CORRECT USE OF SYNTACTIC AND LEXICAL UNITS IN ORAL SPEECH
Abstract
This article discusses the correct use of syntactic and lexical units in oral speech. In particular, oral speech plays an important role in every sphere of human life: in study, work, labor, official meetings, social communication and everyday conversations. The cultural level, breadth of thinking and aesthetic taste of any nation are reflected, first of all, in its speech culture. Therefore, it is highlighted that the purity, accuracy and expressiveness of oral speech are one of the issues being studied separately in modern linguistics.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 441 OGʻZAKI NUTQDA SINTAKTIK VA LUGʻAVIY BIRLIKLARNING TOʻGʻRI QOʻLLANILISHI Samarqand davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Norboboyeva Gulzoda Gʻanisherovna Ilmiy rahbar: S.Sh.Pardayev filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada og‘zaki nutqda sintaktik va lug‘aviy birliklarning to‘g‘ri qo‘llanilishi keltirib o‘tilgan. Ayniqsa, ogʻzaki nutq inson hayotining har bir sohasida muhim oʻrin tutadi: oʻqishda, ishda, mehnatda, rasmiy yigʻilishlarda, ijtimoiy muloqotda va kundalik suhbatlarda. Har qanday millatning madaniy darajasi, fikrlash kengligi va estetik didi, avvalo, uning nutq madaniyatida namoyon boʻladi. Shu bois, ogʻzaki nutqning tozaligi, aniqligi va taʼsirchanligi zamonaviy tilshunoslikda alohida oʻrganilayotgan masalalardan biri ekanligi yoritilgan. Kalit soʻzlar: intonatsiya, ijtimoiy muloqot, estetik did, nutq madaniyati, sintaktik tuzilma, intervyu, debat, teleeshittirish, qaratuvchi va qaralmish. Abstract. This article discusses the correct use of syntactic and lexical units in oral speech. In particular, oral speech plays an important role in every sphere of human life: in study, work, labor, official meetings, social communication and everyday conversations. The cultural level, breadth of thinking and aesthetic taste of any nation are reflected, first of all, in its speech culture. Therefore, it is highlighted that the purity, accuracy and expressiveness of oral speech are one of the issues being studied separately in modern linguistics. Keywords: intonation, social communication, aesthetic taste, speech culture, syntactic structure, interview, debate, television broadcast, addressee and addressee. KIRISH. Til – inson tafakkurining asosiy ifoda vositasi, nutq esa bu tilning amaliy koʻrinishidir. Ayniqsa, ogʻzaki nutq inson hayotining har bir sohasida muhim oʻrin tutadi: oʻqishda, ishda, mehnatda, rasmiy yigʻilishlarda, ijtimoiy muloqotda va kundalik suhbatlarda. Har qanday millatning madaniy darajasi, fikrlash kengligi va estetik didi, avvalo, uning nutq madaniyatida namoyon boʻladi. Shu bois, ogʻzaki nutqning tozaligi, aniqligi va taʼsirchanligi zamonaviy tilshunoslikda alohida oʻrganilayotgan masalalardan biridir. Ogʻzaki nutqda sintaktik va lugʻaviy birliklarning, bundan tashqari maʼnodosh soʻzlarning ham qoʻllanish oʻrni beqiyosdir. Masalan, sintaktik (gap tuzilishi) va lugʻaviy (soʻz boyligi) birliklarning toʻgʻri qoʻllanishi fikrning aniq, loʻnda va ifodali chiqishini ta’minlaydi. Har bir nutq ishtirokchisi uchun ikki narsa, ya’ni toʻgʻri soʻz tanlovi va sintaktik tuzilma orqali oʻz maqsadini aniq yetkaza olish nutq madaniyatining muhim shartlaridan hisoblanadi. Oʻgʻzaki nutq oʻzi nima? Oʻgʻzaki nutq – bu tovush orqali amalga oshiriladigan, real vaqt ichida aytiladigan muloqot shaklidir. Masalan: suhbat, nutq soʻzlash, darsda javob berish, intervyu, muhokama, debat (fikr toʻqnashuvi), radio va teleeshittirishlar.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 442 Asosiy xususiyatlari: -bevosita muloqotga asoslanadi; -intonatsiya, pauza, ohang, talaffuz, mimika va imo-ishoralar muhim rol oʻynaydi; -tashqi tayyorgarliksiz, koʻp hollarda tabiiy shaklda kechadi; -nutqning soddligi va tezligi yuqori boʻlishligidir. Ogʻzaki nutq yozma nutqdan bir necha belgilari bilan farqlanadi. Avvalo, u bevosita muloqot jarayonida yuz beradi. Ammo bunda sodda va tabiiy fikr ifodasi ustun boʻladi. Bu degani, tildagi meʼyorlardan chetga chiqish degani emas. Aksincha, ogʻzaki nutq madaniyatini shakllantirish uchun tilning grammatik, leksik va fonetik qonuniyatlariga rioya qilish zarurligini anglatadi. Sintaktik birliklar – bu soʻz birikmasi, gap va murakkab gap shakllaridir. Ular nutqning mantiqiy va grammatik asosini tashkil etadi. Ogʻzaki nutqda sintaktik birliklarning toʻgʻri qoʻllanilishi deganda nimani tushunamiz? Bunda: - gap tuzilishining izchilligi; - soʻz tartibi, ya’ni maʼnoni toʻgʻri ifodalash uchun soʻzlarning toʻgʻri oʻrinda qoʻllanishi; -qaratuvchi va qaralmish, ega va kesim orasidagi moslik saqlanishi zarur. Masalan, “Men bugun kitob oʻqiydi” emas, “Men bugun kitob oʻqiyman” desak ega va kesim mosligini koʻrishimiz mumkin. - sintaktik meʼyorlarga amal qilish. Bu degani, ortiqcha soʻzlar takrori va noaniq bogʻlanishlardan saqlanish demakdir. Sintaktik meʼyorni buzish yoki toʻgʻri qoʻllamaslik nutqning mantiqiyligi yoʻqolishiga sabab boʻladi . Masalan, “Men siz bilan bugun suhbatlashmoqchiman” degan gap grammatik jihatdan toʻgʻri va aniq ifodalangan. Ammo “Bugun siz bilan men suhbatlashmoqchiman” kabi oʻzgartirishlarda urgʻu oʻrni oʻzgaradi, bu esa mantiqiy maʼnoga taʼsir koʻrsatadi. Lugʻaviy birliklar – bu tilning asosiy boyligi boʻlgan soʻz, frazeologik birikmalar, atamalar, antonim va sinonimlar tizimidir. Ularning ogʻzaki nutqda toʻgʻri qoʻllanishi soʻzlovchining soʻz boyligi va til sezgisi bilan chambarchas bogʻliqdir . Lugʻaviy birliklarni toʻgʻri qoʻllash deganda: - soʻz ma’nosiga qarab tanlash (koʻchma ma’noda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatish); -sharoitga mos, madaniyatli soʻzlarni qo‘llash; -parazit soʻzlar (“ya’ni”, “narsa”, “bilamizmi”, “aniqmasu”) dan saqlanish; -dialekt va jargonlarni rasmiy yoki jamoaviy nutqda ishlatmaslik tushuniladi. Masalan, rasmiy suhbatda “gaplashmoq” oʻrniga “muloqot qilish”, “soʻz yuritish” kabi neytral shakllar qoʻllaniladi yoki rasmiy nutqda “Bu film juda zoʻr boʻladi” emas, balki “Bu film juda ajoyib chiqadi” desak maqsadga muvofiq boʻladi. Lugʻaviy birliklar ahamiyati shundan iboratki: -fikr ifodasini boyitadi; -tinglovchiga ta’sirchanlikni oshiradi; -soʻzlovchi nutqining madaniyatini koʻrsatadi. Bu mavzu bizga nima uchun kerak? Nimaga oʻrganyapmiz degan savol hammada tug‘iladi. Birinchidan, bizni tarbiyaviy jihatdan odobli, madaniyatli soʻzlovchi boʻlishimizga yordam beradi. Boshqa tomondan qaraydigan boʻlsak, ijtimoiy, kasbiy va psixologik jihatlardan ham bizni komil inson boʻlishimizga yordam beradi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 443 A.Madleyev taʼkidlaganidek, “nutqning leksik tozaligi – soʻz tanlash madaniyatidir, bu madaniyat inson tafakkurining aniqligini belgilaydi”. Shu sababli, lugʻaviy birliklarni joyida ishlatish, soʻzlovchining fikr aniqligini ta’minlaydi. “Ogʻzaki nutq madaniyati – bu faqat toʻgʻri talaffuz yoki grammatikani bilish emas, balki muloqot etikasiga ham amal qilishni anglatadi”, – deydi, A. Gʻulomov oʻzining “Nutq madaniyati asoslari” kitobida. Til meʼyorlariga amal qilish nafaqat nutqni chiroyli qiladi, balki inson shaxsiyatining madaniy darajasini ham aks ettiradi. Shu sababli, maktab va oliy taʼlim tizimida nutq madaniyatini oʻqitish dolzarb masala hisoblanadi. Demak, bu mavzu nafaqat tilshunoslik nazariyasida, balki har bir insonning amaliy hayotida ham muhim oʻrin tutadi. Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, ogʻzaki nutqda sintaktik va lugʻaviy birliklarning toʻgʻri qoʻllanilishi – bu faqat grammatik masala emas, balki madaniy va estetik hodisadir. Har bir shaxs til meʼyorlariga rioya qilgan holda fikrini aniq, toʻliq va taʼsirchan ifoda etishga intilishi kerak. Ogʻzaki nutq madaniyatini shakllantirish, uni til meʼyorlariga mos tarzda rivojlantirish har bir soʻzlovchining burchidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. A. Madlayev. Til va nutq madaniyati. Toshkent, Fan, 2005 2. M. Joʻrayev. Oʻzbek tili stilistikasi va nutq madaniyati: Toshkent, Universitet 2010 3. I. Karimov. Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch. Toshkent, Maʼnaviyat, 2008 4. Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tili leksikologiyasi. Toshkent, oʻqituvchi, 1996 5. A. Gʻulomov. Nutq madaniyati. Toshkent, NMIU, 2018 6. Gʻ. Abdurahmonov. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, Fan, 2002