Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 109 TIBBIYOT TURIZMI SOHASIDA RAQAMLI INNOVATSIYA SIFATIDA “MED-MAP” PLATFORMASI Sultonova Mehruza Xusanboy qizi Guliston davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti, oliy toifali hamshira, IT Park va Start Up Garage rezidenti, Med-Map xalqaro tibbiy turizm platformasi loyihasi asoschisi, RIO va RIA TM SVF Radiologiya bo‘limi nur terapevt hamshirasi Guliston, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17610003 Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zekistonning hozirgi tibbiy turizm sohasidagi salohiyati va amaldagi kamchiliklarni yechish uchun tibbiyot turizmi sohasidagi raqamli innovatsiyalar, xususan “Med-Map” xalqaro tibbiy turizm platformasining yaratilish maqsadi, funksional imkoniyatlari va uning O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Loyiha chet el klinikalari va bemorlar o‘rtasida vositachilarsiz bevosita aloqa o‘rnatish, tibbiy hujjatlarni elektron tarzda almashish, video maslahatlar, onlayn to‘lovlar va vizaga oid xizmatlarni bir tizimda jamlash orqali qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, “MedMap” platformasi tibbiyot sohasiga IT-yechimlar joriy etishning amaliy namunasi sifatida, O‘zbekistonning raqamli sog‘liqni saqlash strategiyasiga mos innovatsion tashabbusdir. Kalit so‘zlar: tibbiyot turizmi, innovatsiya, raqamli texnologiya, Med-Map platformasi, xalqaro hamkorlik, sun’iy intellekt. Kirish Globallashuv sharoitida tibbiyot turizmi jadal rivojlanayotgan iqtisodiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.Bunga tibbiyot turizmini yirik tarmoqga aylantirgan va davlatning tashqi tushum daromadining katta qismini tashkil etishiga ulgurgan Hindiston va Turkiya davlatlari misolida ko’rishimiz mumkin. Bu va boshqa rivojlangan davlatlar nafaqat tibbiyot sohasida erishgan zamonaviy yutuqlari balki bu sohadagi ko’plab muommolarga zamon talabidan kelib chiqgan holda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanilgani sababli erishmoqdalar. Dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar bemorlar va klinikalar o‘rtasida aloqani soddalashtirib, vaqt va mablag‘ni tejashga yordam bermoqda.Va hamma sohadagi kabi innovatsion raqamli texnologiyalar ,sun’iy intellekt ham tibbiyot turizmini yangi bosqichga olib chiqib,o’z sammarasini bermoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda ham raqamli tibbiy xizmatlar tizimini kengaytirish zarurati ortib bormoqda.Ortda qolayotgan yil hisobidan Sog’liqni Saqlash tizimidagi DMD, ARGUS loyihalari juda ko’plab muommolarni hal qilish bilan birga boshqa ko’plab qulayliklarni taqdim qildi. Mamalakatimizda so’nggi yillarda tibbiyotda erishilgan yutuqlarni hisobga olsak: hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan tibbiyotni qo’llab-quvvatlash uchun chiqarilayotgan qarorlar,kadrlar masalasida ko’plab shifokorlarimizni chet elda malakasini oshirib kelishi uchun ajratilgan davlat grantlari, oliy ta’limda hududlar kesimida imtiyozli kvotalarni to’gri taqsimlanishi kabilar O’rta Osiyo davlatlari o’rtasida O’zbekistonni yetakchi o’rinlarga olib chiqmoqda va qo’shni davlatlar fuqarolariga tibbiy xizmat ko’rsatish ko’lami ham yildan yilga ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Lekin aynan tibbiyot turizmida ko’plab tibbiy turizm agentliklari borligiga qaramasdan amaliy jarayonlar xalq tilida aytganda o’rtakashlar,dallollar qo’lida qolmoqda. Bu markazlardagi katta nomdor shifoxonalarda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 110 sezilmasligi mumkin , ammo aynan chegara hududlarda kichik bo’lishiga qaramay norezident bemorlarga tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha katta raqamlarga ega bo’lgan davlat va xususiy klinikalar talaygina. Birgina Sirdaryo viloyati misolida oladigan bo’lsak , bu viloyat katta va kichik operatsiyalar ,oftolmologiya, onkologiya,barcha turdagi diognostik tekshiruvlar va hattoki dam olish sihatgohlari bo’yicha ham Qozoqiston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikasi fuqarolariga ham samarali tibbiy xizmat ko’rsatib kelmoqda. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib,aynan tibbiyot turizmini ham raqamlashtirish va sun’iy intelekt imkoniyatlaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb talabi ekanligini tushunish qiyin emas. Bu orqali biz mamlakatimizga tibbiy xizmatdan foydalanish uchun kelayotgan mehmon va bemorlarning tashrif ko’lamini yanada oshirishimiz va sifat jihatdan yangicha pog’onaga olib chiqishimiz mumkin. Asosiy qism. “Med-Map” platformasi 2025-yilda start berilgan innovatsion loyiha bo‘lib, uning maqsadi – O‘zbekiston va Markaziy Osiyo fuqarolariga xorijiy klinikalarga vositachilarsiz chiqish va O’zbekistonga tashrif buyuruvchi bemorlarga qulay imkoniyatlarni yaratishdir. Platforma foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: - Shaxsiy kabinet orqali ro‘yxatdan o‘tish va tibbiy hujjatlarni yuklash; - Davlat, shahar yoki klinika tanlash funksiyasi; - Shifokor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishma va videomuloqot; - Onlayn to‘lov (UzCard, Humo, Visa); - Tibbiy vizani olish uchun elektron yordam. - Hattoki tashrif buyurayotgan davlatdan tibbiy safardan oldin SIM karta uchun buyurtma. -Mehmonhonalarni oldindan bron qilish. - Bir necha tillar uchun tarjimonlarni saralash. -Transfer xizmati. Loyiha IT Park rezidenti sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan innovatsion yechim sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, Start Up Garage akseleratsiya dasturiga ham kiritilgan. “Med-Map” sog‘liqni saqlashda axborot texnologiyalarini keng qo‘llash orqali tibbiyot turizmini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Xulosa. “Med-Map” platformasi tibbiyot turizmi sohasida raqamli innovatsiyalarni joriy etish orqali bemor va shifokorlar o‘rtasida yangi darajadagi o‘zaro aloqani yaratadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston tibbiyot tizimining raqamli transformatsiyasi, sog‘lom jamiyat va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shuvchi muhim tashabbus sifatida baholanishi mumkin. MedMapp amaldagi o’rtakash tarjimonlardan, ijtimoiy tarmoqlardagi dallollardan va TUR agentlardan mutlaqo farq qiladi. Bu aynan biror davlat yoki klinika manfaatlarini ko’zlamaydi. Bu ochiq, shaffof , xavfsiz, qulay, ishonchli online xalqaro tibbiy turizm platformasidir. Platforma O’zbekiston va O’rta Osiyo xalqlaring tili, mentaliteti,tibbiy va tibbiy safarlari bilan bog’liq qo’shimcha ehtiyojlarini to’liq hisobga olib ishlab chiqilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. World Health Organization. Global Health and Medical Tourism Report, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, 2020-yil. 2. Josef Woodman. Patients Beyond Borders. 2025. 3. IT Park Uzbekistan. Startups and Digital Health Projects Overview, 2024.