scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI QAROQCHILIKKA QARSHI KURASHDA KIBER HUQUQNING YONDASHUVI

Asliddin Ochilov Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi

Abstract

Ushbu tadqiqotda raqamli qaroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha kiber huquq sohasidagi huquqiy asoslar, ijro mexanizmlari va xalqaro hamkorlik harakatlari oʻrganilib, Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berib o’tiladi. Mavjud kiber huquq chora va normalarining samaradorligini baholash va soha olimlarining mutaxassis sifatidagi fikrlarini eshitish, ularning adabiyotlariga murojaat qilish hamda mavzu bilan bog’liq statistik ma’lumotlarni tahlil etish orqali ushbu ilmiy ishda O'zbekistonda va undan tashqarida raqamli qaroqchilikka qarshi kurash va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha davom etayotgan muhokamalarni yoritib o’tishga harakat qilinadi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 RAQAMLI QAROQCHILIKKA QARSHI KURASHDA KIBER HUQUQNING YONDASHUVI Asliddin Ochilov Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda raqamli qaroqchilikka qarshi kurashish boʻyicha kiber huquq sohasidagi huquqiy asoslar, ijro mexanizmlari va xalqaro hamkorlik harakatlari oʻrganilib, Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berib o’tiladi. Mavjud kiber huquq chora va normalarining samaradorligini baholash va soha olimlarining mutaxassis sifatidagi fikrlarini eshitish, ularning adabiyotlariga murojaat qilish hamda mavzu bilan bog’liq statistik ma’lumotlarni tahlil etish orqali ushbu ilmiy ishda O'zbekistonda va undan tashqarida raqamli qaroqchilikka qarshi kurash va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha davom etayotgan muhokamalarni yoritib o’tishga harakat qilinadi. Kalit so’zlar: raqamli qaroqchilik, kiber huquq, kiber makon, intellektual mulk huquqi, peer-to-peer ulashish texnologiyasi, kontrafakt, xalqaro tajriba, TRIPS, DMCA, litsenziya, kiberxavfsizlik, striming, dasturiy ta’minot. Kirish XXI asrda zamon shiddat bilan rivojlanib, elektrokommunikativ tarmoqlar va ular bilan ishlovchi texnologiyalarga talab oshib borar ekan, ushbu texnologik poyganing girdobiga kundan-kunga yanada ko’proq odam qo’shilib boraveradi, bu narsa ayniqsa bir voqea-hodisa, obyekt yoki subyekt haqidagi muqobil axborot turi va manbasining yashin tezligida o’sishiga va axborot turlarining bir shakldan ikkinchi shaklga kirishi orqali dunyoning u burchdagidan boshqa burchiga qiyinchiliksiz yetib borishini ta’minlaydi. Mana shunday pallada insonlarning shaxsiy mulki hisoblangan ko’plab axborot manbalarini, xususan, mualliflik va turdosh huquqlar bilan muhofaza qilinadigan intellektual mulk natijalarini kiber makonda ham tegishlicha himoya newjournal.org zenodo.org 2 qilishga zarurat tug’iladi. Ayni shu axborot xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan harakatlardan biri shubhasiz raqamli qaroqchilik hisoblanadi. Umumiy ma’noda, qaroqchilik (dengiz qaroqchiligi)— ochiq dengizda savdo va fuqaro kemalarini xususiy yoki davlati kemalari tomonidan gʻayriqonuniy ravishda egallash, talontoroj qilish yoki cho’ktirish sifatida anglashiladi.[1] Ammo kiber huquqda ushbu termin biroz boshqacha ma’noni kasb etgan bo’lishiga qaramay, ishlash mexanizmi va motivi jihatdan bir talay o’xshash jihatlarga egadir. Raqamli qaroqchilik - dasturiy ta'minot, musiqa, filmlar, elektron kitoblar va o'yinlar kabi mualliflik huquqi bilan himoyalangan raqamli kontentni ruxsatsiz ko'paytirish, tarqatish yoki foydalanishni anglatadi.[2] Onlayn ya’ni kiber qaroqchilik o’zining iqtisodiy salbiy ta’siriga ega, chunki u hukumatning daromad oqimiga sezilarli darajada ta’sir qiladi va siz iste’molchining moliyaviy yo’qotishingizga olib keladi. U yana shu bilan birga shaxsga doir ma’lumotlarni o’g’irlash va bolalarni turli nomaqbul kontentga duchor qilish kabi xavfsizlik muammolarini yaratadi. Shu sababli ham raqamli qaroqchilik yoki kiber qaroqchilik deb ataladigan ushbu tushuncha fishing, karding, SMS-fishing, Internet-fishing, vishing, skimming, shiming(scheming), onlayn firibgarlik, malware, noqonuniy kontent-tarkib, refayling kabi kiber huquqbuzarliklar qatorida kiber jinoyatlar tarkibiga kiritiladi.[3] Raqamli qaroqchilikning haqiqiy iqtisodiy salmog’ini his etish uchun statistikaga murojaat qilamiz: birgina onlayn videolar qaroqchiligi tufayli har yili AQSH iqtisodiga $29 va $71 milliard atrofida zarar yetadi. Jahon kinochilik sanoatiga raqamli qaroqchilik ortidan keladigan moddiy ziyon miqdori yiliga 40-97 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.[4] Raqamli qaroqchilik tug’dirayotgan murakkab muammolarni hal qilishda kiber huquq qaroqchilikka qarshi samarali kurashish uchun mustahkam qonunchilik bazasi, ijro etish mexanizmi va xalqaro hamkorlikni ta’minlash orqali hal qiluvchi rol o'ynaydi.[5] Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Mualliflik huquqi shartnomasi, 1996 (WCT) va Jahon savdo tashkilotining (JST) Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʼyicha bitim, 1994 (TRIPS) normalari va tamoyillari kabi xalqaro shartnomalar mualliflik huquqini himoya qilish va qo‘llash bo‘yicha newjournal.org zenodo.org 3 global standartlarni belgilab, qaroqchilikka qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni osonlashtiradi. Metodologiya Dunyo bo’ylab bir qator tadqiqot, monografiya, maqola va so’rovnomalarda raqamli qaroqchilikka qarshi kurashning huquqiy va me’yoriy asoslarini o'rganib chiqildi va bu jarayon davom etmoqda. Garchi, raqamli qaroqchilik bir qarashda kiber jinoyat/huquqbuzarlik shaklini kasb etsa ham, u obyekti jihatidan intellectual mulk huquqi bilan bog’liq munosabatlarga chambarchas bog’liq, shu sababdan qator ilmiy taqdiqotlarga ana shu ikki rakursdan qarashga jiddiy e’tibor berilgan. Misol uchun, Internet tarmog’idan foydalanuvchilarning soni oshish yo’nalishining bevosita kiber qaroqchilikning rivojlanishiga zamin yaratishini tadqiq etar ekan Carnegie Melon universiteti professorlari M. Smith va R. Telang (2017) ning fikriga ko’ra keng tarmoqli Internetga kirishning ortishi media kompaniyalari va iqtisodiyotga turli yo'llar bilan ta'sir qilishi mumkin. Bir tomondan, keng tarmoqli Internetga kirish qaroqchilikni osonlashtirishi va media mahsulotlari savdosini kamaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, keng tarmoqli Internetga kirish iste'molchilarning media mahsulotlarini onlayn usulda topish, uydan chiqmasdan ulardan bahramand bo’lish va baholash qobiliyatini oshirishi va media firmalarning o'z reklamalarini to'g'ri iste'molchilarga yo'naltirish qobiliyatini oshirishi mumkin.[6] Biroq boshqa olimlar masalan Oklahoma State University Spears School of Business assistant professori Gregory Day (2017) o’z tadqiqotlarida mualliflik huquqi orqali himoyalangan intellektual mulk obyektlari, masalan musiqa yoki boshqa san’at asarlari muallifining yakka monopoliyasi ostida qolib ketishi ularning narxini bozorda ba’zi iste’molchilar uchun haddan tashqari qimmatlashishiga va raqobat muhitiga salbiy ta’sir mumkinligini ta’kidlarkan, bu jamiyatda ulardan arzon yoki tekinga foydalanish uchun ma’lum darajada raqamli qaroqchilikka yo’l ochib berishini aytadi: ”Konsepsual nuqtai nazardan olib qaraganda, [ushbu] huquqbuzarlik odatdagi yomon ish sifatida emas, intellektual mulkning raqobatga qarshi strukturasiga nisbatan ratsional javob o’laroq qabul qilinishi kerak. Bozorning haddan ortiq aksilraqobat muhitiga o’tib ketishining oldini olish uchun ham newjournal.org zenodo.org 4 jamiyatga ma’lum ma’noda qaroqchilik kerak bo’lishi mumkin”.[7] Andrew Masterson, London shahri politsiyasining Intellektual mulk jinoyatlari bo'yicha politsiya bo'limining jalb qilish, qaroqchilikka qarshi kurash va mualliflik huquqini buzish bo'yicha rahbarining fikricha, raqamli qaroqchilik bilan shug’ullanuvchi shaxslardan nafaqat muallif va mulk huquqi egalarining o’zi balki uzoq istiqbolda oddiy shaxslar va iste’molchilar ham yutqazadi. Chunki texnologik savodxonligi uncha yuqori bo’lmagan odamlar tekinga kino ko’rish yoki kitob o’qish uchun o’sha mashhur noqonuniy qaroqchi saytlardan biriga kirishi va o’zi sezmagan holda kompyuteri xotirasidagi qimmatli ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga lang ochib qo’yishi mumkin.[8] Bu o’z navbatida boshqa turdagi kiber jinoyatlarga ham yo’l ochadi. Nathan Fiskka ko’ra, raqamli qaroqchilikning haqiqiy ta'sirini aniq hisoblash deyarli imkonsiz bo'lsa-da, dunyodagi eng yuqori daromad keltiradigan ko'ngilochar firmalarga (va hatto butun sanoatga) noqonuniy peer-to-peer (P2P) fayl almashish natijasida yuzaga keladigan moliyaviy zarar tahdidi e’tiborga molikdir.[9] Kiber qaroqchilik keng qamrovli tushuncha hisoblanib o’z ichiga bir necha turdagi huquqbuzarliklarni oladi: Mualliflik huquqining buzilishi: mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialni huquq egasining ruxsatisiz nusxalash yoki tarqatish. Qalbaki mahsulotlar(kontrafakt): raqamli kontentning soxta nusxalarini ishlab chiqarish va sotish.Fayl almashish: mualliflik huquqi bilan himoyalangan fayllarni ruxsatsiz internet orqali almashish. Noqonuniy efirga uzatish(striming): tegishli litsenziyasiz mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni translyatsiya qilish. Dasturiy ta'minot qaroqchiligi: dasturiy ta'minot programmalarini noqonuniy ravishda nusxalash yoki tarqatish. Interpol xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, internetdagi qaroqchilik xizmatlari turli vositalar orqali daromad olishadi, jumladan: Reklama: Ushbu saytlar reklama beruvchilardan yoqtirishlar yoki havolalar soniga qarab to'lov olishlari mumkin. newjournal.org zenodo.org 5 Xayriya mablag’lari(donat): Ba'zi qaroqchilik xizmatlari foydalanuvchilardan premium kontentga kirish yoki o'z saytlarini qo'llab-quvvatlash evaziga pul berishni so'rashi mumkin. Obuna xizmatlari: Foydalanuvchilar pirat kontentning yuqori sifatli versiyalariga kirishlari yoki obuna toʻlovi evaziga “premium” kontentga kirishlari mumkin. Bunda obuna to’lovi “autentik” striming saytlarinikiga nisbatan ancha arzon bo’ladi. Foydalanuvchi ma'lumotlarini sotish: Ba'zi qaroqchilik xizmatlari foydalanuvchi ma'lumotlarini, masalan, ko'rish tarixi yoki shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi tomon kompaniyalariga sotishi mumkin.[10] Onlayn qaroqchilikka oid eng muhim va ilk sud ishlaridan biri 2005-yilda AQSHda sodir bo’lgan edi. MGM Studios, Inc. v. Grokster, Ltd., 545 U.S. 913 (2005) sud ishida AQSH Oliy Sudi ayblanuvchi, peer-to-peer fayl ulashish bilan shug’ullanuvchi Grokster va Streamcast kompaniyalari foydalanuvchilariga mualliflik huquqini poymol qilish imkonini berish orqali javobgarlikka tortilishi mumkinligini ko’ratgan edi.[11] Jabrlanuvchilar Metro-Goldwyn-Mayer studios rahbarligidagi 28 ta ko’ngilochar kompaniyadan iborat edi. Sudning fikri, sudya Souter ta’biri bilan aytganda “Biz qurilmani mualliflik huquqini poymol etish uchun ishlatishni rag'batlantirish maqsadida tarqatgan shaxs uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari uchun javobgar bo'ladi, deb hisoblaymiz.” Shu tariqa xalqaro muhitda intellektual mulk huquqini nafaqat bevosita buzganlik balki uni ochiq targ’ib qilib, unga ko’maklashganlik uchun ham javobgarlik vujudga kelishi mumkinligini belgilovchi yuridik pretsedent yuzaga keladi. Natijalar Barcha mamlakatlarda boʼlgani kabi Oʼzbekistonda ham kiberxavfsizlikka davlat darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash choratadbirlari toʼgʼrisida”gi pf-5099-son farmoni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil newjournal.org zenodo.org 6 19-dekabrdagi “Аxborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʼarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʼlaridan samarali foydalanish toʼgʼrisida”gi 356-son qarori shuningdek, 2020–2023 yillarga moʼljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik toʼgʼrisida”gi qonunda belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan masalalarni hal etish boʼyicha ishlar davom ettirilmoqda.[12] Raqamli qaroqchilikning o’ziga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.[13] Bu norma ko’plab kiber qaroqchilik bilan bog’liq vaziyatlarga mos tushadi, masalan, qaysidir film yoki qo’shiq premyerasidan oldin uni to’liq yoki qisman muallif ruxsatisiz ommaga taqdim qilish orqali raqamli qaroqchilar muallif olishi mumkin bo’lgan foydaning katta qismini o’ziga yo’naltirishga harakat qiladi hamda muallifga katta zarar keltiradi. Biroq bu umumiy modda hisoblanib, aynan kompyuter texnologiyalari orqali raqamli muhitda sodir etilishi bilan bog’liq alohida band yoki holat keltirilmagan, faqatgina ushbu vositalar orqali boshqa turdagi kiber jinoyatlarni( masalan, hakkerlik, kompyuter sabotaji, fishing vhk.) uchun Jinoyat kodeksining XX(1) bobi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” nomi bilan ajratib o’tilgan. Kiber qaroqchilikka kurash Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ham tartibga solinadi:” Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish, — asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun newjournal.org zenodo.org 7 foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”[14] Normaning ahamiyati shundan iboratki, raqamli qaroqchilar mualliflik huquqi obyektlarining aynan kontrafakt nusxalari(ruxsatsiz olingan skanner PDF fayllar, ko’chirib olingan MP3 musiqa yoki HD formatdagi film)ni tarqatish, takrorlash, yuklash va taqdim etish bilan shug’ullanadi. Ammo bir lekini bor bo’lib, kiber makonda nusxalangan yoki yuklangan, taqdim etilgan axborotni, uning qonuniy yoki noqonuniyligidan qat’iy nazar butunlay o’chirib tashlash iloji yo’q. Shuning uchun bordi-yu raqamli qaroqchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan taqdirda ham, ular yaratgan kontrafakt mahsulotlarning o’zlariga tegishli qisminigina o’chirish mumkin, noqonuniy tarqatilgan axborotni oldindan yuklab yoki saqlab qo’ygan boshqa uchinchi shaxslarga hech qanday ta’sir o’tkazilmaydi. Jahon tarjibasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amerika Qo'shma Shtatlarida shu xususda bir necha aktlar qabul qilingan Raqamli Mingyillikda Mualliflik huquqi to'g'risidagi Akt (Digital Millennium Copyright Act): Onlayn mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlar uchun qonuniy himoyani ta'minlaydi va mualliflik huquqining buzilishini bartaraf etish tartib-qoidalarini, jumladan, ogohlantirib olib tashlash qoidalarini belgilaydi. 1998-yil 12-oktabrda qabul qilingan DMCA Amerika Qoʻshma Shtatlari Kodeksining 17-moddasiga mualliflik huquqi doirasini kengaytirish, shu bilan birga onlayn xizmatlar provayderlarining foydalanuvchilari tomonidan mualliflik huquqini buzganliklari uchun javobgarligini cheklash maqsadida oʻzgartirdi.[15] DMCAda "raqamli qaroqchilik" deb nomlangan maxsus moddalar mavjud bo'lmasa-da, uning qoidalari qaroqchilikka qarshi kurashish va intellektual mulk huquqlarini onlayn himoya qilish choralarini o'z ichiga oladi. Raqamli qaroqchilikka qaratilgan DMCA ning tegishli qismlaridan biri “Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikni cheklash toʻgʻrisidagi Akt” (OCILLA) nomi bilan tanilgan II bob, onlayn materiallarga nisbatan javobgarlik cheklovlarini o’rnatuvchi 512-bo’lim hisoblanadi. newjournal.org zenodo.org 8 Qolaversa, Kompyuter firibgarligi va suiiste'moli to'g'risidagi Akt (Computer Fraud and Abuse Act) kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirishni jinoiy javobgarlikka tortadi va hakkerlik hamda pirat(o’g’irlangan) kontentni tarqatish kabi qilmishlar uchun jazo choralarini belgilaydi. Federal qonun (17 sarlavha, Amerika Qo'shma Shtatlari Kodeksi, 501 va 506-bo'limlar) mualliflik huquqi bilan himoyalangan ovoz yozuvlarini ruxsatsiz takrorlash, tarqatish, ijaraga berish yoki raqamli uzatish uchun jiddiy fuqarolik va jinoiy jazolarni nazarda tutadi. Jinoiy jazo besh yil qamoq yoki 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin. Noqonuniy ravishda tarqatilgan har bir ish (har bir qo'shiq, film, teleko'rsatuv, o'yin yoki dasturiy ta'minot dasturi) uchun fuqarolik jarimalari 750 dan 150 000 dollargacha bo'lishi mumkin. Ushbu jarimalar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qo’shib berilishi mumkin. Musiqa va filmlarni yuklab olishni nazorat qiluvchi ikkita asosiy tashkilot - Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) va Amerika Kinofilmlar Uyushmasi (MPAA) mavjud. Ushbu ikki tashkilot doimiy ravishda yuklab olishlar va veb-saytlarni mualliflik huquqining buzilishi holatlarini aniqlash uchun kuzatib boradi.[16] Muhokama Raqamli qaroqchilikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari jamiyatning turli jabhalariga ta'sir ko'rsatib, bu ko’lam turli tarmoqlar, kontent yaratuvchilar va iste'molchilardan-da kengayib borayotir. Iqtisodiy nuqtai nazardan, raqamli qaroqchilik sanoat va intellektual mulk yaratuvchilarining daromad oqimiga putur yetkazib, katta moliyaviy yo'qotishlarga, innovatsiyalarga investitsiyalarning qisqarishiga va ish joylarining qisqarishiga olib keladi. Bundan tashqari, qaroqchilik bozor iqtisodiyotiga zarba beradi, adolatli raqobatni bo'g'adi va iqtisodiy o'sishga to'sqinlik qiladi. Ijtimoiy jihatdan raqamli qaroqchilik iste'molchilarning xulq-atvoriga, madaniy va ta'limga oid sifatli content kirishiga va raqamli savodxonlikka ta'sir qiladi. Iste'molchilar o'zlari bilmagan holda noqonuniy faoliyatni qo'llab-quvvatlashlari, kiberxavfsizlik bilan bog’liq turli xavflarga duchor bo'lishlari va intellektual mulk huquqlarining buzilishiga hissa qo'shishlari mumkin. Bundan tashqari, qaroqchilik ijodiylik va kreativlikka asoslangan sohalarning yaxlitligiga putur etkazadi, badiiy ifoda va yaratuvchanlikni xavf ostiga qo'yadi va madaniy xilma-xillikni kamaytiradi. newjournal.org zenodo.org 9 AQSHda qaroqchilikka oid qatʼiy qonunlar va qattiq jazolar qoʻllanilishiga qaramay, global internet qaroqchiligi tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Uchta asosiy mintaqada - Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida - qaroqchilik uchun internet kabellari quvvatining 23,8 foizi ishlatiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ushbu uchta mintaqada 178,7 million individual internet foydalanuvchilari raqamli qaroqchilik uchun BitTorrent-ga murojaat qilishgan. BSA tashkiloti 33 mamlakatdan 15 000 dan ortiq iste'molchilarni so'rov o'tkazdi va to'g'ridan-to'g'ri savol berdi: "Siz pirat dasturiy ta'minot yoki to'liq litsenziyalanmagan dasturiy ta'minotni qanchalik teztez sotib olasiz?" Ularning dasturiy ta'minotning qaroqchilik statistikasi natijalari shuni ko'rsatdiki, respondentlarning 57 foizi dasturiy ta'minotni o’g’irlangan saytlardan yuklab olganliklarini tan olishgan, ammo ulardan hech biri noqonuniy yuklab olish uchun ushlanmagan. Dasturiy ta'minot qaroqchiligi bo'yicha statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, butun dunyo bo'ylab dasturiy ta'minot dasturlarining har beshtasi uchun pul to'lanmagan. Afsuski, dasturiy ta'minot sanoatida aytilmagan qoida mavjud: dasturiy mahsulotingiz qanchalik qimmat va ahamiyatli bo'lsa, odamlarda mahsulotingizning pirat versiyalarini yuklab olish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Zararli dasturiy ta’minot hujumini aniqlash uchun o‘rtacha 243 kun ketadi, 2,4 million dollar turadi va tuzatish uchun 50 kun ketadi. Tashkilotlar litsenziyasiz dasturiy mahsulotni olish yoki o'rnatishda zararli dasturlarga duch kelish ehtimoli har uchdta holatdan birga teng. [17] 2004 yilda raqamli qaroqchilarning yarmidan ko'pi o'smir o'g'il bolalar yoki yigitlar edi, ammo 2018 yilga kelib bu stereotip yo’qoldi. Ushbu qaroqchilik statistikasiga ko'ra, Buyuk Britaniyadagi qaroqchilarning 43 foizini ayollar, 36 foizini esa 35 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Aytish joizki, qaroqchilik hozir shunchalik keng tarqalganki, endilikda har kim o’g’rilangan kontentga ega bo'lishi mumkin. So'nggi yillarda elektron kitob o'quvchilar sonining oshishi tufayli yangi qaroqchilik bozori ham paydo bo'ldi. Hisob-kitoblarga ko'ra, birgina AQSHda 16,5 million noqonuniy kitob yuklab oluvchilar bor, ular o'z adabiyotlarini noqonuniy ravishda yuklab olib, 315 million AQSh dollari miqdorida foyda yo'qotilishiga hissa qo'shishadi. Ko'pincha yoshlarning ermagi bo'lib qolayotgan musiqa qaroqchiligidan farqli o'laroq, kitob qaroqchiligi bilan asosan 30-44 yosh toifasidagilar shug'ullanadi,