BANKLARARO RAQOBATNI EKONOMETRIK-STATISTIK MODELASHTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI
Abstract
Maqolada banklararo raqobatni baholashning ekonometrik-statistik modellashtirish usullarini о‘rganish va uni milliy bank tizimimizga joriy etish yо‘llarini ishlab chiqish masalalari kо‘rib chiqilgan. Banklar bozoridagi raqobat omillarini baholashda Xerfindal-Xirshman indeksi modelidan foydalnishning uslubiy asoslari kо‘rib chiqilgan.
Full text
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 34 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. BANKLARARO RAQOBATNI EKONOMETRIK-STATISTIK MODELASHTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI Yuldashev Sanjarbek Arslon o‘g‘li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ekonometrika” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Email: [email protected] +998937517371 Annotatsiya: Maqolada banklararo raqobatni baholashning ekonometrik-statistik modellashtirish usullarini о‘rganish va uni milliy bank tizimimizga joriy etish yо‘llarini ishlab chiqish masalalari kо‘rib chiqilgan. Banklar bozoridagi raqobat omillarini baholashda Xerfindal-Xirshman indeksi modelidan foydalnishning uslubiy asoslari kо‘rib chiqilgan. Kalit sо‘zlar: banklararo raqobat, modellashtirish, bank raqobatbardoshligi, XerfindalXirshman indeksi. Kirish Bank tizimini hozirgi siyosiy о‘zgarishlarni hisobga olgan holda rivojlantirishda ularning iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshi bо‘lishi bu ularning mijozlarini oshishiga hamda ularning bankka bо‘lgan ishonish koeffitsiyentini ortishiga olib keladi. Ammo shuning bilan birga mijozlar bilan ishlashda yangi bank xizmatlarini keng raqobat bozoriga kirib kelishi mijozlar uchun sifatli xizmat kо‘rsatish tizimini yaxshilamasa banklar raqobat bozorida о‘z о‘rnini yuqotib qо‘shiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun agar tijorat banklarimiz hozirgi kunda raqobat bozoriga kirib kelayotgan har qanday samarali yangi bank texnologiyalarini hamda ekonometrik-statistik modellashti rishni turli uslubiyotini о‘z vaqtida qо‘llamasa ular raqobat bozoridan chiqib ketishi mumkin. Hozirgi kunda, raqamli rivojlanishning yuqori darajasiga erishishning eng muhim omili bu internet mavjudligi, foydalanuvchilar soni va aholini kompyuterlashtirish kо‘rsatkichiga asoslangan bо‘ladi. “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan “Yangi О‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mо‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasining Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning о‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash yо‘nalishida raqamli iqtisodiyot hajmini 2,5 baravar kо‘paytirib, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 500 mln. AQSH dollariga yetkazish masalasi kiritilgan”1 . 1 https://yuz.uz/news/2022-2026-yillarga-moljallangan-taraqqiyot-strategiyasining-yangi-loyihasi-muhokamaga-qoyildi
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 35 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Yutuqlar bilan birga muammolar mavjud, qilinadigan ishlar kо‘p, Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, kо‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bо‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bо‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol о‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bо‘ladi”2 . Albatta, banklarni raqamlashtirish orqali bunda, ekonometrik-statistik modellar orqali ularning raqobat bozoridagi faoliyatini oshirish, shuning bilan birga ularning iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilash orqali belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyati yaratiladi. Respublikamiz bank tizimida keyingi yillarda turli modellar orqali raqamlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish orqali mijozlarga bank xizmatlarini sifatini va kо‘lamini oshirish bо‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini guvohi bо‘lmoqdamiz. Ammo yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, jahonda bо‘layotgan о‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, integratsiya, raqobat bozoridagi faollik, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat banklarining transformatsiya jarayonini yanada tezlashtirish, bank mijozlariga kо‘rsatilayotgan bank servis hamda xizmatlarini turli modellar qо‘llash orqali yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga Marojatnomada, “2020 yildan boshlab har bir bankda keng kо‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bо‘ladi” deb ta’kidlab о‘tganlar3. Yuqorida banklar bozoridagi raqobatning oshishi orqali u yerdagi ustunlikni ta’minlashning birinchi omili bu banklarning har qanday operatsiyalarini modellashtirish orqali mijozlarga sifatli xizmat kо‘rsatish hisoblandi. Ikkinchi omili, bu banklarning strategiyasini ishlab chiqishda ekonometrik-statistik modellashtirishning turli yо‘nalishlarini qо‘llash orqali prognoz kо‘rsaktkichlarini aniq belgilab olish. Bu jarayonlarni amalga oshirishda banklar raqobatini ekonometrikstatistik modellashtirish uslubiyotini ishlab chiqshi masalalari bilan belgilanadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Banklararo raqobat asosida ularni ekonometrik-statistik modellashtirish uslubiy asoslari bо‘yicha kо‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Birinchi navbatda bank raqobat bozorida о‘z о‘rnini egallashi bu ularning xizmat kо‘rsatishi sifati, tezkorligi va albatta raqamlashtirilgani bilan baholanadi. Jumladan, olimlar bank sohasidagi raqobat – о‘zining tuzilishi, turli-tumanligi va bozorning xususiyatiga qarab boshqa raqobatlardan tubdan farq qilishini ta’kidlab о‘tishadi. Ularning fikricha, banklararo raqobatni yaratilgan qonunlar asosida boshqarish lozimligini asoslab berishga harakat qilishgan4. Banklarning huquqiy jihatdan ularni raqobat bozoridagi faoliyatini belgilab beruvchi iqtisodiy kо‘rsatkichlar tizimlashtirgan holda ekonometrik-statistik modellar 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. Халқ сўзи газетаси № 19 (7521). 2020 йил 25 январь 3 Шу ерда. 4 Егоров Е.В. Маркетинг банковских услуг. Учебное пособие. Москва, 1999. – с. 13-17
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 36 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. asosida tartibga solish muhim hisoblanadi. A.D.Golubovich fikricha banklar, banklararo raqobat bozoridagi birinchi qadamini bevosita bu mijozlarni talabini bozordagi holati bо‘yicha chuqur tahlil qilgan holda amalga oshirishi lozim. Banklar raqobatdoshini kuchli va kuchsiz tomonlarini о‘rganishi va shu asosida о‘zining strategiyasini ishlab chiqishi zarur deb hisoblaydi5. Olimning fikricha, bank strategiyasi ma’lum bir modellar asosida о‘zoq muddatli prognoz kо‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi. E.A.Utkinaning fikricha, banklararo raqobat bank likvidlik darajasi va bank operatsiyalari orqali oladigan daromadi asosida baholash о‘rinlidir deb ta’kidlaydi6. Bunda, raqobat bozorida aniq modellardan foydalanishda daromad darajasini belgilab olish aniq statistik ma’lumotlarga tayanishi zarur. Amerikalik iqtisodchi olim G. Murning fikricha tijorat banklari raqobatining iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sirini uslubiy jihatdan kо‘rib chiqishda “bank raqobati butun banklar bozoridagi xizmatlarini tо‘g‘ri faoliyat yuritishi va rivojlanishi mexanizmini belgilab beruvchi muhim sifatidir” deb baholaydi7. Raqobat bozorida bank aniq sifatga e’tibor berishda modelni tо‘g‘ri qо‘llash muhim hisoblanadi. Olimning ushbu fikrini kо‘plab shu sohada tadqiqot olib borgan olimlar qо‘llabquvvatlab kelganlar. Haqiqatdan, olim fikricha asosiy e’tibor raqobatni muhim xususiyatini belgilashda ushbu bozordagi holatlarga e’tibor qaratish zarurligini aytib о‘tadi. Banklar bozorida raqobat qanchalik sifatli amalga oshirilsa ularning boshqa iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sir doirasi ham ijobiy bо‘ladi degan xulosaga kelingan. Bunda, banklar bozorida iqtisodiy qonunlarni tushunishga asoslangan va kredit-moliya institutlarining moliyaviy xatti-harakatlarining tanlangan modellari doirasida turli iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishga qaratilgan jamiyat subyektlarining faoliyati sifatida qatnashishi uchun imkoniyat beriladi. Ayrim mualliflarning fikricha, bank raqobatining iqtisodiy kо‘rsatkichlar subyektlariga nafaqat banklar, balki bank bozori ishtirokchilari bо‘lgan boshqa moliya va nomoliyaviy institutlar ham ta’sir qilishi mumkinligini keltirib о‘tadilar. Ushbu tushunchadan kelib chiqqan holda, bank raqobatining iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’siri faqat bank bozori ishtirokchilari о‘rtasidagi raqobatning “subyektiv-dinamikmodellashtirish” jarayoni sifatida qaraladi, uning asosiy maqsadi bozorda о‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va kengaytirish bо‘lib, itqisodiy kо‘rsatkichlarga ta’siri keyingi omil sifatida qaraladi8. Banklar bozoridagi raqobatni ekonometrik modellashtirishdan foydalanib, bozorga ta’sir qiluvchi omillarning ta’siri о‘rganilgan va kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi bog‘liqlik turi aniqlangan. Bundan tashqari, statsionar bо‘lmagan sharoitlarda, tashqi ma’lumotlarning о‘zgarishini bashorat qilish qiyin bо‘lgan va aksariyat kо‘rsatkichlar tushunarsiz о‘zgaruvchilarga aylanganda, rivojlanish strategiyasini tuzatish uchun 5 Голубович А.Д. Управление банком. Москва, 1995. – с. 194 6 Уткина Э.А. Справочник банкира. Москва, 1998. –с. 132 7 Moore G. (2014). The Challenges of Shadow Banking. Academy of Economics and Finance 51st Annual Conference February, 12-15.( https://www.newyorkfed.org/medialibrary/media/research/staff_reports/sr664) 8 Bibliography 1. Baumgarten L.V. (2005). Analysis of methods for determining the competitiveness of organizations and products. MarketinginRussiaandabroad. No. 4 (48). (http://ej.kherson.ua/journal/economic_10/170.pdf)
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 37 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. moliyaviy kо‘rsatkichlar dinamikasini doimiy monitoring qilish muhim ahamiyatga ega. Bu о‘z natijalarini oshirish uchun emas, balki beqarorlik sharoitida ularni saqlab qolish uchun kerak. Moliyaviy kо‘rsatkichlarni о‘rganishda dinamik tahlilni bank sektori aksiyalariga investitsiya qilish xavfini tahlil qilish bilan uyg‘unlashtirish, ma’lumotlarda iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlar mavjudligini hisobga olgan holda, bank sektori kо‘rsatkichlarini har tomonlama о‘rganish va bank faoliyati uchun tavsiya etilgan xulosalar chiqarish imkonini beradi9. Tadqiqot metodologiyasi. Tijorat banklari о‘rtasidagi raqobatning ekonometrik modellashtirish uslubiyotini ochib berishda ularning iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’siri orqali aniqlash muhim hisoblanadi. Ularni ekonometrik modellashtrish uslubiy asoslarini о‘rganishda ikkita muhim ichki va tashqi ta’sir qiluvchi mezonlar orqali baholash zarurligini belgilab beradi. Bunda taklif etiladigan, raqobatni ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatdan banklarga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi mezonlarni umumlashtiruvchi formula orqali amaliyotga kiritish tavsiya etilmoqda. Ushbu formulaning umumiy kо‘rinishi quyidagicha: ap ke rd bi brk Rti ad mit mak S S S S S ST T T Ushbu formulaning mezonlari tavsiyaviy xarakterga ega bо‘lib, bunda banklararo raqobat bozoridagi holatning doimiy о‘zgarib turishi kо‘rsatkichning aniqligini ta’minlaydi.Bu esa tijorat banklari о‘rtasidagi raqobatning ekonometrik modellashtirish orqali iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sirini uslubiy jihatdan tо‘g‘ri yondashilganini anglatadi. Tahlil va natijalar: Banklararo raqobatni ekonometrik statitstik modellashtirish orqali ularning mijozlarga kо‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarning sifatini yaxshilanishiga va ularning turlarini kо‘payishiga olib keladi. Bank xizmatlarining yangi turlarini paydo bо‘lishi mijozlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulayliklarni yuzaga keltiradi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish juda kо‘p omillarga bog‘liq bо‘lib, boshqa bozorlardagi raqobatni shakllantirishdan tubdan farq qiladi, hamda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni talab qiladi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bо‘ladi: iqtisodiy jarayonlarda banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish, ishlab chiqarishdagi raqobatga nisbatan kech paydo bо‘lgan bо‘lsada, uning rivojlanishi, iqtisodiyotga ta’siri juda tez о‘smoqda; banklararo raqobatni ekonometrik statitstik modellashtirish faqat banklar 9 Трусова А . Ю . Эконометрическое моделирование как инструмент развития методологии анализ банковских показателей // Вестник Самарского университета . Экономика и управление . 2023.Т . 14, № 1. С . 202–218. ДОИ: http://doi.org/10.18287/2542-0461-2023-14-1-202-218.
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 38 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. faoliyatini qamrab qolmasdan, balki bankdan tashqari moliyakredit institutlari va moliyaviy bо‘lmagan tashkilotlarni ham qamrab oladi; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish yuzasi kо‘pqirrali banklar bozori bilan baholanib, unda banklar bir holatda sotuvchi, ikkinchi holatda xaridor sifatida ishtirok etadi, respublikamiz banklari raqobat bozorida hozirgi kunda faqat kredit resurslarini sotib oluvchi sifatida ishtirok etmoqda; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishning ichki muhiti banklarga muhim yutuqlar olib keladi, chunki banklarning ichki muhitida xizmatlari differensial holatda baholanadi; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish ichki muhitda bank xizmatlari bir-birini tо‘ldirishi mumkin, ammo raqobatni “tashqi” omilida bu holat yuzaga kelmaydi, chunki tarmoqlararo raqobat kapitalni jalb etish lozimligini anglatadi; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish har bir yо‘nalishning о‘zini chiqish tarmoqlari bо‘lib, bu iqtisodiy jarayonda intensiv raqobatni tashkil etish imkonini beradi; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish baholi raqobatni chegaralash, bu birinchi navbatda bank xizmatini sifatli boshqarish va reklamani tashkil etishga muammo keltirib chiqaradi; banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishda bozor oligopol differensiallashgan bozor bо‘lsa, koorporatsiya va kredit institutlarining bozor siyosatini olib borish imkoniyatini oshiradi. Bundan kelib chiqib, banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish bu tijorat banklari о‘rtasidagi raqiblilikni va bankdan tashqari kredit-moliya institutlarning bank xizmatlar bozorida faoliyatini tо‘g‘ri baholashni anglatadi. Zamonaviy tijorat banklari faoliyatining doirasi barcha bozor bо‘limlarini qamrab oladi. Bundan kelib chiqib, banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish doirasi ham keng tushuncha bо‘lib, bunda raqobat sohasi kо‘p va turli xilda bо‘ladi. Shuning uchun banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni butun faoliyatini iqtisodiyotni eng asosiy bozor sektori moliyaviy bozorga qaratish zarur bо‘ladi. Moliyaviy bozorda banklar boshqa moliyaviy institutlar bilan ham raqobat olib boradi. Bular quyidagilar orqali namoyon bо‘ladi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish bir nechta darajalardan iborat bо‘ladi. Jumladan, birinchi darajasi-bu tijorat banklari о‘rtasidagi raqobat (universal va maxsuslashgan banklar). Raqobatni kuchayishi bu bank faoliyatini universallashtirishga olib keladi, bu esa “banklar supermaketini” yaratishga, bozor sharoitida jarayonni tо‘g‘ri baholagan holda bozor konyukturasini yaratishga, ya’ni bankni raqobatdoshliligini oshirishga olib keladi. Bundan tashqari jahon amaliyotida yana ikkita raqobat darajasi mavjud bо‘lib, bularga individual raqobat alohida kredit institutlari raqobati kiradi, ikkinchisi guruhli raqobat, ya’ni moliya-kredit institutlaridan tashkil topgan guruhlar о‘rtasida kechadi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish bо‘yicha tadqiqotni olib borilganda, bank marketingini axboratlariga tayangan holda, aniq tahlillar olib borishni
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 39 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. taqoza etadi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish tahlili quyidagilarni о‘zida mujassamlashtiradi: Raqobatni eng kuchli tomonlarini strategiyasini ishlab chiqish; bankning eng yaxshi xizmat turini, markazlashtirish va kuchaytirish; eng yaxshi mijozlarni ajratib olish; potensial mijozlarga xizmat kо‘rsatishni ijobiy motivatsiyasini tashkil etish; bank xizmat kо‘rsatishini eng kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashni kuchaytirish. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish tahlili – bu raqobatni strategik tahlili va strategiyani baholash imkoniyati bilan bog‘liq bо‘ladi. Bundan xulosa qiladigan bо‘lsak bozorda faoliyat olib borayotgan bank, о‘zining asosiy raqobatchilari faoliyatini modellar orqali kuzatadi va tahlilini olib boradi. Yirik universallashgan va kо‘p funksiyali banklarning bir nechta yо‘nalishlari bо‘yicha strategik tahlil olib boriladi. Bu tahlil quyidagi yо‘nalishlar orqali amalga oshiriladi: 1. Funksional tahlil – asosiy raqobatdoshlarini muhim funksional strategiyasini topish va baholash orqali. Bu uch yо‘nalish orqali amalga oshiriladi: marketing, operatsion va moliyaviy. 2. Bо‘limlar bо‘yicha tahlil-bunda bо‘limlarning eng asosiy faoliyati olinadi. Raqobat bо‘limlari-daromad olishni markaziy lokal tarmog‘i barcha funksiyalarni qamrab olib, bu faoliyatni doimo baholab borish nazorat qilishni talab qiladi. 3. Umumiy holda raqobatni strategik tahlili-bu alohida olingan bо‘limlarni baholagandan keyin ularni raqobatbardoshligiga e’tibor beriladi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni strategik tahlilini rejasi quyidagilarni о‘zida qamrab oladi: 1-rasm. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni strategik tahlilini rejasi10. Yuqorida keltirilgan omillardan tashqari banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni strategik tahlilini rejasiga yana ikkita tashqi omillarga e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Bularga, о‘z mijozlarini raqobatdagi fikrini о‘rganish va boshqa banklarning mijozlarini raqobatdagi fikrini о‘rganish zarur bо‘ladi, raqobatchining о‘zining potensial salohiyati va imkoniyati darajasidan kelib chiqib raqobatdoshiga 10 Муаллиф ишланмаси. raqobatni maqsadi raqobatni rivojlantirish va chuqur o'rganish raqobatni kuchli va kuchsiz tomonlarini ochib berish raqobat portfelini strukturasini tuzib chiqish raqobatni retrospektov faoliyatini baholash xodimlarni tarkibi va kvalifikatsiyasini baholash
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 40 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. munosabati о‘rganiladi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni baholashni strategik tahlili imkoniyatlari – bu о‘z raqobatchisining olib borayotgan faoliyatiga javob qaytarish va yuzaga kelgan jarayonlardan tо‘g‘ri xulosa chiqargan holda imkoniyatidan tо‘liq foydalanish tushuniladi. Iqtisodchilar kreditlarning mavjudligiga banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni о‘zaro raqobatning ta’siri masalalarini ikki sababga kо‘ra faol muhokama qiladilar. Birinchidan, bunday ta’sirning aniq nazariy bahosi hali berilmagan. Ikkinchidan, bu masalalar bо‘yicha mavjud axborot va ma’lumotlar bir-biriga qarama - qarshi xarakterga ega. Ba’zi bir tadqiqotlarga kо‘ra, banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish faqat ijobiy samara beradi, boshqalar esa uning salbiy oqibatlarini qayd etadilar, uchinchilar esa umuman hech qanday ta’sirni kо‘rmaydilar. Tadqiqotlarning ancha chuqur detallarini bayon etishdan oldin banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishga taalluqli bо‘lgan ba’zi bir nazariy masalalar, shuningdek boshqa tadqiqotlarning ba’zi bir xulosalariga qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz. Umuman olganda, iqtisodchilar banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishning mavjudligi yaxshi deb hisoblaydilar. Raqobatning oshishi qarz oluvchilar uchun foiz stavkalarining pasayishi, mahsulotlarning turli-tuman bо‘lishi va bu bilan kreditlar hajmining oshishiga olib kelishi kerak. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni keng qamrovli tushuncha bо‘lib, bugungi kunda bank xizmat turlarining barcha jabhalarini о‘zida mujassamlashtirmoqda. Bu esa banklarni bank bozorining barcha jabhalarda о‘z о‘rnini saqlab qolishga, xizmat kо‘rsatishni sifatini oshirishga va zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalanishga majbur etmoqda. Bu esa bevosita mijozlarning bankka bо‘lgan ishonchini, qiziqishini va bankning xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida banklarning mingdan ortiq xizmat turlari mavjudligi, banklar bozorida raqobatning keskin ravishda о‘sishiga olib kelmoqda. Xо‘sh banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish nima? Uni yuzaga keltiruvchi asosiy omillari nimalarda о‘z aksini topadi? – kabi savollar bugungi kunda respublikamiz bank bozorining asosiy muammolaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Bank faoliyatida banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni rivojlanishi yuqori darajadagi kо‘rsatkich hisoblandi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni juda kо‘p omillarga bog‘liq bо‘lib, boshqa bozorlardagi raqobatni shakllantirishdan tubdan farq qiladi, hamda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni talab qiladi. Bank strategiyasini ishlab chiqishda, tuzishda banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirish muhim rol о‘ynaydi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni kuchi shundaki, bank strategiyasini tuzish jarayonida bankni rivojlantirish omillari, bankni kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq kо‘rsatib berish imkonini beradi. Banklararo raqobatni ekonometrik statistik modellashtirishni eng asosiy omillariga bank kapitalining adekvatligi, aktivlarning sifati, resurslari, axborotlar, moliyaviy innovatsiyalar, texnika va texnologiya, bank imidjlari kiradi. Banklar bozoridagi raqobatni tahlil qilishda iqtisodiy jarayonlardagi raqobat
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 41 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. chegarasini aniq belgilash lozim bо‘ladi. Bozordagi raqobat chegarasini nazorat qilish jahon amaliyotida Xerfindal-Xirshmanning medianalar qiymat indeksidan foydalaniladi. Bu indeksning umumiy kо‘rinishi quyidagicha11: 2 2 2 1 2 ... 1 n H S S S 2 2 2 1 2 , ,..., n S S S lar bozorda faoliyat kо‘rsatayotgan firmalar (bu yerda birinchi о‘rinda tahlil qilinayotgan bozordagi ulushi eng yuqori bо‘lgan firmalar olinadi). Olimlarning fikricha, bozorda 1000X dan kichik bо‘lsa raqobat kuchli, 1000 1800X oralig‘ida о‘rtacha raqobat, 1800 X bо‘lsa, bozorda monopolistik jarayon hukmdorlik qilayotganidan dalolat beradi deb tahlil qilingan. Bu indeks chegarasi turli adabiyotlarda turlicha talqin etilgan. Jumladan, J. Kvoka tahliliga kо‘ra indeksning yuqori chegarasi 4500 va quyi chegarasi 1200 deb olish zarur deb hisoblaydi12. Davlatlarda bu kо‘rsatkichlar turlicha qabul qilingan. Jumladan, AQShlarida bu indeks о‘rtacha chegarasi 1000 2500X deb qabul qilingan. Yevropa davlatlarida bu kо‘rsatkich chegarasi13, 100 250X Rossiyada 10000 25000X deb qabul qilingan. Bank raqobatbardoshligi deganda, bank о‘zining asosiy va korparativ mijozlarini talabini qondirishi va ushlab turishi imkoniyati hamda yangi instrumentlar asosida mintaqalarda mavqeini mustahkamlashi tushuniladi. Bu berilgan ta’rif bank faoliyatini ikki muhim xususiyatini о‘zida qamrab oladi. Birinchisi, statistik holati, ya’ni tahlil qilish jarayonida moliyaviy natijalarining о‘zgarishi. Ikkinchisi, dinamik holati ya’ni banklarning yangi moliyaviy instrumentlar orqali mintaqalarda yangi bank xizmatlarini kо‘rsatishi. Tijorat banklarini raqobatbardoshligini ekonometrik statistik modellashtirishni quyidagi koeffitsiyent orqali baholashni taklif qiladi14. 1 2 ni r i ii SB K F E Bu yerda, r K – tijorat banklari raqobatbardoshlik koeffitsiyenti, n i i F 1 - umumiy raqobatbardoshlik koeffitsiyentida i kо‘rsatkich rangi, i SB i kо‘rsatkichning ekspert usulida olingan sonli baholash qiymati, i E - tadqiqot faoliyatining birlik qiymatida i kо‘rsatkichning etalon qiymati, nraqobat omillari soni. Tijorat banklarining raqobatbardoshligini ekonometrik statistik modellashtirishni koeffitsiyenti quyidagi omillarga kо‘proq bog‘liq bо‘ladi: 11 Александрова Е.И.,Гусиева М.Б. и другие. Общеэкономические основы рыночного хозяйствования. М.: 2002. –С. 58-59. 12 Kwoka J. Some Thoughts on Concentration, Market Shares, and Merger Enforcement Policy / Presented at the FTC/DOJ Workshop on Merger Enforcement, Washington, D.C., February 17, 2004. (availab http://www.ftc.gov/bc/mergerenforce/presentations/040217kwoka. pdf) 13 US Department of Justice. Antitrust Division. Workload Statistics FY 1997-2006. (http://www.usdoj.gov/atr/public/workstats.htm), European Merger Control-Council Regulation 139/2004 - Statistics 21 September 1990 to 30 June 2007. (http://ec.europa.eu/comm/competition/mergers/statistics.pdf) 14 Савушкина Ю.В. Управление конкурентспособностью коммерческого банка на основе развития сети филиалов. Санкт-Петербург.: 2006. –С. 3-18.
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 42 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. 2-rasm. Tijorat banklarining raqobatbardoshligini ekonometrik statistik modellashtirishni koeffitsiyentini omillarga bog‘liqligi algoritmi15. Demak, har bir bosqichda bankning moliyaviy kо‘rsatkichlarini о‘zgarishi dinamikasi yuzaga keladi. Bu esa tanlangan mintaqada bankning dasturini samarali boshqarish imkonini beradi. Bankning filiali orqali uning raqobatbardoshligini ekonometrik statistik modellashtirish orqali baholash formulasi quyidagi kо‘rinishni oladi16: 3 1 1 , , 0,1 3 xr r i i K K H H h h Jahon amaliyotida raqobatbardoshlikni tо‘liq ochib berishda foydalaniladigan klassifikatsiyalar ma’nosi jihatidan bir-birini tо‘ldiradi. Haqiqatdan agar e’tibor beradigan bо‘lsak, tijorat banklarida kо‘rsatkichlarning aloqadorligi asosida uning har bir kо‘rsatkichlari asosida reytingi aniqlanadi. Reytingni yuqori bо‘lishi yoki kо‘rsatkichlarning о‘zaro aloqadorligi kopleks tarzida, bankning bozordagi holatini saqlab turish imkonini beradi. Ushbu kо‘rsatkichlar asosida tijorat banklarining ekonometrik statistik modellashtirish orqali ta’sirini о‘rganishda uslubiy jihatdan yondashganda ularning mezonlari turlicha bо‘lishi mumkin. Bunda taklif etiladigan, raqobatni ekonometrik modellashtirishning uslubiy jihatdan banklarga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi mezonlarni umumlashtiruvchi formula orqali amaliyotga kiritish tavsiya etilmoqda. Ushbu formulaning umumiy kо‘rinishi quyidagicha: 15 Муаллиф ишланмаси. 16 Савушкина Ю.В. Управление конкурентспособностью коммерческого банка на основе развития сети филиалов. Санкт-Петербург.: 2006. –С. 3-18. bank imiji Tijorat banklarining moliya bozorida uning asosiy xususiyatini belgilab berishda uning imiji muhim rol о‘ynaydi tarif siyosati Tariflar har xil k о‘ rinishi uning xizmat kо‘rsatish darajasini oshirish imkonini beradi банкнинг жойлашиши Mijozlarga bankning qо‘lay joyga ochilgani uning mijozlariga xizmat kо‘rsatish qо‘layligini oshiradi investitsiya jozibadorligi Bu taklif etilayotgan bankning kо‘rsatkichlarini aniqlashda, moliyaviy instrumentlarning ishonchliligini aniqlash imkonini beradi