OLIY TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash va ularning ta'lim jarayoniga ta'siri tahlil qilingan. Raqamli infratuzilmani takomillashtirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va interaktiv ta'lim usullaridan samarali foydalanish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, raqamli ta'lim platformalari, sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati muhokama qilingan. Natijalar raqamli texnologiyalarning ta'lim sifatini oshirishda muhim vosita ekanligini koʻrsatadi.
Full text
10 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi OLIY TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH Muallif: Xusniddinov Yorqinjon Muhiddin oʻgʻli 1 Affiliyatsiya: TDIU Raqamli iqtisodiyot kafedrasi assistenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17598690 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash va ularning ta'lim jarayoniga ta'siri tahlil qilingan. Raqamli infratuzilmani takomillashtirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va interaktiv ta'lim usullaridan samarali foydalanish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, raqamli ta'lim platformalari, sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati muhokama qilingan. Natijalar raqamli texnologiyalarning ta'lim sifatini oshirishda muhim vosita ekanligini koʻrsatadi. Kalit so’zlar: Raqamli ta'lim, sun'iy intellekt, masofaviy ta'lim, blokcheyn, onlayn platforma, interaktiv ta'lim, raqamli infratuzilma, shaxsiylashtirilgan oʻqitish. KIRISH Hozirgi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi oliy ta'lim tizimiga katta ta'sir koʻrsatmoqda. Bu texnologiyalar ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish va talabalarning bilim olish samaradorligini yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali masofaviy ta'limni rivojlantirish, shaxsiylashtirilgan oʻqitishni yoʻlga qoʻyish va ta'lim jarayonini raqamlashtirish imkoniyatlari kengaymoqda. Zamonaviy oliy ta'lim muassasalarida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va yangi texnologiyalardan foydalanishga moslashtirish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Shuningdek, talabalarning ta'lim jarayoniga qiziqishini oshirish, mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga yangi innovasion vositalarni taqdim etish zarurati ham oshib bormoqda. Shu maqolada oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ularning afzalliklari va muammolari tahlil qilinib, ta'lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan samarali usullar taklif etiladi. ADABIYOTLAR SHARHI Raqamli texnologiyalar ta'lim jarayoniga innovasion yondashuvlarni kiritish orqali uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, AQSh va Yevropa davlatlarida raqamli ta'lim platformalari va sun'iy intellekt texnologiyalari ta'lim jarayoniga faol tatbiq etilmoqda. Masalan, Coursera, EDX, Khan Academy kabi onlayn platformalar talabalarga sifatli ta'lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, Finlyandiya va Singapur kabi davlatlarda ta'lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish oʻquv jarayonining asosiy tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Anderson.T. (2019). The Theory and Practice of Online Learning. Muallif onlayn ta'limning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini ochib beradi. Ushbu “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi manbada raqamli platformalarning imkoniyatlari, shuningdek, interaktivlik va mustaqil oʻrganishni ragʻbatlantiruvchi elementlar keng tahlil qilingan. YUNESKO (2020). Education in a post-COVID world: Nine ideas for public action. Pandemiyadan keyingi ta'limni qayta tashkil etish boʻyicha takliflarda raqamli texnologiyalarni keng qamrovda joriy etish zarurligi ta'kidlangan. Masofaviy ta'limning imkoniyatlari va muammolari chuqur yoritilgan. Mirzaeva.G. (2023). Raqamli ta'limga talabalar munosabati: Empirik tadqiqot natijalari. Bu tadqiqotda talabalarning raqamli ta'lim vositalariga munosabati, ularning qulaylik darajasi, foydali jihatlari va muammolari aniqlangan. Talabalar fikriga asoslangan holda tahlil qilingan. Qoʻchqorov.X. (2022). Oliy ta'limda raqamli texnologiyalar: Yondashuv va muammolar. Muallif raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi huquqiy, texnik va pedagogik jihatlarni yoritadi. Oʻqituvchilarning raqamli kompetensiyasi masalalari alohida koʻrib chiqilgan. OECD (2021). Digital Education Outlook: Pushing the Frontiers with AI. Xalqaro darajadagi ushbu hisobotda sun'iy intellekt, adaptiv ta'lim tizimlari va raqamli tahlil vositalari kelajakda ta'limga qanday ta'sir koʻrsatishi yoritilgan. Ahmadaliyev.B. (2021). Oʻzbekistonda raqamli ta'limni rivojlantirish istiqbollari. Ushbu maqolada milliy darajadagi raqamli ta'lim siyosatlari, loyihalar va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Elektron platformalardan foydalanish tajribasiga toʻxtalib oʻtilgan. Selwyn.N. (2016). Education and Technology: Key Issues and Debates. Bu kitobda raqamli texnologiyalarning ta'limga ta'siri batafsil yoritilgan. Aniq misollar va holatlar asosida muammoli nuqtalarni tahlil qiladi. Kasimov.D. (2022). Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining oʻquv jarayoniga ta'siri. Ushbu maqolada AKT vositalari orqali darslarni tashkil qilish usullari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Masofaviy oʻqitishdagi texnik imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Xulosa sifatida aytganda, mavjud adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, raqamli texnologiyalarni oliy ta'lim tizimida samarali qoʻllash ta'limning sifatini oshirishga, ta'lim jarayonini individuallashtirishga va ta'lim oluvchilarning faolligini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. Biroq bu jarayonda metodik yondashuvlar, infratuzilmaviy ta'minlash va kadrlar malakasini oshirish masalalari alohida e'tiborni talab qiladi. METODOLOGIYA Ushbu tadqiqot oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash usullarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish yoʻllarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda ilmiy izlanishning sifat va miqdoriy usullari birgalikda qoʻllanildi, ya'ni aralash metod asosida olib borildi. Tadqiqot ob'ekti sifatida Oʻzbekiston oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoni olindi. Predmet esa – raqamli texnologiyalarni qoʻllash usullari va ularning samaradorligini oshirish yoʻnalishlari hisoblanadi. TAHLIL VA NATIJALAR Oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllashning afzalliklari quyidagilardan iboratdir: interaktiv ta'lim jarayoni;
12 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi shaxsiylashtirilgan oʻqitish; aqliy tahlil va sun'iy intellekt; oʻquv materiallariga keng qamrovli kirish; hamkorlik va muloqot imkoniyatlari. Interaktiv ta'lim jarayoni - Virtual va aralash ta'lim platformalari, masofaviy ta'lim dasturlari, vebinarlar va onlayn darslar orqali ta'lim samaradorligini oshirish. Shaxsiylashtirilgan oʻqitish - Texnologiyalar orqali talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ular uchun mos oʻquv rejalarini shakllantirish. Aqliy tahlil va sun'iy intellekt - Ta'lim jarayonini tahlil qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyati. Oʻquv materiallariga keng qamrovli kirish - Elektron kutubxonalar, onlayn kurslar, axborot bazalari va ta'lim platformalaridan foydalanish imkoniyati. Hamkorlik va muloqot imkoniyatlari - Talabalar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish, guruhlarda ishlash va tajriba almashish jarayonlarini yaxshilash. Raqamli texnologiyalarning ta'lim jarayoniga ta'sirini baholash uchun quyidagi jadvalda asosiy koʻrsatkichlar keltirilgan: 1-jadval Raqamli texnologiyalarning ta'lim jarayoniga ta'sirini baholash 1 Koʻrsatkich An'anaviy ta'lim (%) Raqamli ta'lim (%) Darslarda qatnashish darajasi 75 90 Oʻquv materiallariga kirish imkoniyati 60 95 Talabalarning faolligi 50 85 Oʻquv jarayonida individual yondashuv 40 80 Masofaviy ta'lim imkoniyati 30 90 Oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash metodlarini takomillashtirish yoʻnalishlari quyidagilardan tashkil topgan: oliy ta'lim muassasalarida raqamli infratuzilmani rivojlantirish; oʻqituvchilar malakasini oshirish; masofaviy ta'lim modellarini joriy etish; interaktiv oʻquv materiallari yaratish; sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish. Oliy ta'lim muassasalarida raqamli infratuzilmani rivojlantirish Kameralar, sensorlar, internet tarmoqlarini takomillashtirish, qulay platforma va dasturiy ta'minotlar yaratish. Oʻqituvchilar malakasini oshirish - Ularni raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha oʻqitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish. Masofaviy ta'lim modellarini joriy etish - Onlayn va gibrid ta'lim modellarini rivojlantirish. Interaktiv oʻquv materiallari yaratish - Video darslar, elektron kitoblar, mobil ilovalar va boshqa resurslarni takomillashtirish. Sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish-Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, shaxsiylashtirilgan ta'lim platformalari va raqamli diplomlar joriy etish. Oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash metodlarini takomillashtirishni jadval asosida quyidagicha yoritish mumkin: 1 Muallif ishlanmasi
13 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi 2-jadval Oliy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʻllash metodlarini takomillashtirish yoʻllari 2 Yoʻnalish Takomillashtirish metodi Kutilgan natija Muddat Elektron ta'lim platformalari Moodle, Google Classroom, Blackboard kabi platformalarni joriy etish va integrasiyalash Masofaviy ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, oʻquv jarayonini samarali tashkil etish Doimiy Virtual va aralash ta'lim (Blended Learning) Virtual laboratoriyalar, onlayn kurslar, video darslarni yoʻlga qoʻyish Amaliy bilimlarni uzatishning samaradorligini oshirish 6-12 oy Interaktiv vositalarni qoʻllash Simulyasiyalar, interaktiv taxtalar, raqamli kitoblardan foydalanish Dars jarayonini qiziqarli va tushunarli qilish 3-6 oy Bilimlarni baholashda sun'iy intellekt Avtomatlashtirilgan test tizimlari, AI asosidagi tahlillar Ob'ektiv va tezkor baholashni ta'minlash 6-12 oy Bilimlarni personallashtirish Mashinani oʻrganish va AI yordamida individual oʻquv rejalarini shakllantirish Har bir talabaning oʻquv imkoniyatlariga moslashish 12-18 oy Masofaviy ta'lim usullarini takomillashtirish Videokonferensiya platformalarini takomillashtirish, VR/AR texnologiyalarini joriy etish Istalgan joyda va vaqtda oʻquv jarayonini ta'minlash 6-12 oy 2-jadvalda tavsiya etilgan yoʻnalishlar Oliy ta'lim tizimida qoʻllaniladigan raqamli texnologiyalardan foydadalanish samaradorligini oshirishni ta'minlashga imkoniyat beradi. Jumladan, Moodle, Google Classroom, Blackboard kabi elektron ta'lim platformalarini joriy etish orqali masofaviy ta'lim imkoniyatlari kengayishi ta'minlanadi. Virtual laboratoriyalar, onlayn kurslar va video darslar orqali amaliy bilimlarni samarali uzatish, interaktiv vositalar (simulyasiyalar, raqamli kitoblar, elektron taxtalar) yordamida dars jarayonini qiziqarli va tushunarli qilish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, sun'iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan baholash tizimlari orqali ob'ektivlik va tezkorlikka erishish mumkin. AI yordamida individual oʻquv rejalarini shakllantirish, talabalar imkoniyatlariga mos ta'limni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. Umuman olganda, taklif etilgan metodlar oliy ta'lim tizimining raqamlashtirilishini jadallashtirish va ta'limning individual, interaktiv va innovasion modelini shakllantirishga xizmat qiladi. XULOSA VA TAKLIFLAR Oliy ta'limda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun ta'lim muassasalari infratuzilmasini takomillashtirish, oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va talabalar uchun texnologik imkoniyatlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy raqamli ta'lim vositalari oʻquv jarayonini interaktiv va samarali qilishga imkon beradi. Shuningdek, talabalarning mustaqil oʻrganish qobiliyatlarini kuchaytirish, bilimlarni oʻzlashtirish sifatini oshirish va ta'lim jarayonini shaxsiylashtirish imkonini yaratadi. Raqamli texnologiyalar ta'lim tizimida zamonaviylashtirish jarayonini tezlashtirib, innovasion yondashuvlarning amalga oshirilishini ragʻbatlantiradi. Shu boisdan, ta'lim muassasalari raqamli infratuzilmalarni takomillashtirish, pedagoglarning raqamli savodxonligini oshirish va talabalar uchun yangi oʻquv modellarini joriy etishga e'tibor qaratishlari lozim. Kelajakda raqamli texnologiyalar asosidagi ta'lim modellari ta'lim sifatini yanada 2 Muallif ishlanmasi
14 https://www.asr-conference.com V SHO‘BA: Raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlarini joriy etish samaradorligi yuqori darajaga olib chiqishi shubhasiz. Shuning uchun, innovasiyalarni joriy qilish va raqamli ta'lim muhitini rivojlantirishga doimiy e'tibor qaratish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” Farmoni. https://lex.uz/docs/4545884 2. Zub A.T. Prinyatie upravlencheskix resheniy. Teoriya i praktika: ucheb. Posobie. – M.: ID «FORUM»: INFRAM-M, 2010. – 400 s.: il. 3. Kadushin A., Mixaylova N. Effekt «okisleniya» // «Direktor informasionnoy slujbi»: nastolniy jurnal IT-rukovoditelya, № 7 2001 g. [Elektronniy resurs]. Rejim dostupa: http://www.osp.ru/cio/2001/07/171840/. Data obrasheniya: 20.09.2012. 4. Gulyamov S.S., Ayupov R.X., Abdullaev R.Q. “Raqamli iqtisodiyot-kadrlar tayyorlashning dolzarb yoʻnalishlari” // “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar fevral, 2020 yil. 5. Razumnikov S.V., Kurmanbay A.K. Models of evaluating efficiency and risks on integration of cloud-base IT-services of the machine-building enterprise: a system approach // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering, Volume 124 (2016), Number 1, Tomsk – [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: http://iopscience.iop.org/article/10.1088/1757-899X/124/1/012089 (data obrasheniya: 11.05.2016). 6. Reig G., Alonso J., Guitart J. (2010) Deadline constrained prediction of job resource requirements to manage high-level SLAs for SaaS cloud providers, Tech. Rep. UPC-DAC-RR, Dept. d’Arquitectura de Computadors, University Politécnica de Catalunya, Barcelona, Spain. 7. Wu, L., Kumar Garg, S., Buyya, R. (2012). SLA-based admission control for a Software-as-a-Service provider in Cloud computing environments. Journal of Computer and System Sciences, 78 (5), pp. 1280 1299. 8. Valentinova T. Chto v deystvitelnosti predstavlyayut soboy oblachnie servisi // Wardwareportal.ru, 9.03.2009 [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: http://www.hwp.ru/articles/CHto_v_deystvitelnosti_predstavlyayut_soboy_oblachn ie_servisi/(data obrasheniya: 08.04.2013). 9. Kolpakov V.M. Teoriya i praktika prinyatiya upravlencheskix resheniy: Ucheb. Posobie. — 2 e izd., pererab. I dop. — K.: MAUP, 2004. — 504 s.: il. 10. Zaripov B., Abduvohidov A., “Swot Analysis of Cloud Computing Problems in Higher Education”, ICFNDS 2021: The 5th International Conference on Future Networks & Distributed SystemsDecember 2021 Pages 323– 327https://doi.org/10.1145/3508072.3508125. 11. Zaripov, B., Mirzaliyev, S., Zohirov, K., Abdullayev A. “Analysis and Implementation of Course Quality Optimization based on Cloud Computing” International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities, ICISCT 2021, 2021.