IQTISODIY – IJTIMOIY RIVOJLANISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O'RNI
Abstract
Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi o‘rni, ularning bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, islohotlarning natijalari va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta korxonalar tashkil qilishning va ular faoliyatining xususiyatlari to’g’risida batafsilroq to’xtalib o’tilgan. Bunda dunyoning eng rivojlangan davlatlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojida amal qilinayotgan mexanizmlarga asosiy e’tibor qaratish lozim.
Full text
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 32 Annotatsiya:Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi o‘rni, ularning bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, islohotlarning natijalari va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta korxonalar tashkil qilishning va ular faoliyatining xususiyatlari to’g’risida batafsilroq to’xtalib o’tilgan. Bunda dunyoning eng rivojlangan davlatlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojida amal qilinayotgan mexanizmlarga asosiy e’tibor qaratish lozim. Kalit so‘zlar: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, bandlik, islohotlar, investitsiya, tadbirkorlik muhiti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev takidlaganlaridek: “Bizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida olib borayotgan islohotlarimizni jahon hamjamiyati, nufuzli tashkilotlar tan olayotgani – bu eng avvalo shu soha vakillarining mehnatiga berilgan bahodir.” Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda juda ko’plab mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlaydigan mexanizmlar ishlab chiqilganki, ularni barchasi iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki berib kelmoqda. Kichik biznes yoki xususiy tadbirkorlik korxonalari mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalariga kirib borgan sari, yangidan yangi g’oyalarni amaliyotga tatbig’i IQTISODIY – IJTIMOIY RIVOJLANISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O’RNI Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Bank ishi va audit yoʻnalishi 4 kurs talabasi Olimova Marjona
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 33 kuchaymoqda. Shuning uchun davlat miqyosida uning siyosatida ushbu sohani barqaror rivojlanishiga yo’naltirilgan chora-tadbirlar doimo qo’llanilib kelinadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo’nalishlar sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy – buyruqbozlik tizimi davrida noto’g’ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab chiqarishning haddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni keskinlashtirdi. Ayniqsa mamlakatimizdagi ko’plab kichik shaharlar va qishloq aholi punktlaridagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganligi sababli, mavjud ortiqcha ish kuchi ham shu hududlarga to’g’ri kelgan. Shuning uchun aynan qishloq joylarida yangi ish joylarini tashkil etish muammolari hal etila boshlandi. Bunday muammoni asosiy va tezlik bilan hal etish yo’llaridan biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik biznes korxonalarni tashkil etishdan iborat bo’ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berilar ekan, ularni maqomini belgilash va korxonalarda ishlaydigan ishchilar soniga ko’ra gradatsiyani tashkil etish zaruriyati paydo bo’ldi. Shunday qilib, korxonada band bo’lgan hodimlar soni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni belgilash miqdoriy ko’rsatkichlarining eng muhimi hisoblanadi. Xorijiy adabiyotlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, odatda, ishlovchilarning soni 1 dan to 500 kishigacha bo’lgan korxonalarni quyidagicha chegaralash orqali kiritiladi, ya’ni: 1 dan 20 kishigacha – hunarmandchilik korxonasi, 20 dan 100 gacha – kichik, 100 dan 500 kishigacha – o’rta korxona. Turli mamlakatlarda ko’lam jihatidan tuzilish chegaralarga ajratishning turli darajasi
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 34 orqali namoyon bo’ladi. Masalan, kichik tadbirkorlikning ahamiyati juda katta bo’lgan Yaponiyada mazkur sohadagi korxonalarning 7 ta guruhi ajratib ko’rsatiladi: 1 dan 4 kishigacha, 5 dan 9 kishigacha, 10 dan 29 gacha, 30 dan 49 gacha, 50 dan 99 gacha, 100 dan 299 gacha va 300 dan 499 kishigacha. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan mamlakatlarda ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning keyingi bosqichiga ko’tarilishi zaruriyati va yuqorida sanab o’tilgan ob’yektiv sabablar kichik biznes va xususiy tadbirkorliksohasining rivojlanishi uchun imkon yaratadi, lekin iqtisodiyotda o’z mavqeini saqlashi hamda barqaror rivojlanishi uchun davlat tomonidan tartibga solib turilishi zarur. Bu soha bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va ijobiy tomonlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlanib, o’z imkoniyatlarini tobora kengroq ro’yobga chiqarishi jahon iqtisodiyoti tarkibidagi sifat o’zgarishlari bilan izohlanib, bu o’zgarishlar yo’nalishlari ko’plab mutaxassislar tomonidan ko’rib chiqilgan. Jumladan, kichik va xususiy korxonalar sohasi samarali amal qilishiga imkon yaratuvchi ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi miqyos jihatidan yangi tuzilmalar shakllanishiga ta’sir etadigan ob’ektiv omillarini belgilab beruvchi jahon iqtisodiyotidagi bir qator jarayonlarni alohida ajratib ko’rsatish lozim: a) ishlab chiqarilayotgan mahsulot, shuningdek qo’llanilayotgan asbob – uskunalar bo’yicha ishlab chiqarish ixtisoslashuvining o’sishi; b) ko’plab tarmoqlarda yakka hukmronlik darajasining pasayib borishi bilan ishlab chiqarish diversifikatsiyasining kuchayishi; c) fond bilan qurollanganlikning yuqori sur’at va darajasi, uncha katta bo’lmagan quvvat birliklari sharoitida yuqori mehnat unumdorligiga erishishning texnologik imkoniyatlari;
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 35 d) ishlab chiqarish material sig’imi va energiya sig’imining, shu jumladan mahalliy hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash hisobiga pasayishining o’sib boruvchi ahamiyati; e) tez moslashuvchan ishlab chiqarish texnologiyalari taqozo etuvchi yuqori sifatli mahsulotlarga bo’lgan ijtimoiy talabning ko’payishi; f) fan yutuqlaridan foydalanish salmog’i yuqori bo’lgan kichik ko’lamdagi tajriba va sinov ishlab chiqarishlar ahamiyatining ortib borishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ning vujudga kelishi va rivojlanishi, ham umumiy tavsif, ham turli konkret mamlakatlarga taalluqli bo’lgan maxsus tavsif kasb etuvchi ma’lum ob’ektiv sabablar bilan shartlangandir. Bu sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorning segmentlariga bo’linishi, iste’molchilarning ma’lum doiralariga mo’ljallangan mahsulotlarga ehtiyojlarning kuchayishi; yalpi va ko’plab seriyali ishlab chiqarishga ega yirik korxonalar uchun to’ldirish manfaatli bo’lmagan «iqtisodiy bo’shliq»larning paydo bo’lishi; kompyuter texnikasining takomillashuvi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari amaliyotiga zamonaviy axborot va boshqaruv tizimilarini tadbiq etishga imkon yaratilishi; yoqilg’i – energetika va xomashyo muammosining keskinlashuvi natijasida barcha turdagi resurslarni tejash hamda kapital qo’yilmalarning qoplanishini tezlashtirish yo’nalishining belgilanishi; yangi ish o’rinlarini yaratishning zarurligi; mehnat bozorida ish bilan band bo’lgan aholidan foydalanishning samaradorligini oshirish hamda ish vaqtining imtiyozli tartibi hisobiga aholini ishlab chiqarishga jalb etish yo’llarini qidirish zaruriyatining taqozo etilishi; qator mamlakatlarda ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi va markazlashuvidan qaytish; mulkchilik, tadbirkorlik va tashabbusga bo’lgan munosabatlarning o’zgarishi.
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 36 Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiyoti tarkibiga ko’ra turlicha bo’lgan jahon mamlakatlarida ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilish zaruriyati va bir qator ob’yektiv sabablar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining keng rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorkning mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati bu soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday vazifalarni turli – tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ham jahondagi barcha mamlakatlar uchun, ham o’z xususiyatlari bilan ajralib turuvchi har bir alohida mamlakat uchun qandaydir darajada ahamiyat kasb etishidan darak beradi. Odatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari raqobatga yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularning yangi texnologiyalarini yaratish va tadbiq etish orqali erishadilar. Chunki, aynan kichik korxonalarda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga tadbiq etilishi, ilmiy – texnikaviy yangiliklar, yangi texnologiyalarning joriy etilishi jarayoni juda tez amalga oshadi. Chunonchi, manbalarda keltirilishicha, XX asrning 61 ta yirik kashfiyotlaridan 48 tasi mayda va o’rta korxonalarda ochilgan. Antibiotiklar, insulin, avtomatik uzatmalar, vertolyotlar, kineskoplar, tsellofan, kserokopiya, sharikli ruchkalar, «Polaroid» fotokamerasi, mikrokompyuterlar kabi haqiqiy inqilobiy yangiliklar kichik firmalar tomonidan yaratilgan va birinchi bo’lib o’zlashtirilgan1. Mutaxassislarning bergan bahosiga ko’ra, Yaponiyadagi kichik firmalarda tajribaviy ishlab chiqarishni bir hafta mobaynida yo’lga qo’yish mumkin ekan. Holbuki, yirik korxonalarda bu bir hafta ajribaviy ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risidagi taklifni ko’rib chiqish va uni korxonaning turli bo’limlarida tasdiqdan o’tkazishning o’ziga ham etmaydi. Yaponiyada kichik korxonalar negizida «Xonda», «Sanio», «Nissan» va boshqa shu kabi eng zamonaviy ilmiy yo’nalishdagi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va jahon bozorida raqobatbardosh firmalar etishib chiqdi.
Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 10 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 37 Ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatan tejamli bo’lishi o’z navbatida, tabiiyki, daromadni ham yuqori bo’lishiga olib keladi. Ishlab chiqarish miqyoslari jihatidan yirik ishlab chiqarish oldidagi imkoniyatlari ancha cheklangan bo’lishiga qaramay, AQShlik mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra, kichik firmaga qo’yilgan bir dollar yirik firmaga nisbatan 17 barobar ko’proq daromad keltiradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining ahamiyati, ayniqsa, ko’lami jihatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni o’zlashtirishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy, mahalliy tavsifdagi ba’zi mahsulot va xizmatlar talab hajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun ham salohiyatli hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining iqtisodiyotning rivojlanishidagi muhim o’rni shu bilan ham belgilanadiki, u aholining ishbilarmonlik faolligini oshirishning, bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy unsur bo’lgan tadbirkorlikni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Natijada, markazlashgan tarzda foydalanishning iloji bo’lmagan ichki zahiralar – aholining pul mablag’lari, moddiy va mehnat resurslarini harakatga tushirish imkoni vujudga keladi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga keng yo’l ochish orqali xalqning ma’naviy qadriyatlarini – milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga, unutilgan sohalarni qayta tiklashga imkon yaratiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari. 2. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qonun. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 4. Abdurahmonov Q.X. Tadbirkorlik asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. 5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 6. Rustamov B. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llari. – Toshkent: Fan, 2021. 7. www.lex.uz, www.stat.uz