TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARIDA INTEGRATSIYAGA ASOSLANGAN TA'LIMNING DOLZARBLIGI
Abstract
Ushbu maqola tasviriy san’at mashg‘ulotlarida qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya fanlarining pedagogik ta’lim klasteri asosida integratsiyalashgan holda o‘qitilishining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan yoritishga bag‘ishlangan. Integratsion yondashuvning talabalarda badiiy tafakkur, mustaqil fikrlash va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni hamda samaradorligi tahlil qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1581 TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA INTEGRATSIYAGA ASOSLANGAN TA’LIMNING DOLZARBLIGI 1Berdiyev Doston Abduvoitovich, 2Fattoyeva Muhayyo Ilyos qizi, 3Jumaqulova Zulfiya Ibrohim qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi o‘qituvchisi, 2,3“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” 2-bosqich yo‘nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17580546 Annotatsiya. Ushbu maqola tasviriy san’at mashg‘ulotlarida qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya fanlarining pedagogik ta’lim klasteri asosida integratsiyalashgan holda o‘qitilishining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan yoritishga bag‘ishlangan. Integratsion yondashuvning talabalarda badiiy tafakkur, mustaqil fikrlash va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni hamda samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: borliq, tasvir, tasviriy san’at, bilish, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, integratsiya, innovatsion ta’lim, klaster. Annotation. This article examines the theoretical and practical significance of organizing fine arts lessons through the pedagogical education cluster by integrating drawing, painting, and composition. It highlights the role of integration in fostering artistic thinking, independent analysis, and creative competence in students. Key words: existence, image, fine art, knowledge, pencil drawing, painting, composition, integration, innovative education, cluster. Аннотация. В статье рассматриваются теоретические и практические аспекты организации занятий изобразительным искусством на основе педагогического образовательного кластера, интегрирующего рисунок, живопись и композицию. Особое внимание уделяется роли интеграции в формировании художественного мышления, самостоятельного анализа и творческих навыков студентов. Ключевые слова: бытие, образ, изобразительное искусство, знание, карандашный рисунок, живопись, композиция, интеграция, инновационное образование, кластер. Kirish. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti sifatida e’tirof etilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan mashg‘ulotlar talabalarni bilimni mustaqil izlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va ijodiy yondashishga undaydi. Bunday jarayonda o‘qituvchi ko‘proq yo‘naltiruvchi, tashkilotchi hamda maslahatchi rolini bajarib, talabalar esa mustaqil fikrlash, ijodkorlik va iroda sifatlarini rivojlantirishga intiladi. Innovatsion texnologiyalar bilan bir qatorda, integratsion ta’lim ham bugungi pedagogik amaliyotda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fanlararo aloqadorlik qonuniyatlari ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan uyg‘unligi, xususan qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyaning o‘zaro birligi, badiiy ta’limning mazmunini boyitib, talabalarning rangshunoslik, texnika va kompozitsion tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1582 Integratsiya tushunchasi va uning nazariy asoslari. Integratsiya (lotincha integratio – “qayta tiklash”) – bu tizimning turli bo‘linmalari va funksiyalarini yagona yaxlitlikka birlashtirish jarayonidir. Tadqiqotchilar, jumladan Yu.M. Kolyagin, ta’limdagi integratsiyani ikki jihatdan – maqsad va vosita sifatida sharhlaydi. Maqsad sifatida u talabalarga dunyoning yaxlitligini anglatadigan bilimlarni berishga qaratilsa, vosita sifatida mavjud bilimlarni yagona tizimga keltirishni ko‘zlaydi. Integratsion ta’lim klassik fanlarni almashtirish emas, balki ularning mazmunini uyg‘unlashtirish, turli fanlar materiallarini yagona g‘oya asosida bir butunga keltirishni nazarda tutadi. Integratsiya mohiyatan o‘quv fanlari, bo‘limlar va mavzular o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqlikni chuqur ochib berishga xizmat qiladi. Bunda dars materiallari oddiy qo‘shilish emas, balki yetakchi g‘oya atrofida yaxlit konsepsiya shaklida taqdim etilishi lozim. Tasviriy san’atda bu yondashuv ijodiy erkinlikni kengaytirib, milliy badiiy meros, qadriyatlar va zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratadi. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyaning integratsion imkoniyatlari. Qalamtasvir – barcha tasviriy san’at turlarining asosi bo‘lib, chiziq, shakl va proporsiyalarni grafik vositalar orqali ifodalashni o‘rgatadi. Tarixan XVII asrdan boshlab rivojlangan qalamtasvir bugungi kunda ham rassomchilikda asosiy tayanch sifatida qo‘llanadi. Rangtasvir esa rang vositalari orqali reallikni badiiy obrazga aylantiradi, tomoshabinning hissiy dunyosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Moybo‘yoq, akvarel, guash kabi texnikalar orqali yaratilgan rangtasvir shakl va masofani faqat rang orqali ifodalash imkoniyatiga ega. Kompozitsiya esa barcha badiiy faoliyatning markaziy unsuri sifatida asarning mazmuni va estetik mukammalligini belgilaydi. Qalamtasvirning konstruktiv xususiyatlari va rangtasvirning ifoda kuchi kompozitsion yechim bilan uyg‘unlashganda, o‘quvchi nafaqat texnik, balki konseptual fikrlashni ham o‘zlashtiradi. Integratsion darslarni tashkil etish metodikasi. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyani uyg‘unlashtirgan mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, mashg‘ulotlarda taniqli rassomlarning mahorat darslari, videoroliklar va interaktiv topshiriqlardan foydalanish talabalar qiziqishini oshiradi. Dars yakunida talabalarning o‘zaro baholash mexanizmini joriy etish ham samarali hisoblanadi. Masalan, har bir bosqich oxirida ishlar ko‘rgazma tarzida namoyish etilib, talabalar kichik guruhlarda bir-birining ishlarini tahlil qilib, kamchiliklarini ko‘rsatadi. Bu usul mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, adolatli baholash va kelajak pedagogik faoliyatda kerakli ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Xulosa. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimining uzluksiz takomillashuvi, fanlararo integratsiyaning kuchayishi badiiy-pedagogik jarayonning dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya fanlarini integratsion asosda o‘qitish nafaqat talabalarning badiiy bilim va malakasini oshiradi, balki ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini kengaytiradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona yo‘lidir” degan fikri mazkur yondashuvning strategik ahamiyatini tasdiqlaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1583 Shunday qilib, integratsiyaga asoslangan ta’lim tasviriy san’at mashg‘ulotlarida ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shaxsning estetik ehtiyojlarini rivojlantirish va milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Хайитбой Эралиевич Султанов Метoдикa препoдaвaния приклaднoй грaфики в худoжеcтвеннo-oбрaзoвaтельных учреждениях Реcпублики Узбекиcтaн // PEDAGOGS Jurnali, 32(2), 4–8. 2. Хайтбой Эралиевич Султанов, Нилуфар Хикматуллаевна Бойназарова Тасвирий санъат таълимида кластер ёндашуви орқали ёшларнинг маънавий дунёқарашини шакллантириш // Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11(3), 376-382 3. Султанов Хайтбой Эралиевич Кластер ёндашуви воситасида талабаланинг ижодкорлик кўникмаларини тарбиялаш// касб-ҳунар таьлими журнали/ №4, 2022/12, 85-89; 4. Doston Abduvoitovich Berdiyev Maktablarda tasviriy san’at fanini o`qitishda kelajak ta’limi steam interaktiv ta’limini rivojlantirish // "Science and Education" Scientific Journal/ ISSN 2181-0842 February 2022/ Volume 3 Issue 2 Pages: 687-690 5. Бердиев Достон Абдувоитович, Султанов Хайтбой Эралиевич Tасвирий санъатда кластер ёндашуви сифатида стеам таълимини татбиқ этиш// научный журнал Интернаука/ часть 7. Москва, 2022 № 15(238) - ст 13-14 6. Бердиев Достон Абдувоитович Кластер ҳамкорлигида ташкил этилган тасвирий саньат тўгаракларнинг таьлим-тарбия соҳасидаги аҳамияти // INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23rd March, 2023) – Canada, Ottawa : "CESS", 2023. Part 19–24 p. 7. Bеrdiyev Doston Abduvoitovich. (2023). Таsviriy san’atning fanlararo aloqalar tizimidagi o‘rni. PEDAGOGS Jurnali, 31(1), 142–148.