KO'RUV NERVI ATROFIYASINING DIAGNOSTIKASIDA KO'RUV STIMULYATSIYASI BILAN CHAQIRILGAN BOSH MIYA ELEKTR POTENSIALINING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu ishda ko‘ruv nervi atrofiyasida ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali (KSBChEP) tekshiruvining diagnostik ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ushbu usulning ko‘ruv yo‘li faoliyatini baholashda va kasallikni erta bosqichda aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 17 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us KO‘RUV NERVI ATROFIYASINING DIAGNOSTIKASIDA KO‘RUV STIMULYATSIYASI BILAN CHAQIRILGAN BOSH MIYA ELEKTR POTENSIALINING AHAMIYATI Zuhra Berdieva Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi Annotatsiya: Ushbu ishda ko‘ruv nervi atrofiyasida ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali (KSBChEP) tekshiruvining diagnostik ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ushbu usulning ko‘ruv yo‘li faoliyatini baholashda va kasallikni erta bosqichda aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: ko‘ruv nervi atrofiyasi, ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali, VEP, P100 to‘lqini, elektrodiagnostika. KIRISH Ko‘ruv nervi atrofiyasi (KNA) — ko‘ruv nervi tolalarining degenerativ jarayoni bo‘lib, u turli etiologik omillar (ishemik, glaukomatoz, travmatik va toksik) natijasida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida ko‘rish o‘tkirligi pasayishi, ko‘rish maydonining torayishi va rangni ajratish buzilishlari kuzatiladi. Ammo strukturaviy o‘zgarishlar (OCT da) ko‘pincha kech aniqlanadi. Shu sababli ko‘ruv yo‘li faoliyatini funksional darajada baholovchi obyektiv usullar — xususan ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali (KSBChEP) — erta diagnostika uchun katta ahamiyatga ega. Tadqiqot maqsadi Ko‘ruv nervi atrofiyasi bilan og‘rigan bemorlarda KSBChEP (VEP) ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyatini aniqlash va ularni sog‘lom shaxslar bilan solishtirish. Materiallar va usullar Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasida olib borildi. Umumiy 36 nafar bemor (72 ko‘z) tekshirildi: 18 nafar — ko‘ruv nervi atrofiyasi tashxisi bilan; 18 nafar — sog‘lom nazorat guruhi. Barcha bemorlarda: Visometriya, perimetriya, tonometriya, OCT va Ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali (KSBChEP) tekshiruvlari bajarildi. Tekshiruv “pattern reversal” stimulyatsiyasi asosida o‘tkazilib, P100 to‘lqinining kechikish (latensiya) va amplituda qiymatlari baholandi. Natijalar
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 18 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Sog‘lom ko‘zlarda P100 latensiyasi o‘rtacha 101 ± 5 ms, amplituda esa 8.2 ± 1.1 μV bo‘ldi. Ko‘ruv nervi atrofiyasi bo‘lganlarda esa P100 latensiyasi 128 ± 9 ms gacha cho‘zildi, amplituda esa 4.0 ± 0.9 μV gacha kamaydi. Ishemik shaklda amplituda kamayishi glaukomatoz shaklga qaraganda sezilarliroq kuzatildi. OCT natijalari bilan solishtirganda, RNFL qalinligi pasayishi bilan P100 amplitudasi orasida sezilarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiya (r = 0.71) aniqlandi. Xulosa: 1. Ko‘ruv stimulyatsiyasi bilan chaqirilgan bosh miya elektr potensiali (KSBChEP) — ko‘ruv nervi atrofiyasini funksional baholashda obyektiv va ishonchli usuldir. 2. P100 to‘lqinining kechikishi va amplituda kamayishi KNA darajasi bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liq. 3. KSBChEP va OCT natijalarini birgalikda tahlil qilish ko‘ruv yo‘lidagi strukturaviy va funksional o‘zgarishlarni kompleks baholash imkonini beradi.