BOLALAR ADABIYOTIDAGI TARIXIY SO'ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Abstract
Ushbu maqolada bolalar adabiyotida tarixiy so‘zlarning ahamiyati, ularning o‘quvchi tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Bolalar adabiyoti insonda estetik didni, nutq boyligini va ma’naviy fazilatlarni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tarixiy so‘zlar orqali bola o‘z xalqining o‘tmish hayoti, qadriyatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadi. Tarixiy so‘zlar o‘tgan davrda yashagan insonlarning turmush tarzi, kiyim-kechagi, urf-odatlari va qadimiy an’analarini tasvirlaydi. Ular nafaqat tildagi qadimiy qatlamni saqlaydi, balki bolalarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, milliy o‘zlikni anglash tuyo‘usini mustahkamlaydi
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 301 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17608331 BOLALAR ADABIYOTIDAGI TARIXIY SO‘ZLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR O‘rinova Mohidil Sobitali qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti maktabgacha va boshlano‘ich ta’lim fakulteti boshlano‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi M.A.Hamrayev Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti maktabgacha va boshlano‘ich ta’lim fakulteti professori, filologiya fanlar nomzodi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bolalar adabiyotida tarixiy so‘zlarning ahamiyati, ularning o‘quvchi tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Bolalar adabiyoti insonda estetik didni, nutq boyligini va ma’naviy fazilatlarni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tarixiy so‘zlar orqali bola o‘z xalqining o‘tmish hayoti, qadriyatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadi. Tarixiy so‘zlar o‘tgan davrda yashagan insonlarning turmush tarzi, kiyim-kechagi, urf-odatlari va qadimiy an’analarini tasvirlaydi. Ular nafaqat tildagi qadimiy qatlamni saqlaydi, balki bolalarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, milliy o‘zlikni anglash tuyo‘usini mustahkamlaydi Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, tarixiy so‘zlar, hikoya, tahlil, xalq qadriyati, ma’naviyat, o‘tmish, tildagi o‘ziga xoslik, qadimiy so‘zlar, o‘quvchi tafakkuri
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 302 ABSTRACT This article discusses the importance of historical words in children’s literature and their role in shaping the thinking and worldview of young readers. Children’s literature plays a crucial role in developing aesthetic taste, enriching vocabulary, and fostering moral and spiritual values. Historical words allow children to get acquainted with the life, traditions, and customs of their ancestors. They depict the way people lived in the past, their clothing, tools, and everyday practices. Such words not only preserve the historical layer of the language but also stimulate children’s interest in history and help them understand their national identity Keywords: children’s literature, historical words, story, analysis, national values, morality, past, linguistic features, archaic words, child’s thinking. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается значение историзмов в детской литературе и их роль в формировании мышления и мировоззрения юных читателей. Детская литература играет важную роль в развитии эстетического вкуса, расширении словарного запаса и воспитании моральных и духовных ценностей. историзмы позволяют детям познакомиться с жизнью, традициями и обычаями их предков. Они изображают быт людей прошлого, их одежду, инструменты и повседневные практики. Такие слова не только сохраняют исторический слой языка, но и стимулируют интерес детей к истории, помогают понять национальную идентичность. Ключевые слова: детская литература, историзмы, рассказ, анализ, национальные ценности, мораль, прошлое, языковые особенности, древние слова, мышление ребёнка. Til bu xalqning tarixiy xotirasi, milliy madaniyatining eng muhim ko‘zgusidir. Har bir davrning o‘ziga xos ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayoti bo‘lganidek, u davrda qo‘llangan so‘zlar tizimi ham o‘ziga xos bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 303 o‘zgaradi, yangi hodisalar paydo bo‘ladi, eski hodisalar esa yo‘qoladi. Ana shu o‘zgarishlar natijasida ayrim so‘zlar eskiradi, ya’ni tarixiy so‘zlar (istorizmlar) paydo bo‘ladi. Tarixiy so‘zlarda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Tarixiy so‘zlarning eskirishi rasmiy unvonlarning yo‘qolib qolishi, ijtimoiy hodisalar, shu bilan birga, harbiy qurollar va sanoat anjomlarining foydalanishdan chiqib ketishi Dorugʻona, ellikboshi, erovul, falakiyot, farmonachi, hojib, degrez, yorgʻichoq kabi so‘zlar bilan bogʻliq. Masalan, o‘tmishda O‘zbek davlatchiligi tuzilmasida yoki ijtimoiy hayotda keng qo‘llanilgan quyidagi so‘zlar bugun tarixiy tus olgan: Doruo‘a, doruo‘ona – shahar hokimi, ma’muriy boshliq;. Ellik boshi – 50 kishilik harbiy yoki ma’muriy guruh rahbari. Erovul – harbiy navbatchi yoki qo‘riqchi. Hojib – saroydagi xizmatkor yoki amaldor, odatda saroyga kirishiga javobgar shaxs. Degrez – misgar, temirchi yoki metal buyumlar yasovchi usta. Yoro‘ichoq – qadimda dehqonchilikda ishlatilgan yoo‘och asbob. 1-sinf “O‘qish savodxonli”gi kitobida “Kitob” hikoyasida ishlatilgan “podsho”, “qilich” kabi so‘zlar bolalarga o‘tmishdagi shaxslar va voqealarni tasavvur qilish imkonini beradi. Ushbu hikoya orqali o‘quvchilar tarixiy shaxslar va ularning faoliyati bilan tanishadi, voqealarni badiiy tafakkur bilan boo‘lab o‘rganadi. 3-sinf “O‘qish savodxonli”gi kitobida “Porloq yulduz” hikoyasida keltirilgan “usturlob”, “chakmon”, “zafaron”, “sohibqiron”, “sarkarda” kabi so‘zlar bolalarning tarixiy xotirasini mustahkamlashga, voqealarni vizual tasavvur qilishga va milliy madaniyatni his qilishga yordam beradi va yana shu kitobda “Va’da” haqidagi hikoyada "Sohibqiron", sarkarda", "munajjim" kabi so‘zlar keltirilgan.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 304 Hikoyalarda ishlatilgan “podsho”, “qilich” kabi so‘zlar bolalarga o‘tmishdagi shaxslar va voqealarni tasavvur qilish imkonini beradi. Ushbu so‘zlar bolalarni tarixiy tafakkur bilan tanishtiradi, ularning o‘tmish voqealarini tushunish qobiliyatini rivojlantiradi va matnga badiiy jon bao‘ishlaydi. Shu tariqa, bolalar o‘z xalqining qadimiy madaniyati, urf-odatlari va kundalik turmush tarzi bilan tanishadi. Hikoyadagi voqealarni kuzatish orqali ular tarixiy shaxslarning xarakteri, fazilatlari va qarorlarini tushunib, ularni o‘z hayotiy tajribasi bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, “usturlob”, “chakmon”, “zafaron”, “sohibqiron”, “sarkarda” kabi tarixiy so‘zlar o‘quvchilarda vizual tafakkur va tasavvur qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan, “Va’da” hikoyasida ishlatilgan so‘zlar bolalarni tarixiy shaxsning jasorati, sarkardalik fazilatlari va davlat boshqaruvi bilan tanishtiradi. Shu so‘zlar yordamida bola o‘tmish voqealarini jonli tasavvur qiladi, ularni badiiy tafakkur orqali o‘rganadi va tarixiy manzara bilan boo‘laydi. Tarixiy so‘zlar hikoyalarning badiiy ifodasini boyitadi, o‘quvchilarda til madaniyatini rivojlantiradi va matnni esda qolarli qiladi. Umuman olganda, bolalar adabiyotida tarixiy so‘zlarni qo‘llash o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy va badiiy rivojlanishini ta’minlaydi, ularni o‘tmishga hurmat bilan qarashga o‘rgatadi va matn orqali milliy xotira hamda ona tiliga muhabbatni mustahkamlaydi. Bu so‘zlar orqali bolalar nafaqat o‘tmish bilan tanishadi, balki axloqiy fazilatlar, milliy qadriyatlar va ona tiliga hurmatni ham o‘rganadi. Tarixiy so‘zlar bolalarning nutqini boyitadi, matnni tushunish va tahlil qilish qobiliyatini oshiradi, ularni tafakkur va mulohaza yuritishga undaydi. Shu tariqa, bolalar adabiyotida tarixiy so‘zlarning qo‘llanilishi nafaqat badiiy ifoda, balki pedagogik va tarbiyaviy ahamiyatga ega vosita hisoblanadi. Shu asosda aytish mumkinki, tarixiy so‘zlar bolalar adabiyotida o‘quvchilarning intellektual, badiiy va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiladi. Ular o‘quvchilarda o‘z milliy ildizlarini bilishga qiziqish uyo‘otadi, o‘tmish shaxslarining faoliyatini tushunishga yordam beradi va milliy o‘urur, tarixiy tafakkur va axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi. Shu sababli darsliklarda ishlatilgan hikoyalar va ularning tarixiy so‘zlari bolalar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega va ularni faol ishlatish o‘qituvchilar uchun muhim vazifa hisoblanadi.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 16 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 305 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1. Quydagi tarixiy so‘zlarni ma’nosi bilan to‘o‘ri moslashtiring. Tarixiy so‘zlar Tarixiy so‘larning ma’nolari 1 Sohibqiron A Yulduzlarga qarab fol ochuvchi inson, bashoratchi. 2 Vazir B Davlat boshlio‘i, hukmdor, qirollik davrida ishlatiladigan tarixiy unvon. 3 Sarkarda C Davlat ishlarini boshqaradigan yuqori mansabdor shaxs, hukmdorning maslahatchisi. 4 Munajjim D Qo‘mandon,askarlarning boshlio‘I, harbiy rahbar. 5 Podsho E Buyuk va qudratli hukmdor,ko‘pincha jangovor va siyosiy yutuqlari bilan mashhur shaxs. 2.Gaplarda foydalanilgan tarihiy so‘zlarni toping va ma’nosini izohlang. 1. Davlat ishlarini adolat bilan boshqaradigan podsho donishmand edi. 2. Yangi qonunlarni tayyorlab, maslahat bergan vazir podshoga xizmat qildi. 3. Jang maydonida sarkardalar bilan birga kurashgan shaxs sohibqiron edi 4. Astronomlar yulduzlarni kuzatib, vaqtni aniqlash uchun usturlobdan foydalandilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. M.Hamrayev va boshqalar. Ona tili va bolalar adabiyoti(1-qism, Ona tili) Toshkent-2023. 2. N.Erkaboyeva. Ma’ruzalar to‘plami. Toshkent-2019. 3. M.Hamrayev va boshqalar. Ona tili (Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik).Toshkent2007. 4. Internet resurslari: elibrary.tdpu.uz; kutubxonachi.uz; t.m