OʻZBEKISTON SHAROITIDA TIBBIY TURIZM SOHASINI DIVERSIFIKATSIYALASH
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy turizm sohasini diversifikatsiyalash zarurati, hozirgi holati va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tibbiy turizmning asosiy tarkibiy qismlari sogʻliqni saqlash xizmati sifati, turistik infratuzilma, marketing strategiyasi va raqamli transformatsiya jarayonlari kompleks yondashuvda oʻrganildi. Maqolada diversifikatsiya tushunchasi tibbiy xizmatlar segmentlarini kengaytirish, yangi bozorlarni ochish va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soha raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida baholangan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 18 OʻZBEKISTON SHAROITIDA TIBBIY TURIZM SOHASINI DIVERSIFIKATSIYALASH Sh.M. Abdurazzakova1, Nasirov Zafar Dilshod o‘g‘li2 1EMU UNIVERSITY Magistratura va klinik ordinatura bo‘limi boshlig‘i i.f.f.d PhD dotsent 2EMU UNIVERSITY 2-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.17609388 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy turizm sohasini diversifikatsiyalash zarurati, hozirgi holati va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tibbiy turizmning asosiy tarkibiy qismlari sogʻliqni saqlash xizmati sifati, turistik infratuzilma, marketing strategiyasi va raqamli transformatsiya jarayonlari kompleks yondashuvda oʻrganildi. Maqolada diversifikatsiya tushunchasi tibbiy xizmatlar segmentlarini kengaytirish, yangi bozorlarni ochish va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soha raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida baholangan. Kalit soʻzlar: tibbiy turizm, diversifikatsiya, sogʻliqni saqlash, raqamli transformatsiya, wellness-turizm, SWOT tahlil, tibbiy klasterlar Abstract. This article analyzes the need, current status and prospects for diversifying the medical tourism sector in the Republic of Uzbekistan. The study studied the main components of medical tourism - the quality of healthcare services, tourist infrastructure, marketing strategy and digital transformation processes - in an integrated approach. The article evaluates the concept of diversification as a factor in expanding medical service segments, opening new markets and increasing the competitiveness of the industry through the introduction of digital technologies. Keywords: medical tourism, diversification, healthcare, digital transformation, wellness tourism, SWOT analysis, medical clusters Аннотация. В данной статье анализируются необходимость, текущее состояние и перспективы диверсификации сектора медицинского туризма в Республике Узбекистан. В исследовании рассматриваются основные составляющие медицинского туризма: качество медицинских услуг, туристическая инфраструктура, маркетинговая стратегия и процессы цифровой трансформации в комплексном подходе. В статье рассматривается концепция диверсификации как фактора повышения конкурентоспособности сектора за счёт расширения сегментов медицинских услуг, открытия новых рынков и внедрения цифровых технологий. Ключевые слова: медицинский туризм, диверсификация, здравоохранение, цифровая трансформация, оздоровительный туризм, SWOT-анализ, медицинские кластеры Kirish Soʻnggi yillarda tibbiy turizm global iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO) maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 20 milliondan ortiq kishi xorijda tibbiy xizmat olish maqsadida safar qiladi, bu esa 100 milliard AQSh dollaridan ortiq iqtisodiy aylanmani tashkil etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 19 Oʻzbekiston ham ushbu yoʻnalishda sezilarli salohiyatga ega. Soʻnggi yillarda davlat rahbariyati tomonidan sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, xususiy tibbiyot sektorini kengaytirish va tibbiy xizmatlarni eksport qilish boʻyicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda tibbiy turizmning rivojlanishi hali toʻliq tizimlashtirilmagan, xizmatlar turlari tor doirada qolmoqda, xalqaro raqobatbardoshlik pastligicha qolmoqda. Shu sababli, tibbiy turizmni diversifikatsiyalash yaʼni xizmatlar segmentlarini kengaytirish, innovatsion turlarni joriy etish, raqamli texnologiyalarni qoʻllash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish zarur. Adabiyotlar tahlili Xalqaro miqyosda tibbiy turizm diversifikatsiyasiga bagʻishlangan tadqiqotlarda xizmat sifati, infratuzilma, narx siyosati va bemor ishonchi eng muhim determinantlar sifatida eʼtirof etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa raqamli transformatsiya va xalqaro sertifikatlash jarayonlari asosiy toʻsiq sifatida qayd etiladi. Mamlakatimiz boʻyicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tibbiy turizmning rivojlanishiga sogʻliqni saqlash sifati, axborot almashinuvi va davlat qoʻllabquvvatlovi sezilarli taʼsir koʻrsatishini taʼkidlaydi. Shu bilan birga, turizm komponenti dam olish, mehmondo‘stlik, madaniy tajriba bemor qaroriga nisbatan kam taʼsir koʻrsatadi. Adabiyot tahlili shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda tibbiy turizmni diversifikatsiyalash bo‘yicha kompleks ilmiy-amaliy yondashuv hali yetarli darajada shakllanmagan. Oʻzbekistonda tibbiy turizmning hozirgi holati O‘zbekistonda prezidentimizning 23.09.2024 yildagi PQ-335-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. Unga asosan "Tibbiy хizmatlar mehmondoʻstligi" ("Medical service hospitality") dasturini amalga oshirish, davlat va хususiy tibbiyot muassasalari, shuningdek sanatoriylar va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini monitoring qilish tizimini joriy etish, “konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon” хizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni ragʻbatlantirish meхanizmlarini joriy etish, “Ibn Sino” nomi ostida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda ilgari surish, toifalarga (yulduzlarga) ega boʻlgan mehmonхona tipidagi sanatoriylar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni sertifikatlash tizimini joriy etish. Togʻli hududlarda, davolovchi balchiqlar konlari mavjud boʻlgan hududlarda, shuningdek davolovchi toifaga kiritilgan suv ob’yektlari va sanitar-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega suv ob’yektlari (termal suvlar) mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xalqaro qoʻshma komissiya (Joint Commission International) akkreditatsiyasidan oʻtgan birinchi 30 ta хususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiya хarajatlarining 50 foizi Sogʻliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda ushbu imtiyozdan foydalangan tibbiyot muassasasi bilan affillangan shaхslarga bu imtiyoz berilmaydi. Tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va pansionatlar davolovchi toifaga kiritilgan suv ob’yektlari va sanitar-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga ega suv ob’yektlaridan (termal suvlardan) teng va umumiy tartibda foydalanadilar. Oʻzbekistonda tibbiy turizm sohasining rivojlanishi soʻnggi besh yillikda sezilarli faollashdi. 2024-yilda mamlakatga tibbiy maqsadda tashrif buyurgan xorijiy bemorlar soni 50 mingdan oshgani qayd etilgan. Bemorlarning asosiy qismi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Rossiyadan keladi. Bundan kelib chiqib SWOT tahlil ishlab chiqildi. Kuchli tomonlar – yuqori malakali mutaxassislar, nisbatan past narxlar, geografik yaqinlik, hukumat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar (soliq yengilliklari, “Avicenna” tibbiy brendi).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 20 Zaif tomonlar – xalqaro sertifikatlash darajasi past (JCI akkreditatsiyasiga ega klinikalar soni juda kam), til va marketing muammolari, xizmatlar segmentining torligi (asosan jarrohlik va diagnostika yo‘nalishlari). Imkoniyatlar – wellness va kurort-meditsina turlari (Zomin, Chimyon, Termiz mineral buloqlari), stomatologiya, reabilitatsiya, onlayn tibbiy xizmatlar, diaspora bemorlari bilan raqamli aloqa imkoniyatlari. Tahdidlar – kuchli xalqaro raqobat (Turkiya, Tailand, Hindiston), bemor ishonchining yetishmasligi, xizmat sifati barqaror emasligi. Tahlil va natijalar Tibbiy turizmni diversifikatsiyalashning maqsadi xizmat turlarini kengaytirish, geografik va iqtisodiy bozorlarni differensiallashtirish, raqamli xizmatlarni joriy etish orqali soha barqarorligini ta’minlashdir. Mamlakatimizda tibbiy turizmni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha diversifikatsiya qilish mumkin: Kurort-meditsina va wellness: tabiiy buloqlar, balneologik markazlar asosida sogʻlomlashtirish. Estetik va stomatologik tibbiyot: yuqori talabga ega, qisqa muddatli muolajalar. Reabilitatsiya va fizioterapiya: jarrohlikdan keyingi tiklanish dasturlari. Check-up va diagnostika paketlari: qisqa muddatli skrining xizmatlari. Raqamli diversifikatsiyada telemeditsina, onlayn konsultatsiyalar, elektron sogʻliq pasportlari, raqamli marketing va bemor maʼlumotlar bazasi yaratish orqali xorijiy bemorlarni jalb etish samaradorligini oshirish mumkin. Geografik diversifikatsiyada Toshkent, Samarqand va Buxoroda yuqori texnologiyali tibbiy markazlar, chegara hududlarida (Andijon, Fargʻona, Surxondaryo) mintaqaviy tibbiy klasterlar tashkil etish tavsiya etiladi. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida quyidagi asosiy omillar tibbiy turizmni diversifikatsiyalash samaradorligiga sezilarli ta’sir koʻrsatishi aniqlandi: Xizmat sifati va sertifikatlash xalqaro standartlarga muvofiq klinikalar sonining oshishi xorijiy bemorlar oqimini kuchaytiradi. Raqamli transformatsiya telemeditsina va onlayn marketing bemorlar uchun qulaylik va ishonch yaratadi. Mintaqaviy hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik loyihalari tibbiy turizm klasterlarini shakllantirishga yordam beradi. Xulosa va tavsiyalar Oʻzbekiston tibbiy turizmini diversifikatsiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlishi lozim. Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish va klinikalarga moliyaviy ragʻbatlar yaratish; Kurort-meditsina, wellness va reabilitatsiya turlarini rivojlantirish orqali xizmat turlarini kengaytirish; Telemeditsina va raqamli marketing platformalarini yaratish orqali xorijiy auditoriyani kengaytirish; Davlat-xususiy hamkorlik (PPP) asosida tibbiy klasterlar tashkil etish; Kadrlar tayyorlash va til kompetensiyalarini rivojlantirish orqali bemorlar bilan kommunikatsiyani yaxshilash. Ushbu choralar Oʻzbekistonda tibbiy turizmni iqtisodiyotning mustaqil eksport yoʻnalishiga aylantirish, yillik daromadni 300 million AQSh dollarigacha yetkazish imkonini beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentimizning 23.09.2024 yildagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2. Karimova, G. Development of Medical Tourism in Uzbekistan: Problems and Prospects. Central Asian Journal of Tourism Research, 2023. 4(2), 88–97. 3. Choi, M., Ashurova, S., & Lee, C. Sustainable Governance on the Intention of Medical Tourism in Uzbekistan. Sustainability, 2021.13, 691 4. Connell, J. Medical Tourism: Sea, Sun, Sand and Surgery. Tourism Management, 2013. 34, 1–13. 5. Heung, V. C. S., Kucukusta, D, H. Medical tourism development in Hong Kong: An assessment of the barriers. Tourism Management 2015., 46, 1–12. 6. Lunt, N., & Carrera, P. Globalization and Healthcare: Understanding Medical Tourism. Routledge Press. 2020. 7. www.wto.com 8. www.who.com 9. www.uzbektourism.uz 10. www.lex.uz