GULBADANBEGIM - BOBURIYZODA MALIKA
Abstract
Maqolada buyuk Boburiylar sulolasining vakili, hamda Bobur Mirzoning qizi boʻlmish malika Gulbadanbegimning hayotiy faoliyati, ilmiy salohiyati va noyob aql-farosati hamda davlatni boshqarishdagi qobiliyati, Akbarshohning iltimosiga binoan Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Humoyunnoma” asari haqida so‘z yuritiladi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 14 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us GULBADANBEGIM - BOBURIYZODA MALIKA Azamjanova Ziyodaxon Andijon Davlat Universiteti tarix fakulteti talabasi Annotatsiya: Maqolada buyuk Boburiylar sulolasining vakili, hamda Bobur Mirzoning qizi boʻlmish malika Gulbadanbegimning hayotiy faoliyati, ilmiy salohiyati va noyob aql-farosati hamda davlatni boshqarishdagi qobiliyati, Akbarshohning iltimosiga binoan Gulbadanbegim tomonidan yozilgan “Humoyunnoma” asari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Gulbadanbegim, Mohim Begim, Akbarshoh, Humoyunshoh, Humoyunnoma. Hindiston diyorida XVI asrning birinchi yarmida vujudga kelgan Boburiylar imperiyasi shubhasiz jahon tarixidagi buyuk va katta imperiyalardan hisoblanadi. Bu davlat va sulola asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur ekanligi hech kimga sir emas. Quyida aynan shu sulolaning yetuk malikalaridan biri boʻlmish Gulbadan begim haqida soʻz yuritamiz. Gulbadan begim Zahiriddin Muhammad Boburning voqeanoma asariga nom bergan insondir. Gulbadanbegim Bobur Mirzoning uchinchi qizi boʻlib, onasining ismi Dildorbegim edi. U 1523-yilda Kobulda tug‘ilgan. Malika otasi Bobur Mirzo farmoniga ko‘ra katta onasi Mohim Begim qo‘lida tarbiyalanadi. Boburshoh saroyida shahzoda va malikalarni tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Saroy maktabida o‘g‘il va qiz bolalar birgalikda ta’lim olishgan. Ular iste’dodli mudarrislar hamda otinoyilardan saboq olib, turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganlar — masalan, chavandozlik va chavgon o‘ynash. Gulbadanbegimning ham yoshligidan ilm-ma’rifatli bo‘lib voyaga yetishiga e’tibor berilgan bo‘lib, uning tarbiyasi saroy bosh bekasi Mohimbegim zimmasiga yuklangan. Shuningdek, saroyning mahoratli qissaxoni, Sarvqand ismli go‘zal ayol, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar va xalq qo‘shiqlarini zavq bilan so‘zlab bergan. Gulbadanbegim o‘tkir zehn, teran farosat, tadbirkorlik va betakror aql-idrok egasi sifatida o‘z davrining bilimdon va ziyoli ayollaridan biriga aylandi. U turmushga chiqqanidan so‘ng ham akasi Humoyunshoh saroyida eng ishonchli maslahatgo‘yi bo‘lib qolgan, davlat ishlarini yuritishda faol yordam bergan. Shuningdek, u yirik diplomatik vazifalarda qatnashib, murakkab masalalarni hal qilishda oqilona fikr va maslahatlari bilan katta hissa qo‘shgan. Humoyunshoh hayotining quvg‘inda, qiyinchilikda kechgan kezlarida ham uning sodiq hamrohi, hamdardi va maslakdoshi bo‘lib qolaverdi. 1556-yilda
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 15 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Humoyunshohning tasodifiy o‘limidan so‘ng yosh shahzoda Akbar Mirzo taxtga chiqqanidan keyin ham podshohning onasi Hamidabonu Begim bilan bir qatorda yosh podshohning maslahatgo‘yi va maslakdoshi mavqeida bo‘lib, saroy a‘yonlari orasida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘ldi. [1.52] GULBADANBEGIM Gulbadanbegim o‘z davrining eng bilimdon, oqila va dono ayollaridan biri bo‘lgan. Jiyani, podshoh Jaloliddin Akbar, unga: “Firdavsmakon va jannat ashyon hazrat haqidagi bilgan voqealaringizni yozing”, — degan iltimos bildirganidan so‘ng, u mashhur va qimmatli “Humoyunnoma” asarini yaratdi. Ushbu asar Bobur Mirzo hamda Humoyun Mirzoning hayoti va sarguzashtlarini qisqa, ammo mazmunli tarzda bayon etib, mohiyatan “Boburnoma”ning mantiqiy davomi sanaladi. “Humoyunnoma”ning ahamiyati shundaki, unda “Boburnoma”da tilga olingan ayrim voqealarning asl sabab va sharoitlari kengroq yoritilgan. Afsuski, asarning yakuniy qismi o‘sha davrning notinch yillarida yo‘qolib ketgan. Asarda muallif Boburning fe‘l-atvori, qarindoshlariga bo‘lgan munosabati, umrining oxirgi yillaridagi muhim siyosiy voqealar, xastaligi va vafoti tafsiloti hamda Humoyunshohning 1555-yilgacha davom etgan hukmronligi davrida yuz bergan voqealar bayon qilingan. Bobur va Humoyinning shaxsiy hayoti, Humoyinning o‘z ukalariga munosabati va har ikkala hukmdorning oiladagi munosabatlari v ularning hayotidagi ayrim lavhalarga taaluqli muhim ma‘lumotlar bu asarning mag‘zini tashkil etgan. [2.270] “Humoyunnoma” asosan ikki hukmdorning oilaviy hayotiga oid voqealarni yoritgani sababli, siyosiy jihatdan unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi. Yana shuni ta’kidlash joizki, asar Gulbadanbegimning keksalik davrida yozilgan bo‘lib, unda asosan muallif xotirasida saqlanib qolgan voqealar bayon etilgan. Shunga qaramay, kitobdan Humoyun hukmronligi davriga oid qimmatli ma’lumotlarni topish mumkin. Asar tili nihoyatda ta’sirchan bo‘lgani uchun u muhim adabiy manbalardan biri sifatida
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 16 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qadrlanadi. Uning asl qo‘lyozmasi boshqa noyob asarlar qatorida Britaniya muzeyida saqlanmoqda. “Humoyunnoma” tarix, geografiya, etnografiya, til va adabiyotga qiziquvchilar uchun bebaho manba hisoblanadi. HUMOYUNNOMA “Akbarnoma" muallifining yozishiga qaraganda, 1575-yilda Gulbadanbegim Makka ziyoratiga ketadi va 1582-yilda ko‘p qiyinchiliklar bilan ziyoratgohdan qaytib keladi. Gulbadanbegim 1603-yilda 80 yoshida vafot etadi. Akbar podshoh uni katta hurmat bilan dafn etadi. “Akbarnoma" muallifi Abul Fazlning yozishicha, Akbar podshohning o‘zi o‘g‘il sifatida uning tobutini ko‘tarib, dafn marosimida o‘gillik vazifasini e‘timomiga yetkazadi. [3.31] FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. G‘ofurjon Sotimov, Boburiyzodalar. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2003. 52-bet. 2. G‘ofurjon Sotimov, Markaziy Osiyo va Hindiston tarixda Boburiylar davri. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. 270-bet. 3. Turg‘un Fayziyev, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. – Toshkent: Yozuvchi, 1996. 31-bet.