scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABALARNING PRAGMATIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Jo'raqulova Shoxzoda Toir qizi

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Til o‘qitishda multimedia vositalari, onlayn platformalar va interaktiv dasturlarning o‘rni muhim ekanligi haqida fikr yuritiladi. Pragmatik kompetensiyani shakllantirishda hayotiy muloqot muhitini yaratish, madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish hamda o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi interaktiv aloqaning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 165 ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TALABALARNING PRAGMATIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Jo'raqulova Shoxzoda Toir qizi Samarqand pedagogika instituti magistranti [email protected] +998946746741 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Til o‘qitishda multimedia vositalari, onlayn platformalar va interaktiv dasturlarning o‘rni muhim ekanligi haqida fikr yuritiladi. Pragmatik kompetensiyani shakllantirishda hayotiy muloqot muhitini yaratish, madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish hamda o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi interaktiv aloqaning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Pragmatik kompetensiya, zamonaviy texnologiyalar, chet tili ta’limi, multimedia, kommunikativ yondashuv. Annotation: This article highlights the issue of developing students’ pragmatic competence through the use of modern information technologies. It discusses the importance of multimedia tools, online platforms, and interactive programs in language teaching. The article also emphasizes the creation of real-life communication environments, the development of intercultural competence, and the significance of interactive communication between teachers and students in shaping pragmatic competence. Keywords: Pragmatic competence, modern technologies, foreign language education, multimedia, communicative approach. Аннотация: В данной статье рассматривается вопрос развития прагматической компетенции студентов с использованием современных информационных технологий. Обсуждается важность мультимедийных средств, онлайн-платформ и интерактивных программ в обучении иностранным языкам. Также подчеркивается значение создания жизненной коммуникативной среды, развития межкультурной компетенции и интерактивного взаимодействия между преподавателями и студентами в формировании прагматической компетенции. Ключевые слова: Прагматическая компетенция, современные технологии, обучение иностранным языкам, мультимедиа, коммуникативный подход. Bugungi kunda ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash samaradorlikni oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Til o‘qitishda texnologik yondashuv nafaqat grammatik bilimni mustahkamlash, balki pragmatik kompetensiyani shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Pragmatik kompetensiya – bu talabaning til vositalarini ijtimoiy vaziyatga mos, madaniyat jihatdan to‘g‘ri va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qo‘llay olish qobiliyatidir. Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar orqali pragmatik kompetensiyani rivojlantirish nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 166 Pragmatik kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning til birliklarini real ijtimoiy sharoitlarda to‘g‘ri qo‘llay olish salohiyatini bildiradi. Bundan tashqari, kompetensiya madaniyatlararo muloqotda, ijtimoiy vaziyatlarga mos so‘zlashda, so‘rov, taklif, minnatdorchilik yoki rad etish kabi nutq aktlarini to‘g‘ri ifodalashda muhim ahamiyatga ega. Yevropa olimlari, Dell Hymes, Michael Canale, Merrill Swain tomonidan ilgari surilgan kommunikativ kompetensiya modeli pragmatik jihatning til o‘rganishdagi ahamiyatini asoslab beradi. Pragmatik kompetensiyani rivojlantirish uchun talabalar tilning nafaqat grammatik, balki ijtimoiy va madaniy jihatlarini ham chuqur o‘zlashtirishi zarur. 1-rasm. Ushbu rasmda texnologiya turlari, ularning qo'llanilish sohalari va pragmatik kompetensiyaga ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan. Qolaversa, texnologiyalar til o‘rganish jarayonini yangicha bosqichga olib chiqdi. Onlayn platformalar, multimedia vositalari, virtual sinflar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosidagi dasturlar talabalarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, real kommunikativ muhit yaratishga yordam beradi. Masalan, Duolingo, Speak Pal, HelloTalk va Tandem kabi ilovalar orqali talabalar chet ellik suhbatdoshlar bilan muloqot qilib, pragmatik kompetensiyani rivojlantirishi mumkin. Shuningdek, YouTube videodarslari va TED Talks nutqlari real hayotiy kontekstda tilni o‘rganishga imkon yaratadi. Hozirgi kunda, pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda o‘qituvchilar texnologik yondashuvlarni ijodiy tarzda qo‘llashi lozim. Masalan, rol o‘yinlari, interaktiv muloqot mashg‘ulotlari, virtual muhitdagi simulatsiyalar talabalarga haqiqiy kommunikativ tajriba beradi. ChatGPT, Replika yoki Google Gemini kabi sun’iy intellekt tizimlari bilan suhbatlashish orqali talabalar so‘zlovchi sifatida pragmatik xatolarni aniqlab, ularni tuzatish INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 167 imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, talabalar uchun podkastlar tayyorlash, vloglar yozish va onlayn forumlarda fikr almashish ham samarali usullardandir. Quyida berilayotgan diagrammada o'qituvchilarning qay darajada texnologiyalardan foydalanish ko'rsatgichlari ko'rsatilgan. 2-rasm. Ushbu rasmda texnologiyalardan foydalanish ko'rsatkichlari ifodalangan. O‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlarini to‘g‘ri tanlay bilishi va ularni dars jarayoniga maqsadga muvofiq integratsiya qilishi zarur. O‘qituvchining vazifasi – texnologik vositalarni o‘quvchilarning ehtiyojlari va til darajasiga moslashtirish, ularni muloqotga jalb qilish, mustaqil o‘rganishga yo‘naltirishdir. Pedagogik jarayonda texnologiyalar yordamida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki yo‘naltiruvchi, tahlilchi va motivator rolini bajaradi. Bu esa talabalarda tilni o‘zlashtirishga nisbatan ichki motivatsiyani kuchaytiradi. Amaliy tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, multimedia asosida o‘qitilgan guruh talabalari an’anaviy usulda o‘qitilganlarga nisbatan pragmatik kompetensiyani tezroq rivojlantirgan. Masalan, so‘rovnoma va test natijalari shuni ko‘rsatdiki, texnologik yondashuvlardan foydalangan talabalar ijtimoiy vaziyatlarga mos nutq birikmalarini to‘g‘ri tanlashda 25% yuqori natijaga erishgan. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 168 3-rasm. Ushbu rasmda texnologiyalarning samaradorligi foizlarda ifodalangan. Bu natijalar texnologiyalar yordamida interaktiv muloqotni tashkil etish pragmatik o‘sishga bevosita ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. Yuqorida keltirilgan diagrammada 100% lik ko'rsatgichda texnologiyalarning qay darajada samaradorligi ko'rsatilgan. Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, zamonaviy texnologiyalar talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratadi. Ular til o‘rganishni yanada interaktiv, madaniy va real kommunikativ jarayonga aylantiradi. Texnologik yondashuvlar yordamida talabalar faqat til tizimini emas, balki uni ijtimoiy muhitda to‘g‘ri qo‘llashni ham o‘rganadilar. Shuning uchun o‘qituvchilar texnologiyalarni o‘quv jarayoniga strategik ravishda tatbiq etishlari, pragmatik kompetensiyani rivojlantiruvchi vazifalarni yaratishlari kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hymes, D. (1972). On Communicative Competence. Cambridge University Press. 2. Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical Bases of Communicative Approaches. Applied Linguistics. 3. Krashen, S. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon. 4. Richards, J. C., & Schmidt, R. (2010). Longman Dictionary of Language Teaching and Applied Linguistics. 5. Warschauer, M. (2000). The Changing Global Economy and the Future of English Teaching. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 169 6. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. Pearson Education. 7. Oxford, R. (1990). Language Learning Strategies: What Every Teacher Should Know. 8. Harmer, J. (2015). The Practice of English Language Teaching. Pearson. 9. Larsen-Freeman, D. (2003). Teaching Language: From Grammar to Grammaring. Heinle. 10. Yuldasheva, N. (2023). Chet tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. Toshkent: Fan nashriyoti.