scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUAL ANTIAGGREGANT TERAPIYANING YURAK-QON TOMIR ASORATLARINI KAMAYTIRISHDAGI O'RNI VA INDIVIDUAL YONDASHUV IMKONIYATLARI

Nematova Nasiba Baxodirxon qizi,Abdulkhamidov Abduvali Alisher o'g'li

Abstract

Ikki komponentli antiaggregant davolash, ya’ni dual antiaggregant terapiya (DAT) – aspirin va ikkinchi antiaggregant preparat kombinatsiyasi yurak ishemik kasalliklarida takroran trombotik asoratlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada miokard infarkti va stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarda DAT qo‘llashning klinik ahamiyati yoritiladi. Amerika Yurak Assotsiatsiyasi (AHA) hamda Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC)ning so‘nggi ko‘rsatmalariga ko‘ra, o‘tkir koronar sindromdan keyin bir yil davomida ikki xil antiaggregant vosita berilishi tavsiya etiladi, shuningdek, barqaror stenokardiyada stent o‘rnatilgach kamida olti oyga, Yevropa Kardiologlar Jamiyati protokollarida esa 1 yilgacha DAT belgilanadi. DAT yurak-qon tomir hodisalar (takroriy infarkt, insult, stent trombozi va boshqalar) xavfini sezilarli kamaytiradi, biroq qon ketishi xavfini oshiradi. Shuning uchun davolash davomiyligi va tarkibini har bir bemorning individual trombotik va gemorragik xatarini inobatga olgan holda tanlash zarur. Mazkur maqolada ilmiy adabiyotlar va statistik ma’lumotlarga tayangan holda DATning foydali jihatlari, klinik natijalarga ta’siri va individual yondashuv strategiyalari ko‘rib chiqiladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Maxmudov Sharifjon Toshkent viloyati Boʻka tumani politexnikumi Ishlab chiqarish taʼlim ustasi AMALIY MASHGʻULOTLARNI OʻTKAZISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QOʻLLANILISHI Annotatsiya: Ushbu maqola amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yangi metodlar va interaktiv usullar orqali talabalarning bilim olish jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar, ta’lim jarayoni. Аннотация: В статье рассматривается эффективность применения современных педагогических технологий при проведении практических занятий. Анализируются возможности оптимизации учебного процесса с помощью новых методов и интерактивных подходов. Ключевые слова: практические занятия, педагогические технологии, инновационные методы, образовательный процесс. Abstract: This article is devoted to studying the effectiveness of using modern pedagogical technologies in conducting practical lessons. The possibilities of optimizing the learning process through new methods and interactive approaches are analyzed. Keywords: practical lessons, pedagogical technologies, innovative methods, educational process. KIRISH Shu bugungi kungacha anʼanaviy taʼlimda yoshlarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatib kelinganligi maʼlum. Bunday usul yoshlarda mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus koʻrsatish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta imkon bermasligi aniq. Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida oʻquv-tarbiya jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, taʼlimning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar egallanayotgan bilimlarni yoshlar tomonidan oʻzlari qidirib topishlari, mustaqil oʻrganib, ularni tahlil qilishlari, oʻz bilimlarini baholashlari, toʻgʻri xulosalar chiqarishga qaratilgan. ASOSIY QISM Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab safdoshlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlash va harakat qilishlariga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʻquv-tarbiya jarayonida barcha talaba markaziy ishtirokchiga aylanadi. Oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻgʻri joriy etilishi talabalarining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL faoliyat yuritishiga olib keladi (6). Har qanday pedagogik texnologiyaning oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllanilishi shaxs tabiatidan kelib chiqqan holda shaxsiy tarkibni kim tarbiyalayotganligi hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari kimni tarbiyalayotganiga bogʻliq. Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashgʻulotlar talabaning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilanish, nimanidir oʻzgartirish demakdir(8). Interfaol (“Inter” - bu oʻzaro, “ast” - harakat qilmoq) - oʻzaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda boʻlish)ni anglatadi. Interfaol taʼlim, interfaol uslublar muntazam muloqotga asoslangan uslublar tizimi boʻlib, yoshlarning hamkorlikdagi va faol ishtirokidagi taʼlim va uslublar tizimi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, oʻqitishning interfaol uslublari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli boʻlib, unda taʼlim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan boʻladilar, ular biladigan va oʻylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu uslublarning oʻziga xosligi shundaki, ular faqat tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar talabalarning birgalikda faoliyat koʻrsatishi orqali amalga oshiriladi(10). Oʻquv jarayonidagi pedagogik texnologiya — bu aniq, ketma-ketlikdagi yaxlit pedagogik jarayon boʻlib, yoshlarning ehtiyojidan va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan puxta loyhalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishilishi uchun hamkorlikdagi faoliyat, qoʻyilgan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, yaʼni texnologiyaga bogʻliq(5). Texnologiya - ishlab chiqarish jarayoni, pedagogik texnologiya esa - yaxlit pedagogik jarayondir. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari: loyihalashtirish, amalga oshirish, kafolatli natija. Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati - kafolatlangan natijaga yoʻnalganligi. Har bir texnologiya, shu jumladan, pedagogik texnologiya ham oʻzining mezonlariga ega: konseptuallik, tizimlilik, samaradorlik, boshqaruvchanlik, qayta tiklanuvchanlik. Pedagogik texnologiyani oʻquv jarayonida umumpedagogik, xususiymetodik, modulli yoʻnalishlarda qoʻllash darajalari aniqlangan(4). Har qanday texnologiya biron bir gʻoyani, ilmiy fikr yoki nazariyani hayotga tatbiq etib, uni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan. Ishlash jarayonida maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlanishi ishlarni olib borayotganlar ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan boʻlib, bunda ishlatiladigan texnologiya shaxsiy tarkibning bilim saviyasi, guruh tabiati, va sharoitga qarab tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak boʻlar. Bularning hammasi ushbu ishlarni tashkil etuvchi pedagogga bogʻliq. Shu bilan birga mazkur jarayonni oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda tashkillashtiruvchi oʻquv predmetining oʻziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini, shuningdek, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina zarur kafolatlangan natijaga erishish mumkin(2). Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida oʻqituvchi (pedagog)ning oʻquvchi-talabalar bilan muloqoti. Muloqotning vazifalari: - shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; - muloqotdan olinadigan tasavvurlar; - muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; - pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi; - ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL - “pedagogik talab” tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari; - xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon boʻlishi; - oʻquvchi-talabaga boʻlgan hurmat va talab; - pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. - xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; - baho berish usullarini tanlash, oʻqituvchi(pedagog)ning oʻz imkoniyatini tahlil etishi va taʼsir samaradorligini oshirishi); -pedagogik baholash texnologiyasi. 3. Axborotning taʼsir koʻrsatish texnologiyasi. - nutqiy-axborot berish, “ratsional axborot berish” tushunchalari, demonstratsion va koʻrgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; - nutqiy taʼsir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, koʻrgazmalar va obrazlar; - nutqiy taʼsir etish texnologiyasi; - demonstratsion va koʻrgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar; - qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. 4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi. - pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, boʻsh va mazmunli konflikt; - holat tahlili (voqeani aniqlash); - konflikt; - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); - konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qoʻshimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. Oʻquvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon oʻquvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim oʻz nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda taʼrif bergan. Hali bu tushunchaga toʻliq va yagona taʼrif qabul qilinmagan. Ushbu taʼriflar ichida eng maqsadga muvofigʻi YUNESKO tomonidan berilgan taʼrif sanaladi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalarni amaliy mashgʻulotlar asosida qoʻllanilishi: Axborot texnologiyalarining qoʻllanilishi inson fiziologiyasiga asoslangan boʻlib, G. Mayer fikriga muvofiq, 72 soatdan (uch sutkadan) oʻtganda, maʼlumotni eshitish orqali qabul qilingandan soʻng tinglovchi xotirasida 10%, koʻrish orqali (koʻrganda) 20%, koʻrish va eshitish orqali (koʻrganda va eshitganda) 50%, koʻrib, eshitish orqali qabul qilish va munozarada 70%, koʻrish, eshitish, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL munozara va amaliy imkoniyatlarni qoʻllanilganda 90% axborot qoladi. Bundan tashqari, amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarda fanga qiziqishni orttirib, taʼlim-tarbiya sifatini oshiradi, yoshlarni har tomonlama, umumiy rivojlanishiga koʻmak berib, oʻqituvchining vaqtini tejaydi. Aniqrogʻi taʼlim jarayonida axborot texnologiyalari (interfaol uyinlar, innovatsion texnologiyalar) qoʻllashning ustivor jihatlari qoʻyidagilardan iborat: 1. Eng qulay va sodda usul. 2. Koʻp tarmoqli. 4. Esda qolishi kuchli. 5. Bilim boyligini oshiradi. 6. Vaqtdan yutiladi. 7. Qiziqarli oʻtadi. 8. Darsning samaradorligini oshiradi. 9. Talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi. 10. Tafakkurni rivojlantiradi. 11. Oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini tortadi. 12. Har bir oʻquvchi bilan individual munosabat paydo boʻladi. 13. Xotirani kuchaytiradi. 14. Oʻquvchilarni oʻz ustida ishlashga daʼvat etadi. 15. Oʻz shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga oʻrgatadi(9). Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchi oʻqitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi gʻoyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Oʻqituvchi tomonidan tibbiy bilimlarni taʼlim texnologiyalarini bir necha turi bilan berilishi talabalar tomonidan mashgʻulotlarni samarali oʻzlashtirishiga yordam beradi. Xozirgi kunda talabalarga bilim berishda va ularning nazariy bilimlari, amaliy koʻnikmalari va qobiliyatlarini baholashda ilgʻor taʼlim texnologiyalarini tanlash har bir kafedraning xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim. Bu oʻrinda talabalar fikrini oʻrganish va ular asosida ishchi dasturlarni takomillashrirish taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Pediatriya yoʻnalishdagi kafedralarda anʼanaviy tarzda amaliy koʻnikmalar maʼruza va amaliy mashgʻulotlarda ogʻzaki, yozma tarzda, bemorlar kuratsiyasi, mulyaj, manekenlar vositasida va navbatchilik hisobotlari shaklida nazorat qilinadi. Ammo, hamma vaqt ham ushbu usullar tibbiyotning asosiy sohasi boʻlgan pediatriya yoʻnalishida talabalarga amaliy koʻnikmalarni oʻrgatishda va ular tomonidan bajarilishini nazorat qilishda ijobiy natija bermaydi. Bu esa mashgʻulotlar davomida talabalarning ham fikrini oʻrganish kerakligini koʻrsatadi. Tibbiy biologiya fani buyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi va yosh mutaxassislarning taxsil olish samaradorligini taʼminlovchi xamda taʼlim olayotganlarga muljallangan va ularning bu jarayonda faol ishtirokiga ega bulish maksadida interaktiv usullar oʻkitishning barcha turlarida tadbik etish rejalashtirilgan. Bu usullar oʻkish jarayonini jadallashuvini taʼminlashning muxim tarkibiy kismi xisoblanadi. XULOSA Fanni oʻkitishda ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu interfaol oʻkitish metodlarini tadbiq etish(1). Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida koʻllashga boʻlgan qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormokda, bunday boʻlishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda oʻquvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonuni, 2020-yil 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022-yildagi PQ-289-son “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.10.2020-yildagi PF-6097-son “Ilm fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 4. Mirziyoyev Sh.M. «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Davlat oliy taʼlim muasasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida», 16.06.2022 PQ-279son. 5. Alyaviya O.T., va boshq. Fiziologiya. T., 2022-y. 6. Brin Vadim Borisovich, Mazing Yuriy Andreevich, Zaxarov Yuriy Mixaylovich, Redaktor: Tkachenko Boris Ivanovich, Izdatelstvo: GEOTAR-Media, 2018. 7. K Sembulingam PhD va Prema Sembulingam, Essentials of Medical Physiology, Jaypee Brothers, Medical Publishers (P) Ltd, 2012-y. 8. Lauralee Sherwood, Fundamentals of Human Physiology, 4 E., USA. 9. Sudakov K.V., Andrianov V.V., Vagin Yu.E. Fiziologiya cheloveka. Atlas dinamicheskix sxem. 2-e izdaniye. Iz –vo: GEOTAR-Media, 2020.