PEDAGOGICAL FEATURES OF INTEGRATIVE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES
Abstract
Today, the role of the education system in building the foundation of the Third Renaissance in our republic is invaluable. Such a strategic task requires the digitalization of society, in particular, the training of qualified specialists through the digitalization of the education system. This article provides information on the pedagogical aspects of the professional development of future specialists based on digital technologies.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 427 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI INTEGRATIV RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLAR Xamzayev Xaqnazar Xushmirzayevich Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti Elektron pochta: [email protected] ORCID: https://orcid.org/0009-0002-0844-1831 Annotatsiya. Bugungi kunda respublikamizda uchinchi Renessans poydevorini qurishda ta’lim tizimning о‘rni beqiyosdir. Bu kabi strategik vazifa jamiyatni raqamlashtirishni, xususan ta’lim tizimni raqamlashtirish orqali yetuk mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Ushbu maqolada aynan raqamli texnologiyalar asosida bо‘lajak mutaxassislarni kasbiy rivojlantirishning pedagogik jihatlari tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit sо‘zlar: transformatsiya, gajet, raqamli ta’lim, integrativ yondashuv, raqamli texnologiyalar, kreativ o‘qitish, kompyuter dasturlari, raqamli resurs, ta’lim muammolari, bashoratlash, forsayt texnologiyalar, kompetensiyaviy tayyorlash. Аннотация. Сегодня роль системы образования в построении фундамента третьего Ренессанса в нашей республике неоценима. Такая стратегическая задача требует цифровизации общества, в частности, подготовки квалифицированных специалистов посредством цифровизации системы образования. В данной статье представлена информация о педагогических аспектах Ключевые слова: трансформация, гаджет, цифровое образование, интегративный подход, цифровые технологии, креативное обучение, компьютерные программы, цифровой ресурс, образовательные проблемы, прогнозирование, форсайт-технологии, компетентностная подготовка. Abstract. Today, the role of the education system in building the foundation of the Third Renaissance in our republic is invaluable. Such a strategic task requires the digitalization of society, in particular, the training of qualified specialists through the digitalization of the education system. This article provides information on the pedagogical aspects of the professional development of future specialists based on digital technologies. Keywords: transformation, gadget, digital education, integrative approach, digital technologies, creative learning, computer programs, digital resource, educational problems, forecasting, foresight technologies, competency-based training. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini qayta isloh etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi PF6097-son “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari va ta’limni raqamlashtirish orqali uning sifatini oshirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni bajarishda mazkur maqola muayyan darajada xizmat qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni integrativ yondashuv asosida raqamli muhitga
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 428 kompetensiyaviy tayyorlash tizimini osonlashtiradigan texnologiyalar pedagogik va didaktik kategoriyalar va ta’limga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishga asoslangan. Bo‘lajak o‘qituvchilarni integrativ yondashuv asosida raqamli muhitga kompetensiyaviy tayyorlash jarayonini tashkil etish metodikasi ta’limida transdissiplinarlik kasbiy madaniyat, kasbiy soha, pedagogik turkum fanlar, mutaxassislik fanlari, raqamli texnologiyalar, turizm va shu kabi qator sohalar integratsiyalangan ko‘p qirrali mavzular mujassamlanayotganida namoyon bo‘lmoqda. Dunyoda fan, ta’lim, innovatsiya, tadqiqot, tijoratlashtirish mujassamlashgan universitetlar, tadbirkor universitet, raqamli universitetga aylanish, zamonaviy motivatsion kreativ o‘qitish metodikasi, an’anaviy ta’lim vositalarining raqamli texnologiyalarga transformatsiyasi, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining raqamlashtirilgan makondagi faoliyati borasidagi tadqiqotlar, pedagogik turkum fanlar ta’limiga innovatsion yondashuvlar, ta’lim mazmunida, talabalar, o‘qituvchilar kompetensiyalarida tub o‘zgarishlar kutilishi muqarrarligini namoyon qilmoqda [1]. Raqamli texnologiyalar hayotimizda doimo biz bilan birga. Sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, xizmat ko‘rsatish, turizm kabi ijtimoiy sohalar qatorida ta’lim sohasi ham raqamli texnologiyalar bilan uzviy bog‘lanmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi juda shiddatli jarayonga aylandiki, elektron va masofali ta’limning o‘qitishdagi imkoniyatlarini hamda o‘rnini ilmiy o‘rganishga ulgurmasimizdan, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt kabi tushunchalar hatto o‘qituvchi vazifasini egallab olish uchun raqobatga kirishdi. Bu vaziyatni jahon tajribalarini o‘rganish, keng va chuqur tahlil qilish, samaradorligi yoki aksincha zararini aniqlash bilan anglab olish, boshqarish mumkin bo‘ladi. Haqiqatan ham, raqamli ta’limning amaliy hamda nazariy masalalari, muammolari o‘rganilgan xorijlik va o‘zbekistonlik olimlar tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan qirralarini aniqlashga, muammolarni oydinlashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda uchinchi Renessans poydevorini tiklashga qaratilgan ezgu g‘oya atrofida jipslashadigan Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini kamolga yetkazishdek strategik vazifalar ta’lim tizimini takomillashtirishga uzviy bog‘lanmoqda. Internet, gajetlar ekspansiyasi davridagi avlod qiziqish va ehtiyojlari pedagogik turkum fanlar ta’limi paradigmasini o‘zgartirib, uni o‘qitishni, o‘quv kontentini raqamlashtirish ehtiyojini kuchaytirmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni integrativ yondashuv asosida raqamli muhitga kompetensiyaviy tayyorlash tizimi samaradorligining statistik tahlili, ta’lim mazmunini mehnat bozori, raqamlashayotgan jamiyat talablariga moslashayotgan ta’lim va zamonaviy yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirish masalasini ilmiy hal qilish har qachongidan ham dolzarblik kasb qilmoqda. Ta’limga kirib kelayotgan turli gajetlar qiyoslanib mobil qurilmalar va mobil ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash orqali afzalliklarini dalillash, ta’lim tizimida zamonaviy va axborot texnologiyalarining raqamlashgan ta’lim muhitida takomillashishi, bo‘lajak o‘qituvchilarni integrativ yondashuv asosida raqamli muhitga kompetensiyaviy tayyorlash tizimida o‘qitishni masofaviy va aralash ta’lim shakllaridan foydalangan holda raqamlashtirish, elektron o‘quv materiallarini loyihalash va yaratish yuzasidan tahlillar tavsif etilgan. Bugun oliy ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi muammolari va tendensiyalariga oid adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari samarali olib borilmoqda, bu esa ta’limda rivojlanish, yuksalishni ko’rsatadi. Talabalarning o‘quv faoliyati natijalarini baholash, elektron, raqamli ta’lim texnologiyalari masalalari M.V.Bakanova, Y.V.Korolkova, T.V.Sidorenko, T.S.Makarova, E.B.Novikova, N.A.Proxorova ishlarida tahlilga
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 429 tortilgan. Xorijda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish ta’limning raqamlashishi davrida mazkur mavzuning dolzarbligini tasdiqlaydi. Ta’limni algoritmlashtirish, kompyuterlashtirish, axborotlashtirish bosqichlarining uzviy davomi sanaluvchi ta’limni raqamlashtirish jarayoni muvaffaqiyatini ta’minlovchi bir qancha omillar mavjud. Raqamli o‘qitishning tarkibiy qismlari – raqamli resurslar, raqamli ta’lim kontenti, raqamli o‘qitish muhiti, o‘qitishni tashkil qilishning raqamli texnologiyalari, ta’lim natijalarini baholashni raqamlashtirish uzviylikda, bir butunlikda rivojlantirilishi zarur. Binobarin, ta’limni algoritmlashtirish, kompyuterlashtirish, axborotlashtirish bosqichlarida ta’lim muassasalari kompyuter va multimedia jihozlari bilan yetarli darajada ta’minlanishiga erishildi. Shunday bo‘lsa ham o‘qitishni tashkil qilishning raqamli texnologiyalari zamonaviy raqamli qurilmalarni taqozo qiladi. Chunonchi, raqamli texnologiyalar katta sifat o‘zgarishlari, ta’lim shakllarining xilmaxilligiga olib kelmoqda. Bu esa pedagoglarda rivojlangan kompyuter savodxonligi va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalasini ham kun tartibiga qo‘yadi. Binobarin, pedagog kadrlar kasbiy tayyorgarligining hozirgi zamon talablari darajasiga muvofiqlashishi tez yuz beradigan jarayon emas. Bu masalaning muvaffaqiyatli hal qilinishi raqamli ta’lim kontenti, ya’ni axborot xavfsizligi va g‘oyaviy immunitetga yo‘naltirilgan milliy mahsulot va raqamli resurslar yaratilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy tilda aytganimizda, ta’lim kontentini yaratish masalasi diqqat markaziga qo‘yiladi. Fan o‘qituvchisida ta’lim kontentiga shunday munosabat paydo bo‘lishi kerakki, mavjud an’analar asralib, shu bilan birga boyitilib, unga milliy ruh berilib, jozibador raqamli ta’lim mahsuloti yaralsin. Zero, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” konsepsiyasining amalga oshirilishi aqlli doskalar, ta’limda aqilli xizmat ko’rsatish markazlari, planshetlar va shu kabi texnikalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tezkor internet xizmatidan foydalanishdan tashqari, birinchi galda, milliylik in’ikos etgan munosib kontent yaratishga daxldor. Bu raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi o‘qitish jarayonida ayniqsa muhim sanaladi. Ta’lim jarayoniga o‘qitish vositalarini takomillashtirish uchun raqamli ta’limda erishilgan yutuqlar “trend”larni belgilab olish lozim. Bular quyidagilardir: ta’limiy kompyuter dasturlari, kompyuter dasturlarining mobil versiyalari, masofaviy ta’lim texnologiyalari. Ta’limiy kompyuter dasturlari: elektron o‘quv kurslari, elektron qo‘llanmalar, elektron yozuv taxtalaridan foydalanish o‘qitishni raqamlashtirishning uzviy qismi sanalmoqda [2]. Mazkur ta’limiy dasturlar pedagogik kategoriyalar asosida didakik ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘rganish uchun qulaylik tug‘diradi. Elektron darsliklarning veb-saytlar, elektron kutubxonalarga joylashtirilishi yoki elektron axborot tashuvchilar bilan (CD-disk va b.) taqdim qilinishi davrimiz ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun yangilik emas. X. Xamzayev va boshqalar ta’limida elektron adabiyotlar bosma darsliklarning multimediya ilovalari sifatida “Kreativ pedagogika” o’quv qo’llanmasi va “Boshlang’ich ta’limda innovatsiya va integratsiya” darsliklarida keng foydalanilmoqda. Mazkur adabiyot bilan birgalikda oliy ta’limi uchun ishlab chiqilgan elektron o‘quv metodik majmualar tarkibidagi vedodarslar, o’quv-topshiriqlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga o‘qitish jarayonida ham foydalanib kelinmoqda [3]. Ta’limiy kompyuter dasturlarining hajmi kattaligi, albatta, kompyuter va namoyish qilish qurimalari taqozo qilinishi yoki fan dasturlarining takomillashishi tufayli mavzularga mos yangiliklarni kiritib turish uchun ko‘p vaqt talab qilinishini
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 430 hisobga olsak, pedagogik turkum fan o‘qituvchilarining dars mashg’ulotlarda bu vositalarga tez-tez murojaat qilmasligining sabablari oydinlashadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga o‘qitishda ta’limiy kompyuter dasturlari bilan baravar ularning mobil versiyalaridan foydalanishdagi qulaylik innovatsion yondashuvini vujudga keltirdi. Bu esa o‘qitishni jadallashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik turkum fanlarni o‘rganishga mo‘ljallangan mobil ilovalardagi multimediyaviylik, giperhavolalar tayyor muloqotni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi. Ularning aksariyatida mobil lug‘atlar, ovoz yozish va ovozli xabarni tanish, aniqlash vazifasi mavjudligi, o‘qituvchi rahbarligida ham, mustaqil ravishda ham, kichik guruhlarda ham foydalanishga mo‘ljallanganligi ularning jozibadorligini namoyon qilmoqda. Xorij tajribalari asosida pedagogik turkum fanlarni o‘rganish uchun mobil ilovalar yaratishni jadallashtirish zarur. Bu boradagi ayrim tajribalarni (“Kreativ pedagogika”, “Boshlang’ich ta’limda innovatsiya va integratsiya”, kabi zamonaviy darsliklarimiz bilan yutuq sifatida maqtana olmaymiz [4; 5]. Masofaviy ta’lim texnologiyalarini alohida tilga olish zarur. Xususan, Skype, Zoom videoaloqa vositalari sifatida foydalanishning qulayligi, oddiyligi bilan jalb qiladi. O‘rganishlarimiz natijalariga bag‘ishlangan maqolalarimizda bu vositalarning individual, juftlikdagi dars mashg’ulotlar, suhbat klublari, seminarlar, videokonferensiyalar, vebinar tashkil qilish, boshqa hududlar va mamlakatlardagi pedagog olimlarni jalb qilish mumkinligini e’tirof etganmiz. Mazkur texnologiyalar bir vaqtda didaktik yondashuv ( bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim-tarbiya , shaxs, rivojlanish, ta’lim shakli, ta’lim metodi, ta’lim jarayoni), ta’lim imkoniyatini beribgina qolmasdan namoyish, chat, doska orqali visual savodxonlikni ham rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni bajarish uchun takomillashgan. Masofaviy texnologiyalar orqali shu tariqa ta’lim o‘luvchilar va o‘qituvchi yoki tashrif buyuratyotgan ONLAYN vebinar tashkil qilish tufayli o‘rganuvchilarni nafaqat ta’limdagi didaktik xususiyatlari bilan tanishish, balki o‘zbek pedagogikasining onlayn muhitni yaratish imkoniyati oshadi. Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga ta’sir etish, o‘qitishni raqamlashtirishning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun tadqiqotimizda tashkiliy-pedagogik sharoitlarni aniqlashtirish zaruriyati paydo bo‘ldi. “Sharoit” (arabcha) “obyektiv holdagi muayyan vaziyat”, biror narsaning voqelanishiga, bo‘lishiga ta’sir qiluvchi holat, vaziyat, imkoniyat” kabi ma’nolarda qo‘llanadi [8]. Adabiyotlarda pedagogika nuqtayi nazaridan tashkiliy-pedagogik sharoitlar tushunchasi mavjud bo‘lib, aksariyat tadqiqotlarda pedagogik faoliyatni boshqaruv masalasi bilan bog‘lanadi [9]. Biz tadqiqotimiz obyekti va predmetidan kelib chiqqan holda sharoit termini mohiyatida raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga hamda o‘qitishda raqamli texnologiyalarning tatbiqiga davlat va jamiyat tomonidan ijobiy munosabat shakllangani, tashkiliypedagogik, didaktik shart-sharoitlar mavjudligini qarab chiqamiz. Binobarin, ayni shu pedagogik sharoit o‘z navbatida pedagogik jarayon natijalariga, o‘qitishda ta’lim ishtirokchilarining faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan holatlar, shu bilan birga tashqi omillarning ichki hodisalar bilan birligini tashkil qiladi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 431 Raqamlashtirish davrida o‘qitishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari OTMda raqamli ta’lim muhitining samarali imkoniyatlari asosida ta’lim jarayonini boshqarish, rejalashtirish, tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning pedagogik sharoitlari haqida so‘z yuritilganda quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish zarur: raqamli texnologiyalar sohasiga oid ta’limiy hujjatlar; oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish holati; oliy ta’lim muassasalari pedagog va talabalarining raqamli texnologiyalarga munosabati; raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodlari, usullari, ta’limning tashkiliy shakllari. Oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligiga qaratilgan ishlarni jonlantirdi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida mamlakatimizda xalq xo‘jaligi, sanoat, iqtisodiyot, tibbiyot, shu jumladan ta’lim sohasini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan keng miqyosdagi tashabbuslar, yoshlarning One Million Uzbek Coders−“Bir million dasturchi” loyihasiga keng qamrab olinishi raqamli transformatsiya jarayonlari tezlashganini ko‘rsatadi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi ijtimoiy sohalar, xususan, ta’lim sohasini “Ta’limda o‘quv materiallarini raqamlashtirish”, “oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash” bilan ro‘yobga chiqarilmoqda [10]. Mavzumizga aloqador adabiyotlarni o‘rganishlarimiz dunyoda raqamli iqtisodiyot dasturini ishlab chiqishda raqamli ta’limni amalga oshirishga urg‘u berish mazkur dastur amalga oshirilayotgan aksariyat rivojlangan davlatlar tajribasida ustuvorlikka ega ekanligini tasdiqladi [11]. Chunonchi, har qanday mamlakat iqtisodiy hayoti, sohalarning raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi bo‘yicha islohotlar, ilg‘or texnologiyalar ta’lim sohasisiz, uni chetlab o‘tib amalga oshirilishi mumkin emas. Zero, raqamli iqtisodiyot asosida ishchi kuchi, kadrlar va ularni yetkazib beruvchi ta’lim muassasalari turadi. Raqamli O‘zbekiston kelajagi maktab, institut, universitet partasida o‘tirgan o‘quvchilar, talabalar, ya’ni O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladigan yoshlar qo‘lidadir. O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini boshqara olish, taraqqiy ettirish, raqamli O‘zbekiston kiberxavfsizligini ta’minlash shu yoshlarning zamonaviy raqamli bilimga ega bo‘lishi, raqamli kompetensiyasining rivojlanganligini taqozo qiladi. Bizningcha, nafaqat aniq va tabiiy fanlarga, balki barcha fanlar “ostonasi” sanaladigan pedagoogik turkum fanlar ham raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish zaruriyatini ko‘rsatadi. Binobarin, raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning rivojlanishiga kasbiy kompetensiyalarga ega dasturchilar safini kengaytirish masalasi dolzarblik kasb etmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy usullar va raqamli texnologiyalarni joriy etish [13], zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishda, raqamli resurslar ishlab chiqish, ularni keng miqyosda tarqatish, internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish [14] kabi ishlarni jadallashtirish; 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 432 strategiyasini [15] amalga oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosi oliy ta’limda raqamli asr talablari asosida yondashish zaruratini yuzaga keltirdi. Pedagogik turkum fanlar elektron milliy korpusi va dasturiy mahsulotlarning yaratishni, milliy ta’limning internet tarmog‘ida ommalashtirilishini va munosib o‘rin egallashini namoyon qilayotgan jiddiy harakatlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va uning takomillashishi kasbiy kompetensiyalarni yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. Pedagogik turkum fanlarni fanlarni o‘qitish va raqamli texnologiyalar muammosi muhim tadqiqotlar mavzusiga aylanayotgani bejiz emas. “OAK Bulleteni”dagi dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini o‘rganishdan ma’lum bo‘ldiki, 2020 – 2022yillarda pedagogika fanlari tarmog‘i bo‘yicha 59 ta mavzu tarkibida (axborot texnologiyalari, elektron ta’lim terminlarini istisno qilganda) “raqamli” yoki “raqamlashtirish” so‘zlari mavjud bo‘lib, raqamli texnologiyalar bilan aloqador ilmiy tadqiqotlar miqdori ortgan. Biroq ularning faqatgina 4,7 foizi til o‘qitishda raqamli texnologiyalar tatbiqiga bag‘ishlangan [16]. Oliy ta’limning raqamli transformatsiyasining birinchi yo‘nalishi, ya’ni ta’limni raqamlashtirishni boshqarish bo‘yicha jahonda to‘plangan tajribalarda OTMni boshqarishni raqamlashtirish muhim jihatdir. Bu borada qo‘shni mamlakatlarda, xususan, Qozog‘iston misolida qaraganimizda Platonus kompaniyasining mamlakatdagi 100dan ortiq OTMlarini qamrab olganligini ko‘rish mumkin [17]. Mazkur kompaniya 2005-yildan e’tiboran Qozog‘iston ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini avtomatlashtirishni amalga oshirib kelmoqda. Dunyo tajribalari asosida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini boshqarishni raqamlashtirish bo‘yicha HEMIS platformasi ishga tushirildi [18]. Platforma talabalar, pedagoglar va xodimlar uchun turli qulayliklar yaratadi. Tizim orqali talabalar, xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi. Tizimda talabalar akademik guruhlarga biriktiriladi. O‘quv dasturlari, o‘quv va shaxsiy ish rejalari, taqvim rejalar, o‘quv resurslari yuklanadi. Naqorat va baholash, ya’ni oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil qilish mumkin. Talabalar o‘quv materiallarini qulay vaqt va makonda yuklab olishlari, topshiriqlarni bajarib, natijalarni yuklashlari, imtihon topshirish yoki qayta topshirish kabi vazifalardan foydalanishlari mumkin. Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, bo’lajak o’qituvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;-ta’lim jarayonmida o‘qitishda internet tarmog‘iga ulanish, dasturiy ta’minot bilan jihozlash imkoniyati. Mazkur ijtimoiy-pedagogik sharoitlar asosida dars mashg’ulotlarini tashkil qilish bo’lajak o’qituvchilarni o‘qish-o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishga, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga, mustaqil fikr almashishga qaratilgan ta’limiy maqsadga qaratilishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur ijtimoiy-pedagogik shartsharoitlar ta’lim jarayonida o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning quyidagi didaktik shartlarini hisobga olish masalasi bilan bir butunlikni vujudga keltiradi: − raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini moslashtirilgan holda mutaxassis o‘quv fanlar mazmunini loyihalash; − ta’lim mazmunini transdissiplinarlik ustuvorligiga ko‘ra ko‘p qirrali mavzular bilan boyitish; −raqamli texnologiyalar asosidagi dars mashg’ulotlarida bo’lajak o‘qituvchilarning vazifalarini takomillashtirish; − dual ta’lim asosida o‘rganishdabo’lajak o’qituvchilarning o’quv va mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish;
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 433 − ta’lim mazmunida pedagogik va didaktik kategoriyaga oid kompetensiyalarni raqamli baholash fondini yaratish va foydalanish. Mazkur didaktik yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘qituvchi va o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilishga tayyorgarlik, ta’lim jarayonida amalga oshirish, ta’lim muammolarni bashoratlash, forsayt texnologiyalari asosida paydo bo‘ladigan barcha to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olish kabi muayyan ketma-ketlikni taqozo qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari asosida o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishga tayyorgarlik bir nechta vazifalarni bajarishga undaydi. OTMda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari asosida o‘qitishda raqamli texnologiyalarni foydalanish o‘quv jarayonini individuallashtirish, bitiruvchilarda kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish mustaqil bilim olish va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini oshiradi. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, keng jamoatchilik va mutaxassislar raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayonida foydalanishda o‘ziga xos xavf-xatarlar bo‘lishidan tashvishlanadilar. Jumladan, ijtimoiy tengsizlik muammosi. Masalan, Pandemiya davrida shaxsiy kompyuteriga ega bo‘lmagan 500 milliondan ortiq ta’lim oluvchilarning o‘quv jarayonidan chekkada qolganligi ijtimoiy tengsizlik kuchayganligini namoyon qilgan edi. Raqamli qurilmalarning pedagoglar kasbiy vazifalarini cheklashi, hatto egallab olishi pedagogik xavf-xatar sifatida talqin etiladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Халин В. Г., Чернова Г.В. Цифровизация и ее влияние на российскую экономику и общество: преимущества, вызовы, угрозы и риски // Управленческое консультирование. – М., 2018. – №10 (118). – С. 46. 3. Holmberg B. (1994). Theory and Practice of Distance Education (2nd ed.). Routledge. https://doi.org/10.4324/9780203973820. 4. Xamzayev X.X. Raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini integrativ rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar. Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnal, № 4., Toshkent. 2024 y. 5. Xamzayev X.X. Ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish -ijtimoiy pedagogik zaruriyat sifatida. Oriental art and culture, Issn 2181-063x Scientific Methodical Journal Volume 5 issue 3 / june 2024. 6. Muminov K. Kreativ pedagogika. O’quv qo’llanma.T.: 2025 y. 167 b. 7. Hamzayev H. Boshlang’ich ta’limda innovatsiya va integratsiya. Darslik. 2025 yil. 8. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 4-jild. – T.: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006. – 27 – 28bet. 9. Галькина О.В. Роль и место понятия «организационно-педагогические условия» в терминологическом аппарате педагогической науки: дис....канд. пед. наук. – Самара, 2009. – 187 с. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 434 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi 2020-yil 5-oktabrdagi PF6079-son farmoni. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. https://lex.uz/ru/docs/-5030957 12. Дьяконов М.Ю., Кузнеченкова А.В. Современные инновации в образовании // Системные технологии. 2017. №24. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennye-innovatsii-vobrazovanii. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/4545884. 14. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi VMQ-625-son Qarori. Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni. “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. 16. Yuldasheva Sh. Цифровая трансформация и перспективы обучения узбекскому языку. // IX Международный форум по педагогическому образованию IFTE 2023. – Kazan, 2023. – С. 519. 17. https://platonus.kz/about-company/. 18. Khamdamov, Utkir, et al. "Conceptual Model of the Education Management Information System for Higher Education Institutions." International Journal 9.5 (2020).