scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'NAVIY IMMUNITET VA AXBOROT MADANIYATI: O'ZBEKISTON TAJRIBASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI

Qurbonov Sherzodjon Shuxratovich

Abstract

XXI asrda axborot-kommunikatsiya inqilobi inson tafakkurining strukturaviy dinamikasini tubdan o‘zgartirdi. Globallashuv, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan virtual muhit shunchaki aloqa vositasidan chiqib, ijtimoiy ong va ma’naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi g‘oyaviy maydonga aylandi. Bunday sharoitda yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash va axborot madaniyatini rivojlantirish davlatning strategik vazifasiga aylandi. Mazkur maqolada O‘zbekiston tajribasi misolida yoshlar bilan ishlash tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya, mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash va axborot filtrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish MA’NAVIY IMMUNITET VA AXBOROT MADANIYATI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI Muallif: Qurbonov Sherzodjon Shuxratovich 1 Affiliyatsiya: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlat instituti mustaqil izlanuvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17571061 ANNOTATSIYA XXI asrda axborot-kommunikatsiya inqilobi inson tafakkurining strukturaviy dinamikasini tubdan o‘zgartirdi. Globallashuv, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan virtual muhit shunchaki aloqa vositasidan chiqib, ijtimoiy ong va ma’naviy qadriyatlarni shakllantiruvchi g‘oyaviy maydonga aylandi. Bunday sharoitda yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash va axborot madaniyatini rivojlantirish davlatning strategik vazifasiga aylandi. Mazkur maqolada O‘zbekiston tajribasi misolida yoshlar bilan ishlash tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya, mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash va axborot filtrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ma’naviy immunitet, axborot madaniyati, mediasavodxonlik, tanqidiy tafakkur, ma’naviy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, raqamli axloq, O‘zbekiston tajribasi. KIRISH XXI asr axborot-kommunikatsiya inqilobi inson tafakkurining strukturaviy dinamikasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Globallashuv, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan virtual muhit shunchaki aloqa vositasidan ijtimoiy institutsiyalashuv darajasigacha ko‘tarilib, shaxs ijtimoiylashuvi, g‘oyaviy shakllanishi va axborot iste’moli jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli mexanizmga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, ma’naviy xavfsizlik masalasini shaxs va jamiyat, davlat va xalqaro hamjamiyatlar kontekstida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Internet-makon endilikda shunchaki texnologik platforma emas, balki ijtimoiy ongni konstruksiya qiluvchi, uni qayta formatlovchi va nazorat qiluvchi g‘oyaviy maydon bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, ushbu raqamli muhitda tarqalayotgan ekstremistik va terroristik g‘oyalar hozirgi davrda eng xavfli ijtimoiy illatlardan biri sifatida qaralmoqda. ASOSIY QISM Shuni alohida ta’kidlash zarurki, axborot maydonining mutlaq erkinlashuvi, ijtimoiy tarmoqlarning sun’iy algoritmlar asosida ishlashi, ko‘p hollarda “axborot xuruji” ni “axborot erkinligi” niqobi ostida amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Terroristik kontentlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali individual shaxs ongini nafaqat ma’lumotlar bilan to‘ldiradi, balki uni ma’naviy jihatdan ekspluatatsiya qilish, ruhiy-axloqiy qarshilikni zaiflashtirish, radikal harakatlarga motivatsiya berish kabi xavfli jarayonlarni faollashtiradi. Zotan, bugungi kunda internetda tarqalayotgan terroristik g‘oyalar ideologik jihatdan niqoblangan, “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish texnologik jihatdan zamonaviy, psixologik jihatdan esa manipulyativ asosga ega bo‘lib, yoshlar ongiga bevosita ta’sir etmoqda. Bunday g‘oyalar ko‘pincha “ozodlik”, “adolat”, “dinga sadoqat”, “xalq manfaatlari” kabi muqaddas tushunchalar ortiga bekinadi va ularni erkinlik ramziga aylantirib, salbiy xarakterdagi harakatlarga ijtimoiy maqbullik hosil qilishga urinadi[1.77.]. Zamonaviy terroristik tashviqot vositalarining eng xavfli jihati ularning mediatizatsiyalashganligidir. Ya’ni, g‘oya nafaqat og‘zaki yoki yozma tarzda, balki vizual, audio-vizual, interaktiv va gamifikatsiyalashgan shakllarda auditoriyaga yetkaziladi. Bu esa g‘oyaning shunchaki tushunchadan real ijtimoiy harakatga aylanishiga xizmat qiluvchi psixologik va sotsiokognitiv mexanizmlarni faollashtiradi. Masalan, ekstremistik kontentlar bilan to‘la bo‘lgan Telegram kanallari, Discord platformalari, Darknetdagi yopiq guruhlar orqali terroristik guruhlar o‘z g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishmoqda. Ular ko‘pincha real hayotdagi norozilik, ijtimoiy tengsizlik, ishsizlik, adolatsizlik kabi omillarni psixologik platformaga aylantirib, o‘quvchining yoki yosh foydalanuvchining ongida “g‘azablanishga haqli” g‘oyaviy pozitsiyani shakllantiradi[2.275-278.]. Terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilishda nafaqat ijtimoiy psixologiya, balki axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan algoritmik targeting mexanizmlari ham asosiy rolni bajarmoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt asosida ishlovchi algoritmlar yordamida ma’lum psixotiplardagi foydalanuvchilar aniqlanib, ularga mo‘ljallangan kontent “maqsadli tashviqot” sifatida yuborilmoqda. Bu esa yoshlar ongining ekstremistik kontentlar bilan to‘liq “kodlanish”iga olib kelmoqda. Muammo aynan shundaki, bu kontentlar ko‘p hollarda din, ma’naviyat, axloq, adolat kabi tushunchalar bilan niqoblanadi va shu orqali o‘z mafkuraviy ta’sirini legitimlashtiradi. “Ekstremistik g‘oya idealist niqobdagi manipulyativ ma’naviy ekspluatatsiyadir”[3.112.], – deya qayd etadi olim A.Denisov. Bunday holatlarda jamiyatning g‘oyaviy immunitetini shakllantirish, axborot xavfsizligi va axloqiy madaniyatni yuksaltirish strategik zaruratga aylanadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asarida alohida ta’kidlaganidek, “Yaqin yillarda xalqimizning yangi tafakkurini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ustuvor qiluvchi madaniyat va ommaviy axborot vositalarini yaratish dolzarb vazifadir”[4.251-252.]. Bu jarayon birlamchi bosqichda axborot madaniyati, keyingi bosqichda esa axloqiy madaniyatni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan internet makonida ma’naviy xavfsizlikni ta’minlashning eng asosiy strategiyasi – bu shaxsning tanqidiy tafakkurini shakllantirishdir. Tanqidiy fikrga ega inson har qanday axborot oqimini filtrlay oladi, uning manipulyativ jihatlarini anglaydi va axborotni tafakkurga tayangan holda baholaydi. Biroq tanqidiy tafakkur – bu tabiiy emas, balki madaniy-sivilizatsion hodisadir. U bilim, tarbiya, ongli seleksiya, madaniyat va ijtimoiy muhit mahsulidir. Shu ma’noda, internet-makondagi xavfsizlik faqat texnik himoya bilan emas, balki ijtimoiy-madaniy immunitet, axloqiy qadriyatlar va ma’naviy tafakkur bilan ta’minlanadi. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda milliy qadriyatlar, madaniyat va axloq targ‘ibotiga qaratilgan virtual platformalar, blogerlik faoliyati, ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar, diniy-ma’rifiy kontentlar kuchaytirilmoqda. Masalan, Qarshi davlat universitetida olib borilgan “Axborot xavfsizligi va axloqiy madaniyatni oshirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha asosida yoshlarda mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash va axloqiy filtrlash ko‘nikmalari shakllantirildi[5.4-5.]. Bu kabi loyihalar O‘zbekiston tajribasida terrorizmga qarshi 12 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish g‘oyaviy kurashning real mexanizmlarini shakllantirmoqda. Terroristik g‘oyalar zamonaviy internet makonida endilikda g‘oyaviy hujum emas, balki ma’naviy virus tusini olgan. Bunday tahdidga qarshi faqat texnik vositalar emas, balki ma’naviy immunitet, axborot savodxonligi va axloqiy madaniyat bilan kurashish mumkin. Chunki zamonaviy tahdidlar jismoniy emas, ongiy, g‘oyaviy va ma’naviy darajada yuz bermoqda. Har bir fuqaroda “raqamli axloq”, “axborot himoyasi”, “g‘oyaviy hushyorlik” singari kompetensiyalarni shakllantirish — bu nafaqat pedagogik, balki strategik, mafkuraviy va siyosiy zaruratdir. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, texnik himoya vositalari bilan bir qatorda ijtimoiy-madaniy immunitetni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish raqamli davrda axborot xavfsizligining asosiy kafolati hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Carr M. US Power and the Internet in International Relations. London: Palgrave Macmillan. 2. Daminova N. Zamonaviy olamda shaxsning ijtimoiylashuvi. Academic research in educational sciences, №2. 3. Denisov A. Psixologiya internet-qaramlik. Razvitie lichnosti, №1. 4. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston. 5. Qarshi davlat universiteti. Loyiha ma’lumotnomasi: A-1-173.