TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN UYG'UNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli (multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 369 TILSHUNOSLIK FANINING FALSAFA, PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIGI Soatova Aziza Sadriddin qizi Termiz davlat universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish: o‘zbek tili yo’nalishi 1-bosqich talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17602104 Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslik fanining falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Tilning nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur, ong va jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa ekani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada falsafa fanining tilning mohiyatini anglashdagi o‘rni, psixologiyaning nutq hosil bo‘lishi hamda idrok jarayonlariga ta’siri, shuningdek, sotsiologiyaning tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi funksiyalarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi yo‘nalishlar misolida tilshunoslikning ko‘p fanli (multidisipliner) xususiyati namoyon etiladi. Kalit so‘zlar: tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, psixolingvistika, sotsiolingvistika, tafakkur, ijtimoiy hodisa. Annotation. This article analyzes the interrelations of linguistics with philosophy, psychology, and sociology. It substantiates that language is not only a means of communication but also a complex social phenomenon closely connected with thought, consciousness, and the development of society. The article discusses the role of philosophy in understanding the essence of language, the influence of psychology on speech production and perception processes, as well as the importance of sociology in studying the social nature and functions of language. Furthermore, through the examples of psycholinguistics and sociolinguistics, the multidisciplinary character of linguistics is demonstrated. Keywords: linguistics, philosophy, psychology, sociology, psycholinguistics, sociolinguistics, thought, social phenomenon. Аннотация. В данной статье анализируются взаимосвязи лингвистики с философией, психологией и социологией. Обосновывается, что язык является не только средством общения, но и сложным социальным явлением, тесно связанным с мышлением, сознанием и развитием общества. В статьерассматриваются роль философии в осмыслении сущности языка, влияние психологии на процессы Рече образования и восприятия, а также значение социологии в изучении социальной природы и функций языка. На примере психолингвистики и социолингвистики показан междисциплинарный характер лингвистики. Ключевые слова: лингвистика, философия, психология, социология, психолингвистика, социолингвистика, мышление, социальное явление. Tilshunoslik — inson tafakkuri va jamiyat hayotining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan tilni o‘rganuvchi fan sifatida o‘ziga xos tadqiqot doirasiga ega. Ushbu fan tilning tuzilishi, uning ishlash mexanizmlari, tarixiy taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari hamda inson ongidagi aks etish jarayonlarini o‘rganadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 370 Tilshunoslik nafaqat til tizimini tahlil qiladi, balki uni inson faoliyatining, madaniyatining va tafakkurining ajralmas qismi sifatida ham ko‘radi. Shu bois, tilshunoslikning predmeti keng bo‘lib, fonetika, leksikologiya, grammatika, semantika, pragmatika, psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi uning tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Til falsafa bilan birgalikda tafakkur va bilish jarayonlarining mohiyatini tushunishga yordam beradi; psixologiya bilan o‘zaro aloqada nutq faoliyatining psixik mexanizmlarini ochib beradi; sotsiologiya bilan esa tilning ijtimoiy funksiyalari, jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi til farqlanishlarini o‘rganadi. Shu bois, tilshunoslik zamonaviy fanlar tizimida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi globallashuv, axborot texnologiyalari va madaniy aloqalar kengaygan davrda tilning falsafiy, psixologik va sotsiologik jihatlarini birgalikda o‘rganish zarurati yanada ortmoqda. Tilning ko‘p qirrali tabiatini chuqur anglash nafaqat lingvistik bilimni boyitadi, balki inson tafakkuri, ijtimoiy ong va madaniy o‘ziga xoslikni tushunishga ham xizmat qiladi. Shu sababli, tilshunoslikning falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan aloqalarini o‘rganish ilmiy jihatdan ham, amaliy nuqtayi nazardan ham dolzarb masala hisoblanadi. Til va tafakkur o‘rtasidagi munosabat qadimdan insoniyat tafakkurining eng muhim falsafiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki til — inson tafakkurining shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir. Falsafada bu masala asosan “til inson tafakkurini ifodalovchimi yoki uni shakllantiruvchimi?” degan savol asosida tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tilshunoslik va falsafa bir-biridan ajralmas, o‘zaro boyituvchi fan sohalaridir. Falsafa tilni bilish, tafakkur, mavjudlik va haqiqatni ifodalash vositasi sifatida o‘rganiladi. Masalan, Aristotel: “Til – insonning tafakkuriy qobiliyatini tashqi shaklda ifodalovchi vosita”, deb hisoblagan. Keyinchalik R.Dekart, I.Kant, F.Gegel kabi faylasuflar tilni inson aqliy faoliyatining muhim ko‘rinishi sifatida tahlil qilganlar. XX asr falsafasida esa L.Vitgenshteynning “til falsafasi” konsepsiyasi alohida e’tiborga loyiq bo‘lib, u til orqali inson dunyoni qanday idrok etishi va haqiqatni qanday shakllantirishi masalasiga yangi nazariy asos yaratgan. Tilshunoslikda esa bu jarayon til tizimi va inson tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali izohlanadi. Til — fikrni tashqi shaklga soluvchi vosita bo‘lish bilan birga, inson ongining rivojlanishida faol rol o‘ynaydi. Shu sababli zamonaviy lingvistika, ayniqsa kognitiv tilshunoslik yo‘nalishi, falsafaning “bilish nazariyasi” bilan chambarchas bog‘langan. Kognitiv lingvistika tilni inson ongida shakllanadigan bilimlar, tushunchalar va mantiqiy bog‘lanishlar tizimi sifatida o‘rganadi. Tilshunoslik va falsafa o‘rtasidagi uzviy aloqaning yana bir muhim jihati — semantika (ma’no nazariyasi)da ko‘rinadi. Falsafa ma’no, haqiqat va tushuncha munosabatlarini tahlil qilsa, lingvistika bu munosabatlarning tilda qanday shaklda ifodalanishini o‘rganadi. Masalan, “haqiqat”, “borliq”, “ong”, “ruh” kabi falsafiy tushunchalar tildagi leksik-semantik tizim orqali shakllanadi va madaniy tafakkurda o‘z ifodasini topadi. Til va psixologiya inson faoliyatining ikki ajralmas sohasi bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasi asosan nutq va tafakkur jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Psixologiya insonning ruhiy kechinmalari, idrok, tafakkur, xotira va emotsional holatini o‘rganar ekan, tilshunoslik aynan shu jarayonlarning tildagi ifodasi va tuzilishini tahlil qiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 371 Shu bois tilshunoslikning psixologiya bilan aloqasi inson nutq faoliyatining ichki mexanizmlarini anglashda alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslik va psixologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik natijasida psixolingvistika deb ataluvchi yangi fan sohasi vujudga keldi va bu atamani ilk marotaba 1936-yilda Yakob Kontor o’z asarida foydalandi. “Psixolingvistika nutqning hosil bo’lishi va eshitib his etish jihatlarini nutq faoliyatining jamiyat, shaxs rivojlanishi bilan bog’liq ravishda murakkab sistema va struktura sifatida ilmiy tadqiq etadi” 1 . Mazkur sohaning rivojlanishida A.A.Leontev, L.S.Vigotskiy, J.Piajе, N.Xomsky kabi olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi. L.S.Vigotskiy tilni “tafakkurning vositasi” sifatida talqin qilib, bola nutqining shakllanishida ijtimoiy muhit va psixologik rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni chuqur tahlil qilgan. Inson nutqining yuzaga chiqishida bir nechta psixologik bosqichlar mavjud: fikr paydo bo‘lishi, uni tilda shakllantirish, so‘zlarni tanlash, grammatik tuzilma hosil qilish va nutqni talaffuz qilish. Bu jarayonlarning har biri inson ongida kechadigan murakkab psixik faoliyat bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, bir fikrni aytishdan oldin inson ,avvalo, u haqda tasavvur hosil qiladi, so‘ng uni tushuncha sifatida ongida shakllantiradi. Keyin esa bu tushuncha tilda so‘z va gap tuzilmasi orqali ifodalanadi. Shuning uchun tilshunoslik nutqni faqat grammatik hodisa deb emas, balki psixologik jarayon sifatida ham o‘rganadi. Tilni o‘zlashtirish, ayniqsa bolalik davrida, murakkab psixologik mexanizmlar asosida kechadi. Bola so‘zlarni eshitish, takrorlash va kontekstda qo‘llash orqali til tizimini o‘zlashtiradi. Bu jarayonda idrok, xotira va diqqat kabi psixik jarayonlar muhim rol o‘ynaydi. Vigotskiy nazariyasiga ko‘ra, bola avval “tashqi nutq” orqali atrof-muhit bilan muloqot qiladi, keyin esa bu jarayon asta-sekin “ichki nutq”ga — ya’ni tafakkur shakliga aylanadi. Bundan tashqari, nutqning emotsional jihati ham psixologik holat bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, quvonch, g‘azab yoki qo‘rquv kabi his-tuyg‘ular inson nutqining ohangiga, so‘z tanlashiga va hatto grammatik tuzilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nutqni to‘liq anglash uchun faqat til tizimini emas, balki inson psixologiyasini ham bilish zarur. Bugungi kunda kognitiv tilshunoslik, neyrolingvistika va kommunikativ pragmatika kabi yo‘nalishlar ham til va psixologiya o‘rtasidagi aloqadorlikni chuqur o‘rganmoqda. Kognitiv tilshunoslik tilni inson ongidagi bilimlar tizimi sifatida talqin qiladi. Masalan, odam “vaqt”, “joy” yoki “harakat” tushunchalarini tildagi grammatik vositalar orqali ifoda etar ekan, bu jarayon aslida ongda kechadigan aqliy tuzilmalarning natijasidir. Neyrolingvistika esa miya faoliyati va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Zamonaviy neyropsixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tilning turli jihatlari (so‘zlash, tinglash, o‘qish, yozish) miyaning turli sohalarida shakllanadi. Bu holat tilni faqat ijtimoiy emas, balki biologikpsixologik hodisa sifatida ham talqin qilish zarurligini ko‘rsatadi. Til — bu nafaqat aloqa vositasi, balki jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, madaniy qadriyatlari va tarixiy tajribasining in’ikosi (aksidir). Har qanday til o‘z jamiyatining hayoti bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi, rivojlanadi va o‘zgaradi. Shu bois tilshunoslikni sotsiologiya fanidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Tilshunoslikning jamiyat bilan aloqadorlik jihatini o‘rganuvchi yo‘nalish sotsiolingvistika deb ataladi. 1 Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi.-Toshkent:Spectum Media Group, 2022.-267
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 372 “Sotsiolingvistika (lot., societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha”. Bu atama birinchi bor XX asrning o‘rtalarida amerikalik olim Jozef Fishman tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Fishman tilni jamiyatdagi ijtimoiy tizimning ajralmas qismi deb bilgan va tilning ijtimoiy funksiyalarini “language in society” — “jamiyatdagi til” tushunchasi orqali izohlab bergan. O‘zbek tilshunosligida ham sotsiolingvistika yo‘nalishi shakllanib, bu borada bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. M.Qo‘shnazarova, N.Mahmudov, B.O‘rinboyev va boshqa olimlar tilning ijtimoiy vazifasi, adabiy tilning jamiyatdagi o‘rni, hududiy dialektlarning ijtimoiy asoslari kabi masalalarni chuqur o‘rganishgan. M.Qo‘shnazarova o‘z tadqiqotlarida tilni “ijtimoiy hayotning doimiy harakatdagi aks sadosi” deb ataydi. Tilning ijtimoiy mohiyati shundaki, u jamiyatdagi har qanday o‘zgarishlarga sezgirlik bilan javob qaytaradi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek tilida yangi siyosiy, iqtisodiy va texnologik terminlar — “fuqarolik jamiyati”, “axborot makoni”, “raqamli iqtisodiyot”, “sun’iy intellekt” kabi iboralar paydo bo‘ldi. Bu hodisa tilning jamiyat taraqqiyoti bilan sistemali tarzda yangilanayotganini ko‘rsatadi. Sotsiolingvistika shuningdek, jamiyatdagi til siyosati, til mavqei, ko‘p tillilik va tilni saqlash muammolarini ham o‘rganadi. O‘zbekiston misolida bu jarayon davlat tili maqomini mustahkamlash va millatlararo muloqotni uyg‘unlashtirish orqali amalga oshmoqda. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, 2020-yilda kuchga kirgan yangi tahriridagi qonun tildan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yana bir muhim jihati — madaniy identifikatsiyadir. Har bir millat o‘z tili orqali o‘zligini anglaydi. Insonning nutqi, so‘z boyligi, talaffuzi va uslubiy odatlari uning ijtimoiy kelib chiqishini, madaniy muhitini va kasbiy doirasini aks ettiradi. Shu bois, til jamiyatning ijtimoiy ko‘zgusi, madaniyatning tashuvchisi va milliy o‘zlikni belgilovchi vosita sifatida qaraladi. Xulosa qilib aytganda, tilshunoslik inson tafakkuri va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u falsafa, psixologiya va sotsiologiya bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Til falsafada — haqiqatni ifodalash vositasi, psixologiyada — tafakkur va idrok jarayoni mahsuli, sotsiologiyada esa — jamiyatning madaniy va ijtimoiy ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tilni faqat lingvistik hodisa sifatida emas, balki inson ongini, tafakkurini va ijtimoiy hayotini birlashtiruvchi murakkab tizim sifatida o‘rganish zarur. Tilshunoslikning fanlararo yondashuvi bugungi kunda inson va jamiyatni chuqurroq anglashning eng samarali yo‘lidir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Spectum Media Group, 2022. – 320b. 2. Qo‘shnazarova, M. Til va jamiyat munosabatlari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. 3. Fishman, J. A. The Sociology of Language. — Rowley, MA: Newbury House, 1972.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 373 4. Nurmonov A. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: Sharq, 2001176b. 5. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni. — 1989-yil 21-oktabr, yangi tahrir 2020-yil. 6. Levert, W. J. M., “Psixolingvistika tarixi: Xomskiygacha bo‘lgan davr” 1938-(2013) 7. Oxford universiteti matbuoti. ISBN 9780191627200. OCLC 824525524 8. Kantor J. R., “Psychological Linguistics” Principia Press, 1977. P: 156 9. Orziqulova G (2025). PSIXOLINGVISTIKANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA INSON RUHIYATIDA TILNING O‘RNI. Qo‘qon DPI ilmiy xabarlari. 942-946betlar.