Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 413 YOSHLAR BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH ORQALI ULARDA IJTIMOIY FAOLLIK VA MA’NAVIY KAMOLOTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Musurmonkulov Qilichbek Urolovich Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17586392 Annotatsiya. Maqolada yosh avlodning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish orqali ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy kamolotini rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslari yoritilgan. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri yo‘naltirish nafaqat ularning axloqiy va ijtimoiy barkamolligini ta’minlaydi, balki ularni turli salbiy ta’sirlardan asraydi. Ilmiy tahlillar natijasida to‘garaklar, sport va ijodiy mashg‘ulotlar yoshlarda tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, mas’uliyat va mehnatsevarlikni rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, Abdulla Avloniy va Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarning ta’limtarbiya haqidagi g‘oyalari zamonaviy yoshlar tarbiyasida dolzarb ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Maqolada pedagogik jarayonning uzluksizligi, tarbiyaviy faoliyatda oila va maktab hamkorligining ahamiyati, shuningdek, shaxsning ijtimoiy muhit orqali shakllanish mexanizmi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar tarbiyasi, bo‘sh vaqt, to‘garak faoliyati, ijtimoiy faollik, ma’naviy kamolot, pedagogik ta’sir, shaxs shakllanishi, Avloniy, Navoiy, ta’lim-tarbiya uzluksizligi. Аннотaция. В стате раскрыты педагогические и психологические основы развития сотсиалной активности и духовного совершенства молодого поколения посредством ратсионалной и содержателной организатсии их свободного времени. Автор подчеркивает, что правилное направление свободного времени способствует не толко нравственному и сотсиалному совершенствованию личности, но и защищает молодеж от негативных влияний внешней среды. На основе научного анализа доказано, что участие в кружках, спортивных и творческих занятиях развивает у молодежи инитсиативност, самостоятелност, ответственност и трудолюбие. Особое внимание уделено идеям великих мыслителей Абдуллы Авлоний и Алишера Навои, которые сохраняют актуалност в современном воспитателном протсессе. В стате теоретически обоснована необходимост непрерывности педагогического протсесса, важност сотрудничества семи и школы, а также механизм формирования личности через сотсиалную среду. Ключевые слова: Воспитание молодежи, свободное время, деятелност кружков, сотсиалная активност, духовное совершенство, педагогическое воздействие, формирование личности, Авлоний, Навои, непрерывност воспитания. Abstract. The article explores the pedagogical and psychological foundations for fostering social activity and spiritual maturity among young people through the meaningful organization of their free time. The author emphasizes that properly guiding students’ leisure time not only supports their moral and social development but also protects them from harmful external influences. Scientific analysis demonstrates that participation in clubs, sports, and creative activities significantly contributes to the development of initiative, independence,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 414 responsibility, and diligence among youth. Moreover, the educational ideas of prominent thinkers such as Abdullah Avloni and Alisher Navoi are shown to retain their relevance in modern pedagogical practice. The study also highlights the importance of continuity in the educational process, cooperation between family and school, and the role of the social environment in shaping personality. Keywords: Youth education, free time, club activity, social activity, spiritual maturity, pedagogical influence, personality formation, Avloni, Navoi, continuity of education. Biz sog‘lom avlod tarbiyasi haqida yoshlarimizning vaqtini bekor o‘tkazmaslik haqida ko‘p gapiramiz. Aytaylik, o‘quvchi tushdan keyin maktabdan kelib kechgacha bo‘sh qoladi. Ota – ona ishda. Xo‘sh u nima qiladi? Tabiiyki zerikadi ko‘chaga chiqadi, hozirgi zamon bolalari telefon, kompyuter ichiga kirib ketadida vaqtini bekor o‘tkazadi. Biz esa bola ko‘chadan axborot vositalarida noto‘g‘ri foydalanib har xil oqimlarga qo‘shilib ketmasligini, ko‘chada zararli ta’sirlarga tushib har xil oqim yoki guruhlarga qo‘shilib ketib qolmasligi uchun farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tqazishimiz, ularni iloji boricha bo‘sh qoldirmasligimiz hamda qo‘shimcha o‘qishlarga kasb hunar o‘rganadigan, sport bilan band bo‘ladigan to‘garaklarga jalb qilib iloji boricha bo‘sh qoldirmasligimiz lozim. O‘sib kelayotgan yosh avlodning intelektual salohiyatini rivojlantirish, uning munosib ma’naviy olam egasi bo‘lib kamolga еtkazish hozirda jahon hamjamiyatidagi eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bundagi asosiy maqsad har bir yoshdagi mavjud shaxsiy - ijodiy imkoniyatlarni, uning qobiliyatini, iste’dodini, tug‘ma yoki orttirilgan iqtidori bor bo‘lgan yoshlarni yuzaga chiqarib, ularga moddiy, ma’naviy jihatdan ko‘mak berib, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs darajasiga ko‘tarish uchun o‘z imkoniyatlari darajasida shart-sharoit yaratish va amaliy yordam berishdan iboratdir. -Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda belgilangan -Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bu masalalar yoritib berilgan. Ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘quvchi yoshlarimizning ongli faoliyatini to‘la qamrab olishi zarur. Ma’lumki, sharq uyg‘onish davrida ma’naviy-marifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi еtakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g‘oyasi ta’limtarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Har bir shaxsning o‘ziga yarasha o‘tmishi, tarixi bo‘lgani kabi ta’limning ham o‘ziga xos tarixiy xususiyatlari mavjud. Ta’lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta’lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarining rivojlanish darajasi talablari ta’siri ostida o‘zgarib borishini anglatadi. O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining –“Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asarida - bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo‘lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mo‘asiz daraxtga o‘xshaydi – deb yozadi. Abdulla Avloniy singari yana buyuk allomalarimiz ta’lim – tarbiya haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tganlar. Shu jumladan bobokalonimiz Alisher Navoiy ham tarbiya to‘g‘risida shunday deganlar: Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lma ado oning haqin yuz ganj ila Ya’ni: Kimki senga bir harfni qiynalib ranj bilan o‘rgata
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 415 uning haqqini yuz boylik ganj bilan to‘lashning imkoni yo‘q vaholangki qarzdor bo‘lasan degani. Albatta bu kabi dono gaplar juda ko‘p. Agar yana ta’lim-tarbiya haqida yana gapirmoqchi bo‘lsak gap ko‘p. Tarbiyaviy ishlar o‘z-o‘zicha amalga oshib qolmaydi. Bunda uzviylik, uzluksizlik, muntazamlilik va albatta kattalarning qanday tarbiyaviy yo‘llarni, usullarni tanlaganiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda esa har qanday tarbiyaga hatto yuksak tarzda rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi, ko‘pmi bajarilishi shart bo‘lgan belgilar mavjud. Masalan: bolani yoshligidan o‘z vaqtida turib, dasturxon atrofiga hamma bilan birga, bir vaqtda jamlanishni o‘rgatish, xulq atvorini to‘g‘irlash, tartibga solish kerak va bu narsa unga yoshligidan odat bo‘lib qoladi . Bu holat esa xalqimizga azaldan xos bo‘lgan sharmu hayo, andisha, ota – onaga hurmat, kattalarga ehtirom, kichiklarga izzat kabi oliyjanob fazilatlar ham o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Albatta bu xislatlarning shakllanishida ota – onaning hamda o‘qituvchilarning hissasi katta bo‘ladi. Demak tarbiyaviy ishlarda to‘garakning ham ahamiyati bordir .Tarbiyaviy to‘garak ishlari rejali tarzda, kelajakni aniq maqsad va vazifalarni ko‘zlagan holda tashkil etilishi joiz bo‘lib, buning uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish taqozo etiladi. Ular orasida eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: • Har bir bola o‘quvchi yoshlarning individual - shaxsiy xususiyatlari, qiziqish va moyilliklarini aniqlash ; • Ularning o‘z qiziqish va shaxsiy intilishlari negizida ijtimoiy kasbga yo‘nalishdagi faol harakatlar bilan shug‘ullanishga imkoniyat yaratish; • O‘quvchi yoshlarning mustaqil va ijodiy ishlarini mazmunan, teran, shaklan xilma – xil bo‘lishining tashkiliy - huquqiy asoslarini yaratib berish; • Mazkur jarayonlarga munosib tarzda rahbarlik qila oladigan professor o‘qituvchilarni topish, ularni bu ishlarni yaxshilash uchun safarbar qilish; • Bunday ishlarni tashkil etishning metodik ta’limotini yaratish. Ma’lumki, psixologiyada individ va shaxs degan tushunchalar bosh mavqega ega. Bu bejiz emas, hatto psixologlar o‘rtasida inson individ bo‘lib tug‘iladi, shaxs bo‘lib shakllanadi, degan aqida ham keng tarqalgan. Mana shu – shaxs bo‘lib shakllanish jarayoni juda katta muddatlarni, hatto insonning butun umrini qamrab olishi ham tabiiydir. Insonning oila-ta’lim muassasasi – ijtimoiy hayot tizimidagi jarayon ichida bo‘lishi uning individ darajasini shaxs darajasiga o‘sib o‘tishining yaxlit manzarasini hosil qiladi. Bu o‘zlashtirishning darajasi esa har bir shaxsda har xil bo‘ladi.Shuning uchun ham bir xil yoshdagi, bir ijtimoiy muhit va sharoitdagi har xil insonlarning turli darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi mutlaqo ajablanarli emas. Biz kattalar yoshlarni bo‘sh qoldirmaslik uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek ularni har xil to‘garaklar bilan band qilishimiz kerak. Misol uchun sport ya’ni jismoniy mashqlar, hunarmandlik, bichish – tikish, duradgorlik, chilangarlik va shunga o‘xshash to‘garaklar bo‘lishi mumkin. Umuman olganda to‘garaklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u to‘liq ixtiyoriylik asosida bo‘ladi. Unga majburlash, zo‘rlash to‘garakning asosiy mohiyatini yo‘qqa chiqaradi. Ixtiyoriylik asosida esa shaxsiy tashabbus va qiziqishlar yotadi. Psixolog mutaxassislar to‘garakning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘ladigan ruhiy – ma’naviy hodisa va holatlar tavsifini berishgan. Buning uchun deylik - to‘garakda siz uchun ko‘proq nima qiziqarli? degan savol qo‘yiladi. Bu savolga xolis va to‘g‘ri javobni olish to‘garak faoliyati haqidagi haqqoniy tasavvurlarni shakllanishiga imkon beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 416 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — bu nafaqat ularning intellektual va jismoniy salohiyatini rivojlantirishning, balki ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashning ham asosiy garovidir. To‘garaklar, sport va ijodiy faoliyatlar yoshlarda ijtimoiy mas’uliyat, insoniylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi. Pedagogik faoliyatning uzluksizligi va oila-maktab hamkorligidagi uyg‘unlik esa har bir o‘quvchi shaxsining ijtimoiy muhitda to‘laqonli rivojlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham yosh avlod tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga, to‘garaklar faoliyatiga va shaxsiy qiziqishlarni qo‘llabquvvatlashga ilmiy asosda yondashish zamon talabi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoev Sh.M. Jismoniy va ma’naviy yetuk ishlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir. Xalq so‘zi, 2017-yil 1-iyul. 2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T: O‘zbekiston, 2017. 3. Haydarov Ya. O‘rta maxsus maktab pedagogikasi masalalari: umumiy va kasb-hunar ta’limi birligi. -T.: Mehnat, 1992. 4. Tolipov O‘.Q. Shaxs va kasb, yohud shaxsni tarbiyalashda kasbga yo‘naltirishning o‘rni. T., «Ma’rifat» gazetasi. 2001 5. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. www.ziyouz.som kutubxonasi