scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EKOLOGIK DISKURSNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI

Sh.D.Naraliyeva

Abstract

Ushbu maqolada ekologik diskursning mazmun-mohiyati, shakllanish bosqichlari, kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ekologik diskurs atrof-muhit, tabiat va inson faoliyati haqidagi ijtimoiy-madaniy hamda axloqiy munosabatlarni aks ettiruvchi kommunikativ jarayon sifatida talqin etiladi.

Full text

313 EKOLOGIK DISKURSNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA TUZILISHI Sh.D.Naraliyeva Jumabek Tagenev universiteti katta o‘qituvchisi, PhD doktor (Qozog‘iston) Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologik diskursning mazmun-mohiyati, shakllanish bosqichlari, kommunikativ-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ekologik diskurs atrof-muhit, tabiat va inson faoliyati haqidagi ijtimoiy-madaniy hamda axloqiy munosabatlarni aks ettiruvchi kommunikativ jarayon sifatida talqin etiladi. Kalit so‘zlar: ekodiskurs, ekolingvistika, kommunikativ tahlil, diskurs, diskursiv tuzilma, ekologik ong, lisoniy ekologiya. So‘nggi yillarda insoniyat oldida eng dolzarb muammolardan biri sifatida ekologik muvozanatni saqlash, tabiat resurslarini asrash masalalari turibdi. Bu muammolar faqat tabiiy fanlar doirasidagina emas, balki tilshunoslik, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi ijtimoiy fanlarning ham tadqiqot obekti bo‘lib qoldi. Til — inson tafakkuri va madaniyatining oynasi sifatida ekologik masalalarda ham o‘z aksini topadi. Shu bois “ekologik diskurs” tushunchasi zamonaviy tilshunoslikda alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. «Diskurs» so‘zi lotincha “discursus” – “mulohaza yuritish”, “oldinga va orqaga yugurish”, “harakat”, “aylanish”, “suhbat” ma’nolarini bildirsa, ba’zi manbalarda fransuzchadan “Discours” – “nutq” degan ma‟nolarni ifodalashi qayd etilgan. “Diskurs" so‘zi nutqni, til orqali amalga oshiriladigan jarayonlarni va ularni ta’minlaydigan tushunchalar tizimini anglatadi hamda keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda nutq va til orqali amalga oshiriladigan faoliyat jarayonlarini ifodalasa, ba’zi o‘rinlarda muhokama yoki har qanday "nutq" yoki "matn"ni anglatadi. “Diskurs” atamasi tilshunoslikda “matn, nutq va ijtimoiy kontekstning o‘zaro birligi» sifatida talqin qilinadi hamda ijtimoiy aloqalarning bir qismi sifatida til ishlatilishini o‘rganuvchi soha sifatida qaraladi. «Ekologik diskurs” esa — bu «tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi ekologik munosabatlarni aks ettiruvchi lisoniy tizim»dir. Ekologik diskursning asosiy belgilarini sifatida uning ekologik ongni shakllantirish, ogohlikni oshirish, tabiatni muhofaza qilishga da’vat etuvchi kommunikativ maqsadini qo‘rsatish mumkin. Bunday maqsadlar ekologik diskursning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ekologik diskurs shakllanishida bir necha tarixiy va ijtimoiy bosqichlar mavjud bo‘lib alarni quyidagicha davrlashtirish mumkin: 314 1. Ekologik tafakkurning paydo bo‘lishi davri. Bu davr XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tabiatga zarar yetkazuvchi sanoat jarayonlari va urbanizatsiya muammolari global tus oldi. Shu jarayonlar til vositasida aks etib, ekologik tushunchalar (ifloslanish, isrofgarchilik, barqaror rivojlanish) vujudga keldi. 2. Ekolingvistika va ekologik madaniyat shakllanish davri. Bu bosqich XX asr oxiri – XXI asr boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda A. Fill, P. Mühlhäusler, S. Haugen kabi tilshunos olimlar tilning ekologik jihatdan “toza” bo‘lishini, ya’ni tilning insonga xizmat qilishi kerakligini ilgari surdilar. 3. Ekologik diskursning milliy shaklda rivojlanish davri. Bu davr XXI asrnig 20-yillaridan boshlab shakllandi. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalish «lingvoekologiya» yoki «til ekologiyasi» deb yuritilmoqda. Bu yo‘nalish tilning ekologik tozaligi, madaniyatga mosligi va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligini o‘rganadi. Ekologik diskurs ommaviy axborot vositalari, ilmiy maqolalar, siyosiy nutqlar, reklama va ijtimoiy targ‘ibotlarda keng ko‘lamda namoyon bo‘ladi. Jumladan, “yashil iqtisodiyot”, “barqaror rivojlanish”, “ekologik madaniyat” kabi birliklar ekologik diskursning asosiy terminlaridir. Ular orqali ekologik fikrlashning konseptual asosi shakllanadi hamda ekologik diskursning asosiy tuzilma elementlarni hosil qiladi: Ekologik diskursning tuzilishi bir nechta o‘zaro bog‘langan komponentlardan iborat: 1. Kognitiv komponent. Bu komponent inson ongidagi tabiat haqidagi bilim, tasavvur va qadriyatlarni qamrab oladi. Masalan, “ona tabiat” metaforasi tabiatni insonning ma’naviy va jismoniy manbai sifatida qabul qilishni ifoda etadi. Bu komponent lisoniy tuzilma orqali nutqda namoyon bo‘ladi. 2. Lisoniy komponent. Bu tuzilma ekologik diskursning asosiy unsurlardan hisoblanadi. Ekologik diskursda til vositalari (metaforalar, simvollar) asosiy ifoda shakli hisoblanadi. Masalan:- “Tabiatni asrash — hayotni asrash” singari matnlarda epitet va qiyoslar yordamida g‘oya kuchaytiriladi. Siyosiy nutqlarda “ekologik xavfsizlik” yoki “yashil energetika” birikmalari normallashgan terminlarga aylangan. 3. Kommmunikativ komponent. Bu element nutq subyektlari (inson, davlat, jamoatchilik, OAV) va ularning muloqot vaziyatini qamrab oladi. Masalan, davlat rahbarining ekologik siyosat haqidagi nutqi rasmiy-institutsional diskurs doirasida 315 bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlardagi ekologik postlar esa shaxsiy-interaktiv formatga kiradi. 4. Ijtimoiy va madaniy komponent. Har bir millatning tabiatga munosabati uning madaniyati va an’analarida ifodalanadi. O‘zbek xalq maqollarida: “Suv — hayot manbai”, “Daraxt ekish — savob ish” degan ifoda va qadriyatlar ekologik diskursning milliy mentalitet bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ekologik diskursning tuzilishi ko‘p qirrali va murakkab tizim bo‘lib, unda kognitiv, lingvistik, kommunikativ va madaniy omillar o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bu tizim orqali jamiyatning tabiatga munosabati, axloqiy qadriyatlari va kelajak avlod oldidagi mas’uliyati til orqali yoritiladi. Demak, ekologik diskurs — bu nafaqat til fenomeni, balki inson va tabiat o‘rtasidagi ma’naviy muloqot ko‘prigidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. 2. Fill, A., & Mühlhäusler, P. The Ecolinguistics Reader: Language, Ecology and Environment. – London: Continuum, 2001. 3. Stibbe, A. Ecolinguistics: Language, Ecology and the Stories We Live By. – Routledge, 2015. 4. Тўхтамуродов Н. Экологик маданият ва тил масалалари. – Тошкент: Фан, 2020. 5. Fairclough, N. Discourse and Social Change. – Polity Press, 1992.