scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI ASRDA YOSHLARNING MA'NAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH: IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR

Ro'zimboyeva Dinora O'ktam qizi

Abstract

Ushbu maqolada yurtimizda olib borilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari va modernizatsiya jarayonida internet, axbarot texnologiyalarining yoshlar onggiga ta’siri, ta’lim va tarbiya olish jarayonida jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolar va ularga muqobil yechimlar, axborotlashgan raqamli texnologiyalar asrida yoshlarning jamiyatdagi ta’siri va va bu jarayonga moslashuvi masalalari yotirib berilgan. Virtual dunyo rivojlangan mamlakatlarda bizdan yarim asr ilgari shakllandi va o’zining salbiy jihatlarini ham namoyish qilishga ulgurdi va bu jarayon mamlakatimizda ham davom qilmoqda. Raqamli transformatsiya sharoitida esa yoshlarning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishi, dunyo qarashi tubdan o’zgardi ammo shu bilan birga yangi imkoniyatlar eshigini ham ochdi. Kibermakonning ta’siridan yosh avlodni qutqarish va to’g’ri talqinga solish masalasi ham ko’tarildi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish RAQAMLI ASRDA YOSHLARNING MA’NAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH: IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR Muallif: Ro’zimboyeva Dinora O’ktam qizi 1 Affiliyatsiya: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17571132 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada yurtimizda olib borilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari va modernizatsiya jarayonida internet, axbarot texnologiyalarining yoshlar onggiga ta’siri, ta’lim va tarbiya olish jarayonida jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolar va ularga muqobil yechimlar, axborotlashgan raqamli texnologiyalar asrida yoshlarning jamiyatdagi ta’siri va va bu jarayonga moslashuvi masalalari yotirib berilgan. Virtual dunyo rivojlangan mamlakatlarda bizdan yarim asr ilgari shakllandi va o’zining salbiy jihatlarini ham namoyish qilishga ulgurdi va bu jarayon mamlakatimizda ham davom qilmoqda. Raqamli transformatsiya sharoitida esa yoshlarning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishi, dunyo qarashi tubdan o’zgardi ammo shu bilan birga yangi imkoniyatlar eshigini ham ochdi. Kibermakonning ta’siridan yosh avlodni qutqarish va to’g’ri talqinga solish masalasi ham ko’tarildi. Kalit so‘zlar: raqamli avlod, ma’naviy immunitet, axborot savodxonligi, media savodxonlik, raqamli texnologiyalar, internet madaniyati, globalizatsiya, ma’naviy xavfsizlik, Yoshlar siyosati-2030, digital kompensatsiya. KIRISH Bugungi kunda yoshlar millat poydevori va kelajak tayanchi sifatida e’tirof etilmoqda. Ularni turli g‘oyaviy va mafkuraviy g‘oyalardan asrash, jamiyatning ma’naviy immunitetini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun eng avvalo, o‘smir va yosh avlodni taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur anglaydigan, g‘oyaviy jihatdan erkin, sog‘lom va insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur.XXI asr - bu texnologik inqiloblar, sun’iy intellekt, metaverse va raqamli dunyoning shiddat bilan rivojlanayotgan davridir. Raqamli asr insoniyat tarixida yangi bosqich bo‘lib, unda axborot texnologiyalari nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ma’naviy sohalarni ham tubdan o‘zgartirmoqda. Bu davrning asosiy xususiyati – axborotning eng muhim resursga aylanishi, ya’ni kim axborotga ega bo‘lsa, u kuch va ta’sir sohibiga aylanadi. Shu sababli bugungi yoshlar faqat texnologik savodxonlik emas, balki axborot madaniyatiga ham ega bo‘lishlari lozim.Kanadalik olim Marshall McLuhan o‘zining mashhur “global qishloq” nazariyasida shunday deydi: “Axborot texnologiyalari insoniyatni yagona axborot maydoniga aylantirdi, bu esa yangi turdagi madaniy va ijtimoiy ongni shakllantiradi.” Bu fikr raqamli asrning mohiyatini chuqur ochib beradi: texnologiyalar insonlar o‘rtasidagi masofani yo‘q qilgan bo‘lsa-da, ularning ma’naviy barqarorligini saqlashni yanada murakkablashtirmoqda.Ushbu o‘zgarishlar inson hayotining barcha “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish jabhalariga chuqur kirib bordi va ayniqsa yoshlar raqamli muhitning asosiy foydalanuvchilari sifatida ma’naviy hamda axloqiy jihatdan mustahkam turish zaruratiga duch kelmoqdalar. Shu bois ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar ongini turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish jamiyat e’tiboridagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. ASOSIY QISM Hozirgi kunda yoshlar jamiyatning eng faol va harakatchan qatlamidir. Ular ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo’lish bilan birga, global axborot oqimi va madaniy xilma xillikning ham asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Shu bois, har bir kirib kelgan yangi oqim, shuningdek raqamlashuv jarayoni ham ularga biz bilgan va bilmagan yo’llar orqali o’zining ijobiy va salbiy ta’sirini o’tkazmoqda. Avvalambor, bugungi yoshlar “digital generation”, ya’ni raqamli asr farzandlari sifatida, texnologiyalar bilan chambarchas bog’langan davrda voyaga yetmoqda. Ularning dunyoqarashi, yashash muhiti, muloqot uslubi, ta’lim olish jarayoni va hattoki bo’sh vaqtini o’tkazish madaniyati ham raqamli texnologiyala ta’sirida shakllanmoqda. Zamonaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning hayot tarzini tubdan o’zgartirdi. Ko’pchilik tahlilchi va mutaxasislar ushbu jarayonni salbiy jihatdan baholab ularni yoshlar ongi va saviyasiga yomon ta’sirini ta’kidlashadi. Raqamli asrda yaratilgan imkoniyatlar: Ammo ushbu yangi davrning yangi ochib bergan imkoniyatlari ham yetarlicha bu bo’lsa, har bir individning ulardan qanchalik to’g’ri foydalanib, hayotga tadbiq qila olishiga bog’liq. Raqamli texnologiyalarni biz yoshlarga yaratib bergan imkoniyatlar sifatida tezkor axbarot almashinuvi, global fikrlash, onlayn ta’lim, kreativlik va erkin fikr bildirish kabilarni e’tirof etishimiz mumkin. Masalan, OECD(2022) hisobotida qayd etilishicha, dunyo yoshlarining qariyib 90% internet orqali bilim oladi, bu esa ta’limning demokratlashuviga va yangi kompetensiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu ta’lim shakli esa yoshlarni raqamli asrga moslashuvchanligin oshiradi, ularni jahon bilan bog’laydi va milliy chegaralardan tashqarida fikrlashga undaydi. Coursera, Udemy, Khan Academy, Duolingo kabi xalqaro onlayn platformalar orqali esa millionlab yoshlar bepul yoki arzon narxda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Coursera va edX kabi platformalar orqali 2024-yilda 120 milliondan ortiq foydalanuvchi bepul yoki arzon narxda dunyoning eng nuzfuzli kurslaridan ta’lim olgan (World Economic Forum 2024). Bu yoshlar uchun: Global miqiyosda bilim olish Zamonaviy kasb va ko’kikmalarni egallash O’z salohiyatini mustaqil ravishda rivojlantirish imkonini yaratadi Bulardan tashqari raqamli manbalar yoshlarni axborotga tezkor kirish va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi. Hozirgi kunda xohlagan mavzudagi ma’lumotlarni internet, veb-saytlar orqali topish imkoni mavjud. Hattoki bir sekund ichida axborot kommunikatsiyalar orqali dunyoning narigi chekkasi bilan bog’lanish va ma’lumotlarni qo’lga kiritish oson bo’lib qolgan. Pew Research Center ma’lumotlariga ko’ra yoshlarning 70 % dan ortig’i ijtimoiy tarmoqlar orqali ilmiy, texnologik, madaniy yangiliklarni o’rganmoqda. Bu esa ularda axborotlarni filtrlash, tanqidiy fikrlash va mustaqil xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi. Raqamli texnologiyalar yoshlar uchun faqat bepul va qulay ta’lim makoni emas, balki ular uchun o’z fikrlarini erkin bildira olish maydonidir. Bloglar, podcast onlayn klublar 12 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish orqali o’z fikrlarini erkin bildira olish, boshqa tengdoshlari bilan g’oya almashish, ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash va jamiyatdagi faolligini oshirish imkoniga ega bo’lishadi. “Yaxshimi yoki yomonmi, raqamli texnologiayalar bizning hayotimizning ajralmas qismidir“ deb ta’kidladi UNICEFning ijrochi direktori Entoni Leyk.” Raqamli dunyo bizning oldimizda ikki tomonlama vazifasini qo’yadi: har bir bola uchun internetning foydasini maksimal darajada oshirish va shu bilan birga uning salbiy ta’sirini kamaytirish”. Bundan ko’rinib turubdiki, axborot texnologiyalar oqimini va shuningdek undan keladigan zararli oqibatlarni butunlay cheklash va to’xtatish imkonsiz, ammo undan oqilona foydalanish yo’llarini yoshlarga o’rgatish bundan osonroq va muqobil yechim sifatida ko’riladi. Texnologik taraqqiyot soyasidagi tahdidlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), UNICEF Xalqaro bolalar fondi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan , ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha Tashkiloti (UNESCO) birinchilardan bo’lib yoshlarning raqamli texnologiyalar bilan o’zaro harakatlari masalalari bo’yicha tashvish bildirdi . BMT yoshlarni “15 yoshdab 24 yoshgacha bo’lgan shaxslar” sifatida belgilaydi. BMT “Yoshlar-2030” Yoshlar strategiyasida tashkilotning hozirgi kotibi Antoniu Gutterish “Yoshlar -juda qimmatli va o’ta muhim resurs. Ko’pincha ular boshqa odamlar tomonidan qilingan zo’ravonlikdan aziyat chekadilar va iqlim o’zgarishi yoki to’g’ridan to’g’ri qashshoqlik ta’siriga duch keladilar. Ular jamiyatni u yoki bu shaklda rad etishi va inson huquqlarining global eroziyasi hamda adolatga real kirish imkoniyati yo’qligi yukini ko’tarish bilan to’qnashmoqdalar” deb ta’kidlagan edi. “Har yili 67 ming nafar yoshlar o’z joniga qasd qiladi. Yoshlar ko’p mushkulotlar va aql bovar qilmaydigan qiyinchiliklarga duch kelishadi, ammo ular zarur bilimga ega va zamonaviy muammolarni hal qilishda muhim ro’l o’ynaydigan g’oyalarga to’la”,- degan BMT rahbari ”Bunday tahlikali davrda esa axborot xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish -davr talabi . Prezidentimiz ta’kidlaganikdek: “Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi va buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf - xatarlarga duchor qilmoqda“. Hozir internet tarmoqlarida buzg’unchilik, zo’ravonlik va axloqsizlikni, “ommaviy madaniyatni” targ’ib etadigan saytlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ana shunday keskin va murakkab axborot xurujlari va xavf-xatarlarga biz qanday qarshi tura olamiz? Ayni vaqtda, yoshlarning turli norasmiy, noislomiy diniy jamoalarning ta’siriga tushib qolishining oldini olishda o’quv muassalari va mahalla tomonidan tizimli ravishda tushuntirish ishlari olib borish muhim o’rin tutadi. Yoshlarga yot g’oyalarga nisbatan ma’naviy immunititet shakllanmas ekan “Bu-yaxshi, bu-yomon” degan fikr paydo bo’lmas ekan, mafkuraviy xatarlarga qarshi turish qiyin bo’ladi . Bu yondashuv faqat diniy-axloqiy doirada emas, balki epistemologik va kommunikativ qadriyatlar kontekstida olib borilishi zarur. Jamol Jurakulovning fikricha, “Yosh ongida an’anaviy qadriyatlarning zamonaviy ifodasi topilmasa, uni agressiv axborot oqimi egallashi muqarrar”. Bunday holatda, milliy g’oyaning kommunikativ realibitatsiyasi, uni axborot texnologiyalari vositasida zamonaviy va ta’sirchan shaklda ifodalash dolzarb masalaga aylanadi. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab rivojlangan davlatlar axborot tahdidlariga qarshi kurashda uch bosqichli modelni ishlab chiqqan: birinchi bosqich-axborotdan himoya, ikkinchisi-axborotga nisbatan immunitet, uchinchisi-ijobiy axborotni ishlab chiqish 13 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish va tarqatish. Ushbu model O’zbekiston sharoitida muqaddas qadriyatlar, ma’rifiy tafakkur va sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan monitoring tizimlari bilan uyg’unlashtirilgandagina to’laqonli samaradorlik kasb etadi. B.Kuyliyevning fikricha, “Jamoatchilik fikrini manipulatsiya qilish global texnologiyalarning siyosiy qurolga aylanishidir. Uni yengish faqat milliy indentitet va axboriy immunititet birligida mumkin”. Raqamli texnologiyalar asrida yashashning yoshlarga nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan salbiy ta’sir o’kazadi aksincha, uning sog’liqqa ta’siriga ham ko’z yumib bo’lmaydi. Ma’lumki, televizor, smartfon, planshet kabi kabi raqamli texnologiyalardan foydalanishning ko’payishi yoshlar rivojlanishi va salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bo’lsa ham, ularning ishlab chiqarilishi ortishda davom qilmoqda. Yoshlarning bunday texnologik mazmuni, davomiyligi, chastotasi va ulardan foydalanish paytidagi o’zini tutish holati nuqtai nazaridan noto’g’ri foydalanishi sog’liq uchun turli muammolar keltirib chiqaradi, jumladan, rivojlanish muammolari, tayanch-harakat tizimi mummolari, jismoniy harakatszilik, semirib ketish va uyqu sifatining yomonligiga olib kelishi kuzatilmoqda. Yoshlar internet va ijtimoiy tarmoqlardako’p vaqt o’tkazishi ularni “fake news”, noto’g’ri axborot ya’ni manipulyatsiyaga duch kelish ehtimoli ortib bormoqda. Bundan tashqari raqamli muhit yoshlarning bo’sh vaqtini samarasiz, tanqidiy fikrlashlarsiz o’tkazishiga olib kelmoqda. Noaniq axborot darrov viral bo’ladigan qisqa videolar va tedensiayalarga ko’p vaqt sarflanishi , yoshlarning chuqur fikrlash,qadriyatlarni tahlil qilish imkoniyatlarini pasaytiradi .Bu individualizmning ortishi ,jamiyatga nisbatan mas’uliyat hissining kamayishi kabi holatlar bilan bog’liq.Tadqiqotlarda shunday natijalar qayd etilgan: qisqa kontent qabul qilishga o’rganib qolgan yoshlarning miyyasi “short term” tizimida ishlaydi va tanqidiy fikrlash , uzoq muddat diqqatni jamlash kabi ko’nikmalarini yo’qotishadi. Global media va raqamli platformalar orqali yoshlar turli madaniyatlarga, g’oyalarga tezkor kirishmoqda. To’g’ri yangi texnologiyalar orqali dunyo qarashni kengaytirish imkoni oshdi, lekin raqamli texnologiyalar milliy qadriyatlar va o’zlikni yo’qotish kabi xavflarni ham keltirib chiqardi. Yoshlarni g’arb madaniyati ta’sirida bo’lishi, milliy til,urf odat , tarixiy an’analarni kamroq qadrlashga yo’l ochadi . Bu esa jamiyatning ma’naviy barqarorligiga va yoshlarning ma’naviy immunitetiga zarar yetkazadi. Ma’naviy immunitetni mustahkamlashda ta’lim va jamiyatning o’rni: Jamiyatimizdagi bu muammolarni bartaraf qilishning yagona yo’li buma’naviy imunititetni kuchaytirish . Bu uchun eng avvalo , ta’lim tizimida yosh avlodga axborot va media savodxonligini (MIL) chuqur o’rgatish muhim ro’l o’ynaydi. UNESCO ta’kidlashicha, “Yoshlarni axborot makonida tanqidiy fikrlay oladigan, digital kompetensiyalarga ega bo’lgan fuqarolarga aylantirish”- uning ustuvor vazifalaridan biridir. Chunki digital kompentensiya olgan yoshlar onlayn platformalarda xavfsizroq harakat qiladi, ma’lumot manbalarini baholay oladi va yaratishga ham kirishadi. Shunday ekan, maktab va universitetlarda MIL va tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga e’tibor qaratilsa yosh avlod nafaqat axborot iste’molchisi,balki axborotni yaratadigan va jamiyatga hissa qo’sha oladigan shaxsga aylanadi . Bu esa ularning ma’naviy imunitetini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Shuningdek ma’naviy immunititetni mustahkamlashda nafaqat ta’lim institutlari balki oila va kengroq jamoatchilik muhitining roli ham katta. Ota-onalar texnologiyalarning foydasi va xavflarini ham olishlari, onlayn muhitdagi xatti-harakatlar haqida bolalar bilan ochiq suhbat o’tkazishlari lozim. Jamiyat orqali esa ijtimoiy tashkilotlar, yoshlar markazlari, 14 https://www.asr-conference.com III SHO‘BA: Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish ommaviy axborot vositalari sog’lom axborot muhitini yaratishda faol bo’lishi kerak. Ushbu masala globallashayotgan bir davrda esa, O’zbekistonda ham “Yoshlar siyosatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va “Raqamli O’zbekiston-2030” kabi hujjatlar yoshlarni raqamli texnologiyalarga, jumladan ma’naviy va axborot muhitiga tayyorlashni nazarda tutadi. Shunday qilib davlat tomonidan amalga oshiriladigan mazkur dasturlar yoshlarning media savodxonligi, tanqidiy fikrlash ko’nikmalari, ma’naviy qadriyatlarni uyg’unlashtirish yo’lida asosiy bazani tashkil qiladi. XULOSA Raqamlashtirish masalasi juda murakkab va uni yagona nuqtai nazardan ko’rish mumkin emas. Bu jrayonning afzalliklari va kamchiliklarini o’zaro muvozanatlashtirish muhimdir. Jamiyat sifatida, raqamlashtirishning ijobiy tomonlarini maksimal darajada oshirish va salbiy tomonlarini minimallashtirish muhim sanaladi. Bu esa, yoshlarning tarbiyaviy masalalarini inobatga olgan holda ijobiy ta’sirni oshirish, xususan, turli yot g’oyalarni kririb kelishi va tarqalishi oldini olish, yosh avlodga yangi dav qoidalarini va to’g’ri foydakanish yo’llarini o’rgatish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash kabi masalalarni ham hal qilishni o’z ichiga oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oriental Renaissance: Innovative , eductional , natural and social sciences jurnali (aprel 2025) . “Raqamli jamiyatda yoshlar tarbiyasi masalalar va ijtimoiy muammolar” Teshayeva. G 2. Sh.Mirziyoyev . Erkin va farovon , demokratik O’zbekiston davlaatini birgalikda barpo etamiz . T:O’zbekiston 2016. 14-bet 3. Journal of new centry innovation (2022) “Yoshlarda axborot hamda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunititetni shakllantirish” 4. OECD (2022) — Education at a Glance 2022: OECD Indicators. Paris: OECD Publishing. https://www.oecd.org/education/education-at-a-glance/ 5. UNICEF (2022) — Digital Learning: The Future of Education for Every Child. https://www.unicef.org/reports/digital-learning 6. UNESCO (2021) — Media and Information Literacy: Policy and Strategy Guidelines. https://www.unesco.org/en/media-information-literacy 7. Pew Research Center (2023) — Social Media and Technology Use Among Teens. https://www.pewresearch.org/internet/2023/ 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–6079-son Qarori (2020-yil 5oktabr) — 9. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/5030957 10. “Yoshlar siyosatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” (2021-yil, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi). https://yoshlar.gov.uz