O'ZBEKISTONDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISH TIZIMINING TARIXIY TRANSFORMATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimining tarixiy rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy holati haqida soʻz yuritilgan. Maqolada qadimiy davrlardagi tabobat an'analari, sovet davridagi markazlashgan tibbiyot tizimi hamda mustaqillikdan keyingi milliy sogʻliqni saqlash tizimi yoritilgan. Shuningdek, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyotning joriy etilishi, aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan dasturlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot davomida tibbiyot sohasining taraqqiyoti va uning jamiyat hayotidagi oʻrni yoritilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 397 O’ZBEKISTONDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMINING TARIXIY TRANSFORMATSIYASI Po’latov Asliddin Shavkat o’g’li https://doi.org/10.5281/zenodo.17602422 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekistonda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimining tarixiy rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy holati haqida soʻz yuritilgan. Maqolada qadimiy davrlardagi tabobat anʼanalari, sovet davridagi markazlashgan tibbiyot tizimi hamda mustaqillikdan keyingi milliy sogʻliqni saqlash tizimi yoritilgan. Shuningdek, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyotning joriy etilishi, aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan dasturlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot davomida tibbiyot sohasining taraqqiyoti va uning jamiyat hayotidagi oʻrni yoritilgan. Kalit so’zlar: Oʻzbekiston, sogʻliqni saqlash, tibbiy yordam, islohotlar, mustaqillik, transformatsiya, tibbiyot tizimi, raqamli tibbiyot, tibbiy xizmat. HISTORICAL TRANSFORMATION OF THE MEDICAL CARE SYSTEM IN UZBEKISTAN Annotation. This article discusses the stages of historical development of the medical care system in Uzbekistan and their modern state. The article covers the traditions of medicine in ancient times, the centralized medical system of the Soviet era, and the national health care system after independence. It also discusses the reforms implemented in recent years, the introduction of digital medicine, and programs aimed at improving the health of the population. The research covers the development of the medical sector and its role in society. Keywords: Uzbekistan, healthcare, medical care, reforms, independence, transformation, medical system, digital medicine, medical service. ИСТОРИЧЕСКАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ СИСТЕМЫ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В статье рассматриваются этапы исторического развития системы здравоохранения Узбекистана и её современное состояние. В статье рассматриваются традиции медицины в древности, централизованная система здравоохранения в советское время и национальная система здравоохранения после обретения независимости. Также рассматриваются реформы, проведённые в последние годы, внедрение цифровой медицины и программы, направленные на улучшение здоровья населения. Исследование охватывает развитие медицинской сферы и её роль в обществе. Ключевые слова: Узбекистан, здравоохранение, медицинская помощь, реформы, независимость, трансформация, медицинская система, цифровая медицина, медицинская услуга. Krish Inson salomatligi har qanday jamiyat uchun eng muhim boylik hisoblanadi. Chunki sogʻlom xalq-bu kuchli davlatdir. Oʻzbekistonda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimi uzoq tarixga ega boʻlib, u turli davrlarda oʻzgarib, rivojlanib kelgan. Mustaqillikdan oldingi davrda ham maʼlum darajada tibbiy xizmatlar mavjud boʻlgan, ammo ular asosan sobiq Ittifoq tizimiga boʻysunardi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 398 Mustaqillik yillarida esa bu tizim tubdan yangilandi, milliy model asosida rivojlanib bordi. Men bu maqolada aynan shu jarayon-tibbiy yordam tizimining tarixiy transformatsiyasi haqida oʻz fikrlarimni bildirmoqchiman. Oʻzbek xalqi qadimdan tabobat sohasida katta tajribaga ega boʻlgan. Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ahmad al-Fargʻoniy kabi allomalar tibbiyot ilmining rivojiga katta hissa qoʻshgan. Oʻrta asrlarda tibbiyot asosan tabiblar, oʻsimlik dorilari va xalqona usullar orqali amalga oshirilgan. XX asr boshlarida esa Rossiya imperiyasi va keyinchalik Sovet davrida zamonaviy tibbiyot tizimi joriy qilina boshladi. Shifoxonalar, poliklinikalar, feldsher punktlari qurildi. Ammo bu tizim markazlashtirilgan, ya’ni mahalliy ehtiyojlardan koʻra umumittifoq siyosatiga boʻysunuvchi edi. 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, sogʻliqni saqlash tizimi ham yangi bosqichga oʻtdi. Endi davlat oʻz sogʻliqni saqlash siyosatini mustaqil ravishda yurita boshladi. Eng avvalo, yangi qonunlar, sogʻliqni saqlash dasturlari va milliy dasturlar qabul qilindi. 1990-yillarning oxirlarida “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi tashkil etildi. Bu jamgʻarma orqali onalar va bolalar salomatligini saqlash, bolalar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, dorilar bilan taʼminlash kabi yoʻnalishlarda katta ishlar qilindi. 2000-yillardan boshlab Oʻzbekistonda tibbiy xizmatlarni zamonaviylashtirish bosqichi boshlandi. Har bir viloyatda zamonaviy diagnostika markazlari, shoshilinch tibbiy yordam markazlari, ixtisoslashgan klinikalar qurildi. 2006-yilda “Sogʻlom ona - sogʻlom bola” dasturi qabul qilinib, onalar va bolalar salomatligiga katta e’tibor berildi. Qishloq joylarda ham tibbiyot punktlari, oilaviy poliklinikalar tashkil etildi. Bu esa aholining tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tibbiyot tizimida raqamlashtirish va innovatsiyalar jarayoni kuchaydi. Endi ayrim tibbiyot muassasalarida elektron navbat, onlayn tibbiy maslahat, raqamli kartalar joriy etilmoqda. 2020-yilda pandemiya davrida esa bu tizimning ahamiyati yanada oshdi. Koronavirusga qarshi kurash jarayonida shifokorlarimiz fidoyilik koʻrsatdilar, yangi laboratoriyalar, karantin markazlari tashkil etildi. Hozirda Oʻzbekistonda xususiy klinikalar soni ham ortmoqda. Bu esa sogʻlom raqobatni yuzaga keltirib, xizmat sifatini yaxshilamoqda. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik, yangi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda. Sogʻliqni saqlash tizimidagi eng muhim yoʻnalishlardan biri bu — malakali kadrlar tayyorlashdir. Hozirgi kunda tibbiyot oliygohlari va kollejlarida minglab yoshlar o‘qimoqda.Har yili koʻplab yosh mutaxassislar chet davlatlarda tajriba ortirishadi, xalqaro tibbiyot tadbirlarda ishtirok etishadi. Bu esa tizimni yanada modernizatsiya qilishga yordam beradi. Biz yoshlar esa bu imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, kelajakda xalqimizga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishimiz kerak. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimi tarix davomida katta bosqichlarni bosib oʻtdi. Qadimiy tabobatdan boshlab, sovet davrining markazlashgan tizimigacha, va nihoyat mustaqillikdan keyingi milliy tibbiyot tizimigacha - har bir davr oʻz izini qoldirdi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 399 Bugungi kunda esa tibbiyot tizimi zamonaviy, inson salomatligini ustuvor qadriyat sifatida koʻruvchi tizimga aylandi. Menimcha, bu oʻzgarishlarning barchasi inson uchun, xalq farovonligi uchun xizmat qilmoqda. Bizning vazifamiz esa - bu tizimni yanada rivojlantirish, sogʻlom hayot tarzini targʻib qilish va kelajakda kasbimiz orqali vatanimizga foyda keltirish. Foydalangan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2. O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonuni 3. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi axborot materiallari.