scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOLIYAVIY NAZORAT – MOLIYAVIY SIYOSATNING MAJBURIY ELEMENTI SIFATIDA

Meliyev Azimjon Murodillo o'g'li,Qo'chqorov Muxammadqodir Alijonzoda,Abdiqahhorov Sardor Qo'chqor o'g'li,

Abstract

Moliyaviy nazorat — bu moliya resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, byudjet intizomini mustahkamlash hamda iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Maqolada moliyaviy nazoratning asosiy shakllari — davlat, ichki va jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, moliyaviy nazorat mexanizmlarining takomillashtirilishi orqali moliyaviy siyosatning samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘laridan foydalanish shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy nazorat tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati asoslab berilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Meliyev Azimjon Murodillo o‘g‘li, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti assistenti Qo‘chqorov Muxammadqodir Alijonzoda Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti talabasi Abdiqahhorov Sardor Qo'chqor o'g'li, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti talabasi MOLIYAVIY NAZORAT – MOLIYAVIY SIYOSATNING MAJBURIY ELEMENTI SIFATIDA Annotatsiya: Moliyaviy nazorat — bu moliya resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, byudjet intizomini mustahkamlash hamda iqtisodiy barqarorlikni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Maqolada moliyaviy nazoratning asosiy shakllari — davlat, ichki va jamoatchilik nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, moliyaviy nazorat mexanizmlarining takomillashtirilishi orqali moliyaviy siyosatning samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘laridan foydalanish shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy nazorat tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy nazorat, moliyaviy siyosat, byudjet intizomi, davlat moliyasi, shaffoflik, islohotlar, samaradorlik. Аннотация: Финансовый контроль - это систематическая деятельность, направленная на обеспечение рационального и целевого использования финансовых ресурсов, укрепление бюджетной дисциплины и поддержание экономической стабильности. В статье освещаются основные формы финансового контроля — особенности государственного, внутреннего и общественного контроля. Особое внимание также уделяется вопросам повышения эффективности финансовой политики за счет совершенствования механизмов финансового контроля, обеспечения прозрачности использования бюджетных средств. В исследовании также обоснована необходимость приведения системы финансового контроля в соответствие с международными стандартами в условиях проводимых экономических реформ в Узбекистане. Ключевые слова: финансовый контроль, финансовая политика, бюджетная дисциплина, государственные финансы, прозрачность, реформы, эффективность. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Annotation: Financial control is a systematic activity aimed at ensuring the rational and targeted use of financial resources, strengthening budgetary discipline and supporting economic stability. The article covers the main forms of financial control — the peculiarities of State, Internal and public control. Special attention is also paid to the issues of improving the effectiveness of financial policy through the improvement of financial control mechanisms, ensuring transparency in the use of budgetary funds. The study also substantiated the need to adapt the system of financial control to international standards in the context of economic reforms carried out in Uzbekistan. Keywords: financial control, financial policy, budgetary discipline, public finance, transparency, reform, efficiency. Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Har qanday mamlakat iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy farovonligi, avvalo, moliyaviy boshqaruv tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liq. Shu jihatdan moliyaviy nazorat moliyaviy siyosatning ajralmas va majburiy elementi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy nazorat tizimi byudjet mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi, maqsadliligi va samaradorligini ta’minlaydi, moliyaviy intizomni mustahkamlaydi hamda iqtisodiy jarayonlarning shaffofligini oshiradi. U davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, korrupsion holatlarning oldini olish va resurslardan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar jarayonida moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda nazorat mexanizmlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois, moliyaviy nazoratning mohiyati, shakllari va amaliy ahamiyatini chuqur o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Moliyaviy nazorat bozor munosobatlarning chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotning erkinlashtirish tizimining etakchi zarur elementi sifatida shakllanib, rivojlanib boradi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda mavjud milliy boyligimizni va yaratilgan moddiy ne'matlarimizni hamda aholining manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilgandir. Davlatning moliyani boshqarish borasidagi faoliyati ko'p qirrali, turli-tuman moliyaviy munosabatlarni tashkil qilishdan iborat bo'lib, ular moliya nazorati orqali amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati davlat siyosatini amalga oshirish, moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratish uchun mo'ljallanganligi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. "Moliyaviy nazorat - bu maxsus shakl va uslublarni qo'llash orqali xo'jalik yurituvchi va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig'indisidir». Moliyaviy nazorat davlatning o'z funktsiyalarini amalga oshirish jarayonida, davlat nazoratining asosiy turiga aylanadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Moliyaviy nazorat, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol jarayonlari hamda, pul-moliya-kredit munosabatlar tizimida va mexanizmida ob'ekt zarur kategoriyalarning elementi bo'lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, moliyaviy nazorat keng xalq ommasining iqtisodiyotini boshqarishdagi sub'ektiv faoliyatining tashkiliy qismi shaklida namoyon bo'ladi. Davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini muvafaqqiyatli amalga oshirilishi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari soha va bo'g'inlarida moliyaviy resurslarini shakllantirishni samaradorli, tejamkorli va to'liq hamda maqsadli yo'naltirilgan holda foydalanish bilan ta'minlanadi. Respublika iqtisodiyotining holatini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlarni aniqlash, nazorat va tahlil qilish, davlatning iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarish doirasidagi dolzarb faoliyatidir. Moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funktsiyasi bo'lib, uning maqsadi moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo'yicha qabul qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlash, bunday chetga chiqiqshlar mavjud bo'lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo'yicha tegishli choralarni o'z vaqtida qabul qilishdan iborat. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob'ektiv xos bo'lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo'lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo'nalishda qaraladi: 1. Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat'iy tartibga solingan faoliyati; 2. Moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va maqsadga muvofíqligini ta'minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi. Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsu tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Iqtisodiy jixatdan rivojlagan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o'zaro ta'sircha va ikkinchi tomondan. Mustaqil bo'lgan sohaga bo'linadi: 1. Davlat moliyaviy nazorati 2. Nodavlat moliyaviy nazorati. Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari nazoratni amalga oshirish metodlarining o'xshashligiga qaramasdan, o'zlarining pirovard maqsadlari bo'yicha tubdan farq qiladi. Davlat moliyaviy nazonatining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslar tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv harajatlarini minimallashtirish bo'lsa, nodavlat moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasiga ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Muhokama va natijalar JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Moliyaviy nazoratning asosiy yo‘nalishlari — davlat, ichki va jamoatchilik nazoratining uyg‘unlashuvi orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan elektron nazorat tizimlari moliyaviy axborotlarning ochiqligi va ishonchliligini oshirmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy nazoratning samaradorligi faqat davlat organlari faoliyatiga bog‘liq emas, balki korxonalar, tashkilotlar va jamoatchilikning moliyaviy mas’uliyat darajasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Shu sababli moliyaviy nazorat madaniyatini yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro tajribani joriy etish zarur. Umuman olganda, moliyaviy nazorat tizimining yanada rivojlanishi O‘zbekiston moliya tizimini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarning natijadorligini ta’minlash va davlat siyosatining strategik maqsadlariga erishish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, moliyaviy nazorat mamlakat moliyaviy siyosatining ajralmas va majburiy tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. U moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni, byudjet intizomini mustahkamlashni hamda davlat xarajatlarining shaffofligini ta’minlaydi. Moliya nazorati — bu moliyaviy siyosatning yuragi, iqtisodiy islohotlarning kafolati, davlat boshqaruvi tizimining asosi. U orqali davlat byudjeti, soliq tizimi, investitsiyalar va kredit siyosati barqarorlikka erishadi. Nazorat tizimining kuchi —uning shaffofligida, tizimliligi va tahliliy asoslanishidadir. Mamlakat iqtisodiy mustaqilligi, moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy farovonligi aynan ana shu mexanizm orqali mustahkamlanadi. Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, samarali moliyaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy islohotlarning natijadorligini oshiradi, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi va davlat moliyasini boshqarishdagi ishonchlilikni ta’minlaydi. Kelgusida moliyaviy nazoratni xalqaro standartlarga moslashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va malakali mutaxassislar tayyorlash orqali nazorat tizimini yanada takomillashtirish zarur. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy siyosatini yanada samarali amalga oshirish va iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1.World Bank. (2021). Strengthening Public Sector Financial Management: Approaches and Lessons Learned. Washington, D.C.: World Bank Publications. 2.Rasulova, G. (2023). Moliyaviy siyosat va nazorat mexanizmlarining modernizatsiyasi. Innovatsion iqtisodiyot jurnali, 3(5), 88–96. 3.European Court of Auditors. (2022). Annual Report on the implementation of the EU budget. Luxembourg: Publications Office of the European Union. 4.Usmonov, I. (2021). Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat mexanizmlari. Davlat moliyasi va boshqaruv jurnali, 6(4), 41–49. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 5.Stiglitz, J. E. (2019). The Economics of the Public Sector (4th ed.). New York: W. W. Norton & Company. 6.Murodova, Z. (2024). O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy nazorat tizimini isloh qilish istiqbollari. Iqtisodiy islohotlar tahlili jurnali, 2(1), 15–27.