VATANGA XIZMAT - OLIY MAQSADIM
Abstract
Mazkur maqola O‘zbekiston yoshlarining bugungi jamiyatdagi faol roli, ularning bilim, mehnat va fidoyilik orqali yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida. Harbiy xizmatdan tashqari, boshqa sohalarda ham ona yurti uchun ter to‘kayotgan yoshlarning hayotiy qarashlari, davlat siyosatidagi e’tibor va ijtimoiy faktlar asosida masalaga keng yondashiladi.
Full text
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 25 VATANGA XIZMAT - OLIY MAQSADIM Abdumutaliyeva Muxtasarbegim Akramjon qizi, ToshDO’TAU O’TA 1-kurs talabasi [email protected] +99893 404 9710 Annotatsiya. Mazkur maqola O‘zbekiston yoshlarining bugungi jamiyatdagi faol roli, ularning bilim, mehnat va fidoyilik orqali yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida. Harbiy xizmatdan tashqari, boshqa sohalarda ham ona yurti uchun ter to‘kayotgan yoshlarning hayotiy qarashlari, davlat siyosatidagi e’tibor va ijtimoiy faktlar asosida masalaga keng yondashiladi. Kalit so’zlar: Burch, maqsad, sadoqat, mutaxassis, demografik ustunlik, kelajak Abstract. This article is about the active role of Uzbek youth in today's society, their contribution to the development of the country through knowledge, work, and dedication. The issue is approached broadly based on the life views of young people who, in addition to military service, are working hard for their homeland in other areas, as well as attention in state policy and social facts. Keywords: Duty, purpose, loyalty, expert, demographic advantage, future Inson hayotining ma`no va mazmuni uning jamiyat, el-yurt oldidagi burchini anglash va uni sharaf bilan ado etishida namoyon bo`ladi.Bu borada eng ulug` va yuksak burchlardan biri bu Vatanga xizmat qilishdir.Aynan shu maqsad har qanday ongli, vatanparvar fuqaroning hayotiy vazifasi va faoliyat mezoniga aylanishi lozim.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi aynan shu haqida:“O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston fuqarosining burchidir”.Mening hayotimdagi eng muhim maqsadlarimdan biri-o`z bilimim, salohiyatim va fidoyiligim orqali Vatanimga xizmat qilishdir. Ko`pchilik Vatanga xizmat deganda faqat harbiy xizmatni tushunadi.Albatta, mamlakat xavfsizligini ta`minlash, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash muhim va zarur vazifalardandir. Har bir fuqaro oz kasbida, oz joyida halol mehnat qilsa, jamiyatga foyda keltirsa, bu ham Vatanga xizmatdir.O`qituvchi yosh avlodni bilimli qilib tarbiyalasa, shifokor insonlarning sog`ligini asrasa, dehqon dalada xalqni oziq-ovqat bilan ta`minlasa –bularning barchasi Vatanga sadoqat belgilaridir. Men ham kelajakda o`zim tanlagan sohada yetuk mutaxassis bo`lib, Vatanim ravnaqi uchun xizmat qilishni maqsad qilganman.Buning uchun hozirda tinimsiz bilim olishim, axloqan yetuk inson bo`lishim, ona yurtim taqdiri uchun mas`uliyatni his qilishim zarur.Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga katta etibor qaratilmoqda.Statistika agentligi ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda
Vol.2 №11 (2025). November “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 26 yoshlar soni 19 milliondan oshgan. Bu esa demografik ustunlikni bildiradi. ”Yangi O’zbekiston” g`oyasi asosida olib borilayotgan islohotlar markazida aynan bizlar turibmiz.Yurtboshimiz ta`kidlagandek, “Yosh avlod-bizning eng bebaho boyligimiz,ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”.Demak, biz-yoshlar, nafaqat kelajakni kutib oluvchilar, balki uni yaratadigan avlod sifatida Vatanga xizmat qilishga tayyor bo`lishimiz kerak. Men pedagogika yo`nalishini tanlaganaman, chunki bu kasb orqali jamiyat taraqqiyotiga, xalq farovonligiga bevosita tasir qilishimga ishonaman.Mening oliy maqsadim-bilimli, ma`naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbiga Vatanga sadoqat, insoniylik, bilimga chanqoqlik kabi fazilatlarni singdirishdir.O`qituvchi nafaqat bilim beradi, balki hayotiy yo`l korsatadi,shaxsni shakllantiradi.Men kelajakda shu muqaddas yo`lda xizmat qilishga, yosh avlodga nurli kelajak sari yo`l ko`rsatuvchi bo`lishga tayyorman. Xulosa qilib aytganda, Vatanga xizmat qilish-har bir fuqarolik ongiga ega insonning muqaddas burchidir.Mening hayotimdagi asosiy maqsad ham-o`z bilmim,kasbim va insoniy fazilatlarim orqali Vatanimga xizmat qilish, uni har sohada taraqqiy etishga hissa qo`shishdir.Zero,Vatan ravnaqi-barchamizning sa`y-harakatimiz,mas`uliyatimiz va mehnatimiz bilan bogliq.Bu yo`ldagi har bir intilish chinakam buyuk maqsaddir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (52-modda). 3. Shavkat Mirziyoyev nutqlari va chiqishlari — Prezident.uz 4. Statistika agentligi rasmiy ma’lumotlari — www.stat.uz