BO'LAJAK BOSHLANO'ICH SINF O'QITUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI SHAKILLANTIRISHDA ELEKTRON TA'LIM NAZARIYASI ORQALI AXBOROT-TAHLIL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Bo‘lajak boshlano‘ich sinf o‘qituvchilarini matematik tafakkurini shakillantirishda elektron ta’lim nazariyasi orqali axborot-tahlil kompetentligini rivojlantirishga oid imkoniyatlari, omil va vositalari haqida fikr yuritilgan. Beriladigan axborotlarni maqolada electron muhit asosida o‘rganishni ta’minlashga qaratilgan mezon va yondashuvlar asosida shakillantirilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 296 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17608309 BO‘LAJAK BOSHLANO‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI SHAKILLANTIRISHDA ELEKTRON TA’LIM NAZARIYASI ORQALI AXBOROT-TAHLIL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Meyliyev S.X Nizomiy nomidagi O‘z.MPU dotsenti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Bo‘lajak boshlano‘ich sinf o‘qituvchilarini matematik tafakkurini shakillantirishda elektron ta’lim nazariyasi orqali axborot-tahlil kompetentligini rivojlantirishga oid imkoniyatlari, omil va vositalari haqida fikr yuritilgan. Beriladigan axborotlarni maqolada electron muhit asosida o‘rganishni ta’minlashga qaratilgan mezon va yondashuvlar asosida shakillantirilgan. Kalit so‘zlar: Elektron ta’limda kretiv fiklash, mantiqiy tafakkur, axborottahlil,kompetentlik, mezon, yondashuvlik, abstrakt tasavvur, intuitiv, adekvat, matematika , raqobat. АННОТАЦИЯ В статье рассматриваются возможности, факторы и инструменты развития информационно-аналитической компетентности посредством теории электронного обучения в формировании математического мышления будущих учителей начальной школы. Представленная в статье информация основана на критериях и подходах, направленных на обеспечение обучения в электронной среде.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 297 Ключевые слова: B электронном обучении творческое мышление, логическое мышление, анализ информации, компетентность, критерии, подход, абстрактное воображение, интуиция, адекватность, математика, конкуренция. ANNOTATION This article examines the possibilities, factors, and tools for developing information and analytical competence through e-learning theory in developing the mathematical thinking of future primary school teachers. The information presented in the article is based on criteria and approaches aimed at supporting learning in an elearning environment. Key words: Creative thinking, logical thinking, information analysis, competence, criteria, approach, abstract imagination, intuition, adequacy, mathematics, competition. Bo‘lajak boshlano‘ich sinf o‘qituvchilarida matematik tafakkurini shakillantirishda elektron ta’lim nazariyasi orqali axborot-tahlil kompetentligini rivojlantirish o‘quv rejada ko‘zda tutilgan “Matematika” asosiy fan blokidagi “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Boshlano‘ich ta’limda matematika va uni o‘qitish metodikasi”, tanlov fanlar blokida “Qiziqarli matematika”, “Mutaxasislikga kirish” matematika fanlari doirasidagi fanlar qator funksional va didaktik imkoniyatlarga ega. Ta’lim jarayonida talabalarda klassik va zamonaviy matematikaning ilmiy nazariy asoslarini tashkil qiluvchi o‘oyalar, nazariyalar, tushunchalar, fanning rivojlanish jarayonida kishilarning hayotiy ehtiyojlari, amaliy va tajriba, oddiy kuzatuvlar negizida shakllangan atrof-olamdagi narsa va predmetlar, ular orasidagi fazoviy va miqdoriy munosabatlarga xos bo‘lgan umumiy xossalarni ideallashtirish, umumlashtirish, abstraktlashtirish natijasida shakllangan son, miqdor, shakl, butun va uning qismlari kabi matematik obyekt va obrazlar, teorema, xossa va xususiyatlarini ochib beruvchi matematik tushunchalar, amallar va ularning xossalari, noma’lumni ma’lum orqali topish, tenglama va tengsizliklarni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 298 yechishning nazariy asoslaridan tortib, matematik obrazlar ichki imkoniyatlari orasidagi boo‘lanishlarni yuqori darajadagi abstrakt tasavvur va mantiqiy tafakkur orqali umumlashtirish negizida hosil qilingan funksiya, limit, differensial, integral kabi qator tushunchalar, son tushunchasini haqiqiy va kompleks son qadar kengaytirish, ular ustida amallar bajarish, teoremalarni isbotlash, aksiomalar va teoremalar yordamida nazariyani asoslash, geometrik tushunchalar, tekis fazoviy figuralar, ularning xossa va xususiyatlarini formulalar yordamida ifodalash, teoremalarni isbotlash, aksioma va teoremalar yordamida nazariyalarni asoslash, geometrik tushunchalar, tekis va fazoviy figuralar va ularning xossalarini algebraik vositalar yordamida ifodalash va ularning bilimlarini kerativ mezonlar asosida tahlil qilish, ulardagi axborot-tahlil kompetentligini rivojlantiradi.To‘plam va ular ustida amallarning xossalari, matematik mulohazalar, tasodifiy miqdorlar va ehtimollik nazariyalariga oid bo‘lgan bilim, ko‘nikmalar egallashda elektron ta’lim vositalaridan foydalanib axborotlar berilib boriladigan bo‘lsa, ularni amaliyotga tatbiq qilish bilim, ko‘nikmalari va malakalari shakllanishi orqali axborot-tahlil kompetentligi rivojlanadi. Matematik tushunchalar mazmun mohiyatini chuqur anglash, matematik obrazlar va tushunchalar orasidagi ichki mantiqiy boo‘lanish xususiyatlari, qonuniyatlarini ongli o‘zlashtirish, masalalar yechish, teoremalarni isbotlash, formulalarni keltirib chiqarish jarayonida matematik tafakkurning abstrakt, funksional va intuitiv ko‘rinishlari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Teoremalarni analitik isbotlash, tenglamalar yordamida masalalar yechish, formulalarni keltirib chiqarish, ifodalarni soddalashtirish, algebraik sistemalar, operatsiyalar va ularning xossalarini o‘rganish, sanoq sistemalari va ularda amallar bajarish jarayonida abstrakt tafakkurning analitik, to‘plamlar, mulohazalar ustida amallar, son tushunchasini kengaytirish, matematik mantiq elementlari, sonli to‘plamlarni qurish, sanoq sistemalari va ularda amallar bajarish jarayonida abstrakt tafakkurning mantiqiy, tekis va fazoviy figuralar xossa va xususiyatlarini, analitik geometriya elementlari, yasashga oid geometrik masalalar, graflar nazariyasi kabi mavzularni o‘rganish jarayonida abstrakt tafakkurning fazoviy
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 299 tafakkur shakli rivojlantiriladi. Elektron ta’lim muhitida matematik formulalar matematik tushuncha, mulohaza, predikatlar orasidagi ichki mantiqiy boo‘lanishlarni o‘zida aks ettiradi. Matematik formulalarni va axborotlarni electron ta’lim mezonlar asosida axborot-tahlil qilish, keltirib chiqarish, matematik tushunchalar ichki imkoniyatlarini yuqori darajadagi abstrakt tafakkur va tasavvur vositasida bir-biri bilan boo‘lagan holda yangi tushunchalarni hosil qilish, funksiya, turli ko‘rinishlardagi funksional boo‘lanishlar, funksiya xossalarini o‘rganish, tekshirish, algebraik strukturalar, hisoblashga, isbotlashga, yasashga oid masalalarni yechish jarayonida matematik tafakkurning funksonal matematik tafakkur va ularda axborot-tahlil kompetentligi rivojlantiriladi. Matematik tafakkurning yana bir mezoni ijtimoiy amaliy intuitiv tafakkur, biror muammo yechimini topish, masalani yechish yo‘nalishida amalga oshadigan bilish jarayonining o‘ziga xos bir turidir. Elektron ta’lim muhitidagi kreativ mezonda intuitsiya diqqat bilan kuzatish, tikilib qarash ma’nolarini o‘zida aks ettirgan lotincha “intuit” so‘zidan olingan bo‘lib, muammo, masalani butunligicha qabul qilgan holda darhol yechimini topish, murakkab vaziyatlardan darhol chiqib olish, izlanishlar davomida yechilmasdan kelayotgan masala yechimini birdan topish, harakat motivlarini tez aniqlash, masala, muammo mohiyatini tezkorlik bilan anglash, yagona yechim yo‘lini his qilish intuitiv tafakkur jarayoniga misol bo‘la oladi. Elektron ta’lim nazariyasi asosida kreativ mezonda intuitiv tafakkurning analitik tafakkurdan farqli jihati shundaki, analitik tafakkur jarayonida maqsadga yetish yo‘lidagi har bir qadamni asoslash, rejalash, harakatlar mohiyatini ikkinchi bir kishiga tushuntirish, izohlab berish mumkin bo‘ladi. Elektron ta’lim asosida intuitiv tafakkur jarayonlarini esa qadamba-qadam izohlash, tushuntirib berish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Bunda shaxsning intellektual salohiyati, shaxsiy imkoniyatlari, mazkur muammoga tegishli bo‘lgan nazariy ma’lumotlar bilan qurollanganlik darajasi, amaliyot va tajriba muhim rol o‘ynaydi. Muammo yechimi qadamba-qadam tahliliy xulosalarga asoslangan holda emas, balki his etish, ichki tuyo‘u va shu sohaga oid aqliy salohiyat evaziga tezkorlik bilan topiladi va analitik (deduktiv yoki induktiv) usullar bilan isbotlanadi. Matematik
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 300 tafakkur konkret, abstrakt yoki abstrakt tafakkurning analitik, mantiqiy, fazoviy tafakkur ko‘rinishlari bilan axborot tahlil kompetentligi rivojlantiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘o‘risida” gi PF-6079-son Farmoni 2. Axborot madaniyati: Darslik / M. M. Abdullayeva, G. A. Axmedova. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2018. 3. Jumaеv M. E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” 2018 yil. 4. Toshkent davlat pedagogika universiteti kafedrasi dotsenti S.X.Meyliyev Elektron ta‘lim resurslarini yaratishda bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot tahlil kompetentligini rivojlantirish. TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI ILMIY-NAZARIY JURNALI 382388betlar, 2025y1-son. 6. I-IV sinflar uchun matematikadan qiziqarli masala va topshiriqlar to‘plami o‘quv uslubiy qullanma // S.Meyliyev, M.Xolmuradova, S. Xolmuradov. Toshkent. “O‘qituvch” nashriyoti 2024y.-119b 7. S.Burhonov va boshq. Uchinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “Sharq” 2022yil-121b.