scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIM DIDAKTIKASI XUSUSIYATLARI

Abdusalomova Mohistora Bahodirovna

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Mustaqillik omili ta’lim sohasini ham tubdan yangilash imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan jamiyatda kitobxonlik qadriyati qayta tiklandi. Buning natijasida boshlang‘ich ta’lim didaktikasida ham yangilanish ro‘y berdi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilaring kitob o‘qishlari va ularni muhokama qilishlari boshlang‘ich ta’lim didaktikasining tarkibiy qismiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik olimlarning oldida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qishi zarur bo‘lgan adabiyotlar majmuini tuzish va kitobxonlikning didaktik muammolarini hal qilish vazifasi turibdi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’lim didaktikasi asoslari va yordamchi didaktik adabiyotlar xususiyatlari to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lishi kerak.

Full text

2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 96 BOSHLANG‘ICH TA’LIM DIDAKTIKASI XUSUSIYATLARI Abdusalomova Mohistora Bahodirovna Toshkent amaliy fanlar universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17616041 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Mustaqillik omili ta’lim sohasini ham tubdan yangilash imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan jamiyatda kitobxonlik qadriyati qayta tiklandi. Buning natijasida boshlang‘ich ta’lim didaktikasida ham yangilanish ro‘y berdi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilaring kitob o‘qishlari va ularni muhokama qilishlari boshlang‘ich ta’lim didaktikasining tarkibiy qismiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik olimlarning oldida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qishi zarur bo‘lgan adabiyotlar majmuini tuzish va kitobxonlikning didaktik muammolarini hal qilish vazifasi turibdi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’lim didaktikasi asoslari va yordamchi didaktik adabiyotlar xususiyatlari to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lishi kerak. Bunday yondashishning mohiyati ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni aniq rasmiylashtirilgan va qismlari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat. Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, ta’lim texnologiyalarning predmeti – ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Kasbiy o‘qitish texnologiyasi shaxsni intizom, iroda va ixtisoslikka bo‘lgan qiziqishni yuzaga keltiradi. Mutaxassisga bo‘lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga tezlikda moslangan psixologik–pedagogik shart–sharoitlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to‘g‘risida fikr yuritiladi: Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy–pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan yetuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o‘quv jarayonini yaratishga imkon beradi. Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat: 2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 97 1–chizma Pedagogik faoliyatga texnologik yondashuvning vujudga kelishi pedagogik bilimlarning va pedagogik amaliyotning o‘zgarishiga, pedagogik jarayonni yangi bir pog‘onaga ko‘tarilishiga olib keldi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o‘zaro bog‘liq ravishda shakllanib va rivojlanib borishi natijasida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilardan iborat: ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim–tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy–tadqiqot sohasi. Pedagogik texnologiyalar nazariy fan sifatida pedagogika fanining alohida yo‘nalishlarini tashkil etib, o‘z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga, o‘z muammolarini hal qilishda boshqa fanlar bilan bog‘liqliklarga ega. Ta’lim–tarbiya tizimi ko‘rinishida pedagogik texnologiyalar belgilangan ta’lim–tarbiya faoliyatining amalga oshirishga xizmat qiluvchi moddiy ta’minot va ma’naviy qadriyatlardan iborat. Bunga o‘quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa ijtimoiy tizimlar kabi, tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar orqali faoliyat olib boradi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim–tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi: – ta’lim–tarbiya berish; – axborotlarni avloddan–avlodga uzatish; – mustaqil fikrlashga o‘rgatish; – bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish; – turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish; – diagnostika, monitoring olib borish; – ta’lim–tarbiya jarayonida insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish; 2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 98 – o‘quvchi–talabaning tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarni hisobga olish; – ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulosalarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish. Pedagogik texnologiyalarning hozirgi kunda shunday turli–tuman ta’riflari mavjud bo‘lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan yondashilgan holda tahlil qilingan. Quyida ushbu ta’riflarni keltirib o‘tamiz. Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy–uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov). Pedagogik texnologiya – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi–talaba shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespal’ko). Pedagogik texnologiya–ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov). Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining o‘quvchi–talabalar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o‘zaro uzviy bog‘liq holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo‘llashda majmuali yondashuv usulidan foydalanishdir (YUNЕSKO). Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularning amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). Pedagogik texnologiya, bu – so‘zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Y.Pityukov). Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (Sakomoto). Pedagogik texnologiya bu – obektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv–tarbiya jarayonidan uning obektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo‘lamiz (V.K.Dyachenko). Pedagogik texnologiya – barcha tashkiliy qismlar va ularning bog‘liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo‘li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko‘tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. O‘qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi texnologiyalar, tarbiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalari iboralari turli davrlarda va turli manbalarda qo‘llanilgan bo‘lsa–da, barchasi umumiy maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni doimiy ravishdarivojlantirish hamda samaradorligini oshirish tizimi va loyihasi tushuniladi. 2025 AUGUST NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 99 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Qudratova, S., & To'rabekova, D. (2023). ROLAN THE FUTURE OF THE STEAM INCREASING PERSONAL TEACHER'S FORMAT.Modern science and Research,2(9), 40-44. 2. Qudratova, S. (2024). Increasing Problematic, which is one of the steam increasing in the foundation of the approach.Modern science and Research,3(1), 1-6. 3. Qudratova, S., & Hakimova, D. (From 2025). METHODOLOGY IN NATURAL SCIENCE WITH THE PRIMA TEA MUNCHING GRAD.International journal of artificial intelligence,1(1), 1420-1423. 4. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). GIVE STUDENTS A MODERN INTRODUCTION TO THE STUDY OF KNOWLEDGE IN PRIMARY EDUCATION.Modern science and Research,3(12), 378-382. 5. Qudratova, S., & Since Managed, D. (2024). MATHEMATICAL VIVID IMAGINATION THE FORMATION OF PRIMARY GRADE STUDENTS.Modern science and Research,3(12), 305-311. 6. Qudratova, S., & Tilovboyeva, S. (2024). THE ORGANIZATION OF THE USE SYSTEM FOR THAT CLASS INTERNATIONAL EXPERIENCE FOR STUDENTS.Nauka sovremennoy akademicheskie issledovaniya v,3(48), 160-164. 7. Qudratova, S. B., Atenov, J. D., & Normurodov, S. Z. (From 2025). START ‘CONSTIPATION IN THE GENERAL PRINCIPLES OF THE SCIENCE OF STEAM EDUCATION, TECHNOLOGY EDUCATION, SUBJECT AND TASKS.Inter education & global study, (2), 142-153. 8. Daughter, B. S. K., & Akramjanovich, K. A. (2024). STEAM TECHNOLOGY.Eurasian journal of academic research,4(7), 494-497. 9. Qudratov, T. B. (2021). International experiences in education.Vestnik master, (1-3 (112)), 66-67.