scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

WELLNESS TURIZMI RIVOJLANISH OMILLARI: TIBBIY VA REKREATSION TURIZM BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL

Alimova Shaxnoza Oktyamovna

Abstract

Ushbu maqolada wellness turizmi mohiyati, boshqa turizm turlari bilan farqlanuvchi jihatlari va rivojlanish omillari tahlil qilingan. Wellness turizmi tibbiy va rekreatsion turizmdan farqli ravishda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, kasalliklarning oldini olishga va psixologik barqarorlikni oshirishga xizmat qiluvchi turizm yo‘nalishi sifatida baholanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 140 WELLNESS TURIZMI RIVOJLANISH OMILLARI: TIBBIY VA REKREATSION TURIZM BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL Alimova Shaxnoza Oktyamovna Turizmni rivojlantirish instituti, tayanch doktoranti, BuxDU o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17610513 Annotatsiya. Ushbu maqolada wellness turizmi mohiyati, boshqa turizm turlari bilan farqlanuvchi jihatlari va rivojlanish omillari tahlil qilingan. Wellness turizmi tibbiy va rekreatsion turizmdan farqli ravishda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, kasalliklarning oldini olishga va psixologik barqarorlikni oshirishga xizmat qiluvchi turizm yo‘nalishi sifatida baholanadi. Kalit so‘zlar: wellness turizmi, tibbiy turizm, rekreatsion turizm, sog‘lomlashtirish. Аннотация. В данной статье анализируется сущность wellness-туризма, его отличительные особенности по сравнению с медицинским и рекреационным туризмом, а также факторы его развития. Wellness-туризм рассматривается как перспективное направление, направленное на укрепление здоровья, снижение уровня стресса и повышение качества жизни на основе профилактических методов и альтернативного оздоровления. Ключевые слова: wellness-туризм, медицинский туризм, рекреационный туризм, оздоровление. Abstract. This article analyzes the essence of wellness tourism, its distinctive features compared to medical and recreational tourism, and the key factors influencing its development. Wellness tourism is considered a promising type of tourism aimed at improving health, reducing stress, and enhancing quality of life through preventive methods and holistic wellness practices. Key words: wellness tourism, medical tourism, recreational tourism, health improvement. Bugungi globallashuv sharoitida inson sog‘lig‘i va psixologik muvozanati asosiy qadriyatlardan biriga aylandi. Uning o‘sishi sog‘liqni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va psixo-emotsional holatni tiklashga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq, bu ayniqsa pandemiyadan keyingi davrda dolzarb masalaga aylandi. Ushbu yo‘nalishning miqyosi va iqtisodiy ahamiyati statistik ma’lumotlarda ham o‘z ifodasini topgan: 2024 yilda jahon wellness turizmi bozori hajmi 954,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, 2034 yilga borib esa 2054,9 milliard AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda. Yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 7,97 foizni tashkil etadi 1 . Wellness atamasi inglizcha well-being – “yaxshi holat, farovonlik” tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, u nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy salomatlikni ham o‘z ichiga oladi. Melanie Smith va Laszlo Puczko 2 olimlarning “Sog‘liq va wellness turizm” kitobida “Sog‘liqning (jismoniy, aqliy, psixologik, ijtimoiy) holatlarini uyg‘unlashtirish yoki muvozanatga keltirish hamda yaxshilash maqsadida salomatlik holatiga qaratilgan sayohatlar – wellness turizmdir” deb ta’rif berishadi. 1 https://globalwellnessinstitute.org/ Global Wellness Instituti, 2024 2 Melanie Smith and Laszlo Puczko, Health and wellness tourism, - 2015. 25 p. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 141 Turizm tarmoqlari ichida sog‘liqni tiklash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan xizmatlar alohida yo‘nalish sifatida ajralib turadi. Bu yo‘nalish turizmning umumiy tuzilmasida sog‘liq turizmi (health tourism) degan keng tushuncha ostida birlashadi. Sog‘liq turizmi esa o‘z navbatida ikkita asosiy tarmoqka — kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik turizm va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xizmat ko‘rsatishga asoslangan tibbiy turizmga bo‘linadi. Kasalliklarning oldini olish yo‘nalishi ichida esa wellness turizmi, maxsus profilaktika xizmatlari muhim o‘rin tutadi. Tibbiy turizm esa jarrohlik, kasallikni davolash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ushbu tasnif sog‘liq turizmining turizm tarmog‘idagi o‘rnini tushunishda muhim konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu tuzilmaning umumiy ko‘rinishi 1rasmda ierarxik tarzda aks ettirilgan. 1-rasm. Sog‘liqga bog‘liq turizm tipologiyasi 3 Rasmda sog‘liq turizmi va uning tarkibiy qismlarini umumiy turizm tizimida qanday ierarxik asosda joylashganini grafik tarzda tasvirlab beradi. Wellness turizmining bu tuzilmadagi o‘rni aynan sog‘liq turizmi ichida, profilaktik xizmatlar tizimining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatilgan. Wellness turizmni inson kasal bo‘lishi oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan sayohatni tushunishimiz mumkin. Sog‘liq turizmi sayohatning maxsus turi bo‘lib, o‘z ichiga bir qancha sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lgan turizm turlarini o‘z ichiga oladi. Sog‘liq turizmining subkategoriyasi sifatida bir qancha turlarga bo‘linganligini adabiyotlarda qayd etilgan. Ular ichida tibbiy turizm – wellness turizm – spa turizm va quyidagilarni kiritishimiz mumkin (1.3rasm). Unga ko‘ra inson salomatligining yaxshi yomonligiga qarab sog‘liq turizmni qaysi turini tanlashni sayyoh belgilaydi. Wellness turizm inson sog‘ligini yaxshilash va mustahkamlash maqsadida sayohat qilishga undaydi. 3 Galina Romanova, Alexandr Vetitnev va Frederic Dimanche “Health and wellness tourism”, Russia, 2015. 236 p. sog`lom kasallik INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 142 2-rasm. Sog‘liq, wellness, spa, tibbiy turizmning o‘zaro bog‘liqligi 4 Rossiyalik olim T.A.Burmenko sog‘lomlashtirish turizm klassifikatsiyasini tavsiflab bergan, unga ko‘ra, wellness turizm, tibbiy turizm, spa turizm hamda rekratsion turizm mutlaqo biri biridan iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy va psixologik nuqtai nazaridan farq qilinishi tahlil qilingan 5 . Tibbiy turizm sayyohlarga ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra reaktiv turizm turi bo‘lib, sayohatga tashxis qo‘yilgan kasalliklarga davo izlab boriladigan destinatsiyalar kiradi, taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlar yuqori sifatli, o‘rta sifatli, quyi va arzon sifatli xizmatlarga bo‘linadi va doim tibbiyot mutaxassislari tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Wellness turizm esa, sayyohlarga ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra proaktiv bo‘lib, sahoyatga chiqilayotgan paytda inson salomatligini yaxshilash, kasalliklarni oldini olish, asablarni tinchlantirish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish kabi xizmatlardan tibbiyot sohasi nomutaxassislari tomonidan bir xil sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Ushbu adabiyot tahlillaridan shunday xulosa qilish mumkinki, inson kasal bo‘lguniga qadar va ayrim jiddiy kasalliklarni oldini olib tuzalgandan keyin salomatligiga e’tibor berish maqsadida qilinadigan sayohat turi bu wellness turizmdir. Quyidagi rasmda muallif tomonidan sog‘likka doir turizm turlarining bir nechta mezonlar asosida farqlanishi tasvirlandi (1-jadval). 1-jadval. Sog‘likga bog‘lik turizm turlarining farqlovchi mezonlari 6 Mezo nlar Wellness turizmi Tibbiy turizm Rekreatsion turizm Asosi y maqsad Sog‘liqni saqlash, yaxshilash, stressni Kasallikni davolash, operatsiya Ruhiy va jismoniy tiklanish, 4 Galina Romanova, Alexandr Vetitnev va Frederic Dimanche “Health and wellness tourism”, Russia, 2015. стр 237. 5 T.A.Бурменко, Байкальский государственный университет, г. Иркутск, Российская Федерация, к вопросу о содержании понятия «Оздоровительный туризм» региональная и отраслевая экономика, 2016.26(1).42-49. 6 Manba: Adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi. Tibbiy maqsaddagi sayohatlar Kasallik Salomatlik Sog`lik INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 143 kamaytirish, profilaktika yoki muolajalarni olish hordiq chiqarish Yond ashuv turi Proaktiv (kasallikdan oldin) Reaktiv (kasallikdan so‘ng) Proaktiv va reaktiv aralash Asosi y xizmatlar Spa, yoga, meditatsiya, detox, fitness, dietologiya, tabiiy muhitda dam olish, sport, sog‘lom ovqatlanish Jarrohlik, stomatologiya, kardiodiagnostika, reabilitatsiya Sayohat, tabiiy muhitda dam olish, sport, sog‘lom ovqatlanish Maqs adli auditoriya O‘z salomatligiga ongli e'tibor beruvchilar Kasallikdan aziyat chekayotganlar yoki sog‘lig‘ini tiklashga muhtojlar Dam olish va ruhiy tiklanishga muhtoj bo‘lganlar Joyla shuv Wellness markazlari, resortlar, spa kurortlar, hammomlar, kurort sanatoriyalar Klinikalar, shifoxonalar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari Tog‘, orol, dengiz bo‘yi, tabiiy maskanlar, sanatoriyalar Xodi mlar Wellness mutaxassislari, trenerlar, psixologlar Shifokorlar, jarrohlar, tibbiy ekspertlar Turizm operatorlari, animatorlar, gidlar, Shifokorlar, tibbiy ekspertlar Mud dati Odatda qisqa (3–7 kun) yoki o‘rtacha (2 hafta) Odatda 2040kun uzoqroq (jarayon va tiklanishga qarab) Moslashuvchan 10-21 kun (haftalik, mavsumiy) Psixo logik omil Ichki motivatsiya, ongli hayot tarzi, stressni boshqarish Majburiylik hissi, kasallikdan xalos bo‘lish istagi, Hordiq, zavq olish, dam olishga ehtiyoj Sotsi ologik omil Yuksak madaniy kapital, ijtimoiy maqom, o‘zini o‘zi nazorat qilishni ifodalaydi Zarurat asosida sog‘liqni tiklash, iqtisodiy imkoniyat bilan bog‘liq Ijtimoiyemotsional tiklanish, hordiq chiqarish madaniyati bilan bog‘liq Faoli yatlar wellness dasturlar, sport, meditatsiya, yoga, o‘simlik bilan davolash, ongli ovqatlanish, Tibbiy operatsiya, fizioterapiya, davolovchi konsultatsiyalar Tog‘ yurishlari, plyaj dami, sport, ekskursiyalar Narx darajasi Pastdan o‘rtachagacha — yoki juda yuqori o‘rta yoki yuqori moslashuvchan Insonning kasallik darajasiga qarab tibbiy yoki rekreatsion turizmga borish tavsiya etiladi hamda ular tibbiy xodimlar tomonidan doim nazoratga olinib, tashxisga qarab davolanadi. Jiddiy kasalliklarni davolash yoki jarrohli amaliyoti o‘tkazilishi ko‘p vaqtni olgani kabi tibbiy turizmga aynan shu xususiyatga ega bo‘lgan sayyohlar kasallikni bartaraf etish uchun borishadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 144 Rekreation turizmda esa shu holatni yaxshilash, qayta tiklash maqsadida eng kamida 14 kunlik sayohatni amalga oshirishadi va bu jarayonda kasalligi jiddiy bo‘lmagan yengil darajadagi kasalliklar bartaraf etiladi. Tibbiy, rekreatsion turizmda sayyoh o‘z sog‘ligini tiklagandan so‘ng ham keyingi yillarda wellness turizmga yaxshilashga, salomatligini mutlaqo bartaraf etish boradi. Umuman olganda, wellness turizm barcha uchun taklif etiladi. Olimlar tomonidan wellness turizmning davomiyligi, uning turlari, maqsad turlari, boshqa turizmdan farqlanish jihatlari o‘rganilgan bo‘lsada, uning narx, sotsiologik, psixologik qirralari o‘rganilmagan. Ushbu ilmiy ishda yangilik sifatida qiyosiy sotsiologik, psixologik, iqtisodiy jihatlari qo‘shimcha qilinadi va quyidagicha muallif ta‘rifi beriladi: Wellness turizm— bu sog‘lom yoki nisbatan sog‘lom individlarning o‘z jismoniy, ruhiy, emotsional va ma’naviy farovonligini oshirish, stressni kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash va profilaktik sog‘liq parvarishiga erishish maqsadida mahalliy yoki xalqaro sayohatga chiqishidir. U proaktiv (oldini oluvchi) yondashuvga asoslangan bo‘lib, individual tanlov, ichki motivatsiya, sog‘lom turmush tarzini ongli ravishda shakllantirish va madaniy-maqomli o‘zini ifodalash bilan tavsiflanadi. 3-rasm. Wellness turizmning turkumlanishi 7 Yuqoridagi rasmda muallif tomonidan, barcha xorijiy adabiyotlarni o‘rgangan holda, wellness turizmni 4 turi ko‘rsatilgan hamda ularning har biri o‘zida tegishli maqsadli guruhlarga bo‘linadi. Wellness turizmdagi sayohatchilarni ikki turga bo‘linishi ularning qaysi sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanilayotganligi, undan tushayotgan daromadlar tahliliga aniqlik kiritadi. Birlamchi wellness sayohatchilari aynan maqsadlari sog’lomlashtirish bo’lganligi tufayli aniq bir destinatsiyalarga o’z salomatliklarini yaxshilash maqsadida tashrif buyurishadi. Gruziyadagi Borjomi sanatoriyasini misol qilishimiz mumkin. 7 Adabiyotlar tahlili asosida muallif ishlanmasi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 145 Ikkilamchi wellness sayohatchilari esa, asl maqsadlari turlicha bo’lib, wellness makonlariga bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun borishadi. Masalan, wellness xizmatlari mavjud mehmonxonalar yoki wellness markazlar. Bu sayyohlar uchun sog’lomlashtirish ikkinchi o’rinda turadi. Xizmatlari turi bo’yicha wellnessning turkumlanishi wellness 6 o’lchovli modeliga borib taqaladi. Chunki, bu xususiyatida sayyoh aynan qaysi ehtiyoji uchun sog’lomlashtirish xizmati kerakligi tufayli unda tanlov imkoniyati mavjud bo’ladi. Aqliy wellness xizmatlari miya faoliyati yaxshilashiga qaratilgan xizmatlar bo’lib, ularga meditatsiya, uyquni yaxshilash kabi xizmatlar taklif etiladi. Ruhiy wellness xizmatlari tabiatdan bahra olish, qushlarni kuzatish, baliq ovlash, yoga mashg’ulotlari bilan shug’ullanish, meditatsiyalar kiradi. Hissiy wellness xizmatlari o’z ichiga meditatsiya, san’at terapiyasi (art therapy), fitness mashg’ulotlari, uyqu terapiyasi, aromasauna, massaj kabilar kiradi. Kasbiy wellness xizmatlari joylashuviga ko’ra korxonalarda trashkil etilgan bo’lib, asosan korxona xodimlarining salomatlogi uchun xizmat qiladi, bunda asosan sog’lomlashtirish xizmatlaridan massaj, yoga, meditatsiya kabi xizmatlar taqdim etiladi. Bu xizmatlarning zarurligi ishchi xodimlarining korxonaga ishini samarali bajarilishi va daromadni yuqorilashishi uchun tashkillashtiriladi. Ijtimoiy wellness xizmatlariga sport klublariga qatnashish, sevimli mashg’ulotlar bilan shug’ullanish, marafonlar qatnashish, meditatsiya va fitness mashg’ulotlariga qatnashish nazarda tutiladi. Asosan jamiyat bilan birgalikda shug’ullanadigan mashg’ulotlardir. Jismoniy wellness xizmatlari keng turdagi sog’lomlashtirish xizmatlarini qamrab olgan. Chunki insonning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan xizmatlar hisoblanib, ularga tabiiy resurslardan sog’lomlashtirish uchun foydalanish (tuz, qum, quyosh, balchiq terapiyalari), suzish, velosipedda sayr qilish kabi xizmatlar misol bo’la oladi. Xizmatlar joylashgan maskanlari turiga ko’ra: mehmonxonalar, kruiz, sanatoriyalar, xususiy klinikalar, tabiiy resurslarga boy maskanlar, maxsus wellness markazlari (spa salon,basseyn, hammonlar) turlarga bo’linadi. Mehmonxona, kruiz, sanatoriyalar, xususiy klinikalarda asosan ikkilamchi wellness sayohatchilari tashrif buyurib, ularning asl maqsadlari tunash, davolanish, dam olish, go’zallik uchun jarrohlik amaliyotini o’tash maqsadida kelishadi. Bo’sh vaqtlarida esa sog’lomlashtirish xizmatlaridan foydalanishadi. O’z navbatida mehmonxonalardagi wellness xizmatlar ham 2 turga bo’linib, ular qattiq wellness guruhida xizmatlarni tashkil etuvchi xonalar ajratilishi muhim bo’lib, yumshoq wellness guruhiga sayyohlar va mehmonxona xodimlari o’rtasidagi muloqot hamda mashg’ulot jarayonlarini olib borishdagi samarali ssenariy tashkil etilgan bo’lishi kerak. Tabiiy resurslarga boy maskanlar, maxsus wellness markazlarida esa ko’pincha birlamchi sayyohlar tashrif buyurishi amaliyotda tasdiqlangan. Wellness xizmatlarining xususiyatiga ko’ra tasniflanishi ularning qaysi sohalar bilan integratsiyalashganidan dalolat beradi. Sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishda birinchi navbatda jismoniy harakatni amalga oshirish muhimdir. Shu asnoda sportga oid wellness turiga, yengil yugurish, fitness, yoga, suzish, otda, velosipedda sayr qilish kabi wellness xizmatlarini kiritishimiz darkor. Madaniyatga oid wellness xizmati bu har bir millatga xos bo’lgan sog’lomlashtirish xizmatlarini taklif etishdan iboratdir. Misol uchun, rus, turk, fin hammomi, o’zbeklar sandal va h.k.lar. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 146 Enogastronomiya bu – oziq-ovqat va sharobni ta’tib ko’rishni 8 bildirsada, wellness turizmda parhez taomlarni taqdim etuvchi maskanlarning xizmatlari tushuniladi. Sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yishda oziq-ovqat va ichimliklarning me’yorda iste’mol qilinishi juda muhimligi sababli aksariyat wellness makonlarida ushbu mezonga urg’u qaratiladi. Wellness markazlarida ma’lum bir mashg’ulotlardan keyin to’g’ri ovqatlanish ratsionnini taqdim etishadi yoki shifobaxsh xususiyatga ega taomlar taqdim etishadi. Masalan, Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan issiq qum zonasida qum terapiyasini o’tagandan keyin giyohlar bilan parvarishlangan uy hayvonlari go’shtidan sho’rva taqdim etiladi. Ba’zi mamlakatlarda sog’lom bo’lish uchun sayyohlarga ot va tuya, echki suti taqdim etiladi va h.k.lar. Tana-aql parvarishi hamda ruhiyatga oid wellness xizmatlarga yoga, meditatsiya, uyqu terapiyasi kabilar misol bo’la oladi. Tabiat hamda atrof-muhitga oid wellness xizmatlariga baliq ovlash, qushlarni kuzatish, toza havoda sayr qilish kabilar kiritiladi. Davolash xususiyatiga oid wellness xizmatlariga issiq buloqlar, qum, quyosh, balchiq terapiyalari, go’zallik terapiyalari uchun sayyohlarning tashrifi kuzatiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Six Dimensions of Wellness Model 1976 by Bill Hettler, MD National Wellness Institute, Inc. | NationalWellness.org | 715.342.2969 2. Kauppi, K Vanhala, A., Roos, E., & Torkki, P. (2023).Assessing the structures and domains of wellness models: A systematic review. International Journal of Wellbeing 13(2), 1-19 https://doi.org/10.5502/ijw.v13i2.261 3. Mauro Dini and Tonino Pencarelli, Department of Economics, Social and Political Studies, University of Urbino Carlo Bo, Urbino, Italy, Wellness tourism and the components of its offer system: a holistic perspective, Tourism Review 77(2), 394-412pp 2022, DOI 10.1108/TR-08-2020-0373 4. Camille Hoheb and Laszlo Puczko, Wellness Tourism Worldwide, 2021, USA, p 11 5. Cornelia Voigt, Christof Pforr, Wellness Tourism, 2013, London, p 34-36 6. Alana Kathryn Dillette, Wellness Tourism: An Application of Positive Psychological Theory to Overall Quality of Life, Alabama-2016, p 97 7. Бурменко T.A. Байкальский государственный университет, Российская Федерация, к вопросу о содержании понятия “Оздоровительный туризм” региональная и отраслевая экономика. И.: – 2016. № 26(1). – С. 42-49. 8. https://globalwellnessinstitute.org/ Global Wellness Instituti 9. https://www.avisonyoung.com/documents/ 10. https://en.bab.la/dictionary/italianenglish/enogastronomia#google_vignettehttps://globalwellnessinstitute.org/what-iswellness/what-is-wellness-tourism/ 8 https://en.bab.la/dictionary/italian-english/enogastronomia#google_vignette