ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA O'ZBEK ADABIYOTI
Abstract
Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur va uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni xususida fikr yuritilgan. Shuningdek, shoirning ruboiylari, g‘azallari va ”Boburnoma” asari haqidagi fikr-mulohazalar ilgari surilgan.
Full text
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 28 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17602924 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA O‘ZBEK ADABIYOTI Olim Jo‘rayev Buxoro ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur va uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni xususida fikr yuritilgan. Shuningdek, shoirning ruboiylari, g‘azallari va ”Boburnoma” asari haqidagi fikr-mulohazalar ilgari surilgan. Tayanch so‘zlar: o‘zbek adabiyoti, davlat arbobi, sarkarda, g‘azal, ruboiy, she’riyat АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается Захириддин Мухаммад Бабур и его роль в узбекской литературе, а также выдвигаются комментарии о рубаи поэта, газелях и произведении «Бабурнома». Ключивые слова: узбекская литература, государственный деятель, военачальник, газель, рубаи, поэзия ANNATATION This article discusses Zahiriddin Muhammad Babur and his role in Uzbek literature. Also, comments about the poet’s rubai, ghazals and the work «Baburnoma» are put forward. Keyvords: Uzbek literature, statesman, warlord, ghazal, rubai, poetry
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 29 Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma”dir. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi – XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni, ikkinchi qismi – XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgonistonda roʻy bergan voqealarni, uchinchi qismi – XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida maʼlumotlar mavjud. “Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalqlariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif “Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi.“Boburnoma”– Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu bilan birga juda koʻp dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jugʻrofiy mavqei, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 30 nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda. Uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat koʻrsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Zrskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir. “Boburnoma”ni oʻrganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar ham joy olmoqdalar. Maʼlumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish va ommalashtirishda Oʻzbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. Gʻulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Kdyumov kabi olimlarning saʼy-harakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etildi, ularga soʻz boshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha bor nashr etildi. Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi. Shu bilan birga Bobur lirikasida sheʼriyatning asosiy mazmuni boʻlgan insoniy fazilatlar, yor
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 31 vasli, uning goʻzalligi, unga cheksiz muhabbat va hijron azobi, ayriligʻ alamlari va visol quvonchlari nihoyat goʻzal va mohirona ifoda etilgan. Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻardim, Koʻrub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim. Sen ey gul, qoʻymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim. Bobur oʻz lirik sheʼrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuygʻularni qadrlashga chaqirdi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz, Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur. Bobur lirik she’rlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan. “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonunqoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Qurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. “Mufassal” nomli asari ham boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallaydi.Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek adabiyotining rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan adiblarimizdan bo‘lib hisoblanadi.
ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Azimjonova S. Zahiriddin Muhammad Bobur. Maqolalar toʻplami, T., 1995; 2. Yoqubov H., Zahiriddin Muhammad Bobur, T., 1949; 3. Qayumov, A. Bobur dunyosi. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2010. 4. Rahmonov, N.. Bobur she’riyatining badiiy-estetik xususiyatlari. Toshkent: Akademnashr, 2006.