scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQIL O'ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLAR IJTIMOIY HIMOYASI TARIXI

Xaytbayeva Nilufar Xamid qizi

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, nogiron fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Shuningdek, davlat dasturlari, qonunlar va xalqaro hujjatlar ijrosi orqali nogironlarning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash masalalari yoritilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xaytbayeva Nilufar Xamid qizi Millat Umidi universiteti, talaba [email protected], +998930857573 MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR IJTIMOIY HIMOYASI TARIXI Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, nogiron fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Shuningdek, davlat dasturlari, qonunlar va xalqaro hujjatlar ijrosi orqali nogironlarning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash masalalari yoritilgan. Kalit so’zlar: Ijtimoiy himoya, ijtimoiy zaif qatlam, reabilitatsiya markazi, sanatoriya, nafaqa, konvensiya, integratsiya, ratifikatsiya. HISTORY OF THE PROTECTION OF THE PEOPLE WITH DISABILITIES IN INDEPENDENT UZBEKISTAN Annotation: This article analyzes the reforms implemented in the Republic of Uzbekistan after gaining independence in the field of social protection of persons with disabilities, their legal foundations, and stages of development. It also highlights the issues of ensuring the active participation of people with disabilities in social life through the implementation of state programs, laws, and international documents. Key words: Social protection, socially vulnerable groups, rehabilitation center, sanatorium, pension, convention, integration, ratification. Kirish Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususan nogiron fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Mustaqillik bilan birga aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llabquvvatlashga qaratilgan islohotlar boshlangan. Asosiy qism O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llabquvvatlash maqsadida qator dasturlar ishlab chiqdi. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini belgilash hamda ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini oshirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yilidayoq, nogironlarni himoya qilish bo’ycha huquqiy asoslar yaratildi. 1991-yilda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonun ushbu sohada birinchi muhim hujjat bo‘ldi. Ushbu Qonun nogironlarga huquq va erkinliklarni roʻyobga chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklashlarni bartaraf etish, nogironlarni toʻlaqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida faol JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 02, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL qatnashishlariga, shuningdek oʻzlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoit yaratish maqsadida davlatning nogironlarga oid siyosatini belgilab berdi. Nogironlarga ta’lim olish, mehnat qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda moddiy yordam olish huquqlari kafolatlangan. Bu davrda nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari, sanatoriyalar va maxsus ta’lim muassasalari tashkil etildi. Davlat tomonidan pensiya va nafaqa tizimi joriy etilib, ijtimoiy yordam mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik 2000-2010-yillar oralig’ida nogiron fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga yanada katta e’tibor qaratildi. Nogironlar jamiyati, Ko’zi ojizlar jamiyati va Karsoqovlar jamiyati kabi tashkilotlar faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Nogiron yoshlar uchun madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi, iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish tizimi yaratildi. Prezident farmonlari va qarorlari asosida qo‘shimcha imtiyozlar, grantlar va ijtimoiy dasturlar joriy etildi. 2010-yildan boshlab hazirgi davrgacha O’zbekiston nogironlar huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. 2019-yil 7-iyunda O‘zbekiston BMTning “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi konvensiyasini” ratifikatsiya qildi. Konvensiya nogironlarning barcha inson huquqlaridan teng va to‘liq foydalanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy prinsiplari inson qadr-qimmati, kamsitmaslik, teng imkoniyatlar va jamiyatga to‘liq integratsiyadir. Bundan tashqari 2023-yil fevral oyida, muhtoj shaxslarga zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bepul berilishi, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanishi va mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kirishini ko‘zda tutuvchi prezident qarori imzolandi. 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 1 055 770 nafarni tashkil etadi. Davlat ushbu ko‘rsatkichni kamaytirish maqsadida barcha zarur choratadbirlarni amalga oshirmoqda. Xulosa Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nogiron fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimi bosqichma-bosqich takomillashib, xalqaro me’yor va standartlarga mos tarzda rivojlanmoqda. Bugungi kunda bu tizim nogiron shaxslarning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyasini ta’minlash, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun. – 1991-yil 18-noyabr (yangi tahriri 2008-yil 11-iyul). 2. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006yil 13-dekabrda qabul qilingan. 2019-yil 7-iyunda O’zbkiston ratifikatsiya qilgan. 3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – https://lex.uz (https://lex.uz/)