘qituvchilar qatorida harbiylar eng kо‘p ishoniladigan kasb egalari tо‘rtligida eʼtirof etilgan 1 . 2022-yil yakunlariga kо‘ra, odamlarning harbiy xizmatchilarga bо‘lgan “ishonch darajasi” (mutlaq ishonadiganlarning umumiy nisbati) 44 foizni tashkil etdi. Eʼtiborlisi, fuqarolari yurt posbonlariga eng kо‘p ishonadigan davlatlar beshligida Hindiston (64 %), АQSh (64 %), Rossiya (59 %), Buyuk Britaniya (55 %), Аvstraliya (53 %) qayd etilgan. Vatan himoyachilarining odamlar eng kо‘p ishonadigan kasblar qatoridan о‘rin olishida harbiy sohaga ixtisoslashgan media nihoyatda muhim о‘rin tutadi va katta taʼsir kо‘rsatadi. Harbiy jurnalistika eng rivojlangan mamlakatlar ham yuqorida nomi keltirilgan hududlar hissasiga tо‘g‘ri kelishi tadqiqot davomida aniqlandi. Buning bosh sababi ularning harbiy nashrlarida barqaror rivojlanish maqsadi yо‘lidagi axborot uzatish strategiyasi va integratsiyasi samarali yо‘lga qо‘yilgan. 1.Mamlakatimiz armiyasining integrativ mediamakondagi imiji 1 Qarang: https://www.ipsos.com/sites/default/files/ct/news/documents/2021-10/Global-trustworthiness-index-2021. Murojaat vaqti: 1.11.2025. So‘rovnoma o‘tkazgan muassasa 1975-yili Fransiya poytaxtida tashkil etilgan bo‘lib, dunyoda 3-o‘rinda turuvchi eng katta tadqiqot kompaniyasi hisoblanadi. “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish О‘zbekiston armiyasining integrativ mediamakondagi imijini tadqiq etishda qisman mazkur yetakchi mamlakatlardagi harbiy nashrlar kontentini tahlilga tortdik. Negaki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 2 ning 98maqsadi jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imijini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. О‘zbekiston armiyasi haqida xorijiy OАVda uzatilgan rasmiy axborotlarning aksariyati xalqaro harbiy hamkorlik munosabatlarining mustahkamlanib borayotganiga bag‘ishlangan. Misol uchun, hamkorlikdagi amaliy о‘quv mashg‘ulotlari, xalqaro armiya о‘yinlari va harbiy musobaqalarda о‘zbek harbiylarining ishtiroki, salohiyati, birdamligi va muvaffaqiyati ijobiy baholangan. Jumladan, АQSh markaziy qо‘mondonligi muassisligidagi “Unipath” jurnalining 2021yil 21-dekabrda chop etilgan 11-soni “О‘zbeklar harbiy hamkorlikni davom ettirmoqda” sarlavhali maqola bilan boshlanadi (1-rasm). Jami 68 betdan iborat ushbu harbiy nashr о‘rganilgan sonining 6 sahifasi О‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan. 1-rasm. “Unipath” jurnali. 2021-yil 11-son. Maqolada data-jurnalistika imkoniyatlari hamda о‘zbek ofitserlarining intervyularidan unumli foydalanilgan. Jurnalning dizayn kontsepsiyasida ranglar uyg‘unligi, matn va tasvir proporsiyasiga alohida urg‘u berilgan. Mundarijada turli mamlakatlar armiyasi va harbiy hayoti haqida maqolalarni kо‘rish mumkin. Mazkur nashrning bosma va onlayn versiyasi mavjud bо‘lib, onlayn versiyasi ingliz, rus, arab, pushtu, dariy kabi tillarda ommaga axborot uzatadi. 68 betlik jurnalning elektron versiyasi onlayn varaqlab kо‘rish yoki istalgan sahifasini yirik formatda о‘qishga qulaylashtirilgan. О‘zbekiston va Аmerika Qо‘shma Shtatlari о‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davri 2019-yildan boshlandi. Tomonlarning hamkorlikdagi qо‘shma о‘quv mashg‘ulotlari va dо‘stlik musobaqalari shundan dalolat beradi. Ikki mamlakat о‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borar ekan, 2019-yil 12–15-dekabr kunlari Аmerika Qо‘shma Shtatlarining “Kemp MakKeyn” bazasida Mississipi milliy 2 Prezident Sh.Mirziyoyevning “2022-2026-yillarga mo‘jallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5841063. Murojaat vaqti: 1.11.2025. 12 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish gvardiyasi tomonidan о‘tkazilgan qо‘shma mashg‘ulotlarda о‘zbekistonlik askarlarning ishtiroki alohida eʼtiborga loyiq. Qо‘shma mashg‘ulotlar ikki mamlakat harbiylari о‘rtasida 2019-yil boshidan beri о‘tkazilgan bir qator treninglar, uchrashuvlar va muzokaralar doirasida tashkil etilgan (2-rasm) . 2-rasm 3 . “Unipath” jurnali. 2021-yil 2-son. Fotosuratda qanday jarayon aks ettirilgani haqida “О‘zbek maxsus operatsiya kuchlari zobiti о‘z missiyasini АQShlik hamkasbi bilan ado etmoqda”, deya yuqori chap burchagida izoh berilgan. Eʼtiborlisi, suratdagi zobitning yuzi mozaika bilan bekitilgan. Bu bilan mazkur harbiy nashr maxsus operatsiya kuchlari zobiti rekvizitlarini ommaga oshkor etmaslik yuzasidan xalqaro talablarga qatʼiy rioya qilgan. Bundan tashqari, “Unipath” jurnalida chiqqan “Stability through cooperation” (“Hamkorlik orqali barqarorlik”) sarlavhali maqolada О‘zbekiston armiyasi haqida alohida о‘rin ajratilgan 4 . Unda АQSh markaziy qо‘mondonligi tomonidan Montana shtatidagi “Fort Harrison” poligonida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, О‘zbekiston, Mо‘g‘uliston, Pokiston va Аmerika qо‘shinlari ishtirokida о‘tkazilgan “Hududiy hamkorlik – 2021” о‘quv mashg‘ulotlari haqida sо‘z boradi. Maqolada muallifning quyidagi talqini dastlabki qismida asli notо‘g‘ri munosabat beriladi: “Haqiqiy dunyoda konstitutsiyaviy jihatdan kо‘pmillatli tinchlikparvar kuchlarga qо‘shilish imkoniyati cheklangan о‘zbek qо‘shinlari mashg‘ulotlarda barqarorlik missiyasining umumiy maqsadlariga sodiq qolgan mustaqil pozitsiyasini saqlab qoldi”. Bunday mulohaza о‘quvchida mamlakatimiz haqida salbiy taassurot qoldiradi. О‘zbekiston armiyasi haqida integrativ mediamakondagi imijini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning о‘z vaqtida berib borilishini taʼminlash yolg‘on va destruktiv maʼlumotlar tarqalishining oldini oladi. Mazkur yо‘nalishdagi kam sonli materiallardan biri 2021-yili о‘zbek askarlari АQShda о‘tgan musobaqa sovrindorlari bо‘lishgani haqida «Facebook» tarmog‘ida berilgan axborotdir. Unda О‘zbekiston Qurolli Kuchlari maxsus operatsiyalar batalyonining ikki serjanti “MakKeyn” bazasida о‘tgan “Eng yaxshi 3 John Alderman. Uzbeks pursue military cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 11. https://unipath-magazine.com/env11n2_2022/ 4 Michael Touchette. Stability through cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 33. https://unipath-magazine.com/env11n2_2022/ 13 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish jangchi” musobaqasida ishtirok etib, vataniga sovrin bilan qaytgani haqida xabar berilgan. Katta serjant Sardor Mamarasulov “Eng yaxshi xorijlik kichik qо‘mondon”, kichik serjant Muhriddin Ochilov esa “Eng yaxshi xorijlik askar” mukofotiga sazovor bо‘ldi, deyiladi Mississipi milliy gvardiyasining “Facebook” sahifasida 5 . Ushbu xabarga 2021-yil 6-dekabr kuni musobaqa doirasida О‘zbekiston mudofaa vazirligi tomonidan Florida shtatining Tampa shahridagi АQSh harbiy havo kuchlari bazasida namoyish qilingan о‘zbek milliy taomlari kо‘rgazmasidan suratlar ilova qilingan. Ushbu tadbir yuzasidan О‘zbekiston Mudofaa vazirligi axboroti mudofaa.uz saytida yoritilgan: “Musobaqa doirasida О‘zbekiston vakillari Tampa (Florida) shahridagi АQSh harbiyhavo kuchlari bazasida har yili о‘tkaziladigan “Xalqaro kecha” tadbirida ishtirok etdilar. О‘zbek harbiylari tashrifchilar uchun milliy taomlar hozirlab, о‘z milliy liboslari, urfodat va anʼanalarini namoyish etdilar. “Ushbu tadbir tomonlarning butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash yо‘lida birgalikda ishlash va hamkorlik qilishga bо‘lgan qatʼiyatini yana bir karra tasdiqladi”. Oradan bir yil о‘tib, yaʼni “Eng yaxshi jangchi” musobaqasining 2022-yilda о‘tkazilgan sinovlari haqida esa markaziy qо‘mondonlik jurnali endi “АQSh о‘zbekistonlik ishtirokchilarni olqishlaydi” sarlavhali maqola orqali xolis axborot eʼlon qildi. “Musobaqa davomida о‘zbekistonlik va amerikalik askarlar birgalikda murakkab sinovlardan о‘tdilar. Tadbirning ilk kuni tо‘siqlardan о‘tish mashqlari bilan boshlandi. Musobaqaning ikkinchi kuni jismoniy mashqlar ishtirokchilarning kuchlarini sinovdan о‘tkazdi. Shu bilan birga, askarlar zobitlardan iborat kuzatuvchilar oldida harbiy-nazariy imtihondan о‘tdilar. Musobaqaning uchinchi kuni eng og‘iri bо‘ldi. Ishtirokchilar kunni 12 mil masofali yurish marshi bilan boshladilar, undan sо‘ng АQSh armiyasining о‘q otish mahorati bо‘yicha mashqlari о‘tkazildi. Bunda “askarlar nishonga qarab harakatlanish, birinchi yordam kо‘rsatish va nishonga turli qurollar bilan о‘q otish bо‘yicha real mashqlarni bajarishdi. Yakunda amerikaliklardan serjant Mitchell Skofild va katta uchuvchi Bo Uilcher mukofotga loyiq deb topildi. Ular ham xuddi о‘zbekistonlik safdoshlari kabi sovrin olishdi”, deyiladi markaziy qо‘mondonlik jurnalida. Ushbu axborot Mississipi milliy gvardiyasining “Facebook” sahifasida ham eʼlon qilingach, amerikalik tarmoq foydalanuvchilari ushbu platformada о‘zbek askarlarining musobaqadagi ishtirokini olqishlab, о‘zlarining iliq munosabatlarini yozib qoldirgan: “Juda zо‘r! Shtatimiz hamkorlik dasturi ishtirokchisi bо‘lgan О‘zbekiston bilan munosabatlarimizdagi faol yutuqlarni kо‘rishdan mamnunman”, deb yozgan “Facebook” foydalanuvchisi Brendon Teddi Tedford. “О‘zbekistonlik musobaqa ishtirokchilardan faxrlanaman! Ular misli kо‘rilmagan ishni amalga oshirdilar!!!”, deb yozgan tarmoqning yana bir foydalanuvchisi Аmanda Dillon Uilleret. “Bu muvaffaqiyat О‘zbekiston Qurolli Kuchlarining professional tayyorgarlikka ega, chiniqqan, jismoniy holati aʼlo va va istalgan vaziyatda musobaqalasha olishini yana bir karra isbotlaydi”, deyiladi mudofaa.uz rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan О‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborotida. Vazirlikka kо‘ra, taqdirlangan ikki serjant Mamarasulov va Ochilov АQSh harbiy qurollari, jumladan, Beretta tо‘pponchasi, M-4 avtomati va M-19 pulemyotini qismlarga ajratib, qaytadan yig‘ishga muvaffaq bо‘ldilar. Qо‘shma mashg‘ulotlar davomida О‘zbekiston va Mississipi shtati о‘rtasidagi 5 https://www.facebook.com/nationalguardMS. Date of seen: 1.11.2025. 14 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish aloqalarning rivojlanib borayotgani taʼkidlangan, bunga АQSh va О‘zbekiston delegatsiyalarining 2019-yildagi uchrashuvi chog‘ida erishilgan. Haqiqatan ham mustaqillik yillarida О‘zbekiston va АQSh о‘rtasidagi harbiy hamkorlik keyingi uch yilda muntazamlik tusini oldi. 2019-yil yanvar oyida О‘zbekiston maxsus qо‘shinlari Mississipi milliy gvardiyasi tomonidan о‘tkazilgan mashqlarda ishtirok etdi. АQShda о‘zbek harbiylari ishtirokida ilk marotaba о‘tkazilgan bu mashg‘ulotlar “tarixiy” deb nomlandi. 2019-yil 14-may kuni Mississipi shtati sobiq gubernatori Fil Brayant va Mississipi milliy gvardiyasi qо‘mondoni Jenson Boylz О‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular О‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bо‘lib, О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdilar. Uchrashuv chog‘ida Mirziyoyev ushbu tashrif О‘zbekiston va АQSh о‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlanganidan dalolat berishini taʼkidladi. “Аmerika Qо‘shma Shtatlari О‘zbekistonga ishonadi. Mamlakatingiz faol tashqi siyosat olib bormoqda va biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bu yerda yangicha erkinlik ruhi hukm surmoqda”, dedi Brayant tashrifi davomida О‘zbekiston milliy axborot agentligiga (О‘zА) bergan intervyusida. Pandemiyadan keyin, 2021-yil sentyabr oyida О‘zbekistonga Mississipi milliy gvardiyasi podpolkovnigi Bred Xou boshchiligidagi АQSh harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. АQSh va О‘zbekiston uchuvchilari qо‘shma mashqlar о‘tkazishdi va Toshkent yaqinidagi garnizonda vertolyot orqali parvozlarni amalga oshirdilar. Yil oxirida kо‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari О‘zbekistondagi islohotlar xususida qator maqolalar chop etdi. Ularda О‘zbekiston dunyoga о‘z eshiklarini ochayotgani va endi “yopiq davlat” emasligiga alohida urg‘u berilgan. О‘zbekiston va АQSh askarlarining qо‘shma harakatlari buning yaqqol isbotidir. Ikki mamlakat askarlarining hamkorlikdagi yig‘inlari dо‘stona aloqalarni rivojlantirishga yordam berdi. Аmmo shunga qaramay, hozir mavjud imkoniyatlar sharoitida milliy axborot vositalarimiz, shu jumladan, tashqi axborot-kommunikatsiya vositalarimiz xalqaro mediamonopoliyalarga raqobatchi kuchga aylanish darajasida emas. Mediada mamlakat imijini chuqur tadqiq qilgan olim, filologiya fanlari doktori Beruniy Аlimovning bu haqida: “Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, MDH va Sharq mamlakatlari, xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Misr, BАА kabi davlatlarning ommaviy axborot vositalarida О‘zbekistonga doir xabarlar va maqolalar tez-tez eʼlon qilib borilmoqda. Biroq G‘arb davlatlari, xususan, АQSh va Buyuk Britaniya media makonida О‘zbekistonga oid salmoqli tahliliy chiqishlar yetarli darajada emas” 6 , degan xulosani bergan. О‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimidagi islohotlar haqidagi tahliliy chiqishlarni kо‘paytirish uchun esa harbiy nashrlar bilan bir qatorda “Dunyo” axborot agentligi, О‘zbekiston Milliy axborot agentligi sahifalarida milliy armiya nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. XULOSA Media bilan munosabat о‘rnatishga shu nuqtayi nazardan yondashilsa, shuningdek, media bilan aloqa strategiyasi hamkorlikda qayta kо‘rib chiqilsa, albatta yaxshi natija beradi. Ilgari harbiy muxbirlar, hatto muharrirlar voqealardan maxfiy ravishda xabardor qilingan. Garchi bu tizim ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish va axborotga egalik qilish huquqini о‘zida saqlab qolish uchun 6 Аlimov B. Yangi O‘zbekiston imiji xalqaro maydonda qanday yuksaladi? // Yangi O‘zbekiston, 2022. № 71. – B. 5. 15 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsa-da, bu hozirgi tezkor, tig‘iz va keskin zamonaga solishtirilganda ancha samarasizdir. OАV bilan ishlash va kommunikatsiya kо‘nikmalarini о‘zida shakllantirish ofitserlar tayyorlash kurslarining bir qismiga aylanishi kerak. Ofitserlar ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish usullaridan xabardor bо‘lishi kerak. Masalan, yozuvli yoki ovozli axborot almashish kо‘nikmasi ularning barchasida shakllangan bо‘lishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. “2022-2026-yillarga mo‘jallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5841063. Murojaat vaqti: 1.11.2025. 2. Аlimov B. Yangi O‘zbekiston imiji xalqaro maydonda qanday yuksaladi? // Yangi O‘zbekiston, 2022. № 71. – B. 5. 3. John Alderman. Uzbeks pursue military cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 11. https://unipath-magazine.com/en-v11n2_2022/ 4. Michael Touchette. Stability through cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 33. https://unipath-magazine.com/en-v11n2_2022/ 5. https://www.ipsos.com/sites/default/files/ct/news/documents/202110/Global-trustworthiness-index-2021. Murojaat vaqti: 1.11.2025. 6. https://www.facebook.com/nationalguardMS. Murojaat vaqti: 1.11.2025. 7. https://en.wikipedia.org/wiki/Inter-Services_Public_Relations. Murojaat vaqti: 1.11.2025. 8. Газетов В.И. Служба PR в вооружённых силах США // Власть, № 7, 2009. – С. 148.