scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SEMINAR MASHG'ULOTLARINI TESKARI SINF METODIKASI ASOSIDA TASHKIL ETISH

Abdullayeva B.S.

Abstract

SEMINAR MASHG'ULOTLARINI TESKARI SINF METODIKASI ASOSIDA TASHKIL ETISH

Full text

441 SEMINAR MASHG‘ULOTLARINI TESKARI SINF METODIKASI ASOSIDA TASHKIL ETISH Abdullayeva B.S., pedagogika fanlari doktori, professor Annotatsiya. Mazkur maqolada seminar mashg‘ulotlarini teskari sinf metodikasi asosida tashkil etish yoritikgan. Shuningdek, teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘ulotining namunaviy tuzilmasi ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar va tushunchalar: teskari sinf (flipped classroom), seminar mashg‘uloti, an’anaviy dars, bosqich Teskari sinf (Flipped Classroom) – bu ta’lim jarayonini an’anaviy tartibdan teskari qilishga asoslangan pedagogik yondashuv hisoblanadi. An’anaviy darsda nazariy ma’lumot auditoriyada o‘tilib, mustaqil ish uyda bajarilsa, teskari sinfda buning aksi bo‘ladi. Talabalar nazariy materialni mustaqil ravishda (video, maqola, prezentatsiya, podkast va boshqalar orqali) darsdan oldin o‘zlashtiradi. Auditoriyadagi seminar mashg‘uloti esa amaliyot, tahlil, muhokama, muammoli vaziyatlarni hal qilishga bag‘ishlanadi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalarni faollikka, mustaqil fikrlashga, hamkorlikda ishlashga va bilimni amalda qo‘llashga yo‘naltirishdan iborat bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi: talabalarni darsdan oldin tayyorlov jarayoniga jalb etish; mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish; seminar davomida muhokama, debat, keys-stadi, loyiha ishlari orqali tahliliy tafakkurni rivojlantirish; o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish. Teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘uloti quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi (1-jadvalga qarang): 1-jadval. Teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘ulotini tashkil etish bosqichlari Bosqichlar Bosqich nomi Bosqich topshiriqlari 1-bosqich Darsgacha tayyorgarlik O‘qituvchi mavzuga oid video-ma’ruza, elektron maqola, infografika yoki podkast tayyorlaydi yoki tavsiya qiladi Talabalarga ushbu materiallarni oldindan o‘rganish topshirig‘i beriladi (muddati, savollari, testlar bilan) Platforma sifatida Google Classroom, Moodle, Edmodo yoki Telegram-kanaldan foydalaniladi 2-bosqich Seminar mashg‘uloti jarayoni Muhokama (debate) – oldindan o‘rganilgan material asosida bahs-munozara Keys-stadi (amaliy holat tahlili) – real yoki sun’iy muammo yechimini topish 442 Aqliy hujum yoki “balanslashgan argument” metodi – g‘oyalarni ilgari surish va tahlil qilish Jamoaviy loyiha ishi – kichik guruhlar bilan yechim ishlab chiqish Refleksiya – har bir talaba o‘z o‘rganish natijasini tahlil qilish 3-bosqich Mustahkamlash va baholash O‘qituvchi individual baholash (test, mini-esse, “Exitticket”) hamda guruhli baholash (loyiha, taqdimot) usullarini qo‘llaydi Talabalar refleksiya yozadi: nimalarni o‘rgandi, qaysi muammo qiyin bo‘ldi, nimani boshqacha qilish mumkin Mazkur seminar mashg‘ulotlarida o‘qituvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi: ma’lumot beruvchi emas, balki yo‘lko‘rsatuvchi (facilitator); o‘quv jarayonini rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi; talabalarning mustaqil ishlashini monitoring qilishchi; raqamli resurslarni tanlovchi va integratsiyalovchi mutaxassis. Teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘ulotining namunaviy tuzilmasi quyidagicha ishlab chiqish tavsiya etiladi (2-jadvalga qarang): № Bosqich Faoliyat mazmuni Metod / Vosita 1. Darsdan oldin Video-ma’ruza, matn yoki prezentatsiyani o‘rganish, onlayn test topshirish Elektron resurslar, platforma 2. Kirish (5 daqiqa) Mavzuni eslatish, savollar orqali tayyorgarlikni aniqlash Savol-javob, “Brainstorming” 3. Asosiy qism (30-40 daqiqa) Guruhlarda muammo yechish, keys tahlil qilish, fikr almashish Keys-stadi, muhokama, rol o‘ynash 4. Yakuniy qism (10-15 daqiqa) Natijalar taqdimoti, refleksiya, o‘qituvchi xulosasi Taqdimot, fikr-mulohaza, baholash Teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘ulotining afzalliklari quyidagilardan iborat: talabalar mustaqil va faol o‘rganadi; darsda vaqt samarali ishlatiladi; tahlil, muhokama, ijodiy fikrlash rivojlanadi; shaxsiylashtirilgan ta’lim amalga oshadi; o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktiv muloqot kuchayadi. Teskari sinf metodikasi asosida seminar mashg‘ulotida muammolarni bartaraf etish yo‘llarini tavsiya etamiz: talabalarning passivligida motivatsion rag‘bat, ball tizimi orqali faollikni oshirish; texnik vositalarning yetishmasligida o‘quv materiallarini mobil versiyada tayyorlash; 443 nazoratning murakkabligida onlayn testlar va avtomatik baholash tizimlarini ishlab chiqish. Xulosa qilib aytganda, teskari sinf metodikasi seminar mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biridir. U talabalarning faolligini oshiradi, ularni bilim oluvchi emas, bilim yaratuvchi sub’ektga aylantiradi. Bu yondashuv, ayniqsa, oliy ta’limda mustaqil fikrlaydigan, raqamli savodxon, ijodkor shaxslarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Исакулова, Н. (2024). Историческое происхождение педагогических концепций. in Library, 1(1), 100–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34867 2. N.J. Isakulova DARSLAR TIPOLOGIYASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // Inter education & global study. 2024. №4 (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/darslar-tipologiyasi-va-o-ziga-xosxususiyatlari (дата обращения: 30.10.2025). 3. JANIKULOVNA I. N. Methodology of teaching customs terms in english using study projects. – 2024. 4. Subermaniam L. et al. A Systematic Review of Sustainability Management in Small and Medium Enterprises to Improve Sustainable Development Goals //Acta Innovations. – 2025. – С. 38-48. 5. Исакулова Н. Божхона соҳасига оид терминларни ўқитишда тадқиқот лойиҳалардан фойдаланиш //in Library. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 11-19.