scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMDA INTEGRATSIYA VA UZVIYLIK MUAMMOLARI

M.Axmedov

Abstract

Maqolada an’anaviy cholg‘u ijrochiligi ta’limi va amaliyotini pedagogik integratsiyalash jarayonida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish masalasi atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, unda ta’lim va amaliyot integratsiyasining rivojlangan davlatlar, xususan, xorijiy tajribalar asosida tahlil etilib, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishning yo‘llari yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 368 TA’LIMDA INTEGRATSIYA VA UZVIYLIK MUAMMOLARI M.Axmedov O‘zDK dotsenti, p.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17582211 Annotatsiya. Maqolada an’anaviy cholg‘u ijrochiligi ta’limi va amaliyotini pedagogik integratsiyalash jarayonida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish masalasi atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, unda ta’lim va amaliyot integratsiyasining rivojlangan davlatlar, xususan, xorijiy tajribalar asosida tahlil etilib, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishning yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ijrochilik, integratsiya, ta’lim, saradorlik, natija, uzviylik, sifat, davomiylik, kasbiy tayyorgarlik. Аннотация. В статье комплексно рассматривается проблема разработки новых подходов в процессе педагогической интеграции образования и практики исполнительства на традиционных музыкальных инструментах. Проведен анализ интеграции образования и практики на основе опыта развитых стран, в частности зарубежных, а также обозначены пути повышения эффективности подготовки будущих учителей музыки к профессиональной деятельности. Ключевые слова: эффективность, интеграция, образование, лидерство, результат, согласованность, качество, преемственность, профессиональная подготовка. Mamlakatimiz ta’limi tizimida integratsiya jarayonlari turli shakllarda; tizimda ham, mazmunda ham mavjud, ammo bu jarayonlar qonun aktlari bilan yetarli mustahkamlanmagani tufayli u stixiyali vaziyatda namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘rinda Germaniya Federativ Respublikasining ikki yoqlama usulda kasbga o‘rgatish tizimi e’tiborga loyiq. Chunki mamlakatda maktabni bitiruvchi yoshlarning taxminan 70 foizi dual tizimidagi kasb ta’limida tegishli mutaxassislikni egallaydilar. Bunday ta’limning eshigi hamma yoshlar uchun ochiq bo‘lib, u kasb o‘rganishga o‘rta ma’lumot haqidagi guvohnomalarning qandayligiga bog‘liq emas. Ammo hunarga o‘rgatish davlat tomonidan maxsus ishlab chiqilgan ro‘yxatdagi kasblar bo‘yicha olib boriladi. Musiqa san’ati sohasida ham OTMlarning ixtisoslashgan musiqa va san’at maktablari, maqom maktablari bilan shartnomalar asosida birlashishi, o‘quv predmetlarining uzviylikda o‘qitilishi, ta’lim va amaliyot integratsiyasi maqsadli yo‘lga qo‘yilishi, talabalarning ijrochilik malakalaridan kelib chiqib mustaqil topshiriqlar berilishi, ta’lim muassasalarida cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish hamda uni amaliyotga joriy etishga yo‘naltirib borilsa, bu sohada ham kutilgan natijani beradi. O‘zbekistonda umumiy o‘rta va professional ta’limda mavjud kasblar bo‘yicha musiqa ta’limi o‘quv rejalarini ham tizimga solish ko‘proq foyda bersa kerak. Chunki buning uchun ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablarida yetarli shart-sharoitlar bo‘lishidan tashqari kasblar tavsifnomasi ko‘p qirrali va rang-barangdir. Demak, musiqa ta’limida integratsiya jarayonlari bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligida o‘ta muhim va obyektiv zaruriyat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek, ta’lim oluvchilarni ijodiy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 369 kamolot sari yo‘naltiruvchi mexanizmdir. Binobarin, ta’limdagi bunday mexanizm samarali ishlashi ta’lim-tarbiyada foydalanilmay yotgan potensial imkoniyatlarni ishga solib talabayoshlarni kasbiy tayyorgarligida yangi sifatni ta’minlaydi. Integratsiya o‘quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarni o‘zlashtirishda mavjud bilimlarga tayanish, o‘quv materialining ma’lum darajada navbatdagi bosqichlarda qo‘llanilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining davomiyligini anglatadi. Mazkur hodisa o‘quv predmeti materiallarini joylashtirish hamda ushbu predmet asoslarini o‘zlashtirish faoliyati turlarining samarali tanlanishiga yordam beradi. Bu jarayonda quyidagi ikki omil: muayyan fanning mazmuni, mantiqi (o‘quv predmetida uzviylikning mavjudligini aniqlovchi jihatlar – o‘quv predmeti mazmunini tashkil qiluvchi tushuncha, qonun va dalillar, o‘zaro organik bog‘lanuvchi avval va keyin o‘zlashtirilgan muayyan soha bilimlari mohiyatini ma’lum ketma-ketlik asosida asta-sekin ochib berilishini ta’minlovchi harakatlar) hamda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining qonuniyatlari (didaktik jihatdan qayta ishlanmagan muayyan soha bilimlarining o‘quv predmetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri singdirilishiga yo‘l qo‘ymaydigan harakat, amal)ni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Ta’limda uzviylik ikki xil turda qo‘llaniladi. Birinchidan, ta’lim turlari orasidagi uzviylik. Bunda ta’limning keyingi turi mazmuni avvalgisini qisman takrorlab, mazmun jihatidan uzviy bog‘langan holda keyingisida davom etadi. Ikkinchidan, o‘quv fanlari orasidagi uzviylik – bu odatda fanlararo yoki predmetlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Integratsiya ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga xos bo‘lib, har bir ta’lim turida o‘quvchilarning belgilangan darajada bilim olishlari va ta’limning davomiyligini ta’minlaydi. Fan bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlar bilan bir qatorda fanlararo o‘zaro bog‘liqlik quyidagilarda ifodalanadi: ▪ bilimlarni o‘zlashtirishning pedagogik va psixologik qonuniyatlarini inobatga olish; ▪ o‘quvchi mushohadasini turli usullar bilan rivojlantirish; ▪ tavsiya etilayotgan materiallarni uzviy bog‘liqligi, qiziqarliligi va tushunarligini hisobga olish; ▪ materiallarning hayotiyligi va o‘quvchilarning ongli ravishda o‘zlashtirish me’yorini davlat ta’lim standartlari asosida belgilash va hokazo. Turli kasblarning xususiyati, psixofiziologiyasi, kasbiy axborot, ma’lumot, maslahatlar ham mutaxassislik fanlar asoslarini o‘rganishda amalga oshiriladi. Musiqa ta’limida integratsiya bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga tayyorlash jarayonida kasbiy bilimlarni olishga, amaliy ko‘nikma va malakalar, tarbiyaviy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy tizimlilik talab etadi. Unda yangi egallanayotgan musiqiy va ijrochilik bo‘yicha bilimlar majmuasi avvalgini, hozirgisi esa navbatdagi bilmilarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Kasbiy tayyorgarlikdagi integratsiya bu — bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini shaxsiy sifatlarini bir darajadan ikkinchi darajaga ko‘tarishga qaratilgan, maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik ish hisoblanadi. Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonidagi integratsiya - ta’lim sohasidagi yangi texnika va texnologiyaga, innovatsion yondashuvlarga, o‘qitishga qo‘yilgan zamonaviy talablarga tezda moslashish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa o‘qituvchisi kasbni egallashda o‘quv materiallarining ketma-ketligi va faoliyatning usullarini tanlash orqali integratsiyalashda ikkita omilga tayanishi maqsadga muvofiq: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 370 - o‘quv predmetlarining mazmuni va ketma-ketligi; - bilim olish jarayoninining qonuniyatlari. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligini oshirishda integratsiyaning asosiy vazifalaridan biri — fanning ichida va fanlararo bog‘liqlik, mutaxassislik sikldagi fanlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashdan iboratdir. Shuning uchun o‘quv rejasidagi fanlarning ketma-ketligini oqilona tanlash fanlarning o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulotlarni optimal ketma-ketligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, amaliyot va ta’lim orasidagi uzviylik muammosini hal qilish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: - o‘quv pedagogik muammo; - ijrochilikni o‘rgatishdagi muammo; - o‘quv-tarbiyaviy muammo. Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlashda integratsiyani quyidagicha ta’minlash maqsadga muvofiqdir: - bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan umumiy talablarni aniqlash va ishchi modelini tuzish; - kasbiy faoliyat davomida zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash; - cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha zamonaviy umumlashgan mutaxassisni shakllantirish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa ta’limi mazmuni 1-4-sinflar uchun, 5-7sinflarda olgan bilim va ko‘nikmalari o‘rta professional mutaxassislar tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rta professional ta’limda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha ixtisoslik fanlarining asosiy maqsadi - talabalarga cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha turli janrlar, shashmaqomning cholg‘u yo‘llari, maqom tarixi va nazariyasi, maqom asoslari, ansambl ijrochiligi, shuningdek, pedagogik-psixologik va kasbiy fanlar bo‘yicha bilimlar berish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasbiy faoliyatga yo‘naltirishdan iboratdir. Quyidagi jadvalda o‘rta professional ta’lim va oliy ta’limda, jumladan, ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktablari, maqom maktablarida cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv fanlari mazmunining qiyosiy xarakteristikasi keltirilgan: Mutaxassislik fanlari (ijrochilik mahoratini oshirish texnologiyasi) Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha o‘qitiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlar Ijrochilik bo‘yicha oddiydan murakkablikka yo‘naltirilgan ta’limning individul yondashuvi asosida tashkil etish Cholg‘u ijrochiligi Musiqiy xis qilish, tushunish va hamkorlikda jo‘r bo‘lib ijro qilish qobiliyatini rivojlantirish Ansambl Mutaxassisiligi bo‘yicha o‘qitishning noan’anaviy yondashuvlaridan foydalangan holda shaxsiy uslubiga ega bo‘lishga tayyorlash, cholg‘u ijrochiligini o‘qitishda o‘ziga xos va samarali uslubiyotga asoslanish Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti Turdosh cholg‘u sozlarini chalish bo‘yicha professionallikni shakllantirish hamda ijodkorlikka yo‘naltirish Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish Maqom va maqom yo‘llaridagi kuylar ijrochiligi asoslari bilan qurollantirishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish Maqom asoslari Maqom va maqom yo‘llaridagi kuylarni musiqiy tahlil qilish, sozandalar va bastakorlar (kompozitorlar) ijodini chuqur o‘rganish bo‘yicha oddiydan murakkablikka yo‘naltirilgan ta’limni tashkild etish Maqom tarixi va nazariyasi Musiqiy ifodalilik, ongli tafakkur, musiqani idrok etish, musiqiy-estetik did va musiqiy asar shaklining asosiy Musiqa nazariyasi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 371 qonuniyatlarini, musiqiy elementlarni, sof intonatsiyani xis eta olish qobiliyatlarini uzluksiz rivojlantirish Nota yo‘li, tovush cho‘zimlari, ko‘povozlilik, partitura, notani o‘qish, ritm tushunchasi, o‘lchovlar, musiqiy ifoda vositalarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan tizimli yondashuv Solfedjio Kuydagi ohangdorlik, lad, musiqani bir butun tushunish, musiqiy idrokni shakllantirishda uzviylik Garmoniya Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘qitishning didaktik qonuniyatlarini o‘rgatishni jadallashtirish texnologiyalari Pedagogika va psixologiya Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, fanlararo uzviylikni ta’minlash musiqa va san’at maktalbalarida olingan bilimlarni kasb-hunar kollejlarida yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat. O‘zlashtirilgan har bir o‘quv elementi mazmunini ushbu o‘quv muassasalarida alohida fanlar sifatida o‘qitiladi. Bu fanlar texnologik sistemani tashkil qiluvchi elementlar alohida maqsad va vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning maktabda va kasb-hunar kollejlarida, so‘ngra oliy ta’limda olgan bilim va amaliy ko‘nikmalarini ilmiy asosda yoritib berishga yo‘naltirilgan. Musiqa va san’at maktalarida o‘qitiladigan umumkasbiy fanlar cholg‘u ijrochiligi ta’limi dasturida ko‘rsatilgan turli janrlarda o‘qitish tamoyillari asosida bilim va amaliy ko‘nikma berishga qaratilgandir. Mutaxassislik fanlari esa ko‘proq amaliy bo‘lishiga qaramay, ularda nazariy yo‘nalishda ham bilimlar berishda foydalanishga imkon yaratishi maqsadga muvofiq. Quyida umumiy o‘rta ta’lim, ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktablari, OTMlarda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishdagi o‘quv-metodik hujjatlar qiyosiy tavsifnomasi berilgan: - Davlat ta’lim standarti; - fan dasturi; - kalendar mavzuli rejasi; - darsliklar; - o‘qituvchilar uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar. Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar tayyorlashda zarur bo‘lgan o‘quvmetodik hujjatlar: - ixtisosliklar bo‘yicha malaka talablari; - mutaxassisliklar bo‘yicha namunaviy o‘quv rejasi; - fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari; - fanlar bo‘yicha ishchi dasturlari va sillabuslar; - fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari; - fanlar bo‘yicha darslik, qo‘shimcha adabiyotlar; - fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar; - talabalar uchun ma’lumotnomalar. Yuqorida o‘quv-metodik hujjatlarni qiyosiy tavsifnomasi tahlili quyidagilarni, ya’ni musiqa va san’at maktablaridagi cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijrochilik faoliyatiga va san’at va madaniyat kollejlarida mutaxassislar tayyorlashda hamda OTMlar ta’lim mazmunida uzviylik darajasini aniqlashga hamda o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda uzviylikni ta’minlashga olib keladi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 372 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Azizxo‘jayeva N.N. (2003). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU nashriyoti. 2. Yo‘ldoshev J.G‘., & Usmonov, S. A. (2016). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya. 3. To‘raqulova D.R. (2020). Ta’limda integratsiya jarayonlarining nazariy asoslari. O‘zbekiston pedagogik jurnali, №3, 45–51. 4. Nishonov A.A. (2019). Fanlararo integratsiya – zamonaviy ta’limning muhim omili. Ta’lim va tarbiya jurnali, №2, 27–33. 5. Karimova, Z. (2021). Uzviy ta’lim tizimi: muammolar va yechimlar. Pedagogika va psixologiya muammolari, №4, 14–19. 6. Dewey J. (1998). Experience and Education. – New York: Macmillan. 7. Vygotsky L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press. 8. Bruner J. S. (1966). Toward a Theory of Instruction. – Cambridge, MA: Harvard University Press. 9. Shadiev R., Yang, M. (2020). Integration of technology in education: A review of trends and challenges. Educational Research International, Vol. 9(2), 102–118. 10. Hasanov O. (2022). Ta’lim jarayonida integratsiya va uzviylikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari. Innovatsion ta’lim texnologiyalari jurnali, №1, 55–62. 11. UNESCO. (2015). Rethinking Education: Towards a Global Common Good? – Paris: UNESCO Publishing. 12. Mavlonova, R. A. (2018). Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: Fan nashriyoti. 13. G‘aniev B. (2020). Integrativ yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini oshirish. Ta’lim innovatsiyalari jurnali, №3, 42–47.