scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UYG'UN VA IZZAT SULTONNING "ALISHER NAVOIY" DRAMMASI: OBRAZLAR TIZIMI VA YOZUVCHILARNING MAHORATI

Shomurodova Lola

Abstract

Ushbu maqolada Izzat Sulton va Uyg‘un hamkorligida yaratilgan “Alisher Navoiy” drammasining badiiy-estetik xususiyatlari, obrazlar tizimi hamda yozuvchilarning tarixiy shaxsni badiiy talqin etish mahorati tahlil qilinadi. Asarda markaziy obraz – Alisher Navoiy timsoli orqali insonparvarlik, adolat, ma’rifat va vatanparvarlik g‘oyalari ifodalanadi. Mualliflarning badiiy uslubi, psixologik tahlil usullari va dramatik konfliktlarni yaratishdagi yondashuvi ilmiy asosda yoritiladi.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 146 UYG‘UN VA IZZAT SULTONNING “ALISHER NAVOIY” DRAMMASI: OBRAZLAR TIZIMI VA YOZUVCHILARNING MAHORATI Shomurodova Lola BuxDPI Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-O‘TA-23 kechki guruh talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17592492 Annotatsiya. Ushbu maqolada Izzat Sulton va Uyg‘un hamkorligida yaratilgan “Alisher Navoiy” drammasining badiiy-estetik xususiyatlari, obrazlar tizimi hamda yozuvchilarning tarixiy shaxsni badiiy talqin etish mahorati tahlil qilinadi. Asarda markaziy obraz – Alisher Navoiy timsoli orqali insonparvarlik, adolat, ma’rifat va vatanparvarlik g‘oyalari ifodalanadi. Mualliflarning badiiy uslubi, psixologik tahlil usullari va dramatik konfliktlarni yaratishdagi yondashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, Izzat Sulton, Uyg‘un, drama, obrazlar tizimi, badiiy mahorat, tarixiylik, insonparvarlik, dramaturgiya. O‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida tarixiy mavzularga murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan urushdan keyingi yillarda sahna yuzini koʻrgan „Alisher Navoiy“ dramasi keng tomoshabinlar ommasining Navoiyni kashf etishi va ulugʻ shoirga muhabbat tuygʻulari bilan yoʻgʻrilishida, shuningdek, oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik drama janrining taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Asar 1940-yillarda yozilgan bo‘lib, u davrning ijtimoiy-madaniy muhitida xalqni tarixiy o‘tmishdan saboq olish, milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirish g‘oyasi bilan yozilgan. Asarda buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir va insonparvar olim Alisher Navoiy hayoti, siyosiy faoliyati va insoniy fazilatlari yuksak dramatik ruhda yoritilgan. “Alisher Navoiy” dramasidagi obrazlar tizimi badiiy yaxlitlik va mantiqiy uyg‘unlik asosida qurilgan. Mualliflar har bir qahramon orqali turli ijtimoiy qatlam va ma’naviy qadriyatlarni ifodalashgan. Asarning markazida Navoiy shaxsining ma’naviy buyukligi turadi. U o‘z davridagi zulm, hasad, nodonlik, mansabparastlikka qarshi kurashuvchi, xalq taqdiri uchun jonini fido qiluvchi inson sifatida tasvirlanadi.Dramaning bosh g‘oyasi — ilm va adolat bilan boshqarilgan jamiyatgina haqiqiy taraqqiyotga erishadi degan fikrdir.Navoiy obrazini ochishda Sulton Husayn Boyqaro muhim o‘rin tutadi. U hokimiyatni saqlash va adolatni ta’minlash o‘rtasida ikkilanadi. Shaxsiy manfaat va davlat manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyat uning ichki dunyosini murakkablashtiradi. Mualliflar bu obraz orqali hokimiyat bilan ma’rifat o‘rtasidagi abadiy to‘qnashuvni ko‘rsatadilar. Majididdin esa yovuzlik, hasad va mansabparastlikning timsoli sifatida kiritilgan. U Navoiyga qarshi fitnalar uyushtiradi, shu orqali mualliflar jamiyatdagi riyokorlik, xiyonat va adolatsizlik muammolarini fosh etadilar. Guli obrazi orqali yozuvchilar Navoiyning insoniy fazilatlarini, qalb pokligini ko‘rsatadilar. U asarda sadoqat, sevgi va fidoyilik timsolidir. Guli va Navoiy o‘rtasidagi ruhiy aloqa insonning ichki dunyosi, muhabbatning ilohiylik darajasiga ko‘tarilishi orqali ifodalanadi. Vazirlar, saroy a’zolari, ilm ahllari va xalq vakillari obrazlari orqali asarda o‘sha davr ijtimoiy hayoti aks ettiriladi. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 147 Har bir obraz o‘zining nutq ohangi, xarakteri, qarashlari bilan umumiy dramaturgik to‘qnashuvni boyitadi.Bu obrazlar tizimi orqali yozuvchilar XV asr Buxoro va Hirot madaniy hayotini, o‘sha davr ma’naviy kurashlarini keng tasvirlay olganlar. Shuningdek dramada nasr bilan bitilgan timsollarning gap-so'zlaridan tortib, xattiharakatlarini belgilovchi sahnalargacha puxta, ixcham, mazmundor ishlangan. Asarda har bir sahna ma’noga ega, voqealar orasidagi mantiqiy bog‘lanish saqlanadi. Asarda mumtoz o‘zbek tilining go‘zalligi saqlangan, ammo nutq sodda va ta’sirli. Shu bois u sahnada tabiiy eshitiladi. Ushbu asar o‘z davrida millatning o‘z tarixiga qaytishi, buyuk shaxslar merosini qadrlashi uchun ilhom manbai bo‘lgan. Bugungi kunda ham u teatr repertuarlarida o‘rin olmoqda, yosh avlodni milliy g‘urur, adolat va insonparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning “Alisher Navoiy” dramasi o‘zbek dramaturgiyasi tarixida alohida o‘rin tutadi. Asar orqali mualliflar nafaqat buyuk shoir siymosini, balki adolat, vatanparvarlik, ma’rifat va insoniylik kabi yuksak g‘oyalarni yoritganlar. Dramadan ko‘zlangan asosiy maqsad — Alisher Navoiy timsolida xalq uchun fidoyilik, ezgulikka sadoqat va haqiqatni himoya qilish kabi fazilatlarni targ‘ib etishdir. Mualliflarning badiiy mahorati shundaki, ular tarixiy voqealarni quruq fakt sifatida emas, balki chuqur ruhiy va falsafiy mazmun bilan yoritganlar. Asardagi obrazlar tizimi o‘zaro uyg‘unlikda, sahnaviy harakat va dialoglar orqali jonli ifoda etilgan. “Alisher Navoiy” dramasi bugungi o‘quvchini ham o‘ylantiradi, unda millat g‘ururi, ma’naviy poklik va adolatparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu bois, asar o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, har bir davr uchun ibrat manbai bo‘lib qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Uyg‘un va Izzat Sulton. Alisher Navoiy: drama. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1948. 2. Sulton I. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1980. 3. Karimov N. O‘zbek dramaturgiyasi tarixi. – Toshkent: Fan, 2002. 4. Qosimov B. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Universitet, 2010. 5. Abdullaeva M. “O‘zbek dramaturgiyasida tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini.” – Filologiya masalalari, №3, 2021. 6. openscience.uz – “Alisher Navoiy dramasi tahlili bo‘yicha ilmiy maqolalar bazasi.” (https://openscience.uz/)