MUSTAQILLIK DAVRIDA O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Abstract
Ushbu maqola mustaqillikdan keyin Oʻzbekistonda yoshlar siyosatining paydo boʻlishini oʻrganadi; yoshlar uchun imkoniyatlarning mavjudligi, siyosiy rivojlanishlar, ularning ijtimoiy jihatlari va ba’zi muommolarni tahlil qiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 436 MUSTAQILLIK DAVRIDA O’ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATINING TARIXIY TARAQQIYOTI Raxmatullayev Xabibulloh Ruzitilla o’g’li Millat Umidi universiteti, Hisob va Moliya fakulteti, birinchi kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17593947 Annotatsiya. Ushbu maqola mustaqillikdan keyin Oʻzbekistonda yoshlar siyosatining paydo boʻlishini oʻrganadi; yoshlar uchun imkoniyatlarning mavjudligi, siyosiy rivojlanishlar, ularning ijtimoiy jihatlari va ba’zi muommolarni tahlil qiladi. Kalit so'zlar: Oʻzbekiston, yoshlar siyosati, mustaqillik davri, ta’lim, bandlik, madaniyat. HISTORICAL DEVELOPMENT OF YOUTH POLICY IN UZBEKISTAN IN THE PERIOD OF INDEPENDENCE Abstract. This article examines the emergence of youth policy in Uzbekistan after independence; it analyzes the opportunities available for young people, political developments, their social aspects, and certain related issues. Keywords: Uzbekistan, youth policy, period of independence, education, employment, culture. ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ МОЛОДЕЖНОЙ ПОЛИТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРИОД НЕЗАВИСИМОСТИ Аннотация. В данной статье исследуется возникновение молодёжной политики в Узбекистане после обретения независимости; анализируются существующие возможности для молодёжи, политические процессы, их социальные аспекты и некоторые проблемы. Ключевые слова: Узбекистан, молодежная политика, период независимости, образование, занятость, культура. KIRISH Mustaqillikdan keyin yurtimizda yoshlar masalasiga alohida e’tibor berila boshlandi. Chunki yosh avlod jamiyatning kelajagiga katta ta’sir qiladi. Shu sababli, yoshlar hayotiga oid siyosat davlat uchun eng muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Shunday qilib, mustaqillik davrida davlatimizning maqsadi Oʻzbekistonda yoshlar siyosatini tashkil etish, yoshlarning jamiyatda ishtirokini kafolatlash, ijtimoiy himoya va ta'limni standartlashtirish edi. Ushbu maqola mustaqillikdan keyingi davrda Oʻzbekiston yoshlar siyosatining evolyutsiyasini, uning asosiy yo'nalishlari va yutuqlarini ko'rib chiqadi. Oʻzbekiston mustaqil davlatga aylanishidan oldin, yoshlar siyosati davlat tomonidan markazlashgan tarzda amalga oshirilgan edi. Bu mexanizm asosan yoshlarni siyosiy va mafkuraviy jihatdan tarbiyalash uchun, mehnat, fan va sport kabi sohalarga yo’naltirish orqali amalga oshirilgan. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda yoshlar ishlari markaziy darajada boshqarilgan. O‘sha paytda “Komsomol” deb atalgan tashkilot yoshlarni mafkuraviy ruhda tarbiyalashda muhim rol o‘ynagan. Ammo, o'sha yillardan hozirgacha jamiyatimizda yoshlar tashabbusi va badiiy ishlarni qurish maqsadi, hech qachon tashqi ta'sir, mafkura asosida amalga oshirilmadi, balki ularni ruhlantirish va qo’llab quvvatlashga e’tibor qaratildi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 437 Mustaqillik davrida O‘zbekistonda yoshlar siyosatining shakllanishi va rivojlanishini ko’rib chiqsak. 1991-yildan keyin boshlangan mustaqillik davri, yurtimizda yoshlar siyosatini rivojlanishiga asosiy sabab bo’ldi. Davlatimiz tomonidan boshqariladigan, milliy darajadagi dasturlar yoshlarni ijtimoiy hayotga integratsiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishga qaratildi. Bundan tashqari, yoshlar siyosatini amalga oshirish uchun 2020-yil Prezidentning PF-6017-son farmoni bilan “Yoshlar ishlari agentligi” tashkil qilindi va bir necha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Masalan, “Ibrat farzandlari”, “Yoshlar uchun ming kitob”, “Mutolaa” kabi loyihalar. Bu loyihalarning asosiy maqsadi, yoshlarning intelektual salohiyatini oshirish va qo’llab quvvatlash edi. Natijada, bu qilingan loyihalar yosh avlodning ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabatlarini o’zgarishiga sabab bo’ldi. Yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunchilikka ham e’tibor qaratildi. 2016-yil 12-avgust qonunchilik palatasi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Bu qonunning asosiy maqsadi, yoshlar siyosatini qonuniy ravishda amalga oshirish va yoshlar haqidagi umumiy ma’lumotlar qonun tomonidan ko’rsatish bo’lgan. Shu qonunning uchinchi moddasida - yoshlar deb 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan fuqorolar deb ko’rsatilgan. Keyingi islohotlardan biri bu bandlik va ijtimoiy himoya. Bu yoshlar uchun ish o'rinlari yaratish, kasb-hunar ta'limi va tadbirkorlikka tayyorgarlik kabi muhim vazifalarni o’z ichiga olgan. Yoshlar bandligi va tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun yangi ish o'rinlarini yaratildi. Bunga misol qilib, 2010yilda yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish dasturi” ochildi, endi yosh tadbirkorlarga o'z bizneslarini tashkil etishda moddiy tomondan ko’mak ko’rsatila boshlandi. Madaniyat va sport faoliyatlari - turli madaniyat va sport faoliyatlariga jalb qilish, ularni sport musobaqalari va ijodiy loyihalarda moddiy qo’llab quvvatlash ishlari olib borildi. Siyosiy faoliyat - yoshlarni mahalliy va davlat siyosatida ishtirok etish imkoniyatlarini berish ya’ni saylov va siyosiy jarayonlarda bevosida va bilvosita qatnashish imkoniyati paydo bo’ldi. Bundan tashqari, yoshlarni ilmiy va innovatsion loyihalari uchun turli grant va stipendiyalarni berilishi boshlandi. Sport va madaniyatda yoshlar dasturlari tashkil etildi va talabalar xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etishni boshlashdi. Har yili yoshlar festivallari va olimpiadalar o'tkazilib, ularni ijtimoiy hayotini yaxshilashga harakat qilindi. Natijada bu amalga oshirilgan islohotlar nafaqat yoshlar siyosatini rivolantirdi, balki ularni mustaqillikdan keying davlatning siyosiy tizimiga bo’lgan fikrlarini ham ijobiy tarafga o’zgartira oldi. Yoshlar siyosatini qurishda bir nechta yutuqlarga erishilayotgan bo’lsa ham, ba’zi kamchiliklar haligacha o’z yechimini to’liq topmagan. Misol uchun, yoshlar siyosiy to’liq faol emas, ular nisbatan passiv, ba’zilarining siyosiy bilimlari past yoki cheklangan. Bundan tashqari, bandlik va o’z sohasida rasmiy ish topa olmasligi ham og’riqli nuqtalardan biridir. Sifatli ta’lim yetishmasligi ham keyingi kamchilik hisoblanadi, ya’ni davlat muassasalaridan tashqari sifatli darajadagi ta’lim resurslari cheklanganligi. Bu muammolarga birgina tizimli interaktiv platforma yaratish yechim bo’la olishi mumkin. U orqali ular bir vaqtning o’zida siyosiy va ijtimoiy faoliyatga qoshilishi, ish, kasb-hunar bilan birgalikda bilim ham ola olishlari mumkin boladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 438 Xulosa. Oʻzbekiston mustaqillik davrida keng qamrovli yoshlar siyosatini rivojlantirdi. Yoshlar jamiyatimizning tayanchi bo'lib, ular yurt kelajagiga katta ta’sirini ko’rsata oladigan jamiyatning ajralmas qismidir. Shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlatimiz tomonidan ta’minlanib kelinmoqda. Ammo, bu hali yoshlar siyosati to’liq rivojlandi degan xulosa kela olmaymiz. Yoshlar siyosati yaqin kelajakda ham o’z muhimlilik darajasini yo’qotmasligi aniq va mamlakatning iqtisodiy tomondan ham asosiy kuchiga aylanishi mumkin. Shunday qilib, mustaqillik yillaridan hozirgacha O’zbekistonda yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi, bir necha loyihalar ishlab chiqildi va bu tizim rivojlanishi davom etmoqda. FOYALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 80 b. 2. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.09.2016-y., № LRU-406. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida” , manba lex.uz. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyunidagi PF-6017-son Farmoni “Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish to‘g‘risida” , Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4358-son Qarori “Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, manba lex.uz. 6. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 464 b. 7. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b. 8. Qodirov M. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda yoshlar siyosatining shakllanishi va rivojlanishi // Jamiyat va boshqaruv. 2020. №2. – B. 34–39. 9. Nazarova D. Yoshlar siyosati – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi; O‘zbekiston ijtimoiy hayoti. 2021. №5. – B. 22–25. 10. Xolmurodova Z. Yoshlar siyosatini amalga oshirishda davlat va jamiyat institutlarining o‘rni; Yoshlar siyosati jurnali. 2023. №1. – B. 15–19.