scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV SUDYASI INSTITUTI

To'lanboyev Islombek Ilhomjon o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy etilgan tergov sudyasi instituti, uning ahamiyati hamda xorijiy davlatlarning bu borada toʻplagan tajribalari haqida soʻz yuritilgan.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 131 XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV SUDYASI INSTITUTI To‘lanboyev Islombek Ilhomjon o‘g‘li Farg‘ona yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 43-24-guruh o‘quvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17592292 Annotatsiya. Ushbu maqolada sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy etilgan tergov sudyasi instituti, uning ahamiyati hamda xorijiy davlatlarning bu borada toʻplagan tajribalari haqida soʻz yuritilgan. Kalit so‘zlar: sud amaliyoti, tergov sudyasi, protsess ishtirokchisi, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ehtiyot chorasi qoʻllash, qamoqqa olish, tergov harakatlari, tibbiy muassasaga joylashtirish. Аннотация. В данной статье рассматривается институт следственного судьи, внедренный в рамках реформ, проводимых в судебной системе, его значение и накопленный опыт зарубежных стран в этой области. Ключевые понятия: судебная практика, следственный судья, участник процесса, возбуждение уголовного дела, применение меры пресечения, заключение под стражу, следственные действия, помещение в медицинское учреждение. Abstract. This article examines the institution of the investigative judge, which was introduced as part of the reforms carried out in the judicial system, its significance, and the accumulated experience of foreign countries in this area. Key concepts: judicial practice, investigative judge, participant in the process, initiation of a criminal case, application of a preventive measure, detention, investigative actions, and placement in a medical facility. Yurtimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida soʻnggi yillarda sudhuquq tizimida adolat oʻrnatish yuzasidan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgani alohida qayd etilib, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani taʼkidlangan edi. Shu bois Yurtboshimiz sud sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan islohotlar haqida toʻxtalar ekan, bir qator vakolatlar prokurordan sudga oʻtkazilishiga eʼtiborimizni qaratdi. Jumladan, tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga oʻtkaziladi. Tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya olmaydi. Bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi. Sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi. 1 Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy yil 1-yanvaridan amalda qoʻllanilishi boshlangan yangi institutsional oʻzgarish, yaʼni tergov sudyasi institutining joriy etilishi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini 1 O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-vaadolat-ustuni_447134. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 132 ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni 2 qabul qilindi hamda ushbu farmon bilan tergov sudyalari qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochtatelegraf joʻnatmalarini xatlash, tintuv oʻtkazish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, mol-mulkni xatlash, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish hamda guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuqoridagi protsessual cheklashlarga ruxsat berish kabi vakolatlarga ega boʻldi. 3 Mazkur islohotlar barobarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ham oʻzgartirish kiritilib, 311-moddasida tergov sudyasining vakolatlari ham belgilab berildi. Shu oʻrinda ushbu institutning shakllanish tarixi hamda xorijiy amaliyot tajribalari xususidagi maʼlumotlarni oʻrganadigan boʻlsak, tergov sudyalarining vujudga kelishi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni koʻrsak, bu institut Fransiyada 14-15 asrlarda paydo boʻlgani va Napoleon hukmronligidagi Fransiyaning 1808-yildagi jinoyat protsessual kodeksida qonun bilan mustahkamlanganini koʻrish mumkin. 4 Dastlabki tergov jarayonida protsess ishtirokchilarning teng huquqliligi, surishtiruv yoki tergov organi va himoyachining vakolat va vazifalarini tenglashtirgan holda inson huquqlarini toʻliq taʼminlashga erishish mumkinligini rivojlangan davlatlari tajribalari koʻrsatib bermoqda. Xorijiy davlatlarning amaliyotida, misol tariqasida, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Avstriya va boshqa yetakchi gʻarb davlatlarida tergov ustidan nazorat tergov sudyasining vazifasi koʻrish mumkin. Albatta, sudyaning dastlabki tergovda toʻliq ishtirok etishi tergovga xalaqit berishi mumkin, shu sababli ham faqat insonning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashda yoki ularni buzilgani haqida shikoyat boʻlganda tergov sudyasi oʻzining faoliyatini olib boradi. Jinoyat sodir etgan shaxsning ushlanishi bilan sudga olib borilishi haqida 1966-yil 16dekabrdagi “Fuqaroviy va siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya”ning 9-moddasida “Jinoiy ayblov boʻyicha hibsga olingan yoki ushlab turilgan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun boʻyicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi boʻlgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va oqilona muddatda sud muhokamasi oʻtkazilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga ega. Sud muhokamasini kutayotgan shaxslarning qamoqda saqlanishi umumiy qoida boʻlmasligi kerak, biroq ozod qilish sudga kelish kafolatlari berilishiga, sud muhokamasiga uning har qanday bosqichiga kelishga, zarur hollarda, hukm ijro etilishi uchun kelishga bogʻliq qilib qoʻyilishi mumkin. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 3 A.Ergashev. Yangi o‘zbekistonda sudlar faoliyatiga doir islohotlar, maqsad va vazifalar. NEW RENAISSANCE International scientific journal ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10. 602-606-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724 4 Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 133 Hibsga olinishi yoki qamoqda saqlab turilishi tufayli ozodlikdan mahrum etilgan har bir shaxs oʻz ishining sudda koʻrib chiqilishi huquqiga ega, toki sud uning ushlab turilishi qanchalik qonuniy ekanligi borasida darhol qaror chiqara olsin va agar uni ushlab turish noqonuniy boʻlsa ozod qilish haqida farmoyish bera olsin”, deb bayon etilgan. Tergov sudyasining boʻlishi bugungi kundagi davlatimiz sud-huquq tizimidagi eng katta muammo, yaʼni tergovning sifatini oshishiga, dalillarning toʻliq va obyektiv toʻplanishiga, tergovda inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olishga, umuman olganda tergovni professional olib borishga katta yordam beradi. Chunki aynan dastlabki tergovning sifatli oʻtkazilishi odil sudlovni amalga oshirishda katta va asosiy rol oʻynaydi. Jumladan, ayrim davlatlarda tergov sudyasi tomonlarning iltimosiga muvofiq, dastlabki tergov jarayonidagi soʻroqlarda kuzatuvchi tariqasida ishtirok etishi mumkin. 5 Bir qator davlatlar qonunchiligida tergov sudyasi oʻzi mustaqil tarzda jinoyat ishi qoʻzgʻatmaydi, ammo u sudya va tergovchining ayrim vakolatlarini oʻzida jamlagan. Ayrim davlatlarda tergov sudyalari, tergov harakatlarini jumladan, tomonlarning iltimosiga muvofiq taraflarni soʻroq qilish, ularni yuzlashtirish, koʻrsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, ekspertizalar tayinlash bilan protsessual harakatlarni ham amalga oshirish vakolatlarga ega ekanligini koʻrish mumkin. Muhim jihati shundaki, tergov sudyalari jinoyat sodir etgan shaxslarni, aybdorlarni axtarmaydi, ularning jinoyatini fosh etmaydi, ular faqat dastlabki tergovda yoki surishtiruvda qonunlarni toʻgʻri qoʻllanishi va fuqarolarning huquqlari buzilmasligini nazorat qiladi va uni taʼminlaydi. Soʻzimiz yakunida oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlkatimizda ham tergov sudyalariga shaxslarni qamoqqa olishga, protsessual majburlov choralariga ruxsat berishda ish hujjatlari bilan toʻliq tanishib chiqish, shaxsning aybsiz yoki aybdorligini muhokama qilish, ayblovni oʻzgartirish yoki bekor qilish singari koʻrsatmalar berish vakolati orqali ushbu yoʻnalishdagi sudyalarning masʼuliyati kuchaytirilib, tergov sudyalarining mustaqilligini taʼminlanadi, dastlabki tergovda shaffoflik va obyektivlikni taʼminlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/5534923. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387. 5. A.Ergashev. Yangi o‘zbekistonda sudlar faoliyatiga doir islohotlar, maqsad 5 Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 134 6. va vazifalar. NEW RENAISSANCE International scientific journal ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10. 602-606-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724 7. Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854. 8. O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odilsudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134.