O'ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZO BO'LISHI VA O'ZBEKISTONNING IQTISODIYOTIGA TA'SIRI
Full text
629 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHI VA O’ZBEKISTONNING IQTISODIYOTIGA TA’SIRI Rustamov Said Kamol o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tel:+998990738629 https://doi.org/10.5281/zenodo.17571100 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)ga a’zo bo‘lish jarayoni hamda bu jarayonning mamlakat moliya va iqtisodiy tizimiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. WTOga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xalqaro savdoga integratsiyalashuv, investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon bilan bog‘liq xavf va muammolar ham mavjud bo‘lib, ular davlat tomonidan samarali siyosat va islohotlar orqali bartaraf etilishi kerak. Maqolada ana shu imkoniyat va muammolar chuqur o‘rganilgan, statistik ma’lumotlar, xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida tahliliy xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar : O‘zbekiston, Jahon Savdo Tashkiloti, WTO, xalqaro avdo, moliyaviy xizmatlar, investitsiyalar, iqtisodiy integratsiya, eksport, iqtisodiy barqarorlik, islohotlar, moliya tizimi, iqtisodiy raqobat, tashqi savdo siyosati. Kirish : 1992 yildan buyon O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining iqtisodiy siyosatini shakllantirib kelmoqda. Globalizatsiya jarayonlari sharoitida davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligi ko‘p jihatdan xalqaro integratsiyaga bog‘liq. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni tartibga soluvchi asosiy tashkilot sifatida dunyo iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. JSTga a’zo bo‘lish har bir davlat uchun o‘zining iqtisodiy siyosatini modernizatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini beradi. O‘zbekistonning JST a’zoligi uzoq davom etgan muzokaralar va tayyorgarlik jarayonlaridan so‘ng 2026-yilda yakunlanishi belgilangan. Ushbu maqola O‘zbekiston uchun bu jarayonning moliya va iqtisodiyotga ta’sirlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Jahon Savdo Tashkiloti — 164 ta a’zosiga savdo qoidalari asosida o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi xalqaro tashkilotdir. Uning asosiy vazifalari: savdo tariflari va bojxona to‘siqlarini kamaytirish, xalqaro savdoda adolat va oshkoralikni ta’minlash, savdo nizolarini hal qilish mexanizmlarini yaratishdan iborat. O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonida qonunchiligini global talablar bilan uyg‘unlashtirib, soliq, bojxona va moliyaviy regulyatsiya sohalarida islohotlar amalga oshiradi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonining mamlakat moliya va iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash hamda ushbu jarayonni yanada samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston iqtisodiyoti va moliya tizimi tanlangan bo‘lsa, predmeti esa Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni hamda uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri hisoblanadi. Asosiy qism : Tadqiqot jarayonida bir qancha usullar qo‘llaniladi. Avvalo, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, hukumat hisobotlari, JST rasmiy materiallari hamda xalqaro tashkilotlarning tahlil hujjatlari keng qamrovda o‘rganiladi. Bu usul orqali tadqiqotning nazariy asoslari shakllantiriladi va JSTga a’zo bo‘lishning iqtisodiyotga ta’sirining asosiy jihatlari yoritiladi. Shuningdek, tadqiqotda statistik ma’lumotlar tahlili katta o‘rin tutadi. Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon Savdo Tashkiloti va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, eksport-import hajmi, investitsiyalar darajasi va moliyaviy tizim ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi. Bu orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan oldingi va keyingi davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar aniqlanadi. Tadqiqotda taqqoslash usuli ham qo‘llanilib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining xalqaro standartlarga moslashuvi va uning global iqtisodiyotga integratsiyasi darajasini baholashga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot amaliy jihatlarini yanada boyitish maqsadida iqtisodchilar, moliya sohasidagi mutaxassislari hamda davlat tashkilotlari vakillari bilan intervyu va so‘rovnomalar o‘tkazadi. Ushbu metodlar orqali tadqiqot sub’ektlarining fikrlari va JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi tajribalari o‘rganiladi.Tadqiqotning empirik qismida esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo statistikasi asosida turli statistik usullar — xususan, regressiya tahlili qo‘llanib, JSTga a’zo bo‘lishning
630 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 iqtisodiyotga ta’siri aniqlanadi. Bu usul orqali o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqlik va JST a’zoligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri ko‘rsatiladi. Tadqiqotda foydalanilgan asosiy ma’lumotlar milliy statistika hisobotlari, JSTning rasmiy hujjatlari, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondining iqtisodiy tahlillari, shuningdek, ilmiy maqolalar va intervyu natijalaridan iborat.Shu bilan birga, tadqiqotda ba’zi cheklovlar ham mavjud. Jumladan, ayrim ma’lumotlarning to‘liqligi va yangiligi cheklanganligi, xalqaro iqtisodiy sharoitlarning tez o‘zgarishi hamda milliy iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi noaniqliklar tadqiqot natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. JSTga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston moliyaviy bozorlari uchun xorijiy investorlarning ishonchini oshiradi. Bu esa yangi investitsiya loyihalarining paydo bo‘lishi, xorijiy kapitalning kirib kelishi va bank tizimining rivojlanishini ta’minlaydi. Bank, sug‘urta, auditorlik, investitsiya xizmatlarida xorijiy kompaniyalar ishtirokini oshirish orqali xizmatlar sifati va raqobat oshadi.Valyuta risklari, kiberxavfsizlik va kredit risklarini boshqarish tizimlari zarur bo‘ladi. Bank va moliyaviy institutlar yangi texnologiyalarni joriy etishga majbur bo‘ladi. Yangi bozorlar ochilishi, bojxona to‘siqlarining kamayishi orqali eksport hajmi ortadi.Import esa ichki raqobatni.kuchaytiradi.Ichki ishlab chiqaruvchilar xalqaro kompaniyalar bilan raqobatga kirishadi. Bu ularni innovatsiyalar va sifatni oshirishga undaydi.Investitsiyalar va savdo o‘sishi iqtisodiy barqarorlik, daromadlar o‘sishi va soliq tushumlarining ko‘payishiga xizmat qiladi. Raqobat bosimi ostida ayrim sohalar qisqa muddatda muammolarga duch keladi. Davlat siyosati orqali ularni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalarni joriy etish va eksportchilarga subsidiyalar berish zarur. JSTga a’zo bo‘lish, O‘zbekiston uchun eksport-import sohasida yangi imkoniyatlar ochadi, bojxona va savdo to‘siqlarining kamayishiga olib keladi .Jahon Savdo Tashkilotining qoidalari va talablariga muvofiq, O‘zbekiston moliya tizimini modernizatsiya qilishga majbur bo‘ladi .Bu jarayonda mamlakat bank tizimi va moliyaviy institutlari xalqaro standartlarga moslashadi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati oshadi. Shu bilan birga, moliyaviy barqarorlik va shaffoflik darajasi oshishi kutiladi.O‘zbekiston iqtisodiyotining eksport qobiliyati oshadi, yangi bozorlar ochiladi, raqobatbardoshlik kuchayadi Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lish, import qilinadigan mahsulotlar narxini pasaytiradi va iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa ichki bozorni rivojlantirishga va iste’molchilarning xarid qobiliyatini oshirishga yordam beradi.JSTga a’zo bo‘lish orqali O‘zbekiston xalqaro hamkorlikni kengaytiradi, xorijiy investitsiyalar hajmi oshadi .Bu esa ishlab chiqarish, innovatsiyalar va texnologiyalar rivojlanishini tezlashtiradi, natijada mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.Ba’zi manbalarda esa JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham ko‘rsatiladi, masalan, milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatga bardosh bera olmasligi, ayrim sektorlarning zaiflashishi mumkinligi .Shuning uchun O‘zbekiston hukumati va iqtisodiy tizimi JST qoidalariga moslashishda izchil siyosat yuritishi lozim.. Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyasi va rivojlanishini rag‘batlantiradi. Bu eksportni ko‘paytirish, yangi bozorlarni egallash, shuningdek, ichki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bojxona tariflari va boshqa savdo to‘siqlari qisqarib, iste’molchilarga kengroq va arzonroq tovarlar taqdim etiladi. Bu ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilaydi, natijada mahsulot sifati va narxlari yaxshilanadi.Biroq, JST ga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq xavf va muammolar ham mavjud. Masalan, ayrim milliy ishlab chiqaruvchilar xalqaro raqobatga bardosh berolmasligi, iqtisodiyotning ayrim sektorlarida vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga keltirishi mumkin. O‘zbekistonning eksport mahsulotlari hajmi sezilarli darajada o‘sadi, ayniqsa paxta, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari sohalarida. Jahon Savdo Tashkiloti qoidalari asosida yaratilgan ishonchli biznes-muhit natijasida xorijiy investitsiyalar hajmi oshadi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati yaxshilanadi, mamlakat iqtisodiyoti global bozor bilan chuqur integratsiyalashadi. Bank va moliya tizimlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, bu moliyaviy barqarorlik va rivojlanishga xizmat qiladi. Ichki bozor va eksport uchun mahsulotlar sifatining oshishi va narxlarning raqobatbardoshligi mustahkamlanadi. Xulosa: O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimiga keng ko‘lamli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo, eksport va savdo hajmi sezilarli darajada oshadi, bu esa yangi xalqaro bozorlarni egallash va O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini kuchaytirishga imkon beradi. Bu esa mamlakatda ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini
631 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 beradi. Moliya tizimining xalqaro standartlarga moslashuvi moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi va sarmoya oqimini oshiradi. Bundan tashqari, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni tezlashtiradi. Ichki bozorda esa savdo to‘siqlarining kamayishi va raqobatning kuchayishi mahsulot sifati va narxlarining yaxshilanishiga olib keladi. Shunga qaramay, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida ayrim salbiy tomonlar va xavflar ham yuzaga keladi. Xususan, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro bozorda kuchaygan raqobat bosimi muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida JST qoidalariga moslashish qiyinchiliklari mavjud bo‘lib, bu tarmoqlarning rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi ehtimoli bor. Shuningdek, savdo siyosatidagi muvofiqlik talablaridan kelib chiqib, davlat iqtisodiy strategiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi, qisqa muddatda iqtisodiyotga ma’lum bosimlar yaratishi mumkin. Shu sababli, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatbardoshlikni oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurati mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekiston iqtisodiyoti global iqtisodiy jarayonlarga yanada bog‘langanligi sababli, xalqaro bozorlarning o‘zgarishlari ta’sirida iqtisodiy noaniqliklar yuzaga kelishi xavfi ham mavjud. O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining xalqaro maydondagi integratsiyasini sezilarli darajada kuchaytiradi. Bu jarayon eksport hajmining oshishi, yangi bozorlarga kirish imkoniyatlari va savdo hajmining kengayishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi mamlakat moliya tizimining modernizatsiyasiga turtki beradi. Moliya sektoridagi shaffoflik va barqarorlik o‘zo‘zidan iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatladi hamda moliyaviy xizmatlar sohasi sifatining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. JST a’zoligi O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini kuchaytiradi, bu esa milliy ishlab chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga, samaradorlikni oshirishga undaydi. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining diversifikatsiyasi va eksport salohiyatining kengayishi yuzaga keladi, bu esa ichki bozorda islohotlarni tezlashtiradi va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Biroq, ushbu jarayon bilan bog‘liq qator muammolar ham yuzaga keladi. Jahon bozorlaridagi kuchli raqobat milliy ishlab chiqaruvchilar uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, ishlab chiqarish sohalarida malakali kadrlar va texnologiyalar yetishmasligi natijasida. Shuningdek, JST talablariga moslashish uchun ba’zi milliy siyosat va tariflarni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ladi, bu esa qisqa muddatda iqtisodiy faoliyatda noaniqliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Yana bir muhim jihat shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti global iqtisodiy o‘zgarishlarga yanada bog‘liq bo‘lib qoladi, bu esa xalqaro iqtisodiy sharoitlarning salbiy ta’siriga qarshi chidamlilikni oshirishni talab qiladi. Shu bois, mamlakat uchun xalqaro integratsiyani davom ettirish bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha izchil strategiyalar ishlab chiqish muhimdir. Umuman olganda, O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi — iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, moliyaviy tizimni takomillashtirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratgan murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan ijobiy natijalar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qilsa, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun ham qat’iy va tizimli yondashuv zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jahon Savdo Tashkiloti rasmiy sayti - www.wto.org 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — www.invest.gov.uz 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistik hisobotlari — www.cbu.uz 4. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) 2023–2024 yillardagi hisobotlari 5. World Bank: “Uzbekistan Trade Policy Review”, 2023 6. Global Trade Analysis Project (GTAP) ma’lumotlari.