2-TURDAGI QANDLI DIABET VA DIABETIK TOʻPIQ SINDROMIDA IMMUNOMETABOLIK O'ZGARISHLAR
Abstract
2-turdagi qandli diabet (QD2) bugungi kunda dunyo miqyosida eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklardan biri bo‘lib, yurak-qon tomir, buyrak va periferik to‘qimalar darajasida kechuvchi surunkali asoratlar bilan tavsiflanadi (Sun, 2020). Xalqaro Diabet Federatsiyasi (IDF) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 530 milliondan ortiq bemorlar QD2 bilan yashamoqda va ulardan har uchinchisida pastki oyoq-qo‘llarda qon aylanishining buzilishi natijasida diabetik toʻpiq sindromi (DTS) rivojlanadi (Tuttolomondo, 2015). Ushbu sindrom nogironlik va amputatsiya xavfini oshiruvchi asosiy sabablardan biridir.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 174 2-TURDAGI QANDLI DIABET VA DIABETIK TOʻPIQ SINDROMIDA IMMUNOMETABOLIK O‘ZGARISHLAR Ruzimurodov Nodirjon Fazliddinovich1, Azizova Zuxra Shuhratovna2, Raxmonov Nodir Nuritdinovich3, Xosilbekova Dilafroʻz Mirzohid qizi4 1tib.f.d., O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kotibi 2PhD, O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti katta ilmiy xodimi 3O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti mustaqil izlanuvchisi 4O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti kichik ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.17610722 2-turdagi qandli diabet (QD2) bugungi kunda dunyo miqyosida eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklardan biri bo‘lib, yurak-qon tomir, buyrak va periferik to‘qimalar darajasida kechuvchi surunkali asoratlar bilan tavsiflanadi (Sun, 2020). Xalqaro Diabet Federatsiyasi (IDF) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 530 milliondan ortiq bemorlar QD2 bilan yashamoqda va ulardan har uchinchisida pastki oyoq-qo‘llarda qon aylanishining buzilishi natijasida diabetik toʻpiq sindromi (DTS) rivojlanadi (Tuttolomondo, 2015). Ushbu sindrom nogironlik va amputatsiya xavfini oshiruvchi asosiy sabablardan biridir. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar QD2 patogenezida immunometabolik mexanizmlarning ahamiyati ortayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yog‘ to‘qimalaridan ajraladigan adipokinlar – leptin (LEP) va adiponektin (AdipoQ) – energiya almashinuvi, yallig‘lanish va endotelial funksiyalarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi (Yan, 2024). Leptin gipotalamus orqali ishtaha va tana massasini tartibga solishdan tashqari, immun tizimda ham faol rol o‘ynaydi: u sitokinlar (IL-6, TNF-α) va adgeziya molekulalari (VCAM-1, ICAM-1) ekspressiyasini kuchaytirib, endotelial yallig‘lanishni rag‘batlantiradi (Vaverkova, 2008, 103-136 b.). Aksincha, adiponektin antiyallig‘lanish va insulin sezuvchanlikni oshiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, tomir devorini oksidlovchi stressdan himoya qiladi (Chen, 2024). Adipokinlar o‘rtasidagi disbalans leptin darajasining oshishi va adiponektinning kamayishi endotelial disfunksiya va insulin rezistentlik rivojlanishining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Shu jarayonlar natijasida sVCAM-1 endotelial faollik markeri darajasi oshadi va tomir yallig‘lanishining kuchayishini aks ettiradi (Sitar-Taut, 2020). Tadqiqot maqsadi – QD2 bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa diabetik toʻpiq sindromi rivojlangan hollarda, leptin, adiponektin va sVCAM-1 darajalarini baholash hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash orqali immunometabolik buzilishlarning diagnostik ahamiyatini o‘rganish. Materiallar va uslublar: Tadqiqotda 50–65 yoshdagi jami 58 nafar bemor ishtirok etdi. Ular 2 guruhga bo‘lindi: 1. QD2 guruhi – 30 nafar, asoratsiz 2-tur diabet bilan; 2. QD2 + DTS guruhi – 28 nafar, diabetik oyoq sindromi rivojlangan bemorlar. Nazorat guruhini yosh va jins jihatdan mos 26 nafar sog‘lom shaxs tashkil etdi. Barcha ishtirokchilar klinik, laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazildi. Biokimyoviy ko‘rsatkichlar (glyukoza, HbA1c, lipid profili), antropometrik parametrlar (TVI, arterial bosim) aniqlanib, insulin rezistentlik darajasi (HOMA-IR) hisoblandi. Immunologik tahlillar O‘zbekiston Respublikasi FA Immunologiya va inson genomikasi institutining Reproduktiv immunologiya laboratoriyasida o‘tkazildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MEDICAL TOURISM IN THE 21ST CENTURY: SUSTAINABLE MODELS AND CUTTING-EDGE PRACTICES”, NOVEMBER 10-12, 2025 175 Biologik namunalarning yig‘ilishi akademik Y.X. Turakulov nomidagi Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbitoy markazi Navoiy filialidagi amalga oshirildi. LEP, AdipoQ va sVCAM-1 darajalari IFT usuli yordamida “BioXimMak” (Rossiya) va “CloudClone” (AQSH) test tizimlarida aniqlangan. Statistik tahlil Statistica 6.0 (StatSoft, AQSH) dasturida bajarilib, p<0,05 darajasi statistik ahamiyatli deb qabul qilindi. Natijalar va ularning muhokamasi: Tahlil natijalariga ko‘ra, leptin darajasi diabet bilan og‘rigan bemorlarda sezilarli darajada oshgan, ayniqsa DTS rivojlangan guruhda bu o‘zgarishlar chuqurroq namoyon bo‘lgan (p<0,01). Bu leptinrezistentlik rivojlanishiga va surunkali yallig‘lanish fonida yog‘ to‘qimasi gormonal disbalansiga ishora qiladi. Aksincha, adiponektin darajasi diabetli bemorlarda, ayniqsa DTS bilan og‘riganlarda, keskin kamaygan (p<0,001). AdipoQ darajasining pasayishi endotelial himoya mexanizmlarining sustlashuvi va mikrotsirkulyatsiya buzilishi bilan bog‘liq ekani aniqlangan. sVCAM-1 ko‘rsatkichi diabetik bemorlarda nazoratga nisbatan 1,4–1,7 baravar yuqori bo‘lib (p<0,001), bu tomir endoteliyasining faollashganini va immun hujayralarning tomir devoriga adgeziya jarayonlari kuchayganini ko‘rsatadi. Ushbu uch marker (LEP↑, AdipoQ↓, sVCAM-1↑) o‘rtasida teskari va to‘g‘ri korrelyatsion munosabat aniqlanib, immunometabolik yallig‘lanish kaskadining yagona patogenetik yo‘nalishda kechishini isbotlaydi. Xulosa: 1. QD2 va ayniqsa diabetik toʻpiq sindromida leptin darajasining oshishi, adiponektin darajasining pasayishi va sVCAM-1 ko‘rsatkichining ortishi o‘zaro bog‘liq immunometabolik buzilishlarni aks ettiradi. 2. Ushbu markerlar to‘plami (LEP, AdipoQ, sVCAM-1) diabetik asoratlar xavfini baholashda diagnostik va prognostik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 3. Tadqiqot natijalari asosida ushbu biomarkerlarni erta bosqichda aniqlash diabetik angiopatiya va trofik o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Chen, Z., Fu, S., Lai, S., Zhou, Y., & Liu, Y. (2024). Association of circulating adiponectin and leptin levels with the risk of diabetic peripheral neuropathy in type 2 diabetes. Frontiers in Endocrinology, 15, 11671245. https://doi.org/10.3389/fendo.2024.11671245 2. Sun, Q., Yan, B., Yang, D., Wu, Y., & Guo, L. (2020). Serum adiponectin levels are positively associated with diabetic peripheral neuropathy in Chinese patients with type 2 diabetes. Frontiers in Endocrinology, 11, 567959. https://doi.org/10.3389/fendo.2020.567959 3. Yan, Y., Liang, X., Wang, L., & Zhao, J. (2024). Multifaced roles of adipokines in endothelial cell function. Frontiers in Endocrinology, 15, 11570283. https://doi.org/10.3389/fendo.2024.11570283 4. Sitar-Taut, A. V., Roman, G., Milea, V., & Pop, D. (2020). Diabetes and obesity— Cumulative or complementary risks? Adipocytokines (leptin, ghrelin, chemerin), inflammation (sVCAM-1), and cardiovascular risk in metabolic disorders. Journal of Clinical Medicine, 9(9), 2767. https://doi.org/10.3390/jcm9092767 5. Tuttolomondo, A., Maida, C., Di Raimondo, D., & Pinto, A. (2015). Diabetic foot syndrome as a possible cardiovascular disease equivalent: A review of literature. International Journal of Endocrinology, 2015, 268390. https://doi.org/10.1155/2015/268390