scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA SOG'LIQNI SAQLASH SOHASINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY TAHLILI

O'lmasova Omadxon Qodirjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining moliyalashtirish mexanizmlari, davlat byudjeti xarajatlari tarkibi va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda moliyaviy ko'rsatkichlar, davlat va xususiy sektor xizmatlarining qiyosiy tahlili, Toshkent shahrining konkret ko'rsatkichlari asosida sohaning asosiy muammolari va samarali moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, sog'liqni saqlash xarajatlarining YaIMga nisbati O'zbekistonda 2024-yilda 5,8% ni tashkil etgan bo'lsa-da, resurslarning samarasiz taqsimlanishi, mahalliy byudjetlarning cheklangan imkoniyatlari va ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning etishmasligi asosiy muammo hisoblanadi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O’lmasova Omadxon Qodirjon qizi O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti [email protected] O'ZBEKISTONDA SOG'LIQNI SAQLASH SOHASINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY TAHLILI Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining moliyalashtirish mexanizmlari, davlat byudjeti xarajatlari tarkibi va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda moliyaviy ko'rsatkichlar, davlat va xususiy sektor xizmatlarining qiyosiy tahlili, Toshkent shahrining konkret ko'rsatkichlari asosida sohaning asosiy muammolari va samarali moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, sog'liqni saqlash xarajatlarining YaIMga nisbati O'zbekistonda 2024-yilda 5,8% ni tashkil etgan bo'lsa-da, resurslarning samarasiz taqsimlanishi, mahalliy byudjetlarning cheklangan imkoniyatlari va ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning etishmasligi asosiy muammo hisoblanadi. Kalit so'zlar: sog'liqni saqlash moliyalashtirish, davlat byudjeti xarajatlari, tibbiy xizmatlar, xususiy sektor, moliyaviy samaradorlik, sog'liqni saqlash tizimi. Аннотация: В данной статье анализируются механизмы финансирования системы здравоохранения Узбекистана, структура и эффективность расходов государственного бюджета. Исследование, основанное на финансовых показателях, сравнительном анализе услуг государственного и частного секторов, а также удельных показателях города Ташкента, выявляет основные проблемы отрасли и направления внедрения эффективных механизмов финансирования. Результаты показывают, что, хотя соотношение расходов на здравоохранение к ВВП в Узбекистане в 2024 году составило 5,8%, основными проблемами являются неэффективное распределение ресурсов, ограниченные возможности местных бюджетов и нехватка специализированных медицинских услуг. Ключевые слова: финансирование здравоохранения, расходы государственного бюджета, медицинские услуги, частный сектор, финансовая эффективность, система здравоохранения. Abstract: This article analyzes the financing mechanisms of the healthcare system of Uzbekistan, the structure and efficiency of state budget expenditures. The study, based on financial indicators, a comparative analysis of public and private sector services, specific indicators of the city of Tashkent, indicates the main problems of the sector and directions for the introduction of effective financing mechanisms. The results show that, although the ratio of healthcare expenditures to GDP in Uzbekistan in 2024 was 5.8%, the main problems are the inefficient allocation of resources, limited capabilities of local budgets, and the lack of specialized medical services. Keywords: healthcare financing, state budget expenditures, medical services, private sector, financial efficiency, healthcare system. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL KIRISH Sog'liqni saqlash tizimining samarali moliyalashtirilishi aholining sog'lig'ini saqlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda sog'liqni saqlash sohasiga davlat e'tibori sezilarli darajada kuchaygan, ammo mavjud moliyalashtirish mexanizmlari zamonaviy talablarga to'liq javob bermayotgani kuzatilmoqda [1]. Mamlakatda 2017-2024-yillar oralig'ida sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish bo'yicha bir qator hujjatlar qabul qilindi, jumladan, "Sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni va unga asosan ishlab chiqilgan strategik yo'nalishlar amalga oshirilmoqda [2]. Biroq, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, sohaga ajratiladigan mablag'larning samarasiz taqsimlanishi, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasining zaifligini bartaraf etish uchun yetarli bo'lmayotganligi muammo bo'lib qolmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, sog'liqni saqlash xarajatlarining YaIMga nisbati kamida 5-6% ni tashkil etishi kerak, ammo bu ko'rsatkichning o'zi ham resurslarning samarali ishlatilishini kafolatlamaydi [3]. O'zbekiston kontekstida davlat byudjeti mablag'larining etarli emasligi, xususiy sektorning rivojlanmaganligi, aholi to'lovlarining yuqori ulushi va moliyaviy oqimlarning shaffof emasligi sohaning asosiy muammolari hisoblanadi. Toshkent shahri misolida olib qaraladigan bo'lsa, poytaxt tibbiy xizmatlar markazi sifatida hududiy farqlanish va moliyalashtirish tizimidagi tizimli muammolarni aniq ko'rsatib beradi. Tadqiqotning maqsadi O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining moliyalashtirish holatini kompleks tahlil qilish, davlat va xususiy sektor ulushini aniqlash, mavjud moliyaviy mexanizmlarning samaradorligini baholash hamda samarali moliyalashtirish modellarini joriy etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodologiyasi asosida amalga oshirildi. Tahlil jarayonida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Statistika davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi rasmiy statistik ma'lumotlari, milliy va xalqaro ilmiy nashrlardagi maqolalar, JSST, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hisobotlari o'rganildi. O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish muammolariga bag'ishlangan tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, mamlakatda sovет davridan meros qolgan Semashko modeli asosida qurilgan markazlashtirilgan davlat tizimi hali ham dominant holatda [4]. Ushbu model davlat byudjeti hisobidan to'liq moliyalashtirishni nazarda tutgan bo'lsa-da, amalda aholi cheklangan moliyaviy imkoniyatlar tufayli o'z cho'ntagidan to'lovlarning yuqori ulushini ko'tarishga majbur bo'lmoqda. Rossiyalik tadqiqotchi Sheyman I.M. postsovet davlatlarida sog'liqni saqlash moliyalashtirishning o'tish davri muammolarini tahlil qilib, byudjet mablag'larining etishmasligi, tibbiy sug'urta tizimining to'liq shakllanmaganligi va aholi to'g'ridan-to'g'ri to'lovlarining yuqori darajasini ta'kidlaydi [5]. Jahon banki 2022-yilgi hisobotida O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimida moliyaviy himoyaning zaif ekanligi, aholining 15-20% gacha qismi tibbiy xarajatlar tufayli kambag'allik holatiga tushib qolish xavfi ostida ekanligi ko'rsatilgan [6]. Bu xususiy to'lovlarning yuqoriligi va davlat tomonidan tibbiy xizmatlarning qamrab olinishining cheklanganligi bilan bog'liq. Xususan, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa ixtisoslashgan tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyoj davlat budjetidan to'liq qoplanmaydi. Milliy tadqiqotchilardan Azizova N.R. O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimida moliyalashtirish samaradorligini oshirish uchun tibbiy sug'urta mexanizmlarini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik modellarini joriy etish zarurligini ta'kidlaydi [7]. Toshkent shahri misolida olib qarilgan tahlilda poytaxtda tibbiy xizmatlar imkoniyatlari yuqori bo'lsa-da, moliyaviy yukni aholi JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL ko'tarayotgani, xususiy klinikalar soni o'sib borayotgan bo'lsa-da, ularning xizmatlari ko'pchilik aholi uchun qimmat ekanligi aniqlangan. Qiyosiy tahlil maqsadida Qozog'iston va Qirg'iziston tajribasi o'rganildi. Qozog'istonda 2020yildan boshlab majburiy tibbiy sug'urta tizimi joriy etilgan va bu davlat byudjetiga yukni kamaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda ijobiy natijalar ko'rsatdi [8]. Qirg'izistonda esa manda tibbiy sug'urta tizimi 1997-yildan ishlamoqda, ammo byudjetning cheklanganligi tufayli to'liq qamrovga erishilmagan [9]. O'zbekiston uchun bu tajribalar qimmatli bo'lib, postsovet davlatlarida moliyalashtirish mexanizmlarini isloh qilishning mumkin ekanligini ko'rsatadi. JSST tavsiyalariga ko'ra, samarali moliyalashtirish tizimi uch asosiy tamoyilga asoslanishi kerak: universallik (aholining barcha qatlamlari qamrovi), moliyaviy himoya (aholining to'g'ridan-to'g'ri to'lovlar yukidan himoyalanishi) va sifat (xizmatlar standartlarining ta'minlanishi) [10]. O'zbekistonda esa bu tamoyillarning hech biri to'liq amalga oshirilmagan, bu esa tizimli islohotlar zarurligini ko'rsatadi. NATIJALAR VA MUHOKAMA O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining moliyalashtirish holatini tahlil qilish uchun 2019-2024yillar davridagi statistik ma'lumotlar o'rganildi. Davlat byudjeti xarajatlarining dinamikasi quyidagi jadvalda aks ettirilgan: 1-rasm. O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasiga davlat byudjeti xarajatlari (2019-2024-yillar) Grafikdan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasiga davlat byudjeti xarajatlari 2019-yildan 2024-yilgacha nominal qiymatda 3,6 baravar, YaIMga nisbatan esa 4,2% dan 5,8% gacha o'sgan. Bir kishiga to'g'ri keladigan xarajat ham 245,6 ming so'mdan 825,7 ming so'mgacha ko'tarilgan. Biroq, real qiymatda inflyatsiyani hisobga olsak, o'sish sezilarliroq past JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL bo'ladi. Davlat sektori ulushi 54,2% dan 64,2% gacha ortgan bo'lsa-da, xususiy sektor hali ham 35,8% ni tashkil etadi va bu aholining o'z cho'ntagidan to'lovlarining yuqoriligi bilan bog'liq. Toshkent shahri misolida olib qarilgan tahlil yanada kengroq manzarani ochib beradi. Poytaxtda tibbiy muassasalar soni va xususiy klinikalar tarmog'i boshqa hududlarga qaraganda rivojlanganroq bo'lsa-da, moliyaviy imkoniyatlar taqsimoti notekis. 2024-yil holatiga ko'ra Toshkent shahrida 287 ta davlat tibbiyot muassasasi va 1 245 ta xususiy klinika faoliyat ko'rsatmoqda. Davlat muassasalarida bir bemor uchun o'rtacha yillik xarajat 1,2 mln so'mni tashkil etsa, xususiy klinikalarda bu ko'rsatkich 3,8 mln so'mni tashkil etadi. Bu xususiy sektorda xizmatlar sifati yuqoriroq, ammo narxlari esa aholining katta qismi uchun qimmatligi haqida dalolat beradi. 1-jadval. Toshkent shahri sog'liqni saqlash xizmatlarining qiyosiy tahlili (2024-yil) Ko'rsatkich Davlat muassasalari Xususiy muassasalar Muassasalar soni 287 1 245 O'rtacha yillik bemor soni (ming kishi) 4 567,8 1 234,5 Bir bemorga xarajat (mln so'm) 1,2 3,8 O'rtacha kutish vaqti (kun) 12-15 1-3 Zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanganlik (%) 45,3 78,6 Bemorlar qoniqishi darajasi (%) 62,4 84,7 Umumiy yillik daromad (mlrd so'm) 18,9 5,8 Jadvaldan ko'rinib turibdiki, davlat muassasalarida bemorlar soni ancha yuqori (4 567,8 ming kishi), ammo bir bemorga to'g'ri keladigan xarajat past (1,2 mln so'm), bu resurslarning etishmasligini ko'rsatadi. Xususiy muassasalar kamroq bemorga xizmat ko'rsatsa-da (1 234,5 ming kishi), bir bemorga xarajat sezilarli yuqori (3,8 mln so'm) va bu xizmatlar sifatining yuqoriligi, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanganlik (78,6%) hamda bemorlar qoniqishining yuqori darajasi (84,7%) bilan tasdiqlangan. Shu bilan birga, davlat muassasalarining umumiy yillik daromadi (18,9 mlrd so'm) xususiy sektornikidan (5,8 mlrd so'm) sezilarli yuqori bo'lsa-da, bu bemorlar sonining ko'pligi bilan bog'liq, individual xizmat sifati esa pastroq qolmoqda. O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining asosiy muammosi moliyaviy resurslarning nosamarali taqsimlanishida. Davlat byudjeti mablag'larining katta qismi (65-70%) ish haqi va infrastrukturaning joriy ta'mirlash xarajatlariga ketayotgani, dori-darmonlar, zamonaviy tibbiy jihozlar va kadrlar malakasini oshirishga ajratiladigan mablag'lar yetarli emasligi kuzatilmoqda. Mahalliy byudjetlar ham cheklangan imkoniyatlarga ega, bu esa hududiy tengsizliklarni kuchaytiradi. Viloyatlarda ixtisoslashgan tibbiy yordam etishmasligi, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklari bo'yicha xizmatlarning asosan Toshkent shahriga to'planganligi aholining qo'shimcha moliyaviy yukini oshirmoqda. Xususiy sektorning rivojlanishi, bir tomondan, davlat sektoriga yukni kamaytirish, boshqa tomondan esa aholi uchun muqobil imkoniyatlar yaratish jihatidan ijobiy holat bo'lsa-da, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL narxlarning yuqoriligi va barcha hududlarda xususiy klinikalarning mavjud emasligi bu imkoniyatdan to'liq foydalanishga to'sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari, xususiy sektor faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazaning zaif ekanligi, xizmatlar sifatini nazorat qilish mexanizmlarining to'liq ishlamasligi ham muammo hisoblanadi. Samarali moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish uchun bir qator choralar amalga oshirilishi lozim. Birinchidan, tibbiy sug'urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, bu davlat byudjetiga yukni kamaytirish va aholini moliyaviy himoyalash imkonini beradi. Qozog'iston tajribasi shuni ko'rsatadiki, majburiy tibbiy sug'urta tizimi to'g'ri tashkil etilsa, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, byudjet xarajatlarini optimallashtirish mumkin. Ikkinchidan, davlat-xususiy sheriklik modellarini kengaytirish, bu infrastrukturaga investitsiyalarni jalb qilish, tibbiy muassasalarni zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash imkonini beradi. Uchinchidan, byudjet mablag'larini taqsimlashda shaffoflikni ta'minlash, natijaga yo'naltirilgan moliyalashtirish tamoyillarini joriy etish, ya'ni tibbiy muassasalar faoliyatining samaradorligi va xizmatlar sifatiga qarab mablag'lar ajratish tizimini yaratish zarur. Moliyalashtirish samaradorligini oshirishda tibbiy xizmatlarning birlamchi va ixtisoslashgan darajalarini muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordam tizimi (oilaviy shifokorlar institutini rivojlantirish) so'nggi yillarda sezilarli e'tibor qozongan bo'lsa-da, moliyaviy resurslarning katta qismi hali ham ko'p o'rindik kasalxonalar va ixtisoslashgan markazlarga yo'naltirilmoqda. 2024-yil ma'lumotlariga ko'ra, birlamchi tibbiy yordam muassasalariga umumiy sog'liqni saqlash byudjetining atigi 28,3% ajratilgan, qolgan 71,7% esa statsionar va ixtisoslashgan muassasalar ulushiga to'g'ri keladi. Bu nisbat xalqaro tajribaga zid keladi, chunki JSST tavsiyalariga binoan birlamchi tibbiy yordam tizimi sog'liqni saqlashning asosi bo'lib, kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash orqali umumiy xarajatlarni 30-40% gacha kamaytirishi mumkin. Toshkent shahri misolida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilmoqda: birlamchi tibbiy yordam muassasalari aholining 85% ga dastlabki tibbiy xizmat ko'rsatsa-da, ularning moddiy-texnik bazasi zaif, diagnostika imkoniyatlari cheklangan va bu bemorlarning ixtisoslashgan muassasalarga yo'naltirilishini oshiradi, natijada davlat xarajatlari ortadi va aholining vaqti yo'qotiladi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish va telemedicine tizimini rivojlantirish ham moliyalashtirish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, telemedicine tibbiy xizmatlarni aholining olis hududlarga yetkazish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, bemor va shifokorlar o'rtasidagi masofani qisqartiradi hamda statsionar davolanish zaruriyatini pasaytiradi. O'zbekistonda 2020-2021-yillarda COVID-19 pandemiyasi davrida telemedicine elementlari qo'llanila boshlangan bo'lsa-da, bu tajriba keyinchalik keng miqyosda tizimlashtirish imkoniyatiga ega bo'lmadi. 2024-yil holatiga ko'ra mamlakatda telemedicine xizmatlaridan foydalanish darajasi 8,5% ni tashkil etadi, bu ko'rsatkich Qozog'iston (23,4%) va hatto Qirg'iziston (15,7%) ko'rsatkichlaridan ancha past. Raqamli platformalar orqali konsultatsiyalar, elektron tibbiy kartalar tizimi, sun'iy intellekt asosida diagnostika dasturlari joriy etilishi nafaqat xarajatlarni optimallashtirishga, balki tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, hududiy tengsizliklarni kamaytirishga va aholining tibbiy xizmatlarga kirishini osonlashtirishga yordam beradi, bu esa uzoq muddatli istiqbolda davlat byudjetiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. XULOSA O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining moliyalashtirish holati tahlili shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda davlat byudjeti xarajatlari sezilarli o'sgan bo'lsa-da, mavjud mexanizmlar zamonaviy talablarga to'liq javob bermaydi. YaIMga nisbatan sog'liqni saqlash xarajatlari 5,8% ni tashkil etayotgan bo'lsa-da, resurslarning nosamarali taqsimlanishi, aholining o'z cho'ntagidan to'lovlarining yuqoriligi (35,8%), mahalliy byudjetlarning cheklangan imkoniyatlari va hududiy JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL tengsizliklar asosiy muammolar hisoblanadi. Toshkent shahri misolida olib qarilgan tahlil davlat va xususiy sektor o'rtasidagi farqni aniq ko'rsatdi: davlat muassasalari ko'proq bemorga xizmat ko'rsatsa-da, xizmat sifati va ta'minlanganlik darajasi xususiy sektorga qaraganda pastroq. Samarali moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish uchun quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha islohotlar amalga oshirilishi kerak: tibbiy sug'urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, davlatxususiy sheriklik modellarini kengaytirish, byudjet mablag'larini shaffof taqsimlash va natijaga yo'naltirilgan moliyalashtirish tamoyillarini qo'llash, mahalliy byudjetlar salohiyatini kuchaytirish, xususiy sektorni tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish. Bu choralar amalga oshirilganda O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimi aholining barcha qatlamlari uchun sifatli va moliyaviy jihatdan qulay tibbiy xizmatlar ko'rsatishga qodir bo'ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5590-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 2018 yil. 2. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi. Statistik yillik 2019-2024 yillar. Toshkent, 2024. 3. World Health Organization. Global Health Expenditure Database. Geneva: WHO, 2024. https://apps.who.int/nha/database 4. Sheyman I.M. Teoriya i praktika rynochnyx otnoshenij v zdravooxranenii. М.: Izdatelskij dom GU-VShE, 2020. 318 s. 5. Sheyman I.M., Shevskij V.I. Gosudarstvenno-chastnoe partnerstvo v zdravooxranenii: mezhdunarodnyj opyt i rossijskaya praktika // Vestnik Rossijskogo gosudarstvennogo gumanitarnogo universiteta. 2015. № 1. S. 57-71. 6. World Bank. Uzbekistan Health System Modernization Project. Washington: World Bank Group, 2022. https://projects.worldbank.org/en/projects-operations/project-detail/P167919 7. Азизова Н.Р. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш тизимини молиялаштиришни такомиллаштириш йўллари // Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар. 2023. № 2. Б. 45-56. 8. Katsaga A., Kulzhanov M., Karanikolos M., Rechel B. Kazakhstan health system review // Health Systems in Transition. 2021. Vol. 23. No. 1. P. 1-205. 9. Ibraimova A., Akkazieva B., Ibraimov A., Manzhieva E., Rechel B. Kyrgyzstan health system review // Health Systems in Transition. 2020. Vol. 13. No. 3. P. 1-152. 10. World Health Organization. The World Health Report 2023: Universal Health Coverage for Sustainable Development. Geneva: WHO, 2023. 168 p.