scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Zohidjonov Azizbek Shermatjon o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, dunyo amaliyotida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xorijiy davlatlarning yondashuvlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida (AQSH,Buyuk Britaniya, Singapur, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya va Latviya, Finlandiya, Xitoy va boshqa bir qator) rivojlangan davlatlarning tajribalari va qonunchilik hujjatlari yoritilib, tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida tajribalari o’rganilgan rivojlargan xorijiy davlatlarning tajribalaridan kelib chiqib, amaliy taklif va xulosalar beriladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Zohidjonov Azizbek Shermatjon o’g’li E-mail: [email protected] Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI Annotatsiya: Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, dunyo amaliyotida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xorijiy davlatlarning yondashuvlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida (AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya va Latviya, Finlandiya, Xitoy va boshqa bir qator) rivojlangan davlatlarning tajribalari va qonunchilik hujjatlari yoritilib, tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida tajribalari o’rganilgan rivojlargan xorijiy davlatlarning tajribalaridan kelib chiqib, amaliy taklif va xulosalar beriladi. Kalit so’zlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlarning yondashuvlari va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribalari. Аннотатция: В данной статье расматриваются понятия коррупции и борьбы с коррупцией, подходы зарубежных стран в области противодействия коррупции в мировой практике, а также анализируется опыт и нормативно-правовые акты развитых зарубежных государств (США, Великобритании, Сингапура, Дании, Нопвегии, Швеции, Японии, Литвы, Финлaндии, Китай и ряда других стран) в сфере борьбы с коррупции. По результатам исследования, исходя из изученного опыта развитых зарубежных стран, предлагаются практические рекомендации и выводы. Ключевые слова: Коррупция, борьба с коррупцией, подходы развитых зарубежных стран к протиаодействию коррупции и их опыт в сфере борьбе с коррупцией. Abstarct: This article examines the concepts of corruption and anti-corruption, the approaches of foreign countries in combating corruption in global practice, as well as the experiences and legislative acts of developed foreign countries (such as United States, Great Kingdom, Singapore, Denmark, Norway, Sweden, Japan, Latviya, Finland, China and several others) in the field of fighting corruption. Based on the results of the research and the analysed experiences of these developed countries, practical recommendations and conclusions are provided. Key words: Corruption, combating corruption, approaches of developed countries to combating corruption, and their experiences in the field of anti-corruption. Kirish Korrupsiya insoniyat tarixida qadim zamonlardan mavjud bo’lib, poraxo’rlik uchun jazo choralari Qadimgi Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida va Misr fir’avnlari hujjatlarida ham mavjud bo’lgan. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Korrupsiyaning keskin o’sishi XIX asr bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida qayd etilib, aynan shu davrdan boshlab korrupsiyaga qarshi qonunchilik darajasida kurashish boshlandi. Ammo ushbu davr mobaynida jahon miqyosida ham, alohida davlatlar misolida ham ushbu borada hech qanday o’zgarishlar kuzatilmadi. Biroq, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bir qator davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya, Litviya) korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqish orqali jamiyatning barcha sohalarida korrupsiyaning ta’sirini sezilarli darajada kamaytirishga erishdi va ushbu sohada amaliy tajribaga ega bo’ldi. Yuqorida takidlangan davlatlarning ilg’or tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun turli omillar va elementlarning kombinatsiyasidan iborat tizimli va kompleks yondashuvlar zarur ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bunda institutsional mexanizmlar va turli huquqiy vositalarni rivojlantirish, jamoatchilikning xabardorligini oshirish va ushbu jarayonga fuqarolik jamiyatini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Asosiy qism Singapur tajribasi: Korrupsiyaga qarshi kurashishda katta natijalarga erishgan mamlakatlar biri bu Singapur davlatidir. Sobiq bosh vazir Li Kuan Yu (1959-1990) Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining tashkilotchisi va tashabbuskori hisoblanadi. U o’z davrida: “Qachonki hokimiyat xalq ishonchini oqlash uchun emas, shaxsiy boylik orttirish maqsadida faoliyat yurita boshlasa, bu axloq muammosi hisoblanadi. Uzoq vaqt mavjud bo’lishni istagan jamiyat halollik prinsipiga amal qilishi lozim, aks holda jamiyat yashay olmaydi. Korrupsiyani to’xtatib qolishning eng oson usuli mansabdor shaxslarning o’z bilganlaricha harakat qilishlari imkoniyatlarini kamaytirishda” degan edi1. Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati bu – milliy qadriyatlardan ham ko’ra ko’proq barqaror rivojlanish zaruriyati tufayli amalga oshirilgan. Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy g’oyasi insonni korrupsiyaga undaydigan holatlarni yo’q qilishdan iborat bo’lib, bunda korrupsiyaga sabab bo’luvchi omillarni kamaytirish bilan birga davlat xizmatchilari va fuqarolarning korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish madaniyatini oshirish bo’yicha tushuntirish ishlarini faol amalga oshiriladi. Singapurda korrupsiyaviy holatlarni tergov qilish vazifasi siyosiy va funksional jihatdan mustaqil bo’lgan Byuroga yuklatilgan bo’lib, korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilishda Byuroga keng vakolatlar berilib, poraxo’rlik jinoyati uchun jazo muddatlari uzaytirilgan. Shuningdek, Byuro poraxo’rlik jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi har qanday mansabdor shaxslarni, ularning qarindoshlari va bank hisoblarini tekshirish, ish faoliyatini olib borish xonasini tintuv qilish va qamoqqa olish vakolatiga ham ega. Byuro faqat Bosh Vazirga bo’ysinib, uning faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Byuro davlat xizmatida korrupsiya yuzaga kelishiga moyilligi bor tashkilotlarni o’rganib, ushbu holatlarni bartaraf qilish bo’yicha tavfsiyalar ham beradi. Singapurda bundan tashqari, 1O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash strategyasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent: TDYU, 2021. – B. 39. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL vazirlarlardan tortib oddiy hodimlarning ham oylik maoshi xususiy sektordagi kompaniya va tashkilotlar rahbarlari maoshi darajasida ko’tarilgan. Singapurda kadrlar siyosati ham meriokratiya prinsipiga asoslangan bo’lib, davlat xizmatiga eng aqilli, professional jihatdan kuchli va solohiyatli kadrlar tayinlanadi. Byuro bu masalada nomzodlarni maktab davridanoq o’rganib, maqbul keladigan nomzodlarni universitetga kirishiga yordam berib, ularni xorijiy mamlakatlarda o’qishi va stajirofkasini tashkil qilinishini hamda doimiy qo’llab quvvatlashni ham amalga oshiradi. Singapurada har yili davlat xizmatchilarining daromadi, mulki, qarzlari to’g’risida deklaratsiya to’ldirilib, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi tahlil qilinadi va har 3-5 yilda korrupsiyaga qarshi kompleks dasturlar ishlab chiqiladi. Singapurda sovg’alar va ko’ngilochar tadbirlarni uyushtirish ham qoidalar bilan tartibga solingan. Davlat xizmatchilari, xatto vazirlar ustidan shikoyat qilish imkoniyatini beruvchi qat’iy qonunlar, korrupsiya jinoyatini sodir etgan mansabdor shaxlarni qattiq jazolash, kadrlarni tanlash va ularni ishga joylashtirishda idoralarning korrupsiyaga qarshi samarali faoliyati, yuqori darajadagi mansabdor shaxslarning shaxsiy namunasi kabi faktrlar Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bir bo’lagi hisoblanadi. Singapur davlatining bu boradagi muvaffaqiyati – barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan qattiq kurashning natijasidir2. Yaponiya tajribasi: Yaponiyaning korrupsiyaga qarshi kurshish siyosati butun dunyodagi mutaxassislarnig e’tiborini o’ziga tortgan bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati davlat boshqaruvi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizlarini muntazam ravishda takomillashtirib borishidadir. Korrupsiyaga qarshi kurashishda Yaponiya jamiyatida ta’lim alohida muhim ahamiyatga ega. Yaponiyada bolalarga maktabning boshlang’ich sinflaridan boshlab vatanni sevish, tabiatni asrash, kattalarni xurmat qilish kabi ma’naviy fazilatlar o’rgatiladi. Bolalarning jadal shakllanishi davrida ularga yaxshi va yomon fazilatlarning tushuntirilishi ularning kelajakda korrupsiya va boshqa salbiy illatlarga qarshi tura oladigan irodali shaxs bo’lib kamol topishlarida muhim o’rin egallaydi. Singapur davlati kabi kadrlar siyosati Yaponiyada ham korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlat boshqaruvi bu yerda meriokratiya prinsipi asosida qurilgan, shuningdek, davlat xizmatchilariga munosib ish haqqi kafolatlangan. Yaponiyadagi korrupsiya darajasi pastligining yana bir eng muhim sabablarida bir – bu Yaponiya jamiyatining yuqori darajada axloqiylashganidadir. Yaponlar poraxo’r amaldorlardan nafratlanishadi. Yosh avlodda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishadi. Bolalarga 4 yoshligidan boshlab, yaxshini yomondan ajratish, optimist bo’lish o’rgatiladi. An’anaga ko’ra, yapon maktabida o’qitishning maqsadi ta’limdan ko’ra ko’proq tarbiyadir. Chunki odamlar yomon olim bo’lishdan yaxshi odam bo’lish yaxshiroq deb hisoblashdi. Ushbu jarayon boshlang’ich va umum ta’lim maktablarining o’quv dasturi “dotoku keiku3” 2Анализ националных законадательство зарубежных государств в сфере борыбе с коррупцией (Сингапур, Россия, Сша) Научно-иследовательские материаль по противодействию коррупции. Каманзаров М.М. судья Верховного Суда Республики Казахстан, Сарасенов. А. – доктарант (РШ) ЕНУ им.Л.Н.Гумилева 3わたしたちの道徳 小学校 3・4年:文部科学省 https://share.google/ICouinwgeZvobNNWM JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL “axloqiy tarbiya” kabi aniq fanlar orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, Yaponiyada yosh bolalar tarbiyasiga qaratilgan e’tibor bolada jamoada ishlashni biladigan, ko’rsatmalarga aniq amal qiladigan va atrofdagi insonlarga zarar yetkazmaydigan jismoniy va ruhiy sog’lom insonni tarbiyalaydi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Yaponiyada korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo’nalishlari: Yoshlarni axloqiy tarbiyalash; Davlat xizmatini isloh qilish (munosib ish haqi, rag’batlantirish tizimi, meriokratiya prinsipi); Fuqarolar erkinligini ta’minlash (fuqarolar tomonidan siyosatchilarga ijtimoiy-huquqiy nazorat va axloqiy ta’sir ko’rsatish tizimi) yaratilgan jamiyat4. Daniya tajribasi: Daniya nafaqat Yevropadagi, balki butun jahonda korrupsiya darajasi eng past bo’lgan davlat hisoblanadi. Korrupsiyani oldini olishda ushbu davlatning Folketing5(Daniya parlamenti), shuningdek, mamlakatning jamoatchiligi faol ishtirok etadi. Daniya parlamenti a’zolari har bir vazirning parlamentga muntazam ravishda hisobot berishini, ularning korrupsiya sxemalarida ishtiroki bo’yicha shubxa-gumonlar to’g’risida ham tushuntirishlar berilshlarini talab qiladi. Mamlakatdagi barcha pul aylanmalari shaffof, barcha daromad va xarajatlar ochiq. Jamoat tashkilotlari va maxsus nazorat organlari ochiq faoliyat ko’rsatib, kompaniyalarning faoliyati va moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni Internetda e’lon qilib boriladi. Daniyada davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi yuqori darajada ta’minlangan: bepul tibbiy xizmat va ta’lim olish, ijtimoiy kafolatlarning mavjudligi korrupsion xatti-harakatlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. Daniyada korrupsiya darajasi past bo’lishining sabablaridan yana biri shundaki, aksariyat kompaniyalar korrupsiyaga nisbatan “0 murosasizlik” siyosatiga rioya qiladi, ya’ni o’z kompaniyalari ichida ham, hamkorlar bilan hamkorlik jarayonida ham poraxo’rlikning qabul qilinmasligidir. Masalan, ishga joylashish masalasida murojaat qilinganda, tomonlar pora olish va berishdan bosh tortish majburiyatini o’z ichiga olgan maxsus shartnomani imzolashlari majburiy. Shunga o’xshash shartnomalarni Daniyaning ko’plab yirik tashkilotlari misolida ko’rishimiz mumkin: Jumladan Daniya Savdo kengashi, Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun sanoatlashtirish jamg’armasi, Daniya Sanoat konfrensiyasi, Daniya Kredit-eksport agentligi (EKF) va hokazo6. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Daniya qonunchiligining yuqori darajada takomillashganligi va uning xalqaro qonunchilikka muvofiqligi mamlakatning bu sohadagi faoliyati ijobiy tusda ekanligini ko’rsatadi. 4Гилебская М.А. Коррупция: национальные и международные средства противодействия. 5https://share.google/zZ4JpbfhcRxvPR9d3 6https://www.oecd.org/en/topics/sub-issues/fighting-foreign-bribery/denmark-country-monitoring.html JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Norvegiya tajribasi: Norvegiya ham Daniya kabi butun jahonda korrupsiya darajasi eng past bo’lgan davlatdan biri hisoblanadi. Norvegiya korrupsiyaga qarshi juda qattiq qonunchilikka, tegishli xalqaro mexanizmlarda faol ishtirok va korrupsiyaga qarshi kurashda ijobiy dinamikaga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida ma’lumotlarning ochiqligi va korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning faolligi kabi holatlarni keltirib o’tishimiz mumkin. Norvegiyada, Yevropa va dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’lgani kabi, davlat xaridlari va davlat byudjeti mablag’lari xarajatlari bilan bog’liq barcha hujjatlar ochiq. Internet va bosma ommaviy axborot vositalarida chop etiladi va bunda har bir fuqaro mablag’ning nimaga va qancha miqdorda sarflanganligi bo’yicha ma’lumot olishi mumkin. Shaffoflik nafaqat davlat xaridlari sohasida balki, yuqori maratabali amaldorlar yoki oddiy ishchilarning daromadlari ham ochiq manbalar orqali ko’rsatilishida o’z ifodasini topadi. Barcha fuqarolarning ish haqi bankdagi hisob-varag’i to’g’risidagi ma’lumotlar mahalliy soliq tizimi veb saytida mavjud. Shuningdek, Norvegiya Konstitutsiyasiga ko’ra, har bir xodim ish joyi bilan bog’liq holatlar va munosabatlar haqida fikr bildirish huquqiga ega. Shaxs o’z kompaniyasidagi korrupsiya holati to’g’risida tegishli organlarga xabar berishi kerak, ushbu holatda ma’lumot beruvchi humoyalanish huquqiga ega bo’lib buning huquqiy mexanizmi yaratilgan va bunday holatlarda Norvegiya qonunchiligiga ko’ra ish beruvchi xodimni ishdan bo’shata olmaydi. Ushbu qonun davlat va xususiy sektorda birday amal qiladi7. Norvegiya Jinoyat kodeksining 30-bobi 387, 388, 389-moddalarida: “Firibgarlik, ishonchni suiste’mol qilish va korrupsiya” xatti-harakatlari uchun sanksiya masalalari batafsil tartibga solingan. Jinoyat kodeksining 387 “a” qismiga muvofiq, o’zi yoki boshqa shaxs uchun rasmiy lavozim vakolatlaridan foydalangan holda yoki bajarilgan ish/vazifa bilan bog’liq holda foyda olish yoki ma’lum bir lavozimni egallagan yoki ish/vazifani bajaradigan shaxsga bunday imtiyozlarni taqdim etish uchun ham javobgarlik belgilangan8. Shvetsiya tajribasi: Shvetsiya qonunchiligiga ko’ra, poraxo’rlik ikkiga – davlat sektoridagi va xususiy sektordagi poraxo’rlikka bo’linadi. Shvetsiyada davlat sektoridagi poraxo’rlik og’ir jinoyat hisoblanadi. Shvetsiya jinoyat kodeksiga ko’ra, eng og’ir jazo – 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Ko’rinib turibdiki, Shvetsiyada korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sanksiyalar unchalik og’ir emas va ushbu sanksiyalar dunyoning ko’plab nufuzli mamlakatlarining jinoyat qonunchiligiga qaraganda yumshoqroq. Shvetsiya davlat boshqaruvi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatining asoslaridan biri sifatida Shvetsiya davlatining ta’limi tizimini aytishimiz mumkin. Bu asosan bolalar tarbiyasi bilan bog’liq. Ta’limda asosiy e’tibor Yaponiya, Singapur kabi ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi bolaning dunyoqarashida halollik, kattalarga xurmat, shu jumladan, otaonaga bo’lgan muhabbatni shakllantirishga qaratilgan. Shvetsiyada daromad topish va muvaffaqiyatga erishishda mexnatsevarlik, halollik, kasbiy o’sishga intilish, tejamkorlik, xushyorlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik, xususiy mulkning muqaddasligi va daxlsizligi shved axloqining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Kasbdagi burchni bajarish Shvetsiyada inson axloqiy hayotining eng yuqori vazifasi sifatida qaraladi. Odamlarga har doim shartnomaga rioya 7Антикоррупционный контроль в некоторых государствах мира (jk.ru) 8https://lovdata.no/dokument/NLE/lov/2005-05-20-28/KAPITTEL_30#%C2%A7387 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL qilish, qarz va to’lovlarni o’z vaqtida to’lash, pora berishdan butunlay qochish, har doim, har jihatdan halol bo’lish kerakligi va eng muhimi, poraxo’rlik jamiyatda bo’lmasligi o’rgatilgan9. Shvetsiyada shuningdek, ommaviy axborot vositalari ham korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Ular har qanday korrupsiyaviy holatlarni, ularga aloqador shaxslarning jamiyatdagi lavozim va mavqeidan qat’iy nazar darhol ommaga taqdim etadi. Buning isboti sifatida, quyidagi holat ya’ni 1999 yil o‘rtalarida Shvesiya Moliya vaziri rasmiy lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilib Stokgolmning nufuzli hududida navbatsiz uyga ega bo’lish jarayonini tezlashtirish maqsadida pora berganlikda gumon qilinganligini10 ko’rishimiz mumkin. Shvetsiyda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligining yana bir xususiyati, barcha uchun teng imkoniyatlarning yaratilganligidir. Ishga kirishda yoki davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaning bir ko’rinishi hisoblangan neopatizm, ya’ni “qarindoshlik” yoki “do’stlar” o’rtasidagi korrupsiyani tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar yaratilganligida. Ushbu holat mansabdor shaxs do’stining kompaniyasi uchun davlat xaridlari uchun talablarni shakllantirganda o’z qarindoshlari yoki do’stlariga ustunlik berilishida namoyon bo’ladi. Shvetsiyada ishga qabul qilishda meriokratiya (nomzodning kelib chiqishi yoki moliyaviy holatiga emas balki, qobiliyati va malakalarini baholashga asoslangan) tizim 1809 yilda boshlangan – bundan oldin faqat zodagonlar davlat boshqaruvida martabaga ega bo’lishi mumkin edi. Ta’limda universitetga qabul qilish va bilimlarni sinash jarayonlarining avtomatlashtirilganligi ham muhim ro’l o’ynaydi. Qabul qilish uchun yagona elektron hujjat topshirish tizimi yaratilgan, arizalar bitta veb-saytda to’planadi va shundan keyingina ta’lim muassasalariga yuboriladi. Maktablar va universitetlarda yozma testlarni baholashda o’qituvchilar tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilgan holda bo’ladi va ish xolisona baholanadi. Xitoy tajribasi: Xitoyning korrupsiyaga bo’lgan asosiy yondashuvi – bu kichik poraxo’rlik jinoyati uchun ham qattiq sanksiyalar, “uzoq muddatli” jazo shartlari yoki katta miqdordagi korrupsiya uchun, xatto, o’lim jazosining amalda qo’llanilishidir. Xitoyda ham xuddi Singapur davlati singari oddiy politsiyachidan tortib, vazir yoki yirik korporatsiya rahbarilarining ham javobgarlik masalasining muqarrarligi o’z aksini topgan. Xususan, Xitoy Jinoyat kodeksining 382-moddasiga ko’ra davlat xizmatchilarining o’z mansab imtiyozlaridan foydalangan holda davlat mulkini o’zlashtirib olishi, o’g’irlashi, firibgarlik yo’li bilan olishi yoki boshqacha tarzda o’zlashtirishi korrupsiya sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, davlat organlari, davlat korxonalari, korxonalar, tashkilotlar, xalq birlashmalari davlat mulkini boshqarish va xo’jalik yuritish ishonib topshirilgan shaxslarning o’z xizmat afzalliklaridan foydalangan holda o’zlashtirib olishi, o’g’irlashi, aldash yo’li bilan davlat mulkini boshqa yo’llar bilan noqonuniy egallab olishi ham korrupsiya sifatida baholanishi belgilangan. Korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarning og’ir-yengilligiga qarab javobgarlik belgilangan bo’lib, 100 ming yuandan ortiq 9Шурыгин, Ф. Ф. Антикоррупционная политика Королевства Швеция / Ф. Ф. Шурыгин. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. —2018. —№ 34 (220). — С.66-69. Антикоррупционная политика Королевства Швеция | Статья в журнале «Молодой ученый» 10 Антикоррупционная политика Королевства Швеция | Статья в журнале «Молодой ученый» JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL miqdordagi yakka tartibdagi korrupsiya uchun 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi, yoki mol-mulki musodara qilingan holda muddatsiz ozodlikdan mahrum qilish, jazoni o’ta og’irlashtiruvchi holatlarda sodir etganda – o’lim jazosi va mol-mulkini musodara qilinishi belgilangan11. Bundan tashqari, Xitoy qonunchiligiga ko’ra, mol-mulk yoki xarajati uning qonuniy daromadidan oshib ketgan har qanday davlat amaldoriga, farq juda katta bo’lgan taqdirda, o’z mulkining manbalarini tushuntirish majburiyati yuklanadi. Agar u manbalar qonuniy ekanligini isbotlay olmasa, uning qonuniy daromadidan oshadigan qismi noqonuniy boylik deb hisoblanadi. Har qanday davlat amaldori Xitoy tashqarisidagi bankda saqlanuvchi o’z mablag’lari haqida tegishli tartibda davlatga xabar qilishi shartligi belgilangan12. AQSH tajribasi: AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining ijobiy xususiyatlaridan biri – mansabdor shaxslarning barchasiga birday taaluqli bo’lgan, hech qanday imunitetga ega emasligi, ya’ni har qanday rasmiy vakil, jumladan davlat rahbari prezidentdan to Kongress a’zolari, senatorlar va sudyalar, qonunbuzarlik, jumladan korrupsiyaviy xususiyatga ega bo’lgan xatti-harakatlari uchun o’z lavozimidan chetlashtirganidan so’ng jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Shuningdek, AQSHda korrupsiya qarshi qonunlar haddan tashqari qat’iyligi bilan tavfsiflanadi. Korrupsiyaning turli ko’rinishlari poraxo’rlik, kikbeking (bitim ishtirokchisiga noqonuniy pullarning bir qismini to’lash) va boshqalar uchun – pora miqdorining 3 baravari miqdorida jarima yoki 15 yil qamoq jazosi yoki bir vaqtning o’zida har ikkala jazo chorasi, og’irlashtiradigan holatlarda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.13 Buyuk Britaniya tajribasi: Buyuk Britaniyada poraxo’rlik (korrupsiya) bo’yicha jinoyat qonunchiligining asoslari 1889 yilda “Davlat tashkilotlarida poraxo’rlik masalalari to’g’risida”gi hamda 1906 va 1916 yildagi “Korrupsiyaning oldini olish to’g’risida”gi qonunlar bilan bevosita bog’liqdir14. Ushbu qonunlarning birinchisi “pora talab qilish yoki qabul qilish, yoki davlat xizmatchisining biron ishni bajarishi yoki bajarmasligi uchun biron sovg’a, imtiyoz, mukofot yoki boshqa moddiy qiymatliklar uchun rozilik berishi”ni qoralaydi. Bunday xatti-harakatlarda aydor deb topilgan shaxs qamoq jazosiga yoki unga berilgan sovg’a, imtiyoz yoki mukofotning qiymatini to’lashga hukm qilinadi. Bundan tashqari, u 7 yil muddatga saylanish yoki biron bir davlat lavozimiga tayinlanish huquqidan mahrum etiladi. Bunday jinoyatlar takror sodir etilsa, aybdor xizmat huquqlaridan mahrum etilishiga, shuningdek, 11 https://en.npc.gov.cn/2020-12/26/c_921604.htm 12 Criminal Law of the People’s Republic of China. // [Electronic resource]. URL:https://www.fmprc.gov.cn/ce/cgvienna/eng/dbtyw/jdwt/crimelaw/t209043.htm 13 Зарубежньш опь1т противодействия коррупции – Научно-исследовательский центр проблем национальной безопасности (п1с-рпЬ.ги) 14 Зарубежньш опь1т противодействия коррупции – Научно-исследовательский центр проблем национальной безопасности (п1с-рпЬ.ги) JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL mansabdor shaxs sifatida olishi mumkin bo’lgan kompensatsiya yoki pensiya huquqidan mahrum etilishiga hukm qilinishi mumkin. 1906 yilda qabul qilingan “Korrupsiyani oldini olish togrisida”gi Qonun nafaqat pora olgan shaxsni ushbu xatti-harakatni sodir etganligi uchun, balki poraxo’r tomonidan pora berilgani va ushbu xatti-harakatlar sodir etilish motivlaridan qat’iy nazar jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. 1916 yildagi “Korrupsiyaning oldini olish to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, pora berilgan ish yoki bitim bo’yicha Markaziy hukumat yoki alohida davlat idoralari bilan kelishuv yoki pora taklif etilgan hollarda poraxo’rlik uchun javobgarlikni belgilaydi va unda poraxo’rlik uchun 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1809 yildagi “Jinoyat huquqi to‘g‘risida”gi Qonunning 1967 yilda gi taxririda, har qanday lavozimlarni sotish, sotib olish uchun keli shuvlar, shu jumladan, Birlashgan Qirollik miqyosida, shuningdek, Buyuk Britaniya hududida sodir etilgani uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Aybdorlar 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va tegishli lavozimni egallash huquqidan butunlay mahrum qilish bilan jazolanadi. Britaniya qonunchiligi sud’yalar va sud tizimida faoliyat yuritadigan mansabdorlarning poraxo‘rlik jinoyati bilan bog‘liq masalalarni ham mustaqil jinoyat sifatida ko‘radi. Sud tizimi mansabdoriga uning biron rasmiy xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish uchun biron-bir sovg‘a yoki pul mukofoti beradigan shaxslar va mukofotni olgan sud mansabdorlari 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki jarima bilan jazolanadi. Finlandiya tajribasi: Finlandiya Jinoyat kodeksida "korrupsiya" degan tushuncha mavjud emas. Unda mansabdor shaxslarning poraxo’rligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo’lib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Finlandiyada boshqa davlatlardagi kabi korrupsiyaga qarshi kurash haqida maxsus qonun mavjud emas, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ ham tuzilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida kurash olib boriladi15. Finlandiya Konstitusiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati to’g’risidagi qonun, ma’muriy boshqaruvga oid yo’riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlar korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning orasida eng muhimi Axloq qoidalaridir. Finlandiyada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar ijrosi ustidan nazorat mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, biroq, mutloq mustaqil faoliyat yurituvchi Adliya kansleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egalar. Yuqori martabali mansabdor shaxslarni ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan Davlat sudi tomonidan ko’rib chiqiladi. Bu sud hattoki davlat rahbariga nisbatan bo’lgan ishlarni ham ko’rib chiqishi mumkin. Unga – Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud va ma’muriy sud sudyalari a’zo bo’lishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Davlat sudi bor – yo’g’i bir marta chaqirilgan xolos. Davlat xizmatchilari soni unchalik ko’p emas. 15 https://www.wipo.int/wipolex/en/legislation/details/17908 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ayniqsa, 90-yillardan keyin davlat xizmatchilari soni deyarli teng yarmiga, ya’ni 230.000 dan 127.000 ga qisqartirilgan. Finlandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan saqlovchi muhim omillardan biri - ularning moddiy va ijtimoiy ta’minlanganligidadir16. Alohida ta’kidlash lozimki, Finlandiyada ommaviy axborot vositalari ijtimoiy nazoratning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Hukumat esa, ommaviy axborot vositalariga nafaqat erkinlik yaratib bergan, balki har bir e’lon qilingan korrupsiya holati bo’yicha aniq choralarni ko’rib boradi. Finlandiya korrupsiyaga qarshi bir qancha xalqaro hujjatlarga qo’shilgan, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini faol olib boradi. Yangi Zellandiya tajribasi: Korrupsiya darajasi eng past bo‘lgan mamlakatlardan yana biri bu - Yangi Zellandiyadir. Mamlakatning mazkur sohadagi tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1961-yilda qabul qilingan Jinoyatlar aktining oltinchi bo‘limi “Qonun va odil sudlovni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi jinoyatlar” deb nomlanib, mazkur bo‘limda poraxo‘rlik va korrupsiya uchun javobgarlik masalalari yoritilgan. E’tiborli jihati shundaki, mazkur bo‘limda har bir davlat amaldorining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlari uchun alohida javobgarlik belgilangan. Xususan, Aktning 100-bandida sudyalar va sud xodimlarining poraxo‘rligi, 101-bandida sud xodimiga pora berish, 102bandida vazirlarning poraxo‘rligi, 103-bandida parlament deputatining korrupsiyasi va poraxo‘rligi, 104-bandida huquqni muhofaza qilish organi xodimining korrupsiyasi va poraxo‘rligi, 105-bandida mansabdor shaxsning poraxo‘rligi, 105 “C” bandida chet ellik davlat amaldoriga pora berish, 105 “D” bandida Yangi Zelandiyadan tashqarida xorijiy davlat amaldorining poraxo‘rligi, 105 “E” bandida xorijiy davlat amaldorlarining korrupsiyasi uchun javobgarlik masalalari alohida keltirib o‘tilgan17. Bundan tashqari, mansabdor shaxslarning korrupsiyaviy jinoyatlari uchun alohida javobgarlikning belgilanishi, bunday jinoyatni adolatli hal qilinishiga, qolaversa har bir mansabdor shaxsning o‘z vazifasiga mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. O‘z navbatida, jinoyatchilarga qarshi kurash usullarining qonunchilikda alohida, tizimli aks etishi, bunday turdagi jinoyatlarga qarshi kurashni ham osonlashtiradi. Latviya tajribasi: Korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borib, korrupsiya ko‘rsatgichi bo‘yicha yaxshigina natijalarni qayd etayotgan mamlakatlar qatorida Latviyaning yuritayotgan siyosatini ham alohida ta’kidlashimiz lozim. Latviya bunday natijaga, avvalo, mamlakatda antikorrupsiyaviy ta’limni joriy etishga jiddiy e’tibor berib, ushbu tizimni maktablardan to oliy o‘quv yurtlarigacha tatbiq etishga muvaffaq bo‘lish orqali erishgan. Latviya ta’lim tizimida yoshlar o‘rtasida halollik va vijdonli bo‘lishni targ‘ib qilishga, korrupsiya va poraxo‘rlikning zararlari haqidagi tushunchalarni shakllantirishga imkon beradigan loyiha ham ishlab chiqqan. Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari orasida turli xildagi tadbirlar, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga noinsoflik, vijdonsizlik aks etgan multifilmlar yoki ertaklar ijro etilib, ularning fikrlashlari uchun muhokamaga tashlanadi. Barcha o‘quvchilarning fikrlari yozib olinib, tanlovlarga jo‘natiladi. Tanlov “Korrupsiyaga qarshi birgalikda” shiori ostida o‘tkaziladi.Yana shuningdek, Latviyada har yili mamlakat hududi bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan semenarlar o‘tkaziladi. Bunday semenar treninglar shunchaki qog‘ozbozlik yoki ko‘zbo‘yamachilik 16 Зуфаров Р.А., Ахраров Б.Ж., Мирзаев У.М. Коррупция. Қонун. Жавобгарлик. Монография //Масъул муҳаррир: ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Т.: ТДЮИ нашриёти, 2011. – Б. 50-51. (Zufarov R.A., Akhrarov B., Mirzaev U.M. Corruption. Law. Responsibility). 17 https://sherloc.unodc.org/cld/en/legislation/nzl/crimes_act_1961/part_6/section_104-105/section_104105.html?utm_source=chatgpt.com