scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHASHMAQOM O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASINING TIZIMLI MEROSI SIFATIDA

Qayumov Javohirxo'ja Sodiqxo'ja o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Shashmaqom san’atining tarixiy-nazariy jihatlari tahlil qilinadi. Unda maqomning Al-Forobiy va Ibn Sino kabi mutafakkirlarga borib taqaladigan nazariy asoslari, “olti maqom”dan iborat murakkab tuzilishi hamda cholg‘u va ashula bo‘limlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yunus Rajabiyning ushbu merosni notaga olib saqlab qolishdagi roli va uning zamonaviy davrdagi ahamiyati yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1611 SHASHMAQOM O‘ZBEK MUMTOZ MUSIQASINING TIZIMLI MEROSI SIFATIDA Qayumov Javohirxo‘ja Sodiqxo‘ja o‘g‘li CHDPU Musiqa ta’limi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17580943 Annotatsiya. Ushbu maqolada Shashmaqom san’atining tarixiy-nazariy jihatlari tahlil qilinadi. Unda maqomning Al-Forobiy va Ibn Sino kabi mutafakkirlarga borib taqaladigan nazariy asoslari, “olti maqom”dan iborat murakkab tuzilishi hamda cholg‘u va ashula bo‘limlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yunus Rajabiyning ushbu merosni notaga olib saqlab qolishdagi roli va uning zamonaviy davrdagi ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: maqom, Shashmaqom, mumtoz musiqa, bastakorlik, nomoddiy madaniy meros, doira usuli, ustoz-shogird an’anasi. Аннотация. В данной статье анализируются историко-теоретические аспекты искусства Шашмакома. Рассматриваются его теоретические основы, восходящие к таким мыслителям, как Аль-Фараби и Ибн Сина, сложная структура, состоящая из «шести макомов», а также его инструментальные и вокальные разделы. Также освещается роль Юнуса Раджаби в сохранении этого наследия путем его нотной записи и его значение в современную эпоху. Ключевые слова: маком, Шашмаком, классическая музыка, композиторское искусство, нематериальное культурное наследие, ритмы дойры, традиция «мастерученик». Abstract. This article analyzes the historical and theoretical aspects of the art of Shashmaqom. It examines its theoretical foundations, tracing back to thinkers like Al-Farabi and Ibn Sina, its complex structure consisting of the “six maqoms”, and its instrumental and vocal sections. Furthermore, it highlights the role of Yunus Rajabiy in preserving this heritage through musical notation and its significance in the modern era. Keywords: maqom, Shashmaqom, classical music, composition, intangible cultural heritage, doira rhythms, master-apprentice tradition. Har bir millatning ma’naviy qiyofasini belgilovchi, uning tarixiy xotirasi va falsafiy tafakkurini o‘zida mujassam etgan madaniy durdonalari bo‘ladi. O‘zbek xalqi uchun ana shunday bebaho xazinalardan biri, shubhasiz, Shashmaqom san’atidir. Bu san’at shunchaki musiqiy janrlar majmuasi emas, balki she’riyat, falsafa, yuksak ijrochilik mahorati va chuqur estetik qadriyatlarni birlashtirgan yaxlit va murakkab ma’naviy tizimdir [2, 3]. Ming yillik tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan maqom san’ati asrlar davomida sayqal topib, xalqimizning quvonchu qayg‘usini, orzu-umidlarini, hayot haqidagi teran mushohadalarini o‘zining betakror ohanglarida aks ettirib kelmoqda. U o‘zbek milliy o‘zligining ajralmas qismi, avlodlarni birbiriga bog‘lovchi mustahkam ma’naviy rishtadir. Bugungi globallashuv davrida, madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot kuchayib, ayni paytda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etayotgan bir paytda, Shashmaqomga bo‘lgan e’tibor yanada ortmoqda. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1612 Shashmaqom fenomenini uning qadimiy nazariy poydevoridan boshlab, tarixiy rivojlanish bosqichlari, XX asrdagi sinovli davri va mustaqillik yillaridagi yangi yuksalishini qamrab olgan holda yaxlit bir tizim sifatida tahlil qilishdir. Maqola orqali Shashmaqomning nafaqat O‘zbekiston, balki jahon sivilizatsiyasi uchun ham ahamiyatli bo‘lgan o‘rni va badiiy qiymatini ochib berish ko‘zda tutilgan. Shashmaqomning mohiyatini anglash uchun, avvalo, uning negizida yotgan “maqom” tushunchasining tarixiy va nazariy ildizlariga nazar tashlash lozim. “Maqom” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “o‘rin”, “joy”, “makon”, “daraja” kabi ma’nolarni anglatadi Musiqa nazariyasida bu atama dastlab torli cholg‘u asbobining dastasida barmoq bosiladigan aniq bir “joy”ni, ya’ni pardani ifodalash uchun qo‘llanilgan. Vaqt o‘tishi bilan atamaning ma’no doirasi kengayib, u yanada murakkab tushunchalarni o‘z ichiga ola boshladi. Maqom san’atining ilmiy-nazariy poydevori IX-X asrlardayoq Movarounnahr va Xurosonning yirik ilmiy markazlarida shakllana boshlagan. Bu jarayonda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy olimlarning xizmati beqiyosdir. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy (873-950) o‘zining “Kitob al-musiqa al-kabir” (“Musiqa haqida katta kitob”) asarida birinchilardan bo‘lib musiqiy tovushqatorlar (ladlar), ritmlar (iqo) va intervallar tizimini ilmiy asosda tasniflab berdi. Uning asarlari keyingi asrlar musiqa nazariyasi uchun fundamental manba bo‘lib xizmat qildi. Yana bir ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) esa musiqaning inson ruhiyatiga va salomatligiga ta’sirini chuqur o‘rgandi. U o‘z tibbiy risolalarida turli ohanglarning inson kayfiyatiga, hissiy holatiga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qilib, musiqiy terapiya g‘oyalariga asos soldi. XIII asrga kelib, musiqashunos olim Safiuddin Urmaviy (1216-1294) o‘zining “Kitob uladvor” asarida o‘sha davrda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan pardalar tizimini umumlashtirib, ilk bor mukammal nazariy tizim bo‘lmish “O‘n ikki maqom” tizimini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Ushbu tizim keyingi bir necha asrlar davomida butun Sharq professional musiqasining negizini tashkil etdi va bevosita Shashmaqomning shakllanishi uchun zamin yaratdi. O‘n ikki maqom tizimi o‘z ichiga 12 asosiy maqom (lad), 24 sho‘’ba (uning shoxobchasi) va 6 ovozadan (qo‘shimcha kuylar) iborat murakkab lad-ohanglar majmuasini olgan edi. Bu tizim keyinchalik Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy va Darveshali Changiy kabi olimlar tomonidan yanada takomillashtirildi. Shashmaqom – bu o‘n ikki maqom tizimining Movarounnahrda mahalliy musiqiy an’analar, ijrochilik uslublari va estetik qarashlar bilan boyitilishi natijasida XVIII asrga kelib Buxoro musiqiy markazida uzil-kesil shakllangan monumental mumtoz musiqa turkumidir. “Shashmaqom” atamasi fors-tojikcha “shash” (olti) va arabcha “maqom” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “olti maqom” degan ma’noni anglatadi. Bu nom turkumning tarkibiy tuzilishini aniq ifodalaydi. Shashmaqom quyidagi olti mustaqil, biroq o‘zaro uslubiy umumiylikka ega bo‘lgan maqomlardan iborat: 1. Buzruk (forscha “katta”, “ulug”) – o‘zining vazmin, salobatli va falsafiy teranligi bilan ajralib turadi . 2. Rost (forscha “to‘g‘ri”, “haqqoniy”) – mardonavor, qat’iyatli va yorqin ohanglarga boy bo‘lib, maqomlar tizimining "onasi" hisoblanadi . 3. Navo (forscha “kuy”, “ohang”) – yoqimli, lirik va mungli kuylarni o‘zida jamlagan. 4. Dugoh (forscha "ikki parda”, “ikkinchi o‘rin”) – hissiyotlarga boy, ishqiy va dardchil ohanglari bilan tinglovchini maftun etadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1613 5. Segoh (forscha “uch parda”, “uchinchi o‘rin”) – Dugohga yaqin, biroq yanada hazin va chuqur qayg‘uli kechinmalarni ifodalaydi . 6. Iroq – nomlanishi geografik hudud bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa maqomlarga nisbatan shiddatli va jangovar ruhdagi kuylarni o‘z ichiga oladi. Shashmaqomning har bir maqomi o‘z navbatida ikki yirik bo‘limdan tashkil topadi: • Mushkilot (arabcha “mushkul”, “qiyin”) – cholg‘u kuylari bo‘limi. Bu bo‘lim o‘zining murakkab tuzilishi, rivojlangan shakllari va ijrochidan yuksak mahorat talab qilishi bilan ajralib turadi. Mushkilotning asosiy janrlari beshta bo‘lib, bular: Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas va Saqil [4]. Har bir janr o‘ziga xos doira usuliga (ritmik formulaga) asoslanadi va shu usul nomi bilan yuritiladi. Ushbu kuylar asosan “xona” (o‘zgaruvchan, rivojlanuvchi qism) va “bozgo‘y” (takrorlanuvchi, o‘zgarmas naqorat) qismlarining almashinuvidan tashkil topadi. • Nasr (arabcha “nutq”, “sochma”) – ashula yo‘llari bo‘limi [4]. Bu bo‘limda mumtoz Sharq she’riyatining yuksak namunalari (g‘azallar) kuyga solinadi. Nasr bo‘limi ham o‘z navbatida ikki guruh sho‘’balardan (ashula turkumlaridan) iborat. Birinchi, asosiy guruhga Saraxbor, Talqin va Nasr kabi yirik hajmli, chuqur mazmunli ashula yo‘llari kiradi . Ularning har biri o‘z navbatida Tarona deb ataluvchi kichik hajmli, yengilroq xarakterdagi qo‘shiqlar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Har bir sho‘’ba turkumi Ufar deb nomlangan raqsbop usuldagi ashula bilan yakunlanadi. Ikkinchi guruh sho‘’balariga esa Savt va Mo‘g‘ulcha kabi keyinroq, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yaratilgan asarlar va ularning Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma kabi shoxobchalari kiradi. Umuman olganda, Shashmaqom o‘z ichiga 250 dan ortiq cholg‘u kuylari va ashula yo‘llarini jamlagan ulkan makroturkumdir. O‘n ikki maqom tizimi o‘zining yuksak cho‘qqisiga XIV-XV asrlarda, Temuriylar davrida erishdi. Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Shohrux Mirzo va Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Samarqand va Hirot shaharlari butun Sharqning ilm-fan va san’at markazlariga aylandi. Bu davrda saroylarda yuksak malakali sozanda, xonanda va bastakorlar to‘planib, ular uchun ijod qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Aynan shu davrda bastakorlik (bastakorlik) san’ati gullab-yashnadi. Xoja Abdulqodir Marog‘iy, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy kabi buyuk musiqachilar O‘n ikki maqom tizimi asosida murakkab va go‘zal asarlar yaratdilar. Alisher Navoiy o‘z asarlarida o‘sha davr musiqa hayoti, mashhur sozandalar va maqom janrlari haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Keyingi XVI-XVII asrlarda Movarounnahrda Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi davrida ham maqom san’ati an’analari davom ettirildi. Biroq, markazlashgan davlatning zaiflashuvi va o‘zaro urushlar madaniy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunga qaramay, Buxoro, Samarqand va Xiva kabi shaharlarda maqom ijrochiligi an’analari saqlanib qoldi. Bu jarayonda eng muhim omil ustoz-shogird an’anasi bo‘ldi. Nota yozuvi keng tarqalmagan bir sharoitda bu murakkab san’at faqat og‘zaki yo‘l bilan, ustozdan shogirdga bevosita o‘rgatish orqali avloddan-avlodga o‘tib keldi. Ustoz nafaqat kuy va ashulalarni, balki ijro uslubi, badiiy talqin, she’riyatni tushunish va hatto san’atkor odobini ham shogirdiga singdirgan. Aynan mana shu jonli an’ana tufayli Shashmaqom o‘zining asl qiyofasini va yuksak badiiy saviyasini saqlab qola oldi. XX asr boshlari Shashmaqom tarixi uchun eng murakkab va sinovli davrlardan biri bo‘ldi. Buxoro amirligining tugatilishi, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va yangi mafkuraning hukmronligi natijasida mumtoz san’atga, jumladan, maqomga “o‘tmish sarqiti”, “feodal meros” INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1614 degan tamg‘a bosildi [5]. Maqom ijrochiligi cheklandi, ko‘plab ustoz san’atkorlar e’tibordan chetda qoldi. Natijada bu noyob merosning butunlay yo‘qolib ketish xavfi tug‘ildi. Ana shunday og‘ir bir sharoitda o‘zbek musiqasi tarixida buyuk bir shaxs – Yunus Rajabiy (1897-1976) maydonga chiqdi. Uni haqli ravishda “Shashmaqomning XX asrdagi xaloskori” deb atash mumkin. Yoshligidanoq mumtoz musiqaga mehr qo‘ygan Yunus Rajabiy o‘z hayotini milliy merosni yig‘ish, o‘rganish va kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga bag‘ishladi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, u mislsiz ilmiy jasorat ko‘rsatib, Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdug‘ani kabi so‘nggi buxorolik maqom ustalari ijrosidan Shashmaqomning barcha cholg‘u va ashula yo‘llarini ilk bor Yevropa nota tizimiga ko‘chirdi. Bu mashaqqatli mehnat natijasida 1950-yillarda ko‘p jildli “O‘zbek xalq musiqasi” to‘plami, 1966-1975 yillar oralig‘ida esa olti jildlik mukammal “Shashmaqom” nota nashri dunyoga keldi. Bu nashr shunchaki notalar to‘plami emas, balki asrlar davomida faqat og‘zaki an’anada yashab kelgan butun bir musiqiy tizimning kodifikatsiyasi, uning ilmiy pasporti edi. Yunus Rajabiyning bu xizmati tufayli Shashmaqom unutilishdan saqlanib qoldi va uning keyingi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. U shuningdek, O‘zbekiston radioqo‘mitasi qoshida Maqom ansambliga asos soldi va unga uzoq yillar rahbarlik qildi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu jarayonda Shashmaqom san’atiga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2017) kabi maxsus qarorlari bu san’atning yangi taraqqiyot bosqichini boshlab berdi. Bu davrda maqomni ilmiy o‘rganish, ijrochilik an’analarini davom ettirish va uni keng targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida, keyinchalik esa O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida maxsus “Maqom” kafedralari va fakultetlari ochildi. Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli faoliyati yanada takomillashtirildi. Respublikada yosh maqom ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazila boshlandi. Bu sa’y-harakatlar natijasida Munojot Yo‘lchiyeva, Turg‘un Alimatov izdoshlari kabi yangi avlod maqomchilari yetishib chiqdi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Shashmaqom o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida murakkab va sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. U qadimiy ilmiy-nazariy asoslardan oziqlanib, Temuriylar davri saroylarida yuksak badiiy cho‘qqiga ko‘tarildi, og‘zaki an’anada avloddan-avlodga o‘tib, sayqal topdi. XX asrning mafkuraviy tazyiqlari ostida yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan bu noyob meros Yunus Rajabiy kabi fidoyi insonlarning sa’y-harakatlari bilan saqlab qolindi. Mustaqillik yillari esa uning uchun yangi yuksalish davri bo‘ldi. Bugungi kunda Shashmaqom tarixiy yodgorlik yoki muzey eksponati emas, balki tirik, nafas olib turgan san’atdir. U zamonaviy ijrochilar tomonidan yangicha talqin etilmoqda, uning ohanglari estrada va kino musiqasiga ilhom bag‘ishlamoqda, ilmiy markazlarda esa uning yangi qirralari o‘rganilmoqda. Shashmaqom o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi, millatni ma’nan birlashtiruvchi va O‘zbekiston madaniyatini dunyoga tanituvchi bebaho xazinadir. Uni asrabavaylash, o‘rganish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1615 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Джумаев А. Ата Джалал - выдающийся музыкант, хранитель и реформатор Бухарского Шашмакома // Центральная Азия в эпоху средневековья и нового времени: общество, культура, источники. – Ташкент-Вена: Akademiknashr, 2019. – С. 442-464. 2. Айходжаева Ш. Ўзбек мақоми тарихи ва назарияси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон давлат консерваторияси, 2024. – 103 б. 3. Ибрагимов О. Маком и космос // Суфийские традиции в искусстве Мавераннахра XVXVII вв. – Ташкент: Издательство журнала «San’at», 2010. – С. 128-186. 4. Миронов Н. Музыка узбеков. – Самарканд: Узбекское государственное издательство, 1929. – 131 с. 5. Ражабов И. Мақомлар. – Т.: San’at, 2006. – 346 б. 6. Қаюмов, Ж. С. (2021). Шашмақомга бахшида умр. Science and Education, 2(Special Issue 1), 98-105. 7. Toshkulovich, P. R., & Ugli, K. J. S. (2020). MUSIQA O'QITUVCHISI VA UNING KASBIY MAHORATI. Academic research in educational sciences, (4), 703-712.