scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLAUKOMA SABABLI RIVOJLANADIGAN KO'RUV NERVI ATROFIYASINING ERTA DIAGNOSTIKASI: ZAMONAVIY USULLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI

Berdieva, Zuhra

Abstract

Ko‘ruv nervi — inson tanasidagi o‘ziga xos tuzilmalardan biri bo‘lib, u ko‘zdan miyaga vizual ma’lumotlarni uzatuvchi minglab asab tolalaridan iborat. Bu tolalar shikastlanganda yoki nobud bo‘lganda, ularning o‘rnida biriktiruvchi to‘qima paydo bo‘ladi va bu ko‘rish qobiliyatining qaytarilmas yo‘qolishiga olib keladi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, global ko‘rlik holatlarining kamida 20% i ko‘ruv nervi atrofiyasi bilan bog‘liq. Kasallik ko‘p hollarda erta bosqichlarda belgilarsiz kechadi va bemor ko‘rish buzilishlarini sezganida nerv tolalarining katta qismi allaqachon zararlangan bo‘ladi. Shu bois, atrofiya jarayonini imkon qadar erta bosqichda aniqlash va zamonaviy diagnostika usullaridan samarali foydalanish ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 104 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com GLAUKOMA SABABLI RIVOJLANADIGAN KO‘RUV NERVI ATROFIYASINING ERTA DIAGNOSTIKASI: ZAMONAVIY USULLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI Zuhra Berdieva Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi Dolzarbligi. Ko‘ruv nervi — inson tanasidagi o‘ziga xos tuzilmalardan biri bo‘lib, u ko‘zdan miyaga vizual ma’lumotlarni uzatuvchi minglab asab tolalaridan iborat. Bu tolalar shikastlanganda yoki nobud bo‘lganda, ularning o‘rnida biriktiruvchi to‘qima paydo bo‘ladi va bu ko‘rish qobiliyatining qaytarilmas yo‘qolishiga olib keladi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, global ko‘rlik holatlarining kamida 20% i ko‘ruv nervi atrofiyasi bilan bog‘liq. Kasallik ko‘p hollarda erta bosqichlarda belgilarsiz kechadi va bemor ko‘rish buzilishlarini sezganida nerv tolalarining katta qismi allaqachon zararlangan bo‘ladi. Shu bois, atrofiya jarayonini imkon qadar erta bosqichda aniqlash va zamonaviy diagnostika usullaridan samarali foydalanish ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot maqsadi. Glaukoma sababli yuzaga keluvchi ko'ruv nervi atrofiyasining zamonaviy usullar orqali erta tashxis qo'yish. Materiallar va metodlar. Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘z kasalliklari bo‘limida o‘tkazilib, glaukoma sababli ko‘ruv nervi atrofiyasidan shubha qilingan 30 nafar bemor qatnashdi. Bemorlar uchta guruhga bo‘linib, har biri turli diagnostika yondashuvlari asosida baholandi: 1-guruh (n=10): Faqat tonometriya (Goldman usuli) orqali ko‘z ichki bosimi baholandi. 2-guruh (n=10): Faqat optik koherens tomografiya (OCT) yordamida RNFL va GCC qalinligi o‘lchandi.3-guruh (n=10): OCT va kompyuter perimetriya (Humphrey visual field test) kombinatsiyalangan holda qo‘llanildi. OCT orqali ko‘ruv nervi tolalari qalinligi, ganglion hujayralar kompleksi va disk chuqurligi baholandi. Perimetriya yordamida ko‘rish maydoni buzilishlari (MD, PSD, VFI) tekshirildi. Natijalar va tahlil.Tonometriya: Bu usul ko‘z ichki bosimini baholashda muhim bo‘lsa-da, erta atrofiya bosqichlarini aniqlash uchun yetarlicha sezgirlikka ega emas (sezgirlik: 50–75%).OCT: RNFL va GCC qalinligining sezilarli darajada yupqalashgani erta atrofiya belgilari sifatida qayd etildi. Bu usulning sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lib, nerv to‘qimalarining strukturaviy o‘zgarishlarini aniq baholashga imkon berdi (sezgirlik: 85–95%).Kompleks yondashuv: OCT + kompyuter perimetriya kombinatsiyasi eng samarali natijalarni ko‘rsatdi.. Aynan shu guruhda erta INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 105 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com atrofiya holatlari eng ko‘p qayd etildi (70%).Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, faqat tonometriya orqali glaukomaning erta bosqichlarini aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin. OCT yordamida ko‘ruv nervi tolalarining qalinligini baholash strukturaviy o‘zgarishlarni erta aniqlash imkonini beradi. Kompyuter perimetriya esa funksional o‘zgarishlarni kuzatishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ikki usulning kombinatsiyasi diagnostika jarayonining aniq va samarali bo‘lishini ta'minlaydi. Xulosa. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, glaukoma sababli yuzaga keladigan ko‘ruv nervi atrofiyasini erta bosqichda aniqlash uchun kompleks yondashuv qo‘llash zarur. Ayniqsa, OCT va kompyuter perimetriya kombinatsiyasi orqali erta atrofiya va funksional buzilishlar aniqlanib, bemorlarga o‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilishi mumkin. Shu bois, klinik amaliyotda zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng foydalanish ko‘rlikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.