scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GRAFIK DIZAYN VOSITALARI ORQALI IJTIMOIY G'OYALARNI TA'LIM JARAYONIDA IFODALASH

Kuliboyeva, Diyora Qaxramon qizi

Abstract

Ushbu maqolada grafik dizayn vositalari yordamida ijtimoiy g‘oyalarni o‘quvchi-yoshlar ongida shakllantirish va ta’lim jarayonida ifodalash masalalari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy grafik dizaynning kommunikativ, estetik va tarbiyaviy funksiyalari, ijtimoiy mavzularni o‘quvchilar dunyoqarashiga moslashtirish usullari, shuningdek, dars jarayonida dizayn elementlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida ijtimoiy yo‘naltirilgan dizayn loyihalarining ahamiyati va o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Full text

ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 38 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17602955 GRAFIK DIZAYN VOSITALARI ORQALI IJTIMOIY G‘OYALARNI TA’LIM JARAYONIDA IFODALASH Kuliboyeva Diyora Qaxramon qizi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy grafika mutaxassisligi magistranti АNNOTATSIYA Ushbu maqolada grafik dizayn vositalari yordamida ijtimoiy g‘oyalarni o‘quvchiyoshlar ongida shakllantirish va ta’lim jarayonida ifodalash masalalari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy grafik dizaynning kommunikativ, estetik va tarbiyaviy funksiyalari, ijtimoiy mavzularni o‘quvchilar dunyoqarashiga moslashtirish usullari, shuningdek, dars jarayonida dizayn elementlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida ijtimoiy yo‘naltirilgan dizayn loyihalarining ahamiyati va o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: grafik dizayn, ijtimoiy g‘oya, ta’lim, vizual kommunikatsiya, media dizayn, dizayn metodikasi. ВЫРАЖЕНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ ИДЕЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ С ПОМОЩЬЮ СРЕДСТВ ГРАФИЧЕСКОГО ДИЗАЙНА АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются вопросы формирования социальных идей в сознании учащейся молодежи и их выражения в образовательном процессе с помощью средств графического дизайна. Рассматриваются коммуникативные, эстетические и воспитательные функции современного графического дизайна, ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 39 методы адаптации социальных тем к мировоззрению учащихся, а также методика использования элементов дизайна на учебных занятиях. Кроме того, анализируется значение социально ориентированных дизайнерских проектов в системе образования Узбекистана и их роль в развитии творческого мышления учащихся. Ключевые слова: графический дизайн, социальная идея, образование, визуальная коммуникация, медиадизайн, методика дизайна. EXPRESSING SOCIAL IDEAS IN THE EDUCATIONAL PROCESS THROUGH GRAPHIC DESIGN TOOLS ANNOTATION This article analyzes the issues of shaping social ideas in the minds of students and expressing them within the educational process through the tools of graphic design. It discusses the communicative, aesthetic, and educational functions of contemporary graphic design, methods of adapting social topics to students’ worldviews, and the methodology of applying design elements in classroom activities. The study also examines the importance of socially oriented design projects in the education system of Uzbekistan and their role in fostering students’ creative thinking. Keywords: graphic design, social idea, education, visual communication, media design, design methodology. Zamonaviy jamiyatda ta’lim jarayoni faqat bilim berish bilan cheklanmay, balki shaxsni ijtimoiy mas’ul, axloqiy barkamol va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega inson sifatida shakllantirishni ham maqsad qiladi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy reklama ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki u o‘quvchi va yoshlar ongida ijtimoiy qadriyatlar, ma’naviy mas’uliyat, ekologik va fuqarolik madaniyatini shakllantirishda kuchli kommunikativ vosita bo‘lib xizmat qiladi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 40 Ijtimoiy reklama nima? Albatta u jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratish, axloqiy me’yorlarni targ‘ib etish, ijobiy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan ommaviy axborot shaklidir. Ta’lim sohasida bu vosita o‘quvchilarga vatanparvarlik, bag‘rikenglik, sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat, raqamli xavfsizlik, ijtimoiy birdamlik kabi g‘oyalarni singdirish orqali tarbiyaviy samaradorlikni oshiradi. Shuningdek, bugungi raqamli axborot makonida ijtimoiy reklama vizual, audiovizual, raqamli va interaktiv formatlarda keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ishtirokida ijtimoiy video roliklar, plakatlar, media loyihalar yaratish ularning ijodiy salohiyatini ochadi va ijtimoiy masalalarga befarq bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ta’lim tizimini insonparvar, innovatsion va madaniy qadriyatlarga tayangan holda rivojlantirish siyosati ijtimoiy reklamaning ta’limdagi rolini yanada kuchaytirdi. Xususan, “Yoshlar siyosatini rivojlantirish strategiyasi”, “Milliy g‘oya va mafkura asoslari” fanlari, shuningdek, “Ma’naviyat soatlari” doirasida ijtimoiy reklama vositalaridan foydalanish amaliyoti kengaymoqda. Demak, ijtimoiy reklama ta’lim tizimida nafaqat tashviqot vositasi, balki axloqiy, estetik va fuqarolik tarbiyasini shakllantiruvchi pedagogik mexanizm sifatida qaralishi zarur. Men ham mazkur maqolamda ijtimoiy reklamaning ta’limdagi o‘rni, uning yoshlar ongiga ta’sir mexanizmlari, dizayn va media texnologiyalar orqali amalga oshirish metodikasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib chiqishga harakat qildim. Bilamizki, bugungi kunda tobora zamonaviy ta’lim jarayonida grafik dizayn san’ati o‘quvchi va jamiyat o‘rtasidagi axborot-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy mazmundagi g‘oyalarni o‘quvchilarga yetkazishda vizual ifoda vositalarining o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston ta’lim tizimida yoshlarni estetik, axloqiy va fuqarolik ruhida tarbiyalashda dizaynning ijtimoiy yo‘nalishlari tobora kuchayib bormoqda. Shu sababli grafik dizayn vositalari orqali ijtimoiy g‘oyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish nafaqat badiiy, balki pedagogik ahamiyat kasb etadi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 41 Dizayn bu faqat vizual shakl emas, balki g‘oya, ma’no va qadriyatlarni ifoda etuvchi kommunikativ til. Demak, ta’lim jarayonida grafik dizayn ijtimoiy ongni shakllantirish, milliy g‘urur, ekologik mas’uliyat, insonparvarlik va axloqiy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Grafik dizayn axborotni vizual shaklda ifodalash tizimi bo‘lib, unda rang, shakl, kompozitsiya, tipografika, belgilar va ramzlar orqali ma’lum g‘oya yetkaziladi. Ijtimoiy dizayn esa inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ijobiy g‘oyalarni targ‘ib qilishni maqsad qiladi. Nazariy manbalarda (D. A. Donis, B. Frutiger, O. K. Shcherbakov) qayd etilishicha, dizaynning ijtimoiy vazifasi — vizual vositalar orqali jamiyatni ijobiy o‘zgarishlarga yo‘naltirishdir. O‘zbekiston kontekstida bu jarayon milliy g‘oyani, vatanparvarlik, ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi obrazlar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, grafik dizayn vositalari o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, g‘oyalarni vizual ifodalash, mavzuni tahliliy yondashuvda o‘zlashtirishga yordam beradi. Dizayn jarayonida o‘quvchilar g‘oyani tahlil qilish va uni shaklga aylantirishni o‘rganadi, rang va kompozitsiya orqali ma’no yaratish ko‘nikmasini hosil qiladi va shu bilan bir qatorda jamoaviy ijod va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini o‘zlashtiradi. Pedagogik amaliyotda bu jarayon poster va plakat dizayni orqali ekologiya, sog‘lom turmush, tinchlik mavzularini targ‘ib etish, infografika orqali ijtimoiy statistik ma’lumotlarni o‘quvchilar uchun oson tilda ifodalash, digital media dizayn yordamida interaktiv ta’lim loyihalari yaratish kabi shakllari orqali amalga oshiriladi: Grafik dizaynda ijtimoiy g‘oyani ifodalash vositalari haqida o‘rganadigan bo‘lsak ular quyidagilarni anglatadi: Rang – hissiy ta’sirni belgilaydi; Shakl va belgilar – ma’no va ramziy g‘oyalarni ifodalaydi; Tipografika – g‘oyaning ohangini belgilaydi; Kompozitsiya – e’tibor markazini aniqlaydi va ma’noni kuchaytiradi. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 42 Dizaynni o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonida quyidagi metodik yondashuvlaran foydalanish yanada samarali natija beradi: • Muammo asosida o‘qitish – o‘quvchilarga dolzarb ijtimoiy muammoni yechish uchun dizayn yechimi topish topshirig‘i beriladi; • Loyiha asosida o‘qitish – o‘quvchi ijtimoiy mazmundagi plakat yoki vizual kampaniya tayyorlaydi; • Vizual tahlil metodi – mashhur dizayn namunalari tahlil qilinib, ularning g‘oyaviy asoslari o‘rganiladi. Har bir darsda o‘qituvchi “g‘oya – ma’no – shakl” zanjirini tahlil etish orqali o‘quvchining ijodiy tafakkurini shakllantiradi. Bu metod nafaqat san’at darslarida, balki axborot texnologiyalari, madaniyatshunoslik va fuqarolik fanlarida ham qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston ta’lim tizimida ijtimoiy dizayn loyihalar dolzarbdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi qarorlarida yoshlar orasida ijtimoiy ong va ijodiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy dizayn loyihalari: yoshlarni fuqarolik mas’uliyatiga o‘rgatadi; milliy qadriyatlar va global g‘oyalarni uyg‘unlashtiradi; ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni kuchaytiradi. Toshkent san’at maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy grafika”, “Media dizayn” fanlarining o‘quv dasturlariga kiritilishi bu yo‘nalishning amaliy ahamiyatini ne chog‘lik yusak ekanini ko‘rsatadi. Xuuloa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, grafik dizayn vositalari orqali ijtimoiy g‘oyalarni ta’lim jarayonida ifodalash — bu yosh avlodni estetik, axloqiy va fuqarolik madaniyatiga yo‘naltirishning samarali yo‘lidir. Grafik vositalar orqali berilgan ijtimoiy mazmun nafaqat ko‘rish idrokini, balki tafakkur, tahlil va hissiy qabulni ham rivojlantiradi. Shuning uchun ta’limda dizayn darslarini g‘oya asosida tashkil etish, o‘quvchilarni ijtimoiy masalalarni vizual yechishga o‘rgatish zarurdir. ACTIVE RESEARCHER SCIENTIFIC JOURNAL activeresearcher.com Noyabr, 2025 volume 2 issue 10 43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mamatqulov A. Axborot kommunikatsiyalari va reklama asoslari.–Toshkent, 2020. 2. Ibragimov I. Ta’limda kommunikatsiya texnologiyalari. – Toshkent, 2019. 3. Donis D. The Visual Language of Graphic Design. London, 2012. 4. Frutiger A. Signs and Symbols: Their Design and Meaning. New York, 1998. 5. Shcherbakov O.K. Sovremennyy dizayn i obshchestvo. Moskva, 2010. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4758-son Qarori. “Yoshlar ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”, 2020. 7. Tursunov Sh. Grafik dizayn asoslari. Toshkent: Kamalak, 2021. 8. Karimov N. Ijtimoiy reklama va dizayn madaniyati. Toshkent, 2023. 9. UNESCO Report (2022). Creative Education and Social Design. Paris: UNESCO.