scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBIY TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Abdunazarova Xamidaxon Nosirjonovna

Abstract

Ushbu maqolada muallif tomonidan mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar, mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish borasida amalga oshirlayotgan islohotlar xususida fikrlar yuritilgan.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 135 KASBIY TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Abdunazarova Xamidaxon Nosirjonovna Fargʻona yuridik texnikumi “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17592341 Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif tomonidan mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar, mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish borasida amalga oshirlayotgan islohotlar xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy taʼlim, oʻrta boʻgʻin, agentlik, malakali kadrlar, mehnat bozori, xorijiy dastur, akademik mustaqillik. Аннотация. В данной статье автор излагает свои мысли о реформах, осуществляемых в нашей стране по совершенствованию системы подготовки профессиональных кадров среднего звена, подготовке квалифицированных специалистов, отвечающих потребностям рынка труда, а также внедрению международных образовательных программ. Ключевые слова: профессиональное образование, среднее звено, агентство, квалифицированные кадры, рынок труда, зарубежная программа, академическая независимость. Abstract. In this article, the author expresses his thoughts on the reforms being implemented in our country to improve the system of training mid-level professional personnel, the training of qualified specialists who meet the needs of the labor market, and the implementation of international educational programs. Key concepts: vocational education, middle level, agency, qualified personnel, labor market, foreign program, academic independence. Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan tizimli islohotlarning maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning barkamol rivojlanishi va farovonligini taʼminlash, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar hamda samarali mexanizmlarni yaratishga qaratilgandir. Ushbu oldimizga qoʻyilgan yuksak maqsadlarga erishish, jamiyatni rivojlantirish, taraqqiyot va kelajak yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasi – bir soʻz bilan aytganda, bularning barchasi, bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan masala, yuqori malakali kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash muammosi bilan uzviy bogʻliq ekanligi tabiiy. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mamlakatimizda oʻrta boʻgʻin professional kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashni yaxshilash va mehnat bozori ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirish borasida muhim qadam boʻlganligini eʼtirof etish lozim. Hujjatda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari sifatida kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va uning barcha darajalari boʻyicha kadrlar 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 136 tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy etish, kasbiy taʼlim tashkilotlarining akademik mustaqilligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish, oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platforma ishlab chiqish kabilar koʻrsatilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tizimida amaliyotning samaradorligini oshirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali oʻquv dasturlari ishlab chiqish, texnologiyalarni qoʻllash jadallashtiriladi. 1 Farmonda taʼlim muassasalari hamda xususiy sektor oʻrtasida samarali, tizimli hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu esa oʻz navbatida, xususiy sektorning taʼlim jarayonidagi ishtirokida, yaʼni kadrlar tayyorlash masalasida, innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni tadbiq qilishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida moliyaviy resurslar ajratilishi, infratuzilma hamda shart-sharoitlarning yaratilishi, oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish va oʻquvchilarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashning qoʻllab-quvvatlanishi ijobiy samara berayotganligini yoshlarimizning mahalliy hamda xalqaro miqyosda eirishayotgan yutuqlaridan ham ham koʻrib turibmiz. Zero, xalqaro tajribada mavjud samarali yondashuvlarni milliy taʼlim tizimga tezroq moslashtirishda muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Kasbiy taʼlim faqatgina malakali ishchilar tayyorlashga qaratilgan boʻlib qolmay, balki milliy iqtisodiyotning oʻsishi, innovatsion rivojlanish va mehnat bozorida barqarorlikni taʼminlashda ham yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarga muvofiq kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʻlgan Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi. Kasbiy taʼlim agentligining vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi 2 : - texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy taʼlim sohasini boshqarishga masʼul boʻladi; - kasbiy taʼlim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, oʻqitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda oʻquv-metodik taʼminotga talablarni belgilaydi. - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga oʻqitadi. - Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga oʻqitadi. Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi. 1 L.Bozorov. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish — taraqqiyotning oʻziga xos tayanchi. https://yuz.uz/news/kasbiy-talimnirivojlantirish--taraqqiyotning-oziga-xos-tayanchi. 2 https://sputniknews.uz/20251025/kasbiy-talim-agentligi-tashkil-etildi-52971019.html 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 137 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi. Ular biznes, davlat va taʼlim sohalarioʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, mahalliy ehtiyojga mos kasbiy dasturlari ishlab chiqishga koʻmaklashadi. Ushbu islohotlar natijasida kasbiy taʼlim tizimida barqaror boshqaruv, yagona standartlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa aholi bandligini oshirish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. 2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish oʻrinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Soʻzimiz yakunida aytish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16oktyabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan maqsad va yoʻnalishlar xalqaro tajribalar bilan uygʻunlashgan holda mamlakatimizda kasbiy taʼlimni rivojlantirish va mehnat bozorining ehtiyojlariga mos keladigan kadrlar tayyorlashda muhim qadamlar qoʻyilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/5013007. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrda “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni.https://lex.uz/docs/7166588. 4. https://sputniknews.uz/20251025/kasbiy-talim-agentligi-tashkil-etildi-52971019.html 5. Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/uz/2025/09/09/agentlik/. 6. L.Bozorov. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish — taraqqiyotning oʻziga xos tayanchi. https://yuz.uz/news/kasbiy-talimni-rivojlantirish--taraqqiyotning-oziga-xos-tayanchi.