Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 125 QORAQALPOG‘ISTON GEOGRAFIK JOYLASHUVINING TIBBIYOT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI VA IMKONIYATLARI K.A. Utarbaeva Geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi dotsent v.b, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.17610085 Annotatsiya. Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari va iqlimiy omillari tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Hudud O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryo daryosining quyi oqimida, Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan bo‘lib, o‘zining noyob tabiiy manbalari, termal suv zaxiralari, shifobaxsh balchiqlari va quruq cho‘l iqlimi bilan ajralib turadi. Aynan shu omillar inson salomatligini mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonning geografik joylashuvi turizm yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot turizmini ekologik, etnografik va madaniy turizm turlari bilan uyg‘unlashtirish orqali hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shish mumkin. Hududda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sog‘lomlashtirish infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etish orqali Qoraqalpog‘istonni mintaqaviy tibbiyot turizmining markaziga aylantirish imkoniyati mavjud. Kalit so‘zlar: Geografik joylashuv, tabiiy resurslar, tibbiy turizm, salomatlik kurort, soglamlashtirish markazlari, reabilitatsiya. Abstract. The geographical location, natural conditions, and climatic factors of the Republic of Karakalpakstan offer extensive opportunities for the development of medical and health tourism. The region is situated in the northwestern part of Uzbekistan, in the lower reaches of the Amu Darya River, in the Aral Sea area. It is distinguished by its unique natural resources, thermal water reserves, therapeutic mud, and dry desert climate. These factors create favorable conditions for effectively strengthening human health and implementing wellness and rehabilitation processes. Furthermore, Karakalpakstan's geographical location is also significant for diversifying tourism destinations. By integrating medical tourism with ecological, ethnographic, and cultural tourism types, it is possible to make a substantial contribution to the economic and social development of the region. There is an opportunity to transform Karakalpakstan into a center of regional medical tourism through the rational use of existing natural resources, the development of health infrastructure, and the implementation of international practices. Key words: Geographical location, natural resources, medical tourism, health resort, wellness centers, rehabilitation. So‘nggi yillarda tibbiyot turizmi global miqyosda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Buning sabablaridan biri - mamlakatlarning geografik joylashuvi va tabiiy-iqlimiy omillarining turistik salohiyatga bevosita ta’sir ko‘rsatishidir. Geografik omillar nafaqat turistik resurslarning joylashuvini, balki ularning foydalanish samaradorligini ham belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatning tabiiy sharoiti, suv, tog‘, dengiz va cho‘l resurslari tibbiyot turizmini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va iqlimiy xususiyatlarining tibbiyot turizmi rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Geografik omillar tibbiyot turizmi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 126 uchun muhim infratuzilma, tabiiy davolovchi manbalar, ekologik muhit va transport aloqalarining shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. Turli mintaqalarning tabiiy sharoitlari - dengiz sohillari, termal manbalar, baland tog‘li hududlar va cho‘l iqlimlari - sog‘lomlashtirish va davolash turizmi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Tibbiy turizmning rivojlanishida geografik joylashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u tibbiy xizmatlarning mavjudligi, narxi va ixtisoslashuvini belgilaydi. Jahon miqiyosida olib qaraydigan bolsak, geografik joylashuvning tibbiyot turizmidagi roli - mamlakatning tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi. Masalan: ✓ Vengriya, Chexiya va Slovakiya kabi Yevropa davlatlari o‘zining termal suv manbalari bilan mashhur; ✓ Shveysariya va Avstriya tog‘li iqlimi orqali nafas olish tizimi kasalliklarini davolashda yetakchi; ✓ Tailand, Turkiya, Ispaniya va Italiya kabi dengiz bo‘yidagi mamlakatlar iqlimi, talassoterapiya (dengiz suvi bilan davolash) va dam olish turizmini muvaffaqiyatli birlashtirgan. Ushbu misollar geografik joylashuvning tibbiyot turizmini rivojlantirishdagi strategik ahamiyatini tasdiqlaydi. Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish nafaqat alohida biznes subyektining, balki mamlakatning milliy turizmining raqobatbardoshligini oshirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Shubhasiz, O‘zbekiston turizmining mutlaq afzalliklari uning betakror tabiati, iqlimi, tarixi, an’analari, mehmondo‘stligi, madaniy meros obyektlarining me’morchiligi va diniy ziyoratgohlarning mavjudligidan iborat. Bular O‘zbekistonga uyushtiriladigan deyarli barcha sayohat dasturlarining ajralmas qismini tashkil etadi. [1;39] Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan boʻlib, mamlakat hududining qariyb uchdan bir qismini egallaydi. U shimoldan va g‘arbdan Qozog‘iston Respublikasi bilan, sharqdan Xorazm viloyati, janubiy-sharqdan esa Turkmaniston bilan chegaradosh. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo daryosining quyi oqimida, Orol dengizi havzasida joylashgan. Relyefi asosan tekisliklardan iborat boʻlib, janubida Qizilqum cho‘li, shimoliy-g‘arbida esa Ustyurt platosi joylashgan. [2;318] Hududning geografik o‘rni strategik jihatdan nihoyatda qulay - u Markaziy Osiyoning turli mintaqalari o‘rtasida transport va ekologik chorrahani tashkil etadi. Tabiiy landshaftlari o‘zining ekologik tozaligi, kam urbanizatsiyalashgan muhiti bilan dam olish va sog‘lomlashtirish markazlarini joylashtirish uchun qulay hisoblanadi. Hudud iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yozda quruq va issiq, qishda esa sovuq. Shunday bo‘lsa-da, bu iqlim inson tanasini chiniqtirish, immunitetni mustahkamlash va muayyan kasalliklarni davolash uchun foydali omil sifatida baholanadi. Qoraqalpogistonning geografik joylashuvning tibbiy turizmga ta’sirini qulayligi yuqori daromadli va rivojlangan transport infratuzilmasiga ega mamlakatlarga yaqinlik tibbiy muassasalarning chet ellik bemorlar uchun qulayligini oshiradi. Geografik joylashuv ko‘pincha tibbiy xizmatlar narxi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bemorlar davolanish narxi arzonroq bo‘lgan mamlakatlarga borib, shu bilan birga yuqori sifatli xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Geografik joylashuv mamlakatning tibbiy turizmdagi ixtisoslashuvini belgilashi mumkin. Masalan, mineral manbalarga ega bo‘lgan mamlakatlar balneologik turizmni rivojlantirmoqda. Hudud joylashuvi va shunigdek tibbiy sayyohlarni jalb qilish uchun iqlim va mineral suvlar kabi tabiiy resurslaridan foydalanadi, bu esa hududning geografik joylashuvini raqobatbardosh ustunlik omilga aylantiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 127 Hududning transport-geografik qulayligi va mintaqaviy integratsiyasida Qoraqalpogʻistonning geografik joylashuvi Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida tibbiy turizm almashinuvi uchun juda qulay. Nukus shahri - mintaqaning yirik sanoat, madaniyat va transport markazi bo‘lib, u orqali Qozog‘istonning Mang‘istov, Turkiston viloyatlari va Turkmanistonning Dashog‘uz viloyati bilan qulay avtomobil va havo yo‘llari mavjud. Nukus xalqaro aeroporti orqali tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish, xorijiy bemorlarni qabul qilish imkoniyati mavjud. Xalqaro turistik oqimni jalb etish orqali hududda yangi ish o‘rinlari yaratiladi, sog‘lomlashtirish infratuzilmasi (sanatoriy, spa-markazlar, reabilitatsiya klinikalari) rivojlanadi. Qoraqalpog‘istonning ekologik va ijtimoiy afzalliklari, ayniqsa, Ustyurt platosi va Orolbo‘yi cho‘l zonalari, organizmni tiklash, stressni kamaytirish va ruhiy salomatlikni yaxshilash uchun ideal joylardir. Zamonaviy “eko-kurort” konsepsiyasini tibbiyot turizmi bilan uyg‘unlashtirish orqali mintaqa xalqaro darajadagi sog‘lomlashtirish markaziga aylanishi mumkin. Hududdagi tabiiy manbalarning tibbiy jihatdan o‘rganilganligi shuni ko‘rsatadiki, Qoraqalpog‘istondagi ayrim artezian suvlar tarkibida organizmga foydali mikroelementlar mavjud. Shu bilan birga, Orolbo‘yi hududining tuzli ko‘llari va tabiiy balchiqlari revmatizm, teri kasalliklari hamda nerv tizimi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda ijobiy natija beradi. Zamonaviy tibbiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu kasalliklarning erta aniqlanishi va oldini olish masalasidir. Shu maqsadda turli sog‘lomlashtirish tizimlari, jumladan kurortlar va profilaktika markazlari tashkil etilgan. Bu muassasalar nafaqat davolash, balki organizmni tiklash va immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning oldini olish bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda maxsus kurortlar va profilaktika markazlari tashkil etilgan bo‘lib, ular aholining sog‘lomlashuvi va kasalliklarni erta bosqichda oldini olishga xizmat qiladi. Kurortlar tabiiy davolash omillariga (mineral suvlar, shifobaxsh balchiq, iqlim sharoiti va boshqalar) asoslangan sog‘lomlashtirish maskanlaridir. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: • Balneologik kurortlar – mineral suv bilan davolash asosida; • Peloidoterapiya kurortlari – shifobaxsh balchiq yordamida; • Klimatoterapiya kurortlari – iqlimiy omillar orqali sog‘lomlashtirish. Profilaktika markazlarining asosiy vazifalari: Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; Kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish; Reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish dasturlarini amalga oshirish. 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan. [3] Shundan, Qoraqalpogʻistonda hozirgi kunda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9 ta sanatoriy-profilaktika muassasalari faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida “Chortoq”, “Zomin”, “Chimyon”, “Sohil” kabi mashhur kurort maskanlari mavjud bo‘lib, ular tabiiy resurslar asosida samarali profilaktika va davolash xizmatlarini ko‘rsatadi. Hududning tabiiy-rekreatsion resurslari (sohil, mineral suvlar, shifobaxsh muhit) mavjudligi ehtimol - bu kurortlar uchun strategik afzallik. Tibbiyot turizmini rivojlantirish imkoniyatlarida Qoraqalpog‘iston tabiiy shifobaxsh resurslarga boy. So‘nggi yillarda Taxtako‘pir, Chimboy va Qorao‘zak tumanlari hududlarida termal suv manbalari aniqlangan bo‘lib, ularni asosida balneologik sanatoriyalar tashkil etish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, Bozatov sanatoriysi faoliyat yuritmoqda va u zamonaviy reabilitatsiya markazi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 128 sifatida tashkil etilgan. Sanatoriy bir vaqtning o‘zida 200 nafar dam oluvchiga xizmat ko‘rsatadi. Har yili 6 ming nafar fuqaro suv muolajalari, fizioterapiya va boshqa zamonaviy tibbiy xizmatlar orqali salomatligini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerda 6 qavatli qulay yotoqxona, 2 qavatli davolash markazi, zamonaviy oshxona va madaniyat klubi, fin va turk hammomlari, yopiq suzish havzasi, shuningdek, oilaviy kottejlar hamda boshqa infratuzilma obyektlari mavjud. 12,5 gektar maydonni egallagan sihatgohning 6,3 gektarida mevali bog‘lar, 4 gektarida manzarali daraxtlar o‘tqazilgan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan moliyalashtirilayotgan 123 milliard so‘mlik ushbu loyiha nafaqat sog‘liqni saqlash sohasi rivojiga hissa qo‘shadi, balki 120 nafar mutaxassis uchun doimiy ish o‘rni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida tuman aholisining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Orolbo‘yi ekologik hududining o‘ziga xos tabiati ham tibbiy turizm uchun salohiyat yaratadi. Aqchako‘l sohili va Orol dengizi atrofida rekreatsion va sog‘lomlashtirish turizmi markazlari barpo etish loyihalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, yangi loyiha Akchako‘l hududda sog‘lomlashtirish va rekreatsion sektorni rivojlantirishga juda katta imkoniyat yaratilmoqda. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha respublikada birqancha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan kurortlar va markazlar aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, umr davomiyligini oshirish va tibbiy xarajatlarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Hududda ularning faoliyatini rivojlantirish sog‘lom jamiyat barpo etishning muhim omillaridan biridir. Respublikamizda tashkil etilayotgan sanatoriya va kurort markazlarini ko‘p funksiyaliligini ta’minlash asosiy fazifalardan biri bo’lishi kerak. G‘arbiy Yevropa davlatlari tajribalaridan ko’radigan bo’lsak sanatoriya - kurortlari an’anaviy ravishda birinchi navbatda dam olish, ko‘ngilochar va ijtimoiy aloqalar joyi sifatida qaralgan va shunday bo‘lib kelmoqda. Ularda asosan spa-markazlar, fitnes-dasturlar va yoshartirish dasturlari asosida sog‘lomlashtirish turizmining zamonaviy yo‘nalishlari rivojlanmoqda. Shuning uchun ham yangi tashkil etiladigan soglomlashtirish markazlari, kurortlarda jahon tajribalarini yanada chuqurroq organilib, ilmiy asoslangan yechimlar qabul qilinishi va hisobga olinishi kerak. Kurort-sanatoriyalar infratuzilmasini yangilamoq, uning boshqa turizm turlari bilan integratsiyalashuvi tendensiyasini kuchaytirish davolash turizmining yangi shakllarini vujudga kelishiga olib keladi. Shundagina, tibbiyot turizmi sohasida ichki va xorijiy iste’molchilarga mo‘ljallangan davolash turizmini rivojlantirish imkoniyatiga ega bolamiz. Demak, tibbiyot turizmining rivojlanishi iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Davolanish uchun kelgan sayyohlar ko‘pincha mamlakatda uzoq muddat qolib, mehmonxona xizmatlari, restoranlar va ekskursiya dasturlariga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi tibbiy turistlarning sayohatini to‘ldiradi, davolanishni madaniy hordiq chiqarish bilan uyg‘unlashtirib beradi davolanishni madaniy dam olish bilan birga qo‘shib olib boradigan tibbiy turistlar [4;307] Xulosa. Qoraqalpogʻiston Respublikasi o‘zining qulay geografik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va termal suvlar, shifobaxsh balchiqlar, iqlimiy resurslar, Orolbo‘yi landshaftlari - bularning barchasi xalqaro darajadagi kurortlar tashkil etish imkonini beradi va tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Shuningdek, geografik o‘rni tufayli bu hudud Qozog‘iston va Turkmanistondan keluvchi bemorlar uchun ham yaqin va qulay maskan bo‘lib,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 129 Markaziy Osiyoda yangi “sog‘lom turizm klasteri”ni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi mumkin. Yana bir jihati zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va xorijiy tillarni biladigan yuqori malakali kadrlarning yetishmovchiligi bu sohani toliq rivojalnishiga tosqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham bu masalaga majmuali yondoshuvni va ilmiy-izlanishlarni talab qiladi. Yuqorida faqat ayirim imkoniyatlar haqida fikr yuritildi, kelgusi ishlarimizda hududning nafaqat sog’lomlashtirish-reabilitasiya muassasalari, balkim davolash markazlari, stomatologiya sohasida ham chet ellik va ichki davolanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar tadqiq qilinib, hududning tibbiy turizm sohasidagi imkoniyatlari kengroq o‘rganilib, ilmiy asoslangan natijalarga erishamiz. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston geografik joylashuvi va tabiiy resurslari jihatidan nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyo miqyosida ham tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega hudud hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Пардаев М.К., Усманова Д.К. Перспективы развития медицинского туризма в Узбекистане // ЭФО. Экономика. Финансы. Общество. 2022. №3. С.38-49. DOI:10.24412/2782-4845-2022-3-38-49. 39 bet 2. Солиев А. Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси Тошкент. «Университет». 2024. 318 bet. 3. https://xs.uz/uz sayti ma’lumotlari 4. Ismatullaeva S, Usmanova A. (2024). Mедицинский туризм в Узбекистане: потенциал, визовы и перспективное развитие. TIBBIYOT, PEDAGOGIYA VA TEXNOLOGIYA: NAZARIYA VA AMALIYAT, 4 (10), 305–311. https://doi.org/10.5281/zenodo.13988155