scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RASM CHIZISHDA O'LCHAM OLISH QOIDALARI

Toxirjon Oltmishev Turgunovich

Abstract

O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi — natura o‘lchamlarini to‘g‘ri ifodalagan holda, realistik ko‘rsatib bera olishdan iborat, shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z va qalam bilan nisbatni aniqlash qo‘l keladi. Tasviming realistik tarzda chiqishi uchun bo‘lajak o‘quvchilar o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ular tabiatga nisbatan sinchkovlik bilan qarash, talilil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishlari va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan shaklni eslab qolish qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari kerak bo‘ladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1587 RASM CHIZISHDA O‘LCHAM OLISH QOIDALARI Toxirjon Oltmishev Turgunovich JDPU katta o‘qituvchisi. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi O‘zbekiston Ijodkorlar uyushmasi a’zosi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17580701 Annotasiya. O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi — natura o‘lchamlarini to‘g‘ri ifodalagan holda, realistik ko‘rsatib bera olishdan iborat, shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z va qalam bilan nisbatni aniqlash qo‘l keladi. Tasviming realistik tarzda chiqishi uchun bo‘lajak o‘quvchilar o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ular tabiatga nisbatan sinchkovlik bilan qarash, talilil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishlari va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan shaklni eslab qolish qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari kerak bo‘ladi. Kalit so‘zlar: Tasviriy san’at, realistik,o‘lcham,portret,natyurmort, rasm,asar. Annotation. The main task of training sessions is to be able to realistically show the dimensions of nature, correctly expressing them, and constantly determine the proportions with the eye and pencil during the work process. will come. In order for the image to come out in a realistic way, future students should be attentive and responsible in their work. Therefore, they will have to develop the skills of careful observation and analysis of nature, and at the same time develop the ability to remember the shape they see. Keywords: Fine art, realistic, size, portrait, still life, painting, work. Аннотация. Основная задача учебных занятий - уметь реалистично показывать размеры натуры, правильно выражая их, и постоянно определять пропорции глазом и карандашом в процессе работы. Чтобы изображение вышло реалистичным, будущие учащиеся должны быть внимательны и ответственны в своей работе. Поэтому им предстоит развивать навыки внимательного наблюдения и анализа натуры, а заодно развивать способность запоминать увиденную форму. Ключевые слова: Изобразительное искусство, реализм, размер, портрет, натюрморт, живопись, работа. O‘quv-mashq vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan uning qaysi nuqtadan va qanday masofadan turib tasvirlashga bog‘hq. Yuqorida ta’kidlanganidek, vazifaning haqqoniy va to‘g‘ri bajarilishi ko‘p jihatdan uning qaysi nuqtadan chizilayotganligiga qarab belgilanadi. Ma’lumki, buyumlarni tasvirlash, eng avvalo, qog‘oz sirtida kompozitsion to‘g‘ri joylashtirishdan boshlanadi. Buning uchun chizuvchi naturadagi buyumlarning o‘zaro nisbatlarini ko‘z bilan chamalab, so‘ngra ularni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri tasvirlashi kerak. Buyumlarning tekislikdagi holati, nisbatlari, xarakterli xususiyatlarini jonli tasvirlash, o‘quvchining ko‘z bilan chamalash xususiyatlarining takomillashganiga ko‘p jihatdan bog‘hq. Tasvirlashda o‘zaro munosabatlar borasida mashhur pedagograssom N.N. Ge shunday degan edi: “Ushbu qonunni doimo yodda tuting: tasvirlamoq, bu — nisbatlarni ko‘rmoq, shuning uchun hech qachon bo‘laklarnii alohida ko‘rmang va tasvirlamang. Siz bir ko‘z, bir quloq yoki INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1588 bir qoshni emas, balki bu bo‘laklar yuz qismida qanday joylashganini va ulaming o‘zaro mutanosibligini o‘rganib tasvirlashingiz lozim. Mazkur bo‘laklami tasvirlashda har doim ulami umumiy ko‘ring: simmetrik bo‘laklami doimo birga va bir vaqtda tasvirlang, ikkala quloqni, ikkala ko‘zni, ikkala yonoqni...” 2. O‘tkazilgan ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quv mashqlari davomida, ayniqsa, boshlang‘ich kurslarda naturani (1-rasm) to‘g‘ri idrok eta olmaslik va uni tasvirlashda yaxlit ko‘ra bilmaslik jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Masalan, 1-bosqich dasturidan olgan turli shakl va materiallardan tuzilgan natyurmortning qalamtasvirini bajarishda o‘quvchilar naturaga qo‘yilgan buyumlarni butun bir yaxlitlikda emas, har birini alohida-alohida tasavvur etib, tasvirlaydilar. Oqibatda, buyumlarning o‘zaro nisbatlari, ularning joylashgan yeri (tayanch nuqtasi) va kompozitsion tuzilishi tarqoq holda bo‘lib qoladi. Bunday salbiy oqibatning oldini olish uchun tasvirlash uchun qo‘yilgan buyumlarni butun bir yaxlitlikda ko‘rib, uni qog‘oz sirtida xayolan tasavvur etish, shundan so‘nggina uni amaliy bajarishga kirishish tavsiya etiladi. E’tiborlisi shuki, bu usulda boshlangan tasvir haqqoniy bajarilibgina qolmay, o‘quvchining ijodiy tasavvurini shakllantiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifasi — yoshlarda tasvirlash mahorat qirralarini o‘rganish natijasida yuzaga kelgan bilim va malakalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. U o‘quvchidan tasvirlash qonunqoidalarini bilishni va ulardan to‘g‘ri foydalana olishni ko‘zda tutadi. Rasm chizishga o‘rgatish, bu — bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalami hal etishni taqozo etadi: • narsani o‘ziga qarab anglash, kuzatish, jismlarni o‘zaro solishtirish; • jismlarni shakli, rangi, materiallik xususiyati bo‘yicha farqlay bilish; • rasm chizish mashg‘ulotlarida e’tiborli bo‘lish, fikrlab, jismlaming shaklini aniq tahlil qilishga o‘rgatish. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak pedagog bilim olishi va malakasini oshirishi, turli xil qalamlar bilan ishlashni o‘rganishi va o‘z qobiliyatini shakllantirishi, amaliyotda undan samarali foydalana olishi muhim hisoblanadi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini rasm cliizishga o‘rgatishdagi asosiy vazifalardan biri, bu — rassomda jism shaklini masofadan ko‘rish va tasvirlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Jism shakhni fazoda ko‘rish va tasvirlash — jismni “hajmdor” tarzda, uch o‘lchamli shaklda (balandligi, eni va qalinligini) ko‘rish demakdir. O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi — natura o‘lchamlarini to‘g‘ri ifodalagan holda, realistik ko‘rsatib bera olishdan iborat, shakllantirish uchun ish jarayonida doimiy ravishda ko‘z va qalam (1-rasm)bilan nisbatni aniqlash qo‘l keladi. Tasviming realistik tarzda chiqishi uchun bo‘lajak o‘quvchilar o‘z ishlariga nisbatan e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ular tabiatga nisbatan sinchkovlik bilan qarash, talilil qilish ko‘nikmalarini hosil qilishlari va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan shaklni eslab qolish qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida hoh natyurmort, hoh portret chizish bo‘lmasin o‘lchamlarni to‘g‘ri foydalanish talab etiladi(2-rasm). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1589 2-rasm. O‘lcham qo‘yish qoidalarini qunt bilan o‘rgangan talaba yoki o‘quvchining realistik usulda yaratgan natyurmort yoki portret asari har doim nisbatlarining mutanosibligi bilan ajralib turadi. Ko‘rish orqali eslab qolish yosh rassomning eng qimmatli va e’tiborli xislatidir. U tasvirdagi jism shakli, nisbati va tuzilishi haqidagi aniq va umumiy tasavvurni xotirada saqlaydi. Bu esa, shaklni “xotiradan”, “tasavvur va anglash” asosida chizish imkonini berib, yoshlaming kelgusidagi pedagogik hamda mustaqil asar yaratish borasidagi malakalarini shakllantiradi.Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida nazariy bilimlarnimg ahamiyati juda katta o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish va talabalarga darslarni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlash uchun yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabidir .Shu o‘rinda amaliy darslar davomda talabalarga “Aqliy xujum”, “Blits” savollar bilan murojat qilish ularning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlaydi. Kuchli nazariy bilimga ega bo‘lish o‘z-o‘zidan kuchli amaliyotni yuzaga keltiradi. Amaliy darslar yakunida talabalarga nostandart testlar yechishga undash tasviriy san’atning sirasrorlarini o‘rganishga yanada keng yo‘l ochadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1590 Mazkur test topshiriqlari tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan nafaqat bilimlarini balki obyekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi. 1. Rassomlarni aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing. 1) M. Nabiyev; 2) I.Y.Repin; 3) Rafael Santi; 4) A.Abdullayev; 5) O‘.Tansiqboyev; 6) Leonardo da Vinchi; 7) I.I SHishkin Rasmli va ko‘p javobli nostandart test javobi quyidagicha bo‘ladi. ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. B Boymetov. Qalamtasvir-o‘quv qo‘llanma ILMI-ZIYO-Toshkent 2007. 2. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O'zbekiston, 2006 3. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. T.: Cho'lpon, 2006. 4 1 7 5 2 6 3