scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISH KORXONALARINI BOSHQARISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH TAJRIBASI

Mamajonova, Nodiraxon

Abstract

Ushbu maqolada korxona boshqaruv tizimida innovatsiyalardan foydalanish amaliyotini tashkil etishning asosiy tamoyillari va usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda korxona faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlari hamda innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqlari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan “parallel tashkiliy”, “matritsaviy” va “integral” boshqaruv modellarining mazmuni va qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqola natijalari innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, korxonalarda innovatsion strategiyalarni samarali joriy etish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 2 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. QURILISH KORXONALARINI BOSHQARISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH TAJRIBASI Mamajonova Nodiraxon Alisher qizi Andijon davlat texnika instituti mustaqil izlanuvchisi, Email: [email protected], Tel: (97) 162 33 62 Annotatsiya. Ushbu maqolada korxona boshqaruv tizimida innovatsiyalardan foydalanish amaliyotini tashkil etishning asosiy tamoyillari va usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda korxona faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlari hamda innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqlari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan “parallel tashkiliy”, “matritsaviy” va “integral” boshqaruv modellarining mazmuni va qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqola natijalari innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, korxonalarda innovatsion strategiyalarni samarali joriy etish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: innovatsion boshqaruv, innovatsion jarayon, kumulyativ, texnologik siljish, bozorni jalb qilish, integral, parallel tashkiliy, matritsaviy, loyihaviy tizimlashtirish, innovatsion loyiha, komplekslilik, tizimlilik, vaziyatli yondashuv tamoyili. KIRISH. Qurilish korxonalari boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish amaliyotining tashkil etilishi boshqaruv jarayonlarini yangicha, takomillashtirilgan usullar asosida shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada, korxonalar boshqaruvidagi innovatsion faoliyatdan foydalanish amaliyoti fanda “innovatsion boshqaruv” sifatida talqin etila boshlandi. Mamlakatimiz korxonalari boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda iqtisodiy adabiyotlarda shakllangan boshqaruv usullari hamda ularning amal qilish tamoyillarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot asosida milliy amaliyotda qo‘llanilayotgan boshqaruv usullarini takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash ilmiy hamda amaliy jihatdan dolzarb masala sanaladi. Korxona boshqaruvida innovatsiyalardan foydalanish amaliyoti menedjment nazariyalarida shakllangan an’anaviy ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarishdan sezilarli darajada murakkabligi bilan ajralib turadi. Amaliyotchilar fikricha, korxonada yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni boshlash yoki butunlay yangi biznes yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish holatlarida (ya’ni mazkur ishlab chiqarish yoki faoliyat turi bilan ilgari shug‘ullanilmagan taqdirda) boshqaruv amaliyotida ma’lum darajada innovatsion jarayonlarga duch kelinadi va ularni tartibga solish zaruriyati yuzaga keladi. Bu esa korxona boshqaruvida innovatsiyalardan “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 3 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. foydalanish amaliyoti tobora rivojlanib borayotganini, natijada boshqaruv tizimi takomillashib, unda innovatsion boshqaruv shakllanib borayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonlarining muntazamligi va ularning takrorlanib turishi mazkur jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etayotgan xodimlarning amaliy ko‘nikmalari, bilim va malakalarining uzluksiz rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bu holat texnologik jarayonlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar va kamchiliklar sonining kamayishiga, ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarining ortishiga xizmat qiladi. Natijada, korxona boshqaruvida ixtisoslashuv jarayonlari jadallashib, innovatsion boshqaruv tizimining institutsional asoslari mustahkamlanadi. ADABIYOTLAR TAXLILI. Iqtisodchi olim Y.A. Shumpeter tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mamlakatda ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion boshqaruvning rivojlanishi natijasida innovatsion jarayonlar jadallashadi degan fikr ilgari surilgan. Olimning ta’kidlashicha, bunda innovatsiyalar diffuziyasi yuzaga keladi, ya’ni ko‘proq foyda olishga bo‘lgan intilish kuchayishi natijasida dastlabki innovatorlardan so‘ng ularga taqlid qiluvchilar va raqobatchilar ham innovatsiyalar yaratishga qiziqish bildiradi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida innovatsion boshqaruvga ega bo‘lgan korxonalar sonining kumulyativ ko‘payishiga olib keladi [3, –C.711]. Shuningdek, V.P. Barancheev, N.P. Maslennikova va V.M. Mishinlar o‘zlarining “Innovatsiyalarni boshqarish” nomli darsligida korxonalar innovatsion boshqaruvining “integral” modelini tahlil qilganlar. Ularning fikricha, mazkur modelda innovatsion boshqaruv — korxonalarda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish, innovatsion mahsulot prototiplarini yaratish, ishlab chiqarish, savdo va boshqa faoliyat yo‘nalishlarini bir vaqtning o‘zida parallel tarzda boshqarishni taqozo etuvchi boshqaruv jarayoni sifatida shakllangan. Mualliflar ushbu modelning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilganlar [9, –C.74]. Iqtisodiy adabiyotlarda korxonalar innovatsion boshqaruvini fan, texnologiya va bozor munosabatlarining uzviy aloqadorligida o‘rganishga qaratilgan yondashuvlar ustuvor o‘rin tutadi. Jumladan, R. Rotuell, S. Frimen, A. Xorsli, A. Djervis, D. Taunsend, D.S. Moveri hamda N. Rozenberglarning ilmiy tadqiqotlarida korxonalar innovatsion boshqaruvi samaradorligini oshirishda marketing, bozor va texnik omillar ta’siri chuqur tahlil etilgan [1, –C.23]. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Ushbu maqolada tizimli va mantiqiy tahlil, qiyosiy tahlil, texnologik siljish, bozorni jalb qilish, integral, parallel tashkiliy modellar, matritsaviy hamda loyihaviy tizimlashtirish usullaridan foydalanilgan. Xususan, korxona boshqaruvida ishlab chiqarish va innovatsion jarayonlarning qiyosiy tahlili 1-jadvalda keltirilib, ularning umumiy tasnifi taqdim etilgan. Nazariy ma’lumotlar umumiylikdan xususiylikka qarab tizimlashtirilgan. Tahlillar natijalariga ko‘ra, korxonada innovatsiyalardan foydalanish amaliyotini boshqarishning murakkabligi mazkur jarayonlarga ishlab chiqarish jarayonlarini an’anaviy (muntazam, takrorlanib turuvchi) boshqarish amaliyotiga “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 4 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. nisbatan tashqi va ichki omillarning ta’siri yuqoriligi bilan tavsiflanadi (1-jadvalga qarang). 1-jadval Korxona boshqaruvida ishlab chiqarish va innovatsion jarayonlarining qiyosiy tahlili [10, -C.63] Jarayon tavsifi (xarakteristikasi) Innovatsion jarayon Muntazam (takrorlanuvchi) ishlab chiqarish jarayoni Pirovard maqsad Jamiyat a’zolarining yangi turdagi ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirish Jamiyat a’zolarining joriy ehtiyojlarini qondirish Maqsadga erishish yo‘llari Ehtiyojlarning cheksizligi va noaniqlilik Qondirilishi darajasi aniq bo‘lgan kam sonli va maqbul ehtiyojlar Maqsadga erishishdagi risklilik darajasi Yuqori Past Jarayon turi O‘z o‘rni va vaqti bo‘yicha diskret hisoblanadi Uzluksiz Boshqarish, rejalashtirish imkoniyatlari Past Yuqori Rejalar Uzoq muddatli, tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud Qisqa muddatli, qat’iy ko‘rsatma va vazifalar belgilangan Jarayon sodir bo‘ladigan tizimning rivojlanishi Tizim rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tadi Rivojlanishning joriy bosqichida qoladi yoki innovatsion rivojlanish bo‘lmaganligi sababli o‘sish sur’atlari pasayadi Jarayon ishtirokchilari manfaatlarining o‘zaro aloqadorligi O‘zaro mos keladi Manfaatlar tizimiga asoslanadi Majburiyatlar taqsimoti Qayta taqsimlanadi Barqaror TAHLIL VA NATIJALAR. Amalga oshirilgan tahlillar natijalari shuni ko‘rsatadiki, korxona boshqaruvi tizimida innovatsion jarayonlar o‘zining hayotiylik sikliga ega bo‘lib, yaratilayotgan innovatsiyalar faqat ma’lum davr oralig‘ida yuqori iqtisodiy samaradorlik va daromad keltirishi mumkin. Shu boisdan, innovatsion jarayonlarning hayotiylik siklini tizimli ravishda tahlil qilish boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion jarayonlarning hayotiylik siklini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin [10, –C.67]: - Innovatsiyani shakllantirishga bo‘lgan talabning vujudga kelishi — ya’ni, yangilikdan foydalanish zaruriyatining paydo bo‘lishi, g‘oya muallifidan foydalanish huquqini olish yoki innovatsiyani mustaqil ishlab chiqish jarayoni; - Innovatsiyani ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish — yangi mahsulot, texnologiya yoki boshqaruv mexanizmini amaliy faoliyatga joriy qilish bosqichi; - Innovatsiya diffuziyasi — yaratilgan yangilikning boshqa tarmoqlar, sohalar va raqobatchi korxonalar o‘rtasida tarqalish jarayoni; “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 5 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. 1-rasm. Qurilish korxonalarining innovatsion boshqaruv jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar [4, -C.46; 2, -C. 39] - Innovatsiyadan to‘liq foydalanish — innovatsion yechimlarning muntazamlashuvi, barqarorlashuvi va an’anaviy ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismiga aylanish bosqichi. Iqtisodiy adabiyotlarda korxonalarda innovatsion jarayonlarni boshqarish amaliyotini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar sonining ortib borishi natijasida, mazkur jarayonni tashkil etish bo‘yicha yondashuvlar sezilarli darajada takomillashdi. Ilk ilmiy qarashlarda korxonalarda innovatsion boshqaruvni tashkil etish “texnologik siljish” modeliga asoslangan bo‘lib, ushbu model XX asrning 1950–1960-yillaridan 1970-yillargacha bo‘lgan davrda amaliyotda keng qo‘llanilgan (2-rasmga qarang). 2-rasm. Qurilish korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishning “Texnologik siljish (Technology push)” modeli [1, -C.26] XX asrning 70-yillariga kelib korxonalar faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish va ilmiy-texnik taraqqiyotning izchil rivojlanish tendensiyalari yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Ushbu davrda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish hamda bozor ehtiyojlariga tezkor javob berish zarurati korxonalarda boshqaruvning yangi yondashuvlarini shakllantirishga turtki bo‘ldi. Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari Loyihalashtirish Ishlab chiqarish Marketing Savdo Hukumat Mehnat bozori Kapital bozori Bilimlar bozori Ilmiy-tadqiqot bo’limi Qurilish korxonasi boshqaruvi Buxgalteriya bo’limi Ishlab chiqarish Hodimlar bilan ishlash bo’limi Savdo bo’limi Maxsulot (xizmatlar va tovarlar) Iste’mol bozori Mamlakatdagi iqtisodiy muhit TASHQI MUHIT “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 6 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Natijada iqtisodiy adabiyotlarda 1970–1980-yillar mobaynida korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Bozorni jalb qilish (Market pull)” modeli konseptual asos sifatida shakllandi (3-rasmga qarang). 3-rasm. Qurilish korxonalari innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Bozorni jalb qilish (Market pull)” modeli[1, -C.29] “Bozorni jalb qilish” (“Market pull”) modeli innovatsion jarayonlarda funksional jihatdan alohida ta’sir doirasiga ega bo‘lgan omillarning o‘zaro ta’sir mexanizmini mantiqiy ketma-ketlik asosida ifodalovchi tizim sifatida tavsiflanadi. Mazkur modelning asosiy afzalligi shundaki, u innovatsiyalar rivojlanishining chiziqli tavsifini inkor etadi va korxonaning innovatsion faoliyatini bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan yondashuv bilan uyg‘unlashtiradi. Bunda innovatsion faoliyat tarkibi hamda texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib, yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga ustuvor ahamiyat beriladi [1, -C.34; 6, -C.3]. Shu nuqtada ta’kidlash joizki, innovatsion boshqaruvning “integral” modeli bugungi kunda jahon avtomobil sanoatida keng tan olingan “Nissan” kompaniyasi amaliyotida innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish vositasi sifatida qo‘llanilgan. Ushbu modelning qo‘llanilishi korporativ boshqaruv tizimida integratsiyalashgan yondashuvning afzalliklarini namoyon etgan. 4-rasm. Qurilish korxonalarining innovatsion boshqaruvi “Integral” modeli [9, - C.47, 8, -C. 229] Bozor ehtiyojlari Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari Ishlab chiqrish Savdo Yangi ehtiyojlar Jamiyat ehtiyojlar va bozordagi talab Yangi g’oyalarni yaratish Yangi texnologiyalar Ishlab chiqarish va texnologiyalarning rivojlanganlik darajasi ITTKI Prototiplarni ishlab chiqish Ishlab chiqarish Marketing va savdo Bozor “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 7 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion rivojlanish yo‘liga bosqichma-bosqich o‘tishi ularning jahon bozoridagi raqobatbardosh mavqeini mustahkamladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifat darajasi hamda raqobatbardoshligi sezilarli darajada oshdi. Korxonalar boshqaruvida innovatsion jarayonlarning jadallashuvi innovatsion boshqaruv tizimining samaradorligini yanada oshirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Iqtisodchi olim F. Kotler fikricha, innovatsion mahsulotni ishlab chiqarish avvalo, korxonaning ilmiy tadqiqot, texnik, ishlab chiqarish, marketing va moliya bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirdagina samarali natijaga erishish imkonini beradi. 5-rasm. Korxona innovatsion boshqaruvining “Parallel tashkiliy” modeli [9, - C.47, 8, -C. 229] Jahon amaliyotida Yaponiya qurilish korxonalari innovatsion boshqaruvning yuqori samaradorlikka erishilayotgani bilan ajralib turadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ushbu mamlakatda mahsulotga kiritilayotgan innovatsion g‘oya avvalo marketing nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilinadi hamda uni rivojlantirish jarayonida korxonaning har bir bo‘limi o‘ziga xos funksional vazifani bajaradi. Iqtisodiy adabiyotlarda korxonalar innovatsion boshqaruvining mazkur turi “parallel tashkiliy” model sifatida tavsiflanadi [9, -C.47, 8, -C.229] (5-rasmga qarang). O‘tkazilgan tahlillar korxona innovatsion boshqaruv jarayoni firmada yangi mahsulot turini ishlab chiqish, innovatsion ishlanmalarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan boshqarilishini anglatishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, innovatsion boshqaruv tizimi ma’naviy jihatdan eskirgan mahsulotlar, xizmatlar hamda ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini modernizatsiya qilishni ham qamrab oladi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish Tarkibiy qismlarni ishlab chiqarish Yangi maxsulot ishlab chiqarishning injenerlik ta’minoti Yangi mahsulot loyihasini ishlab chiqish Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari ITTKI Marketing Korxonadagi innovatsion jarayonlarni boshqarish amaliyotida uning turli bo’limlarining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 8 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Iqtisodiy adabiyotlarda korxonalar innovatsion faoliyatini boshqarishni tashkil etishning quyidagi asosiy tamoyillari ajratib ko‘rsatiladi: [10, -C.98] funksionallilik, tizimlilik, marketing va talabga yo‘naltirilganlik, qayta ishlab chiqarish, me’yoriylik (normativlik), komplekslik, integratsionlik, dinamiklik, jarayon yondashuvi, miqdoriy tamoyillar, ma’muriy tamoyil, xulq-atvor tamoyili hamda vaziyatli yondashuv tamoyili. 6-rasm. Korxona innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Matritsaviy” usuli [9, -C.87] O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarda innovatsion boshqaruvni tashkil etishda turli bo‘limlar, mutaxassislar va xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatidan samarali foydalanish imkoniyati mavjud. Amaliyotda korxonalar innovatsion boshqaruvini shakllantirishda, odatda, matritsaviy va loyihaviy tizimlashtirish usullari keng qo‘llaniladi. Xususan, innovatsion boshqaruvning matritsaviy usuli ikki va undan ortiq yil davom etuvchi innovatsion jarayonlarni tashkil etish hamda ularni amaliyotga joriy etish bosqichlarida yuqori natija beradi. Mazkur turdagi boshqaruv tizimida innovatsion jarayonlar chiziqli shaklda, majburiyatlarning vertikal taqsimlanishiga asoslangan holda tashkil etiladi. Shu bilan birga, bunday yondashuvni samarali qo‘llash uchun korxona yetarli darajada ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lishi zarur (6-rasmga qarang). Jahon amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, qurilish korxonalari innovatsion faoliyatini boshqaruv amaliyotini tashkil etishda matritsaviy usul keng qo‘llaniladi. Ushbu yondashuv, asosan, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mamlakat miqyosida strategik ahamiyat kasb etuvchi tarmoqlarning yetakchi subyektlari hamda transmilliy kompaniyalar boshqaruvi amaliyotida keng tarqalgan. Matritsaviy boshqaruv usulining afzalliklaridan biri shundaki, har bir amalga oshirilayotgan loyiha uchun individual javobgarlik belgilanishi natijasida korxonaning innovatsion rivojlanish barqarorligi kafolatlanadi. Korxona boshqaruvi Innovatsion rejalashtirish bo’limi Ishlab chiqarish bo’limi Ta’minot bo’limi Savdo-tijorat bo’limi Loyiha menejeri Loyiha menejeri Loyiha menejeri Hodim1 Hodim 2 Hodim 3 Hodim 1 Hodim 2 Hodim 3 Hodim 1 Hodim 2 Hodim 3 Innovatsion loyihani muvofiqlashtirish “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 9 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Mazkur usulning ustun jihatlari quyidagilardan iborat: [9, –C.79] – korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayonida yangi ijodiy jamoalarning shakllanishi va ularning funksional jihatdan o‘zaro farqlanishi natijasida innovatsion g‘oyalarda takrorlanish holatlarining oldi olinadi; – korxona tarkibida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan bo‘limlar va ishchi guruhlarning mavjudligi innovatsion jarayonlarni tizimli yuritish imkonini yaratadi; – innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda hamda tegishli ishchi guruhlarning yuqori darajadagi moslashuvchanligi natijasida tashkiliy va texnologik yangiliklarning joriy etilishi tezlashadi; – ishlab chiqilayotgan innovatsion ishlanmalar korxonaning mavjud ilmiytexnik salohiyatiga tayanadi, bu esa ularni ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish muddatini qisqartiradi. Biroq, mazkur usulning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklari ham mavjud. Xususan: [9, –C.68] – innovatsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning qisqa muddatlarda amalga oshirilishi sababli ayrim texnologik yoki tashkiliy nuqsonlar e’tibordan chetda qolishi mumkin; – innovatsion loyiha menejerlari korxonada innovatsion jarayonlarni to‘g‘ridanto‘g‘ri boshqarish vakolatiga ega bo‘lmaganligi tufayli, ularni ishlab chiqarish bosqichiga tatbiq etishda ma’lum tashkiliy to‘siqlar yuzaga keladi; – innovatsiyalarni joriy etish jarayonida mutaxassislar va resurslarni taqsimlash masalasida ziddiyatli vaziyatlarning vujudga kelish ehtimoli yuqori. 7-rasm. Korxona innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Loyihaviy tizimlashtirish” usuli [9, -C.48] Korxonalarda yirik innovatsion loyihalarni amalga oshirishda esa loyihaviy tizimlashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bu yondashuvda innovatsion loyiha rahbari tomonidan maxsus ishchi guruh shakllantiriladi va u innovatsion mahsulotni Korxona boshqaruvi Marketing bo’limi Texnik bo’limi Buxgalteriya Logistika bo’limi Innovatsion loyiha rahbari (А) Innovatsion ishchi guruh a’zosi 1 Innovatsion ishchi guruh a’zosi 2 Innovatsion ishchi guruh a’zosi 3 Innovatsion loyiha rahbari ( B ) Innovatsion ishchi guruh a’zosi 1 Innovatsion ishchi guruh a’zosi 2 Innovatsion ishchi guruh a’zosi 3 Innovatsion loyihani muvofiqlashtirish “Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 10 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. ishlab chiqishdan tortib uni amaliyotga joriy etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq amalga oshiradi. Amalga oshirilgan loyiha tegishli sinovlardan o‘tkazilib, belgilangan natijalarga erishilgach, korxonaning ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etiladi (7-rasmga qarang). Amaliyotda bunday turdagi innovatsion boshqaruv tizimi transmilliy kompaniyalar tomonidan keng qo‘llanadi. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yurituvchi texnoparklarda ham mazkur usul asosida innovatsion boshqaruv amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, erishilgan natijalar kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida tijoratlashtiriladi. Tahlillar natijalari shuni ko‘rsatadiki, korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etishda loyihaviy tizimlashtirish usuli bir qator afzalliklarga ega hisoblanadi [9, –C.45]. Jumladan: – korxonada amalga oshirilayotgan innovatsion loyiha bevosita loyiha rahbari tomonidan boshqariladi hamda innovatsion ishchi guruh a’zolari aynan bir loyiha doirasida ixtisoslashadi; – innovatsion loyihani ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish jarayonida resurslardan samarali foydalanish, vaqtni tejash hamda loyiha natijalaridan ishchi guruh a’zolarining manfaatdorlik darajasi yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, korxonalarda innovatsion boshqaruvni loyihaviy tizimlashtirish usuli asosida tashkil etishning ayrim cheklovlari ham mavjud. Xususan, innovatsion ishlanmalarning takrorlanishi, ishchi guruhlarni rivojlantirish va qayta shakllantirish imkoniyatlarining cheklanganligi, shuningdek, tizimning moslashuvchanlik darajasi pastligi ushbu usulning nisbiy kamchiliklari sifatida e’tirof etiladi. 8-rasm. Innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish sxemasi [4, -C.28; 1, -C. 97; 10, -C. 58; 9, -C. 23] Fikrimizcha, mamlakatimiz amaliyotida qurilish korxonalarida innovatsion boshqaruvni tashkil etishda, avvalo, korxonaning ilmiy-texnik salohiyatidan kelib chiqqan holda o‘rta va uzoq muddatli innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish zarur. Bunda innovatsion boshqaruvni shakllantirishning turli usullarini tadqiq Ilmiy tadqiqot institutlari, Oliy o’quv yurtlari va qurilish korxonalari o’rtasida innovatsion shartnoma Innovatsion loyihalarni sinovdan o’tkazish Innovatsion loyiha Innovatsion loyiha Innovatsion loyiha Innovatsion loyiha Qurilish korxonasi Qurilish korxonasi Qurilish korxonasi Qurilish korxonasi Qurilish korxonasi Qurilish korxonasi