MASOFAVIY TA'LIMNI TASHKIL ETISH VA UNI UMUMIY PEDAGOGIKAGA YO'NALTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada masofaviy ta’limning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, uni samarali tashkil etishning didaktik va metodik asoslari hamda masofaviy o‘qitish jarayonini umumiy pedagogika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari va masofaviy ta’limning uslubiy asoslari keng yoritilgan, masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonining metodik asoslari, uning zamonaviy pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unligi hamda umumiy pedagogika tizimiga integratsiyalashuv masalalari tahlil etiladi.
Full text
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 75 MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA UNI UMUMIY PEDAGOGIKAGA YO‘NALTIRISH Nuraliyeva Dilshoda Yo’lchiboy qizi University of Business and Science Pedagogika va Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi. [email protected] +99890-693-00-97 Rahimova Dildoraxon Ulugʻbek qizi University of Business and Science universiteti. “Maktabgacha va maktab taʼlimi fakulteti” Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17571727 Annotatsiya. Mazkur maqolada masofaviy ta’limning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, uni samarali tashkil etishning didaktik va metodik asoslari hamda masofaviy o‘qitish jarayonini umumiy pedagogika tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari va masofaviy ta’limning uslubiy asoslari keng yoritilgan, masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonining metodik asoslari, uning zamonaviy pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unligi hamda umumiy pedagogika tizimiga integratsiyalashuv masalalari tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Masofadan o‘qitish, masofaviy ta’lim, masofaiy ta’lim texnologiyasi, Masofaviy ta’lim elementlari, model, konferensiyalar va komponentalar, masofaviy ta’lim, pedagogika, innovatsion ta’lim, raqamli kompetensiya, Аннотация. В статье подробно рассматриваются становление дистанционного образования, этапы его развития, дидактические и методические основы его эффективной организации, а также пути гармонизации процесса дистанционного обучения с общепедагогическими принципами и методологическими основами дистанционного образования. Анализируются методологические основы организации дистанционного образования, его соответствие современным педагогическим принципам и вопросы интеграции в общую педагогическую систему. Ключевые слова: Дистанционное образование, дистанционное образование, дистанционные образовательные технологии, элементы дистанционного образования, модель, конференции и компоненты, дистанционное образование, педагогика, инновационное образование, цифровая компетентность, Abstract. This article broadly covers the formation of distance education, stages of development, didactic and methodological foundations of its effective organization, as well as ways to harmonize the distance education process with general pedagogical principles and the methodological foundations of distance education. The methodological foundations of the process of organizing distance education, its harmony with modern pedagogical principles and issues of integration into the general pedagogical system are analyzed. Keywords: Distance education, distance education, distance education technology, Elements of distance education, model, conferences and components, distance education, pedagogy, innovative education, digital competence,
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 76 Masofaviy ta’limning tashkil etishda yangi uslubiy asoslar va amaliy ko‘nikmalarni oshirish xorij ta’lm standartlari bilan yaqindan tanishish va ularni tashkillashtirishda beriladigan uslub va fantaziyalarini o‘ragnishdan hamda uni pedagogika yo‘naltirish Finlandiya ta’lim jarayonini tadbiq etishni takomillashtirishdan iborot. Globallashuv jarayoni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi yangi shakl va mazmun kasb etmoqda. Xususan, masofaviy ta’lim bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib, o‘quvchilarga o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirishmasdan ham bilim olish imkonini bermoqda. Shu bois masofaviy ta’limni ilmiy asosda tashkil etish, uni umumiy pedagogika nazariyasi bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Masofaviy ta’lim — bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida fazoviy masofa mavjud bo‘lgan sharoitda o‘qitish jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirishga asoslangan ta’lim shaklidir. Uning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: O‘quvchi markazliligi – ta’lim jarayoni o‘quvchining individual ehtiyojlariga yo‘naltiriladi; Moslashuvchanlik – ta’lim mazmuni va jadvali shaxsiy imkoniyatlarga moslashtiriladi; O‘zaro aloqadorlik – interaktiv platformalar orqali muloqot, bahs va fikr almashish imkoniyati yaratiladi; Mustaqil ta’lim olish – talabaning o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘zlashtirish ko‘nikmalari rivojlanadi. Masofaviy ta’limning samaradorligini ta’minlash uchun uni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etish va umumiy pedagogika nazariyasi bilan uyg‘unlashtirish zarur. Chunki har qanday ta’lim shaklining samaradorligi, avvalo, uning didaktik asoslariga, pedagogik tamoyillariga va metodik yondashuvlariga bog‘liqdir. Masofaviy ta’limning nazariy manbalari XX asrning oxirlarida V.P. Bespalko, A.A. Andreev, M.V. Moiseeva, J. Bruner, D. Kolb kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan sistemali, faoliyatga asoslangan va konstruktivistik ta’lim nazariyalariga tayanadi. Ushbu nazariyalarda bilim o‘zlashtirish jarayoni talabaning faol sub’ektlik pozitsiyasida bo‘lishi bilan izohlanadi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari asenkron (offline) va synchronous (real vaqt rejimidagi) formatlarda amalga oshiriladi. Asenkron formatda talabalar mustaqil o‘rganishadi, video darslar va materiallar bilan ishlaydi; sinxron formatda esa o‘qituvchi bilan jonli muloqot olib boriladi. Bu ikki format uyg‘unlashganda aralash (blended learning) tizimi vujudga keladi, bu esa samaradorlikni oshiradi. Masofaviy ta’lim jarayonini, İnternetning WWW, Elektron pochta va boshqa xizmatlari orqali; Video konferentsiyalar ko‘rinishida; Maxsus kabel studiyalari orqali, tashkil etish mumkin. Bunda Internet orqali ixtiyoriy foydalanuvchi, boshqa mamlakatlardagi Universitetlarda masofaviy ta’lim olishi mumkin. Shuningdek Internet orqali ixtiyoriy turdagi, ixtiyoriy hajmdagi ma’lumotlar olishi, o‘rganishi, murojaat qilishi mumkin. Video konferentsiyalar ham kompyuter, telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi. Bunda bir shahardagi talaba boshqa bir shahardagi o‘qituvchi yoki talaba bilan jonli muloqat qilishi mumkin.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 77 Albatta buning uchun maxsus video va multimedia qurilmalari bilan birga, ularning kompyuterda maxsus programma ta’minoti ham zarur bo‘ladi Maxsus kabel studiyalari orqali talim olish jarayoni, xuddi kabel televideniyasi kabi tashkil etilgan bo‘ladi. O‘qituvchi biror joyda turib televizor orqali boshqa joydagi talabaga bilim berishi, o‘rgatishi mumkin. Masofaviy ta’limning asosiy elementlaridan biri Internet texnologiyalari orqali elektron qo‘llanmalarni ularda joylashtirish va ulardan foydalanishni tashkil qilish yoki har xil elektron qo‘llanmalarni tayyorlash va ularni CD lar orqali foydalanishni tashkil qilish hisoblanadi. Hozirgi kunda masofadan o‘qitishning bu turlari rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimiga keng kirib kelgan. Shu bois, ta’lim tizimida har bir o‘qitilayotgan fan uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda axborot texnologiyalari asosida yaratilayotgan elektron qo‘llanmalar bazasida o‘qitish va nazorat qilish mexanizmlarini gipermediya, multimedia, gipermatn, ovoz, video kabi programma vositalari yordamida ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Masofadan o‘qitish tizimining asosiy komponentalari axborot, dasturiy va texnik ta’minotining mustahkamlashtirishning asosiy maqsadi: talabalarni o‘qitish sifatini oshirish; universitet o‘quv jarayoning boshqarish sifatini va operativligini oshirish; uslubiy materiallar mazmuni va tuzilmasi sifatini oshirish; universitetning ta’lim berish xizmat doirasini kengaytirish, ya’ni ikkinchi kvalifikatsiya olish, qo‘shimcha ta’lim dasturi asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratish; ilmiy-texnik aprobatsiya va ta’lim texnologiyasida qo‘llash maqsadida yangi dasturiy vositalardan foydalanish; ochiq ta’lim bo‘yicha milliy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish. O‘quv jarayonida masofadan o‘qitish tizimidan kompyuter texnologiyasi va maxsus axborot ta’minot vositasi sifatida keng foydalanish ochiq ta’lim tizimining huquqiy, ilmiy – metodik va texnologik tamoyillari orqali aniqlanadi. O‘quv jarayonida masofadan o‘qitish tizimining mukammal dasturi vositalarini qo‘llash o‘quv materiallar, elektron konspektlar, nazorat qilish va o‘rganish testlari, virtual vositalar, praktikumlar, axborot resurslar va boshqalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Masofadan o‘qitish tizimini yaratishning bazaviy texnologiyasi – tarmoq texnologiyasi bo‘lib, u masofadan o‘qitish tizimiga ochiq kirish va murojaat qilish imkonini beradi. Tarmoqli texnologiya universitet uchun ancha iqtisodiy jihatdan arzon va samaraliroq texnologiya hisoblanadi. Masofadan o‘qitish tizimini yaratish asosida quyidagi tamoyillar yotadi: standartizatsiyalash, universallik va ochiqlik. Standartizatsiyalash deganda birinchidan, internet standart tarmoq texnologiyasi asosiy baza sifatida, ikkinchidan masofadan o‘qitish tizimida kerakli komponentalarni kiritish, yaratish qoidalariga oid talablarni berish. Universallik shundan iboratki, birinchidan tizim masofadan o‘qitish vositasi sifatida qaraladi, lekin ixtiyoriy o‘qitish formasi uchun kompyuter tarmoq texnologiyasi ham qaraladi. Ikkinchidan, tizim ixtiyoriy fanlarni o‘qish va kurslarni yaratish uchun o‘rinli bo‘ladi: gumanitar, sotsial-iqtisodiy, tabiiy ilmiy va texnik. Uchinchidan, tizim barcha ma’lum texnologiyalar va masofadan o‘qitish metodlarini tavsiya etadi: elektron darsliklar, o‘qitish va nazorat qilish testlari, virtual vositalar, elektron
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 78 kutubxona, shu jumladan axborotlarni almashtirish va individual ta’lim dasturini shakllantirishning turli xil vositalari. Masofadan o‘qitish tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar: interfaollik, ya’ni o‘qitishning muloqot rejimini ta’minlaydi; dasturiy va apparatli bog‘liqmaslik, o‘qitishni bir nechta vositaviy ta’minotda va ixtiyoriy operatsion tizim boshqaruvida olib borish; ma’lumotlar almashinuvining yuqori tezligi, o‘qitishda kutish vaqtini kamaytirish. Internet texnologiyasining asosiy imkoniyatlari quyidagilar: Gipermatn tuzilmaning mavjudligi axborot metodik ta’minotni yaratishda grafik multimediya imkoniyatlaridan foydalanish. Har xil tayyorgarlikdagi auditoriya tinglovchilari va turli xil o‘quv mashg‘ulotlari uchun o‘qituvchi o‘quv materiallarini ifodalash formasi va ketma-ketligini berishi mumkin (boshlang‘ich ta’lim, qayta tayyorlash, malaka oshirish, materialni majburiy yoki fakultativ o‘rganish). Internet texnologiyasi (shu jumladan internet tarmog‘ida WWW vositasi) o‘qituvchilarga hujjatlarni formatlash tillari bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lmasalar ham, axborot materiallarni yaratish va ularni talabalar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Internet texnologiyasi erkin tarqatilayotgan dasturlar majmuasi (Netscape Communicator, Internet Explorer va boshqalar) dan foydalanish imkonini yaratadi. www bazasida yaratilgan masofadan o‘qitish tizimi global axborot tarmoqqa birlashtiriladi va keng foydalanuvchilar doirasiga tavsiya etiladi. Internet texnologiyasi mavjud va yaratilgan o‘quv va elektron qo‘llanmalardan tamoyilial o‘zgarishsiz foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Masofadan o‘qitish tizimi Web – server asosida quriladi va foydalanuvchilarga axborotlarni gipermatn ko‘rinishida tavsiya etadi. O‘quvchi va o‘qituvchi kerakli barcha ma’lumotlarni masofadan o‘qitish tizimining ma’lumotlar bazasidan olishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan muloqot Java – appletov, CGI – modullari va interfaol Web – to‘rlarini yaratishning boshqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda masofadan o‘qitish tizimiga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda ko‘plab masofadan o‘qitish markazlari, institutlari va tizimlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Masofadan o‘qitish tizimini yaratish – ko‘p qirrali muammo bo‘lib, o‘quvuslubiy, texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy, huquqiy, psixologik, tabiiy ta’minot masalalarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda bu masaalalarni yechish murakkab bo‘lib qolmoqda. Yuqorida aytilgan fikrlar masofadan o‘qitishning tizimli vositasiga tegishli. Masofadan o‘qitishning tizimli vositasi deganda, tizimda foydalaniladigan usullar va dasturiy vositalar majmuasi tushuniladi. Ularning asosiy funksiyalariga o‘quv materiallari bazasini boshqarish, Masofadan o‘qitish kurslarini tavsiyalash formalarini ishlab chiqarish, masofadan o‘qitishda o‘quv jarayonini boshqarish, masofadan o‘qitishda komponentlar integratsiyasini ta’minlash, foydalanuvchi bilan interfeys va hokazo.
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 79 Masofadan o‘qitish tizimining umumiy tuzilishi quyidagicha: Masofadan o‘qitish tiziminig o‘quv, uslubiy va texnik tuzilishi Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari — o‘quv jarayonining qulayligi, iqtisodiy samaradorligi, o‘quvchi mustaqilligini rivojlantirishdir. Biroq, texnik vositalarning yetishmasligi, motivatsiya pasayishi va shaxsiy muloqotning cheklanishi kabi muammolar ham mavjud. Shu sababli, pedagogik yondashuvni takomillashtirish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va o‘qituvchilar malakasini oshirish dolzarb vazifa bo‘libqolmoqda. Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari — o‘quv jarayonining qulayligi, iqtisodiy samaradorligi, o‘quvchi mustaqilligini rivojlantirishdir. Biroq, texnik vositalarning yetishmasligi, motivatsiya pasayishi va shaxsiy muloqotning cheklanishi kabi muammolar ham mavjud. Shu sababli, pedagogik yondashuvni takomillashtirish, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va o‘qituvchilar malakasini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Masofaviy ta’lim bugungi ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, uni samarali tashkil etish umumiy pedagogikaning nazariy va metodik asoslariga tayanadi. Masofaviy ta’lim o‘qitish jarayoniga yangicha yondashuv, interaktivlik, shaxsiylashtirish, hamkorlik va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini olib kiradi. Shu sababli, raqamli ta’limni pedagogik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish, o‘qituvchilarni raqamli madaniyatga tayyorlash hamda metodik asoslarni takomillashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1 Zaychenko T.P. Masofaviy o‘qitish asoslari: nazariy va amaliy asos: o‘quv qo‘llanma. - SPb.: RSPU nashriyoti im. A.I. Gertsen, 2004. 2 Kenjaboev A. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning ta’limiy asoslari. – T.: «Navro‘z», 2013. O‘quv-uslubiy modul O‘quv materiallari bazasi (O‘MB) Virtual kutubxona O‘MB ni boshqarish Texnik ta’minot O‘quv auditoriyalar Laboratoriya xonalari Kommunikatsion texnik vositalar Ma’muriy blok Virtual dekanat Talabalarning ma’lumot bazasi O‘quv jarayonini amalga oshirish Instrumental vositalar Axborot resurslari
2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 80 3 Zakirova F., Muxamedxanov U., SHaripov SH., Isyanov R., Esanboboev F., Dottoev S.. Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo‘llanma.– T 4 Qizi, N. D. Y. L. (2025). EMOTSIYA VA UNING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. Research Focus, 4(Special Issue 2), 834-841. 5 Qizi, N. D. Y. L. (2025). MAMLAKATIMIZDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. Research Focus, 4(Special Issue 2), 795-802. 6 Odilxanovich S. Q. et al. MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 5. – №. 1. – С. 395-400. 7 Одилханович Ш. Қ. и др. ОИЛАДА БОЛАЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА ЎЗБЕК ХАЛҚ ПЕДАГОГИКАСИ МАНБААЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ //Таълим ва Ривожланиш Таҳлили онлайн илмий журнали. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 28-32. 8 www.pedkadr.uzedu 9 https://www.dist.edu.uz